Mavzu: C++ dasturlash tilida protokollar(fork, select) bilan ishlash. Reja: I.Kirish……………………………………………………………………………. II.Asosiy qism 2.1. C++ dasturi haqida ma’lumot. 2.2. C++ dasturlash tilida protokollar va ular bilan ishlash 2.3. C++ dasturlash tilida protokollar turlari. III.Xulosa…………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………… Annotatsiya Ushbu kurs ishida C++ dasturlash tili haqida tushuncha hosil qilindi va C++ dasturlash tilida protokollar bilan ishlash yoritildi. Аннотации Этот курс дает понимание языка программирования C ++ и охватывает работу с протоколами на языке программирования C ++. Annotation This course provides an understanding of the C ++ programming language and covers working with protocols in the C ++ programming language. Kirish C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL Tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratories da, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir. Mavzuning dolzarbligi: Java dasturlash tili interpretator, C++ dasturlash tili esa kompilyator hisoblanadi. C++ kompilyatorlari yildan-yilga yangilanib, ko‘proq imkoniyatlarga ega holda ishlab chiqilmoqda. Kompilyatorlar yordamida hozirda istalgan platforma uchun dastur yaratish imkoniyati mavjud. C++ dasturlash tili uchun dastlab Borland kompaniyasi tomonidan C++ Builder kompilyatorlari ishlab chiqarilgan va Windows uchun dastur tuzish qulayliklarga ega bo‘lgan. Bunda C++ dasturlash tili orqali mobil ilovalar yaratish imkoniyati yo‘q edi. C++ Builder kompilyatorining keyingi versiyalarini esa Embarcadero kompaniyasi ishlab chiqdi va 2014-yilda ishlab chiqarilgan XE6 versiyasidan boshlab C++ dasturlash tilida Android platformalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratib berdi. Bu esa o‘z navbatida, dasturchilar uchun katta qulayliklar tug‘dirdi. Kurs ishining maqsadi: C++ Cga ob'ektga yo'naltirilganlik xususiyatlarni qo'shdi. Oby’ektga yo`naltirilgan dasturlashning uchta xususiyatini mavjud:, meros (nasledovaniye), polimorfizm va inkapsulyatsiya. Usul(Metod) - bu sinf ichida e'lon qilingan va uning ob'ektlari bilan ishlashga mo'ljallangan funktsiyadir. Usullar sinf tanasida e'lon qilinadi. • C tili bilan yuqori muvofiqlik • Hisoblash samaradorligi • Turli dasturlash uslublarini qo'llab-quvvatlash: tarkibiy, ob'ektga yo'naltirilgan, umumlashtirilgan dasturlash, funktsional dasturlash. • Ob’yekt destruktorlarni avtomatik ravishda chaqirish xotira va boshqa manbalarni boshqarish ishonchliligini soddalashtiradi va oshiradi. • Ortiqcha yuklangan operatorlar • shablonlar • To'g'ridan-to'g'ri kompilyatorlar tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydigan paradigmalarni qo'llab-quvvatlash uchun tilni kengaytirish imkoniyati mavjudligi. • C ++ uchun turli tillarga tarjima qilingan juda ko'p o'quv adabiyotlari mavjud Va shu kabi boshqa afzallik va kamchiliklar hamda protkollar bilan ishlash asosiy dastur vazifadir. Asosiy qism: C++ tilini 80 yillarda AT&T Bell Labs korxonasi ishchisi Byarnom Straustrup tuzgan. Avtorning aytishicha, bu tilni tuzishda u hech qanday qog'ozlarni qoralamagan va hamma ishni yo'l