IBRAGIMOV R.Z. MARKAZIY OSIYO ARXEOLOGIYASI T o sh k e n t 2 0 1 3 Mas'ul muharrirlar: t.f.d., prof. Suleymanov R.X. t.f.n., dots.Xaydarov M.M. Taqrizchi: t.f.n. dots. Egamberdiyeva N.A. 1 O'quv qollanmada Markaziy Osiyo xalqlarining paleolit davridan so'nggi o'rta asrlar davriga qadar bo'lgan moddiy madaniyati tarixi taraqqiyoti eng yangi arxeologik materiallar asosida berilgan. Mintaqaning turli davrlarga oid lokal madaniyatlari batafsil tavsiflangan. В учебном пособии на базе новейших археологических исследований показано развитие материальной культуры населения территориии Центральной Азии от палеолита до позднего средневековья. Детально характеризуются локальные культуры различных эпох региона. This manualis based on the latest archaeological research and shows the development of material culture in the history of the population of Central Asia from the Stone Age to the late Middle Ages are. In details Characterized the individual cultures of different eras of the region. Muqaddima Arxeologiya oquv qollanmasi O'zbekiston Respublikasi oliy oquv yurtlarining arxeologiya ta'lim yo'nalishi “Umumkasbiy fanlari blokidagi” “Markaziy Osiyo arxeologiyasi”, tarix ta'lim yo'nalishi “Arxeologiya asoslari” fani namunaviy oquv dasturiga mos ravishda bakalavriat talabalari va o'qituvchilari uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ushbu oquv qollanmadan arxeologiya va tarix yo'nalishining “Ixtisoslik fanlar” blokidagi qadimgi va o'rta asrlar shaharlari tarixi maxsus kurslari ham foydalanish mumkin. Kishilikning qadimgi davr tarixi va madaniyatini o'rganishda arxeologiya fanining ahamiyati nigoyatda katta. Markaziy Osiyo, xususan, Vatanimiz jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim o'rin ega bo'lgan hududlardan biri sanalib, ularni o'rganishda moddiy manbalar muhim o'rin egallaydi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini e'lon qilgandan so'ng vatanimizning qadimgi davr tarixi va madaniyati masalalarini holisona va haqiqoniy o'rganish harakati yo'lida talaygina amaliy ishlar qilindi. “Arxeologiya” yo'nalishining tashkil qilinishi ham bu boradagi harakalarning boshlangich bo'gini sanaladi. Bugungi kunga qadar O'zbekiston va Rossiyada nashr qilingan o'quv-qo'llanmalar va darsliklari arxeologiya yo'nalishida o'qitiladigan “Markaziy Osiyo arxeologiyasi” fani uchun etarli ma'lumotlarni berolmaydi. Shunga ko'ra 5120400 - arxeologiya yo'nalishi bo'yicha umumkasbiy fanlar blokidagi “Markaziy Osiyo arxeologiyasi” fani o'quv dasturiga mos keladigan ushbu o'quv-qo'llanmaga zarurat tugiladi. Shuningdek, ushbu o'quv-qo'llanmada tarix yo'nalishida o'qitiladigan “Arxeologiya va etnologiya asoslari” fanining arxeologiya qismini, “O'zbekiston tarixi”ning qadimgi davrini va shular bilan birgalikda arxeologiya yo'nalishining ihtisoslik fanlardan ham keng foydalanish mumkin. 2 KIRISH Insoniyat o'zining o'tmish tarixida uzoq yo'lni bosib o'tib, u murakkab tarixiymadaniy jarayonlardan iborat. Ularni o'rganish hozirgi zamon tarix fanining muhim vazifasidir. Bunday jarayonlarni yoritib berish insonyatning o'tmish faoliyatidan darak beruvchi manbalarni o'rganish asosida amalga oshiriladi. Ular odatda moddiy va yozma manbalardan iboratdir. Dastlabki yozuvlarning paydo bo'lishi ilk sivilizatsiya markazlarida taxminan olti ming yilllik tarixga ega, xolos. Keyingi davrlar tarixiga oid saqlangan uzuq-yuluq va cheklangan yozma manba ma'lumotlari insoniyat tarixini toliq