Uploaded by Musoxon O'rmonov

1-мавзу

advertisement
TARMOQNI TESTLASH VATASHXISLASH
Mahalliy tarmoqning kabel tizimini montaj jarayoni turli xususiyatlarni inobatga olgan holda oldindan tarmoq sigmentlarining hammasi 100% li kafolat bilan ishlay oladi deb
bo‘lmaydi. Bu ko‘p sonli mexanik operatsiyalardan foydalanish lozimligi va u jarayonni ma’lum sabablarga ko‘ra avtomatlashtirib bo‘lmasligi tufaylidir. Aynan shu sababli mahalliy tarmoqning montaj jarayoni har doim doimiy testlash
jarayoni bilan birgalikda olib boriladi. Mahalliy tarmoqning
montaj ishlari to‘liq tamomlangandan so‘ng, tarmoqning ishga
layoqatligini to‘liq nazorati tegishli texnik hujjatlarni tayyorlash bilan birga amalga oshiriladi. Har qanday holatda ham
tarmoqning o‘z vazifasini bexato bajarayotganligini tekshirishning aniq usuli mavjud va uning yordamida montaj bosqichida
hosil bo‘lgan hamda undan so‘ng ham nosozliklarni tuzatish
mumkin.
12.1. Testerlardan foydalanish
Mahalliy tarmoqning hamma xususiyatlarini tekshirishning
obyektiv va soda usuli tester yordamida testlashdan foydalanishdir. Ular testlash jarayonini maksimal ravishda avtomatlashtirish va soddalashtirish imkonini beradi. Agarda bunday
imkon bo‘lgan taqdirda aynan shu usulni qo‘llash maqsadga
muvofiqdir.
Testlashning turli variantlari mavjud, jumladan, testlash
usuli bilan, turli testlar soni bilan va shuningdek, natijalarni
chiqarib berish usullari bilan farqlanadi. Testlash qurilmalarining narxi yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarga to‘g‘ridan
–1–
to‘g‘ri bog‘liq. Bozorda testlovchi qurilmalarning turli ishlab
chiqaruvchilar tomonidan taklif etiladigan ko‘p qurilmalar
mavjud, ularning narii 50$ dan 20 000$ gacha oraliqda sotiladi. Ma’lum sabablarga ko‘ra qimmat narxdagi testlash qurilmalaridan foydalanishni kabel tizimining montajini sifatini
xizmat ko‘rsatuvchi kata firmalar amalga oshira oladi. Amalda
esa yaratilayotgan 30–50 ta komp’yuterlardan iborat bo‘lgan
mahalliy tarmoqlarni ko‘pchiligini testlashda oddiy testlardan
foydalaniladi va ular kabel tizimining holatinigina tekshira
oladi hamda u 90% holatda etarli hisoblanadi.
Testlar ikki turga bo‘linadi: kabel tizimini testlovchi va tarmoq analizatorlari. Eng ko‘p tarqalgan testerlar kabel tizimini
testlovchi testerlardir, uning ko‘p tarqalish sababi arzonligidir.
Bunday tester kabel segmentidagi jismoniy bosqichda buzilishni aniqlaydi, hatto kabelni uzilgan joyini aniq ko‘rsatadi.
Undan tashqari u, kabel segmentining to‘lqin qarshiligini yoki
axborot uzatish tezligini o‘lchashi mumkin. Bu esa tarmoqda foydalanilayotgan standartni aniqlashga yoki boshqa biror
standartga mosligini aniqlash imkonini beradi. Bunday testerni
kichik korxonalar ham sotib olishi mumkin va mahalliy tarmoqlarni foydalanish jarayonida ham buzilishlarni aniqlash va
bartaraf etish uchun foydalana oladilar.
Tarmoq analizatorlari – qimmat qurilma, uning yordamida
nafaqat kabel tizimini ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish mumkin, balki tarmoqning xohlagan qismidan va xohlagan qurilmasiga signalni o‘tayotgan jarayoni haqida to‘liq axborot olish
va muammoli segment hamda «nozik joy» ni aniqlash ham
mumkin. Bundan tashqari tarmoqni yaqin kelajakdagi holati
haqida bashorat qilish va u muammoni hal qilish yo‘lini yoki
bo‘lajak muammolarni oldini olish mumkin.
12.1-rasmda har qanday uzunlikdagi kabel tizimidagi jismoniy butunlikni baholash imkonini beruvchi testerni tashqi
ko‘rinishi keltirilgan.