yo'lakay, ketma-ketlikda tuzib chiqqan. Uning asosiy maqsadi, o'zi va do'stlari uchun qulay dasturlash tili yaratishdan iborat edi. C++ dasturlash tilining asosi C hisoblanadi va shu tilni(C) misolida C++ tilini tuzib chiqdi. C dasturlash tilini mukammalashtirgan eng asosiy narsa bu – ob'yektga mo'ljallangan dasturlashni olib kirgani hisoblanadi. Chunki dasturlashda, tez, qulay , tartibli va ixcham yozish uchun ob'yektga mo'ljallangan dasturlash tillaridan foydalanish lozim bo'ladi. Dastlabki C++ dasturlash tilidan foydalanganlar, bu albatta Bell Labs korxonasi hodimlari hisoblanadi. 1993 yilda bu til ommaga taqdim etildi va C++ nomini oldi. Dastlabki C++ ga oid kitob "The C++ Programming Language(Addison-Wesley, 1985)" nomi bilan mashhur bo'ldi va bu kitob 1991 yil "Язык программирование C++" tarjimasi bilan rus tiliga tarjima qilindi va bu til(С++) rivojlanishi boshlanib ketdi. C++ tilini 80-yillarda AT&T Bell Labs korxonasi ishchisi Byarnom Straustrup tuzgan. Avtorning aytishicha, bu tilni tuzishda u hech qanday qog'ozlarni qoralamagan va hamma ishni yo'l-yo'lakay, ketma-ketlikda tuzib chiqqan. Uning asosiy maqsadi, o'zi va do'stlari uchun qulay dasturlash tili yaratishdan iborat edi. C++ dasturlash tilining asosi C hisoblanadi va shu tilni(C) misolida C++ tilini tuzib chiqdi. C dasturlash tilini mukammalashtirgan eng asosiy narsa bu – obyektga mo'ljallangan dasturlashni olib kirgani hisoblanadi. Chunki dasturlashda, tez, qulay , tartibli va ixcham yozish uchun obyektga mo'ljallangan dasturlash tillaridan foydalanish lozim bo'ladi. Dastlabki C++ dasturlash tilidan foydalanganlar, bu albatta Bell Labs korxonasi hodimlari hisoblanadi. 1993-yilda bu til ommaga taqdim etildi va C++ nomini oldi. Dastlabki C++ ga oid kitob "The C++ Programming Language (Addison-Wesley, 1985)" nomi bilan mashhur bo'ldi va bu kitob 1991 yil "Язык программирование C++" tarjimasi bilan rus tiliga tarjima qilindi va bu til (С++) rivojlanishi boshlanib ketdi. ANSI-ISO (ANSI X3J16; ISO WG21/N0836) birlashmasi 1989-yilda, birlashga holda ish boshladi. Bu korxonaning dastlabki ishi C++ dasturlash tiliga va uning kutubxonasiga standart ishlab chiqishdan boshlandi. Buning uchun 1990-yildagi C++ tili asos qilib olindi. 1990 yilda C++ standarti ishlab chiqildi va bu standart hozir ANSI C nomi bilan mashhur. Bu til juda kengayib ketdi va hozirgi kunda bu tilning hamma detallarini biladigan dasturchi bo'lmasa kerak. C++ funksiya va ob'yektlarning boy kutubxonasiga ega. Bundan kelib chiqadiki C++ dasturlash tilini o'rganish 2 qismga bo'linadi: dastlab, C++ tili sintaksisi o'rganiladi va shundan so'ng uning asosiy kutubxonalari birma-bir ko'rib chiqib, yodlash lozim bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, bu til juda katta hajmni o'z qamroviga oladi. C++ tilining egasi yo'q u hech kimga tegishli emas. Bu til С tilidan kelib chiqgani uchun bosh harf С, ++ esa bu tildagi qiymatni bittaga ko'tarish belgisi hisoblanadi va bu belgi C++ dasturlash tilida paydo bo'ldi. C++ dasturlash tili kompilyatsiya qilinadigan til hisoblanadi bu degani yozilgan kod oldin mashina tiliga o'giriladi va keyin