yoritib berish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun insoniyatning qadimgi davr tarixini ashyoviy dalillar asosida o'rganadigan fanga ehtiyoj tuqiladi. Bunday holatda arxeologiya faniga zarurat paydo bo'ladi. Arxeologiya atamasi ilk bor qadimgi yunon faylasufi Platon (mil.avv. 427-347 yillar - arxayos - qadimgi, logos - fan) qadimgi davr tarixini bayon qilish maqsadida qollagan. XVIII asrdan boshlab Еvropada bu atama qadimgi san'atni ifodalashda ishlatilib, hozirga qadar ayrim chet mamlakatlarda ahamiyatini saqlab qolgan. Boshqa bir chet mamlakatlarda esa arxeologiya biologiya, xususan, antropologiya yoki boshqa tabiiy fanlarning tarkibida o'rganiladi. Arxeologik manbalar. Insoniyat tarixi taxminan 3/2,6 mln. yillarga teng bo'lib, shundan yozuvdan foydalanila boshlagan davri 100 dan 0,2-0,3 foiz ulushini tashkil etadi, xolos. Bundan ko'rinib turibdiki insoniyat tarixining asosiy qismi yoritib berishda moddiy manbalar asosiy o'rin egallar ekan. Ko'pchillik xalqlar yaqinga qadar yozuvdan foydalanmagan. Shuning uchun ularning o'tmish tarixini yoritishda moddiy manbalar asosiy o'rin egallaydi. Umuman, arxeologiya insonyatning ilk ajdodlari shakllangan paleolit davrining quyi bosqichidan boshlab, yozuv paydo bo'lgunga qadar davr tarixini toliq o'rganadi. Yozuv paydo bo'lgandan to o'rta asrlarga, ayrim hududlarda so'nggi o'rta asrlar davri tarixini o'rganishda moddiy manbalar ahamiyati saqlanib qoladi. Shuni unitmaslik kerakki, qadimgi va qisman o'rta asrlar davri yozma manba ma'lumotlari tarixnining ayrim jihatlarini yoritish imkoniyatiga ega. Bunday holatda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotining yozma manbalar ochib bera olmaydigan tomonlari moddiy manbalar asosida tiklanadi. Moddiy manbalar o'z navbatida tabiiy va bevosita inson tomonidan yaratilgan turlarga bo'linadi. Birinchisi, qadimgi odamlar, hayvon suyaklari va o'simlik qoldiqlaridan iborat bo'lib, ularni asosan paleoantropologiya, paleozoologiya, paleobotanika fanlari tomonidan o'rganiladi va arxeologiya fani ularning yutuqlaridan foydalangan holda kishilik jamiyati tarixining antropogonez jarayoni masalasi, ibtidoiy davr faunasi va florasi hamda ular asosida shakllangan xojalik xususiyatlarni yoritishda foydalanadi. Ikkinchisi, moddiy manbalar insonyat o'zlari uchun yaratilgan jamiki zaruriy narsalardan tashkil topgan bo'lib, ular oddiy qopol tosh qurollari-yu, sodda ishlangan sopol buyumlaridan tortib, yirik qurilish inshootlari va ishlab chiqarish mahsulotlari qoldiqlari yoki o'ta nozik did bilan ishlangan san'at namunalari va shu kabi cheksiz qadimiy ashyolardan iborat. 3 Arxeologiya fani sohasida moddiy manba tushunchasiga sinonim sifatida “yodgorlik” iborasi ham keng qollaniladi. Shuning uchun insoniyat ijtimoiy faoliyati bilan bogliq barcha moddiy ashyolarni yodgorlik, deb atash mumkin. Yodgorlik atamasi keng ma'noda insoniyat yashab o'tgan joylar: ibtidoiy makonlar, qishloqlar. mozor-qorgonlar, shahar xarobalari, yer ustida saqlanib qolgan turli inshootlar, tog-kon metallurgiyasiga tegishli barcha turdagi inshootlar va narsalarga nisbatan ham keng qollaniladi. Arxeologik ma'lumotlar ibtidoiy gor va ochiq joy makonlari, tosh asri goyatosh rasmlari, ilk otroq dehqonchilik qishloqlari, bronza davri ilk shaharlari, qadimgi va o'rta asrlar davri yirik shahar markazlari va ularning mudofaa inshootlari, mozorqorgonlar, tog-konlari va metalchilik yodgorliklari, ixtisoslashgan