Yaxshi tester kabel parametrlarining maksimal sonini baholash imkoniga bog‘lanishi kerak. Shuning uchun tester maj–2–
12.1-rasm. Tarmoq testerlarnini tashqi ko‘rinishi.
muasida turli qo‘shimcha vositalar hamda ish qurollari mavjud.
Masalan, turli moslamalar yordamida koaksial kabel segmentini va «o‘ralgan juft» kabel segmentini turli ra’zyemlarga ulash
jamlanmasi bilan kabel testeri testlash mumkin bo‘ladi. Shisha
tolali kabelni esa maxsus ancha murakkab bo‘lgan qurilma
orqali testlanadi va u faqat shisha tolali kabel ko‘rsatkichlarini
o‘lchashga moslashtirilgan bo‘ladi.
Kabel segmentini testlashni turli usullari bor, biror usulni
tanlash esa kabelga ulanish imkoniga bog‘liqdir. Usullardan
biri quyidagidan iborat: kabelni konnektor o‘rnatilgan bir uchiga testerni razyomi ulanib, ikkinchi uchiga maxsus qapqoq
o‘rnatiladi. Natijada tester har bir simning qarshiligini tekshira oladi va shuningdek, ulanishni biror bir standartga mosligini aniqlaydi. Kabel qarshiligi haqidagi olingan ma’lumot
orqali esa kabelni texnik ko‘rsatkichini va shuningdek, uzulish
nuqtasigacha bo‘lgan masofani aniqlaydi.
12.2.
Dasturiy vositalardan foydalanish
Testerni sotib olish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ofis
yoki «uy» tarmog‘ini montajini amalga oshirish jarayonida
ko‘pincha kabel segmentini butunligini va sifatini tekshirish
uchun dasturiy usuldan foydalanish mumkin. Masalan, Ping
tizim utilitidan foydalangan holda.
–3–
Bu usulni ishlash prinsipi juda sodda va u kabel orqali har
qanday axborotni jo‘natishga harakat qilishdan iborat.
Masalan, koaksial segmentining yo‘lini tekshirish uchun u
bilan komp’yuterni ulab va terminator o‘rnatiladi. So‘ng har
bir komp’yuterning IP manzili sozlanadi, masalan IP manzil
192.168.2.1 birinchi komp’yuterga va ikkinchisiga 192.168.2.2
tarmoq osti maska bilan 255.255.255.0 shundan so‘ng,
192.168.2.1 manzili komp’yuterida buyruq qatorini yurgizish,
unga quyidagi buyruqlar kiritiladi: ping 192.168.2.2
Agarda bu buyruqlarni bajarish natijasida 12.2-rasmda
keltirilganidek natija hosil bo‘lsa, demak kabel segmenti jismoniy butun.
12.2-rasm. Ping buyrug‘ining bajarilishi.
Agarda buyruqni bajarish natijasida ekranda «Ïðåâûøåíò
èíòåðâaë îæèäaíèÿ äëÿ çaïðîña» yozuvi hosil bo‘lgan
taqdirda kabelda uzilish bor yoki konnektorlar noto‘g‘ri siqilgan bo‘ladi.
Bu usuldan foydalanib har qanday kabelni testlash mumkin,
shu jumladan «o‘ralgan juft» kabelini ham. Agarda «o‘ralgan
–4–
juft» kabeli patch-kord turiga bo‘lsa va uni ish holatini test- lash kerak bo‘lsa, uni
markaziy qismga ulash kerak bo‘ladi, masalan, kommutatorga va u bilan birgalikda ish
holatidagi kabelni ham ulash lozimdir, u esa ikkinchi komp’yuterga ula- nishi kerak.
Nazorat uchun savollar
1. Testerlarni necha turini bilasiz?
2. Testlashni qanday usullari mavjud?
3. Mahalliy tarmoqni qachon testlanadi?
4. Mahalliy tarmoq 30-50 ta komp’yuterdan tashkil topgan holdaqanday testerlardan
foydalaniladi?
5. Testerlar kabel tizimining qaysi ko‘rsatkichlarini o‘lchaydi?
6. Qachon dasturiy vositadan foydalanib mahalliy tarmoq testerla-nadi?
7. Dasturiy vosita yordamida testlash usuli nimaga asoslangan?
8. Tizim utiliti ping qanday vazifani bajaradi?
9. Patch-kord turidagi kabelni testlash uchun nima qilish kerak?
–5–
Download