ishga tushiriladi. C++ dasturlash tili haqida so’z yuritishdan avval dasturlash haqida ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak. Dasturlash texnologiyasi bo’yicha qisqacha ma’lumot Dasturlash– dastur yaratishga yo’naltirilgan amallar sohasidir. Dastur – bu qo’yilgan masalani yechishga olib keluvchi kompyuter buyruqlarining ketma-ketligi. Ilova – masalaning yechilishini kompyuterda dasturiy amalga oshirishdir. Dasturiy ta’minot (DT) – dasturiy maxsulotlar va ularga texnik hujjatlardir. Dasturiy mahsulot (DM) – ma’lum masalani amalga oshirish uchun mo’ljallangan o’zaro bog’liq dasturlar kompleksi. Dasturiy ta’minot sifatining xarakteristikalari: - hujjatlashtirilganlik; - effektivlik; - foydalanishga qulayligi; - muqobilligi; - narxi va boshqalar. Dastur quyidagi talablarga javob berishi kerak: Texnik topshiriqqa asosan ishlashi; - Tezkorlik va xotira bo’yicha effektivlik; - Ishlatish va takomillashtirish uchun qulay bo’lishi; - Xatoliklarni aniqlashga moslashgan bo’lishi va boshqalar. Translyator dasturni dasturlash tilidan mashina kodlariga o’tkazib beradi. Translyatorlarning turlari: Interpretator – satrma–satr o’tkazadi va bajaradi. Interpretator – sekin ishlaydi lekin sozlashga qulay. Kompilyator – dasturni to’lig’icha o’tkazadi va keyin bajaradi. Kompilyator – sozlashga qulay emas, lekin tayyor dasturni tez bajaradi. Algoritm va dasturlarni avtomatlashtirilmagan loyihalash tarkibi murakkab bo’lmagan nisbatan kichik dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda ishlatiladi. Avtomatlashtirilgan loyihalash katta firmalarda dasturiy mahsulotlarning ayrim klasslarini ishlab chiquvchilar kollektivlari tomonidan qo’llaniladi. Algoritmlar va dasturlarni loyihalash dasturiy mahsulotlarning hayot siklidagi asosiy bosqichlardan biridir. Avtomatlashtirilgan loyihalash - loyihalash ishlariga ketadigan sarflarni kamaytirish, ularni bajarish muddatlarini qisqartirish, har xil loyihalarda ko’plab marta nusxa olish mumkin bo’lgan tayyor ishlanmalardan foydalanish va dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarning katta kollektivining ishini muvofiqlashtirish zarurligi tuprotokoli yuzaga kelgan. Tarkibiy loyihalash – loyihalash masalasini maqsadga yo’naltirilgan holda ayrim tashkil etuvchilarga bo’lib chiqishdir. Tarkibiy loyihalash quyidagilarni o’z ichiga oladi: - yuqoridan pastga yo’naltirilgan loyihalash; - modulli dasturlash; - tarkibiy dasturlash. Yuqoridan pastga yo’naltirilgan loyihalash metodi ma’lumotlarni qayta ishlashning umumiy funksiyasini sodda funksional elementlarga bo’lib chiqishni ko’zda tutadi. Tarkibiy dasturlash dasturiy mahsulotning modulli tarkibiga va asosiy algoritmik tarkiblarga asoslangan. Obyektga yo’naltirilgan loyihalash quyidagilarga asoslangan: - obektlarning klasslarini ajratish; - obyektlarning xossalari va ularni o’zgartirish (qayta ishlash) metodlari; - klasslarning ierarxiyasini hosil qilish, obyektlarning xossalari va ularni qayta ishlash metodlarini meros qilish. Har bir obyekt ma’lumotlar va ularni qayta ishlash dasturini o’z ichiga oladi va ma’lum klassga mansub bo’ladi. Obyektga yo’naltirilgan