hunarmandchilik ishlab chiqarish ustaxonalari, qadimgi irrigatsiya inshootlari va boshqa arxeologik yodgorliklarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish davomida to'planadi. Tadqiqot ishlari mahsus ilmiy muassasalar: arxeologik tadqiqot institutlari, oliy oquv yurtlarining arxeologiya kafedralari, san'atshunoslik institutlari va muzeylarning ilmiy malakaga ega bo'lgan mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Arxeologik tadqiqot ishlarining vazifasi ma'lum hudud yodgorliklarini o'rganish orqali mazkur hudud o'tmish tarixini imkon darajada yoritib berishdan iborat. Arxeologik tadqiqot ishlari tashkiliy jihatdan qidirish, tekshirish va qazish ishlaridan tashkil topgan. Arxeologik davrlashtirish. Rimlik antik davri mutafakkiri Lukresiy Kar (mil.avv. I asr) o'z davrida insoniyat tarixini tosh, mis, bronza, temir davrlariga bo'lgan. Bu davrlashtirish zamonaviy arxeologiyada ahamiyatini saqlab qolgan. Arxeologiya fan sifatida XIX asrda toliq shakllangandan keyin garblik arxeologik olimlar o'zlarining ilmiy tadqiqot natijalariga asoslanib, ibtidoiy davr va davlatlar paydo bo'lishining ilk bosqichlariga oid davrlarini ishlab chiqishadi. Hozirgi paytda insoniyatning qadimgi davr tarixini tosh (paleolit, mezolit, neolit), paleometall (eneolit, bronza), temir va o'rta asrlariga bo'lib o'rganish an'anasi qabul qilingan. Ular o'z navbatida kichik davrlar va bosqichlardan tashkil topgan. Kishilik jamiyati tarixi davrlarini belgilashda nisbiy va mutloq davrlashtirish usullaridan foydalaniladi. Nisbiy davrlashtirish usuli yodgorlikning aynan bir madaniy qatlami yoki qatlamlari va ulardan olgan ashyoviy manbalarning ma'lum davrga va uning bosqichlariga tegishli ekanligini aniqlashda qollaniladi. Nisbiy davr bevosita moddiy topilmalarning ishlangan ashyosi, yodgorlik stratigrafiyasi (madaniy qatlami) asosida aniqlanadi. Unda ma'lum bir davr (paleolit, mezolit, neolit va boshqalar) va bosqichlariga (ilk, o'rta, so'nggi) tegishli ekanligi togrisidagi xulosalar beriladi. Nisbiy davrni aniqlashda o'ziga qadar o'rganilgan madaniyatlar yoki yodgorliklar aniq natijalariga tayanilib, ular bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi. Mutloq davrlashtirish esa voqea va hodisaning aniq sanasi (kun, oy, yil yoki faqat yili, asri, ming yillik) ni aniqlab beradi. Mutloq davrlashtirishda yozma manba ma'lumotlari, tangalar (numizmatik), epigrafik yodgorliklar ma'lumotlari asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Davrlashtirishning bunday usulidan yozuv paydo bo'lgandan keyingi tarixini ayniqsa, qadimgi va o'rta asrlar davrlarini aniqlashda yaxshi natija beradi. Mutloq davrlashtirishning boshqa bir turi tabiiy-ilmiy usullar bo'lib, ulardan ibtidoiy tarixning mutloq sanasini aniqlashda keng foydalaniladi. Bular uran-toriy, 4 termolyuminisisent, kaliyargon, radiokarbon (radiouglerod), arxeomagnit, dendroxronologik va boshqalardan iborat. Uran-toriy, termolyuminisisent, kaliyargon usullaridan million va undan ortiq bo'lgan davrlarni belgilashda, radiokarbon usulidan esa 40-50 ming yilgacha davrlarni aniqlashda foydalaniladi. Arxeologik tadqiqot usullari. Arxeologiya fanining maqsadi tarixiy-madaniy jarayonlarni moddiy manbalar asosida imkon darajada toliq yoritib berishdan iborat bo'lib, uni amalga oshirishda arxeologik ilmiy tadqiqot ishlari asosiy o'rin tutadi. Arxeologik tadqiqot ishlari qidiruv, kuzatuv va keng qamrovli qazish ishlaridan tashkil