Reja: 1. Ma’lu m o tlar bazasini boshqarish tizimi 2. Ma’lumotlarning mustaqilligi. 3. MBBT imkoniyatlari Oracle MYSQL MC Acces Malumotlar bazasi MALUMOTLAR BANKI PHP * MYAdmin * Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi. MBBT ma’lumotlar bazasidan so'rovlarni tashkil etishning modulli dasturiga ega bo'lmagan foydalanuvchiga mo'ljallangan qulay vositalarga ega. MBBT asosida AB ni ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini tashkil etish tuzilmasi bo'yicha masalalarni tayyorlashga mo'ljallangan. Bu masalalar bevosita axborot ta’minotining mashina tashqarisidagi sohasi bilan bog'langan. Ishlab chiqilgan ma’lumotlar bazasiga muvofiq uni MBBT vositalari bilan tashkil etish va uni ishga tushirish amalga oshiriladi Axborotlarni kiritish va nazoratlashning mahsus dasturiy vositalaridan —yirik axborot bazasi uchun birlamchi massivlarni yaratish va ma’lumotlarni bazaga to'plashdan oldin qayta ishlash bosqichida foydalaniladi. Bazani yaratishdan oldingi qayta ishlash vositasi kompyuterga kiritiladigan axborotning haqqoniyligini va katta massivdagi ma’lum otlarni yuklashga tayyorgarlikni avtomatlashtirilgan nazoratini ta ’minlaydi MBBT ikki tartibda: interpretator va kompilator tartibda ishlashi mumkin. Interpretator tartibda dasturlarning buyruqlari bosqichma-bosqich, birinketin bajariladi. Unda har bir buyruq nazorat qilinadi, so'ngra mashina tiliga aylantirib, bajariladi. Tegishli amallar bajarilgandan keyin, ular xotiradan o'chiriladi, tizim qayta ishlash bosqichiga o'tadi va keying buyruqni bajarishga kirishadi, interpritator tartibida ,,exe― kengaytirmali fayl hosil qilinmaydi. Bunday faylni hosil qilish uchun kopilator tartibida foydalaniladi. interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, FoxBase va Karat dasturlari kiradi Ma’lumotlarni qayta ishlashning servis vositalari Ma’lumotlarni qayta ishlashning servis vositalari — axborot bazasiga xizmat ko'rsatish bo'yicha ko'm akchi vazifalarni ta ’minlashi lozim. Ular bazaning asturiy vositalariga tegishli. Bular ma’lumotlarfayllari va mashina axborot tashuvchi vositalari bilan ishlash bo'yicha turli utilitalardir. Ularga quyidagilar mansub: nusxa olish, arxivlash, tiklash, anti-virus vositalari, tarmoq utilitlari va boshqalar. KOMPILATOR TARTIBI Kompilator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki ular ,,exe― faylga yoziladi. Exe faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo'ladi: boshlang'ich dasturni nazorat qilish va uni obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. Exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo'lishi shart emas, kompilator tartibida Clipper, panel tartibida esa Clario ishlaydi dasturlari kradi. Oracle (Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) – katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va klient ko'rinishida o'rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin. Bu dastur asosan katta xajmdagi ma'lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma'lumotlar bazasi tushunchasi tashkil etadi. • klaviatura orqali ma’lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri boshqarish imkonini beruvchi foydalanuvchining muhiti; • interpretator sifatida ish yurituvchi, ma’lumotlarga ishlov berish amaliy tizimini dasturlashning algoritmik tili. Interpretator dasturlarni tez tuzish va maromiga yetkazish imkonini beradi; • mustaqil EXE-fayl shaklidagi tayyor tijorat mahsulotiga tugallangan dastur ko'rinishini beruvchi kompilator; • ko'p mehnat talab qiluvchi amallarni tez dasturlovchi utilit-dasturlai (hisobotlar, shakllar, jadvallar, darchalar, menyu va boshqa ilovalar generatorlari).