loyihalashning asosiy maqsadi yuqoridan pastga loyihalashning quyidagi kamchiliklarini bartaraf qilishdir: - ma’lumotlar strukturalariga e’tiborning yetarli emasligi; - mahlumotlar strukturalari bilan ularni қayta ishlash jarayonlari orasidagi bog’lanishning kuchsiz bog’langanligi. Obyektga yo’naltirilgan loyihalash bir-biriga bog’langan ko’plab obyektlarni o’z ichiga oluvchi dasturlarning hajmini va ularni tayyorlashga ketadigan mehnat sarflarini keskin kamaytirish imkoniyatini beradi. Dasturiy mahsulotlarni yaratish bosqichlari: 1. Dasturlash uchun texnik topshiriqni tuzish. Ushbu bosqichda quyidagilar bajariladi: - Operatsion sistemaning turi (OS - MS DOS, Windows, Windows NT) tanlanadi, - dastur ishlashining tarmoq varianti zarurligi ko’rib chiqiladi, - dastur tuzishning zarurligi aniqlanadi, - masalani yechish usuli tanlanadi va algoritmi tuziladi, - foydalanuvchining interfeysiga talablar aniqlanadi. 2. Texnik loyiha. Ushbu bosqichda quyidagilar bajariladi: - Ma’lumotlarni qayta ishlashning batafsil algoritmi tuziladi, - Dasturiy ta’minotning tarkibi aniqlanadi, - Dasaturiy maxsulotning ayrim dasturiy modullardan tashkil topgan ichki tarkibi ishlab chiqiladi, - Dasturiy vositalarni ishlab chiqish vositalari tanlanadi. - Ishchi xujjatlar (ishchi loyiha). Ushbu bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi: - Dasturiy modullar ishlab chiqiladi, - Dastur tayyorlanadi, - Dasturiy maxsulot sozlanadi, - Dasturiy modullar va vositalarning ishga yaroqligi sinab ko’riladi, - Dasturiy maxsulotning topshiriqqa mos kelishini tekshirib ko’rish uchun nazorat misoli tayyorlanadi. Dasturiy mahsulotlarning tuzilishi. Dasturiy mahsulot o’zaro bog’langan dasturiy modullardan tashkil topgan bo’ladi. Modul – dasturning mustaqil qismi bo’lib u boshqa modullardan avtonom ravishda berilgan funksiyalarni ta’minlaydi va ma’lum vazifaga ega bo’ladi. Modullarning quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin: bosh modul – dasturiy mahsulotni ishga tushirishni boshqaradi; boshqaruvchi modul – boshqa modullarni chaqirishni ta’minlaydi; ishchi modullar - qayta ishlash funktsiyalarini bajaradi; servis modullar va bibliotekalar – xizmat ko’rsatish funktsiyalarini amalga oshiradi. Har bir modul mustaqil saqlanuvchi protokol ko’rinishida bo’ladi. Dasturning ichki tuzilishga ega bo’lishi uni loyihalash, dasturlash, sozlash va o’zgartirishlar kiritish uchun qulay bo’lishini ta’minlaydi. Dialog rejim Ko’pgina dasturiy mahsulotlar dialog rejimida ishlaydi. Dialog rejimda foydalanuvchi tomonidan funktsiyalar ishga tushiriladi, obektlarning xossalari o’zgartiridadi va h.k. Menyular ierarxik bo’lishi va ost menyularni o’z ichiga olishi mumkin. Dialog tizimlarning tarkibi: 1. Menyu – foydalanuvchiga ro’yxatdan alternativ funksiyalarni tanlash imkoniyatini beradi (Menyuda ichki (ost) menyu ham bo’lishi mumkin); 2. So’rov-javob amali – ro’yxatdan tanlab olinishi mumkin bo’lgan qiymatlar yoki ha/yo’q turdagi javoblar; 3. Format bo’yicha so’rov – kalit so’zlar yoki iboralar yordamida. Dialog jarayoni yaratilgan ssenariyaga asosan boshqariladi. Dialog jarayoni uchun quyidagilar aniqlanadi: - Dialogning boshlanish momenti; - Dialogni boshlovchi– foydalanuvchi yoki dasturiy maxsulot; - Dialogning parametrlari va mazmuni – axborotlar, menyuning tarkibi sostav, ekran formalari; - Dasturiy maxsulotning dialog tugashiga reaksiyasi. Dialog jarayonni va foydalanuvchining interfeysini yaratish uchun dasturlarni ishlab chiqishning obyektga yo’naltirilgan vositalaridan foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: Menyu qurgich (bosh menyu va unga biriktirilgan ost menyularni yaratish uchun); Ekran formalarining konstruktori (ekran orq ali kiritish formatlarini ishlab chiqish va mahlumotlarni taqrirlash uchun). Dialog oynada quyidagi boshqarish elementlari bo’lishi mumkin: - Axborot matnlari; - Foydalanuvchining axborotlarini kiritish uchun maydonlar; - Tanlash uchun mumkin bo’lgan alternativlar ro’yxatlari; - Tugmalar, ulab uzgichlar va h.k. Foydalanuvchining grafik interfeysi Grafik interfeys zamonaviy dasturiy mahsulotlar uchun zaruriy komponent bo’lib hisoblanadi va ochiluvchi menyular ko’rinishida quriladi. Grafik interfeys yordamida foydalanuvchi ekran formalari bilan ishlaydi. Ekran formalarida boshqarish elementlari, asboblar panellari va qayta ishlash komandalari bo’lishi mumkin. Menyu dastur bajaradigan funksiyalarga mos holda tushunarli punktlarga ega bo’lishi kerak. Tarkibiy loyihalash va dasturlash Tarkibiy loyihalash quyidagilarni o’z ichiga oladi: - Yuqoridan pastga loyihalash, - Modulli dasturlash, - Tarkibiy dasturlash. Modul mantiqiy bog’langan elementlar majmuidir. Modul boshqa modullar yoki dasturlar foydalanishi uchun mo’ljallangan bo’ladi. Modul tayyor dasturlarni saqlash uchun mo’ljallangan. Modulning o’zi bajariluvchi dastur bo’lmaydi. Uning obektlarini boshqa dasturlar (protseduralar, funktsiyalar) ishlatadi. Modulda bitta kirish va bitta chiqish bo’ladi. Kirishiga boshlang’ich ma’lumotlar beriladi, modulularni qayta ishlaydi va natijalarni chiqishga uzatadi, ya’ni quyidagi prinsipni amalga oshiradi. IPO (Input – process – Output) – kirish -jarayonchiqish; Har bir modul o’zidan yuqoridagi modul tomonidan chaqiriladi va ishini tugatgandan so’ng boshqarishni o’zini chaqirgan modulga topshiradi. Algoritm – masalani elementar amallarga bo’lib yechish usulining formal tavsifi. Algoritmik dasturlash- dasturni modullar ketma-ketligiga bo’lish. Bunda har bir modul bir yoki bir necha amalni bajaradi. Tarkibiy dasturlash modulli tarkibga va boshqaruvchi tarkiblarga asoslangan. Boshqaruvchi tarkiblarning turlari quyidagilar: - Ketma-ketlik; - Alternativa (tanlash sharti); - Sikl. Dasturlashda dastur mukammal va qulay bo’lishi uchun dasturchi eng avvalo qulay va vazifaga mos dasturlash tilini tanlashi kerak. Qo’shimcha dasturlash tilni hisoblash sistemasi toki dasturchi foydalanuvchiga asosan tanlangan bo’ladi. Agar dasturchi tanlashga ega bo’lib qolsa u albatta vazifaga mos eng yuqori dasturlash tilini tanlashi kerak. Agar tanlangan dasturlash tili berilgan vazifaga mos kelmasa dasturlashda va sozlashda muammolar kelib chiqishi mumkin. Tanlangan til loyihalashga ham ancha ta’sir ko’rsatadi. Universallik deb ya’ni ma’lumotlar