topadi. Qidiruv ishlari ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi bo'lib, unda tadqiqotchi yoki ilmiy guruh kishilik jamiyati tarixining ma'lum muammosi yechimiga qaratilgan masala bo'yicha qidiruv ishlarini olib borib, mazkur davrga oid yodgorliklarni qidirib topish bilan yakunlanadi. Agar masala paleolit davri tarixi bilan bogliq bo'lsa, unda tog oldi va tog hududlari tekshirilib, gorlar yoki buloqlar atroflarida qidiruv ishlari olib boriladi. Mezolit va neolit davrlariga oid makonlar esa togli hududlar bilan birgalikda pastekisliklar keng tarqalganligi sababli ushbu hududlardan izlash mumkin. Shuningdek, togli hududlarda qadimgi konlarning o'rni va konchilarning manzilgohlarini uchratish mumkin. Qadimgi va o'rta asrlar davrlariga oid kohna shahar va qishloq xarobalari esa yer yuzining barcha hududlarida mavjud. Arxeologik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichida yodgorlik haqida ma'lumotlar to'planadi. Birinchi, navbatda yodgorlik taponimi va u bilan bogliq afsonalar togrisida so'rab surishtirilish bilan birgalikda yuza qismida saqlanib qolgan moddiy ashyolar ilmiy tahlil qilinib, dastlabki xulosalar yasaladi. Ulardan keyin yodgorlikning davri va uning bosqichlari, madaniy qatlamlari togrisida umumiy ma'lumotga ega bo'lish maqsadida yodgorlikning bir qismida shurf solinadi. “Shurf” nemischa so'z bo'lib, qazimoq, degan ma'noni anglatadi. Shurf kvadrat yoki togri to'rtburchak shaklidan iborat bo'lib, tomonlari ikki va undan ortiq hatto o'n metrdan ortiq bo'lishi mumkin. Oxirgi bosqichida yodgorlikda keng ko'lamli qazishma ishlari olib borilib, har qanday stratigrafik qazish ishlari yodgorlikning materik, ya'ni yerning soz tuproq qismiga qadar qazib tushiladi. Ayrim hollardagina planigrafik qazish ishlari olib borilishi mumkin. Planigrafik qazishma ishlari ma'lum davrga oid inshootlarni o'rganishga qaratilgan bo'lib, ko'pincha yodgorlikning yuqoridagi madaniy qatlamlarini o'rganishda foydalaniladi. Madaniy qatlamlarda insoniyatning turmush tarzi, xojalik va goyaviy faoliyatlari izlari saqlanib qolgan. Bu qatlamlar yillar, asrlar davomida astasekin to'planib boradi. Arxeologik yodgorliklarda bir yoki bir necha o'nlab madaniy qatlam mavjud bo'lib, ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrlargacha bo'lishi mumkin. Bu esa ushbu manzilgohda kishilar hayot faoliyatining davomiyligi bilan bogliq. Arxeolog olimlar barcha turdagi tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida qilingan kundalik tadqiqot ishlari natijalarini qayd qilib boradilar. Arxeologik dala tadqiqot ishlari natijasida to'plangan barcha turdagi ashyoviy manbalar tadqiqot ishlarini amalga oshirgan muassasa ilmiy laboratoriyasida qayta ishlanadi. Dastlab topilmalarni muhofazalash va tiklash ishlari bajariladi. Keyin ular turlar bo'yicha ajratilib, ilmiy tahlil etiladi va qazishma ishlari davomida yozma qaydlari bilan umumlashtirilib mazkur yodgorlikning ma'lum hudud tarixida tutgan o'rni masalalarini 5 yoritib berish bilan ilmiy tadqiqot ishlari yakuniga etkazilib, ularning tafsilotlari bo'yicha tadqiqotchi tomonidan tegishli ilmiy muassasaga yozma hisobot beradi. Birinchi bo'lim. TOSH ASRI I. Bob. Paleolit Ilk paleolit. Insoniyat yashab turgan yer shari taxminan besh milliard yil avval paydo bo'lgan. Еr shakllangandan keyingi davri geologik jihatdan ma'lum davrlarga bosqichlarga bo'linadi. Shundan oxirgi bosqichi sanaladigan Kaynozoy (taxminan 70 mln. yil avval boshlangan) erasi sut emizuvchilar hukmronlik qilgan. Kaynazoy erasi o'z navbatida paleogen va neogen davrlariga bo'linib, uning Oxirgisi uchlamchi va to'rtlamchi yoki antropogen (antropos-odam, genezis-tugilish, vujudga kelish) bosqichlariga bo'linadi. Aynan mana shu davrdan boshlab insoniyatning dastlabki ajdodlari shakllana boshlaydi. Ma'lumki, yer yuzi o'z tarixi davomida ma'lum muddat sovib, shimoliy mintaqalar muzlik bilan qoplanib, ma'lum muddat isib turgan. Bunday holat antropogen davrida ham sodir bo'ladi. Bu davrda bir necha pleystosen muzliklari (glyasial-gyuns, mindel, riss va vyurm) va ular oraligida issiq davrlari (interglyasialgyuns-mindel, mindel-riss, va riss-vyurm) bilan almashadi. Muzlikning boshlanishi ayrim iqlimshunos olimlarning ilmiy taxminlariga ko'ra qor yogish yoginning ortishi sabab bo'lgan. Dastlabki muzlikning markazi Еvropa, Amerika qit'alarining shimoliy hududlari, xususan, Kanada, Buyuk Britaniya, Skandinaviya va Rossiyaning shimoliy hududlaridan o'tgan chegarasi yer yuzining 30% qismini egallab, hozirgi muzliklarga nisbatan 3 baravar katta bo'lgan. Yirik tog tizmalari ham muzlik bilan qoplangan. Muzliklar oraligi davrida ob-havo issiq va namchil hisoblangan. Muzlik oldi hududlarida ob-havo keskin sovuq bo'lgan tundrani tashkil etgan. Janubiy hududlarda ob-havo iliq va yogingarchilik miqdori ancha yuqori bo'lgan. Hozirgi zamon turli fan sohasi olimlari orasida antropogen davrining boshlangich sanasi borasida turli qarashlar mavjud. Ayrim tabiatshunos olimlar orasida uning boshlangan davrini garbiy Еvropadagi villafrank fauna yotqiziqlari bilan qiyoslab, 3,5/3 mln. yil avval boshlanganligini ta'kidlashsa, boshqa bir paleontropologiya va arxeologiya sohalari olimlari esa keyingi yillarda topib o'rganilayotgan paleoantropologik va moddiy topilmalarning mutloq davrlashtirish natijalariga tayanib, uni quyi sanasini mil.avv. 3/2,5 mln. yilliklar doirasida belgilashmoqda. 6 Paleolit (yun. paleyos-qadimgi, litos-tosh) tosh asrining qadimgi bosqichi bo'lib, bu davrda ibtidoiy odamlar hamda hozirgi paytda turlari yo'qolib ketgan qazilma hayvonlar yashagan. Paleolit kaynazoy erasining so'nggi bosqichi bo'lgan antropogen (to'rtlamchi) davrining eopleystosen va pleystosen bosqichlariga deyarli toliq mos tushadi. Paleolit davrining boshlanishi yer yuzida sodda tosh qurollari yasay olish va ulardan foydalanish ko'nikmasini hosil qilgan insoniyatning eng qadimgi ajdodlari paydo bo'lgan davrdan taxminan 3/2,5 mln.- mil.avv. XII ming yilliklarga qadar davom etadi. Paleolit davrining ilk bosqichlariga oid moddiy topilmalar Sharqiy Afrika hududlarida tarqalgan makonlarda o'z aksini topgan bo'lib, Olduvay makoni nomi bilan dastlabki bosqichi sifatida fanga kiritilgan. Qadimgi tosh asrining keyingi bosqichlari ashel, o'rta paleolit (muste), so'nggi paleolit davrlaridan iborat bo'lib, ular quyidagi tartibda belgilanadi: Davr Bosqichilari Madaniyat bosqichlari Davriy sanalari Olduvay (ilk, o'rta, mil.avv. 3/2,6 mln.