turkumiga bog’liq bo’lmagan dasturlarni ataymiz. Parametrlar sifatida kontaktlar o’rniga o’zgaruvchilardan foydalaniladigan dasturni universal dastur deymiz. O’zgaruvchilarni kontakt o’rnida qo’llanishi mumkin bo’lgan sharoitlarni ko’rsatib o’tamiz: - Ro’yxatlar, massivlar va tablitsalar o’lchami. - Fizik konstanta va foizlar, oraliqlar. - “kiritish-chiqarish” moslamasini belgilanishi. Dasturlashni universalligi loyihalashda vaqtdan yutishi va undan foydalanishda keng sharoitlar ochib berishdir. Universal protseduralar dastur kutubxonasiga keyingi dasturlarda ham foydalanish uchun kiritiladi. Universallikni qidirishda asosan keyinchalik qo’llaniladigan modifikatsiya va variantlarni aniqlashda ham yordam beradi. C++ dasturlash tili nafaqat boshqa dasturlash tillarida ham protokollar bilan ishlash juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. C++ dasturlash tilida fstream standart kutubxonadan foydalaniladi. fstream dan foydalanish uchun <iostream>va<fstream> standart kutubxonalardan foydalaniladi. #include <iostream> #include <fstream> fstream standart kutubxonasi ichida 3 ta obyekt mavjud. Object/Data Type Haqida ofstream Protokolni yaratish va yozish uchun ifstream Protokolni o'qish uchun fstream ifstream va ofstream lar imkoniyatini beradi. birgalikda. O'qish, yozish va yaratish Protokolga yarating va yozing Protokol yaratish uchun, ofstream yoki fstream ob'ektdan foydalaning va protokol nomini ko'rsating. Protokolga yozish uchun kiritish operatoridan ( <<) foydalaning #include <iostream> #include <fstream> using namespace std; int main() { // Protokolni yaratadi yoki ochadi. ofstream MyFile("filename.txt"); // Protokolga yozadi. MyFile << "Hello World. MasterSherkulov.Uz"; // Protokolni yopadi. MyFile.close(); } Protokolni o'qing Protokoldan o'qish uchun, ifstreamyoki fstream ob'ektdan va protokol nomidan foydalaning. E'tibor bering, biz funktsiyani ( ob'ektga tegishli ) funktsiya whilebilan bir qatorda protokol satrini o'qish va protokol tarkibini chop etish uchun ishlatamiz. #include <iostream> #include <fstream> #include <string> using namespace std; int main () { // Protokolni yaratish ofstream MyWriteFile("filename.txt"); // Protokolga yozish MyWriteFile << "Hello World. MasterSherkulov.Uz"; // Protokolni yopish MyWriteFile.close(); // String tipiga tegishli o'zgaruvchi yaratish string myText; // Text protokolni o'qish ifstream MyReadFile("filename.txt"); // getline() funksiyasidan foydalanib protokolni o'qish while (getline (MyReadFile, myText)) { // O'qilgan protokolni qora ekranga chiqarish cout << myText; } // Protokolni yopish MyReadFile.close(); } ADABIYOTLAR 1. Стенли Липпман. Язык программирование С++. Базовой курс. Вильямс - М.: 2014. 2. Сидхарма Рао. Освой самостоятельно С++ за 21 день. Вильямс - М.: 2013. 3. Никита Культин. Microsoft Visual C++ в задачах и примерах. БХВПетербург Петербург.:2010. 4. Б. Страуструп. Язык программирования С++. Специальное издание.- М.:ООО «БиномПресс», 2006.-1104 с. 5. https://www.texnoman.uz/post/dasturlash-tillari-ularning-turlari-vaasoslari.html 6. https://www.cyberforum.ru/cpp-beginners/thread1066012.html