-800 so'nggi) m.y. Ilk paleolit Ashell (ilk, o'rta va mil.avv. 800/700-120/100 so'nggi) m. y. O'rta paleolit Муsте mil.avv. m.y. 120/100-40/35/ Madlen Paleolit mil.avv. 40/35-12 m.y. So'nggi paleolit Tardenauz Salyutra Olduvay davri. Sharqiy Afrikadan topib o'rganilgan dastlabki makon nomidan olingan paleolit davrining ilk bosqichi. Bu bosqichda insoniyatning ilk ajdodlari shakllanib, ularga tegishli makonlar Afrika qitasinig Sharqiy hududlarida keng tarqalgan. Ulardan eng mashhuri Tanzaniya hududida joylashgan Olduvay darasidagi makonda amerikalik paleoantropolog olim Luis Liki mil.avv. 1,75 mln. yilliklarda yashagan Xoma habilis - ishbilarmon odamiga tegishli suyak qoldiqlarini topib o'rganishga erishadi. Bu topilma o'z davri paleoantropologiya fani sohasidagi muhim kashfiyot sanalar edi. Yodgorlikda paleolit davrining barcha bosqichlariga tegishli 100 metrdagi to'rtta madaniy qatlamlar aniqlanib, uning yuqori qismi so'nggi paleolit davriga oid bo'lgan. Yodgorlikning eng quyi qismidagi 40 metrli madaniy qatlami paleolit davrining ilk bosqichiga tegishli bo'lib, undan tosh qurollari va hayvon suyaklari o'rin olgan. 1-madaniy qatlamidan bir tomoni urib sindirib ishlangan qopol tosh qurollari-chopperlar, ikkinchi madaniy qatlamda esa ikki tomoni urib sindirib ishlangan tosh qurollari-choppinglar paydo bo'ladi. Ulardan keyingi madaniy qatlami esa ashel davriga tegishli. 7 Lekin, Olduvay makonidagiga nisbatan qadimiyroq tosh qurollari Sharqiy Afrikadagi bir necha yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan topilgan. Ularning eng qadimgisi Efiopiyadagi Vest Gona (2,8-2,4 mln.yil avval) va Keniyadagi Koobi Fora (2 mln. yil avval) kabi makonlardan topib o'rganilgan. Mehnat qurollarining asosiy qismini vulqon lavasi qotishmasidan hosil bo'lgan jinslaridan yasalgan qurollar tashkil etadi. Boshqa bir necha qurollar esa kvars va chaqmoqtoshli slansdan yasalgan. Mazkur makonlar madaniy qatlamlarida ibtidoiy jamoa kishilar vakillariga tegishli suyaklar qoldiqlari uchramaydi. Bu davr ibtidoiy kishilari toshlarga ishlov berishda hali aniq va maqsadli zarbalarni amalga oshirish ko'nikma va malakasiga ega bo'lmaganliklari tufayli yasagan qurollari sodda va ancha qopol shakl hosil qilgan. Olduvay davrida asosan qopol uchirilgan uzunchoq (sferoid) qurollardir. Ular go'sht va o'simlik mahsulotlarini maydalash maqsadida foydalanilgan. Uchinchi turdagi tosh quroli “chopper” (ing. - kesuvchi) tomondan urib-uchirish asosida yasalgan bo'lib, kesish va chopish maqsadlarida foydalanilgan. Ishlov berilmagan yuqori qismi ushlash uchun qulay bo'lgan. Keyinchalik ikki tomondan urib uchirilgan “chopping” lar paydo bo'ladi. Olduvay davri tosh qurollari orasida nukleuslar muhim o'rin egallaydi. Nukleus - toshning mehnat quroli yasash maqsadida tabiiy qobigi uchirib olingandan keyingi holati bo'lib, undan tosh qurollari yasash uchun bo'lakcha ko'chirib olish bilan bir vaqtda o'zidan qurol sifatida foydalanish mumkin bo'lgan. Olduvay bosqichi tosh qurollarining o'lchami 8-10 sm. ni tashkil etgan. Ayrim arxeologik ma'lumotlarning guvohlik berishga ko'ra olduvayliklar dastlabki qol choqmoridan foydalanishgan. qol choqmori zamonaviy tadqiqotlar davomida aniqlangan ashyoviy dalillarga ko'ra taxminan 1,5 mln. yilliklarda paydo bo'lgan ekan. Tosh qurolining bunday turi arxeologiya fani tilida “bifas”, deb ataladi. Dastlabki qol choqmorlari yirik (uzunligi 35 sm. gacha) oval yoki bodomsimon shaklga ega bo'lgan ogir mehnat quroli hisoblangan. Yuqori qismi keng va pastga tomon torayib, o'tkir uch hosil qilgan bu qurol bilan o'ng qolda zarba berilib, nisbatan ogir vazifalar bajarilgan. Bunday turdagi tosh qurollari majmuasiga nisbatan “Olduvay madaniyati” atamasi arxeologiya fani sohasida keng qollaniladi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Gruziya respublikasidagi Dmanisi shaharchasi yaqinidagi ilk tosh davriga oid makondan ham tosh davrining ibtidoiy odamining eng qadimgi vakillariga tegishli suyaklar topib o'rganilgan bo'lib, uning mutloq sanasini mil.avv. 1600 yilliklar bilan sanalangan. Bu bevosita insoniyatning Olduvay davrining oxirgi bosqichlaridan boshlab ibtidoiy odamlar Sinay yarim oroli orqali Yaqin Sharq hududlariga o'ta boshlaydi. Bu hudud fauna va florasi hozirga ancha yaqin bo'lgan. Bundan 2 million yillar avval Sharqiy O'rta yer dengizi atroflari hududlaridagi yerlarlarda villafrank faunasiga xos fil, etrusk nasorgi, gippopatam, timsoh va shular kabi issiqsevar hayvonlar yashagan. Bu davrda yer yuzining relefi ham hozirgidan ancha farq qilib, nisbatan past va tekis bo'lgan. Dengiz atrofi hududlari savannani eslatgan. Taxminan ikki milion yillar avval tog tizmalarining ko'tarilishi va toglar oraligi vodiylarining pasayish jarayoni faollashadi. Toglarning ko'tarilishi va eroziya jarayoni natijasida tabiiy gorlar ochib, keyinchalik qadimgi odamlar panoh topish imkoniyati paydo bo'ladi. Bunday qulay tabiiy sharoit so'nggi olduvay davri ibtidoiy odamlarining ushbu hudud bo'ylab keng tarqalishiga imkon yaratgan. Suriya 8 va Livanning dengiz bo'yi hududlaridagi ibtidoiy makonlardan choppinglar va ularni yasashda hosil bo'lgan ko'plab mayda uchirindilar topilgan. Ashel davri. Bu bosqichda yer yuzida ikkita muzlik oraligi va ikki muzliklar hukmronlik qilgan davrga togri keladi (gyuns-mindel, mindel, mindel-riss va riss). Olduvay davrining oxirlarida Еvrosiyoga, ya'ni Sharqiy O'rta yer dengizi hududlarigacha tarqalgan ibtidoiy kishilar guruhining shimoliy-garbga tomon tarqala borishi Kichik Osiyodan Dardanell va Bosfor bugozlari orqali Bolqon yarim oroliga o'tib Еvropaning sharqiy va janubiy hududlari bo'ylab tarqala boshlaydi. Afrikaning shimoli-garbiy qismi bo'ylab siljigan boshqa bir to'lqini ilk ashel davridan Dardanel bugozi orqali Priney yarim oroliga o'tib, Еvropaning janubiy hududlarini egallaydi va shimoliga tomon kengayib boradi. Bu davrda Еvropa, ayniqsa uning janubiy hududlarida issiq iqlim sharoiti hukron bo'lib, unga xos villafrank faunasiga xos issiq iqlim sharoitiga mos hayvonot dunyosi keng tarqalgan. Ilk ashel davriga oid arxeologik yodgorliklar Ispaniya, Portugaliya, Fransiya kabi davlatlarning hududlarida ko'plab uchraydi. Bu paytda Olduvay bosqichida ma'lum bo'lgan tosh qurollari turi ko'payib, ularning ishlanish usuli takomillashadi, ayniqsa, qol choqmori yanada mukammallashadi. Ashel davrining o'rtalaridan boshlab tosh qurollariga zamonaviy arxeologiya fan tilida levallua (Parij yaqinidagi Levallua-Perre nomidan olingan) texnikasi, deb ataladigan usulda ishlov berish an'anasi vujudga keladi. Toshga ishlov berishning bunday chaqmoqtoshli toshning atrofidagi tabiiy qobigi urib uchirib olingandan so'ng hosil bo'lgan gardishsimon (toshbaqa po'stiga oxshash) shaklli nukleusdan ko'chirib olinadigan tosh bo'laklari va ularning mehnat quroli sifatida ishlanish usuliga nisbatan levallua texnikasi, deb ataladi. Levallua texnikasi muste davrida rivojlanadi va ayrim janubiy o'lkalarda so'nggi paleolit davrida ham saqlanib qoladi. Bunday nukleuslarning konturi ilgarigiga nisbatan togri va tekis bo'lib, undan tomonlari togri va nisbatan yupqa tosh bo'laklari uchirib olish imkoniyati oshadi. Levallua texnikasiga asoslangan usul vujudga kelgandan so'ng tosh qurollari turi ancha ko'payadi. Bu davrda tosh qurollariga retushlash asosida ikkilamchi ishlov berish usuli paydo bo'ladi. Retushlash deganda, o'zak, ya'ni nukleusdan ko'chirib olingan tosh bo'lakchasiga yordamchi vosita orqali kichik zarbalar orqali tig hosil qilish tushuniladi. Retush suyak, yogoch va ayrim hollarda toshlar yordamida amalga oshiriladi. Keyinchalik “отжимный ретуш”, biror vosita bilan siqib tig hosil qilish usuli vujudga keladi. Turli tosh navlaridan tashqari ibtidoiy odamlar yogoch va suyaklardan ham qurol sifatida foydalanishgan. Ibtidoiy kishilar yogochlardan turli maqsadli qurollar sifatida foydalanishgan bo'lsalarda, bizgacha ularning kam sonli nushalari saqlanib qolgan. Ularning saqlanib qolgan namunalari Ispaniyaning Torralba manzilgohidan topib o'rganilgan. Bunday qurollardan kovlash ishlarini amalga oshirish yoki hayvonlarni ovlash maqsadlarida foydalanilgan bo'lishi kerak. Angliyadagi Klekton makonidan tissa novdasidan yasalgan nayza topilgan. Laringen (Germaniya) makonidan ham o'ldirilgan fil qovurgalari orasidan 215 sm. uzunlikdagi nayza sifatida ishlatilgan tissa navdasi aniqlangan. Ashel davri uchun bir necha turdagi makonlar xos. Ular bir necha qalin madaniy qatlamlardan iborat ochiq joy, gor-makon va ov jarayonida yashagan qisqa muddatli 9 kulbalardan iborat bo'lgan. Ibtidoiy kishilari gor-makonlarda va tekisliklardagi ochiq joylardagi chayla kulbalarida istigomat qilishgan. Gorlarning ichki qismi odatda zah bo'lganligi sababli ularning oldida chaylalar barpo qilinib, ularning ayvonidan yoginlardan tusuvchi tabiiy vosita foydalanilgan. Ibtidoiy kulbalarning izlari Tera Amanta, Lazaret gori (Fransiya), va Azix gori (Ozarbayjon) lardan topilgan. Ularning ayrimlarida ochoq izlari uchraydi. gorlar kishilarning yashashi uchun boshpana bo'lib qolmay yirtqichlardan himoyalanuvchi vositasi vazifasini bajargan. Ashel davri oxiriga kelib, odamzod yer yuzining keng hududi bo'ylab yoyiladi. Bu davr yodgorliklari Atlantika okeanidan sharqda Tinch, janubda Hind okeanigacha bo'lgan yerlarga tarqalgan. Еvropaning ashel davri aholisi o'rmon fili, qisman yovvoyi ot, kamchilik holatlarda bugu, va nosorglarni ov qilib kun kechirishgan. Aynan fil go'shti ibtidoiy odamlar oziq-ovqatining 5/4 qismini tashkil etgan. O'lja asosan yosh fil yoki uning bolalariga tegishli bo'lgan. Odatda o'lja ov qilingan joyda iste'mol qilingan. Bu davrga oid Torralba (Ispaniya), Ambrone yodgorliklaridan topib o'rganilgan suyak topilmalari shundan dalolat beradi. Ibtidoiy jamoa a'zolarining ov jarayoni nihoyatda mashaqqatli kechgan. Birgina hayvonni ovlash uchun bir necha kunlab hayvonlar izidan ommaviy izgib yurishlariga togri kelgan. O'rta Osiyoning ashel davri arxeologiyasi. O'rta Osiyo hududi ibtidoiy kishilar tomonidan qachon egallanganligi togrisidagi ayrim ilmiy farazlar doirasida fikr yuritish mumkin bo'lgan yodgorliklar o'rganilgan. Ma'lumki, O'rta Osiyoning paleolit davri yodgorliklarini o'rganish ishlari A.P.Okladnikovning o'tgan asrning 30-yillarida olib borgan qidiruv ishlari natijasida Teshiktosh gor-makonining o'rganilishidan boshlanib, hozirga qadar ko'plab yodgorliklar aniqlangan. Hozirga qadar O'rta Osiyo hududidan ashel davriga oid yigirmaga yaqin aniqlangan ochiq turdagi joy makonlar va gor-makonlardan iborat arxeologik yodgorliklar mintaqaning pastekistliklarida, tog oldi va togli hududlarida joylashgan. Yodgorliklarning aksariyatida stratigrafik qazishmalar amalga oshirilgan, ayrimlarining sirtidan topilgan mazkur davrga oid tosh qurollari bilan mashhur. Ashel davri arxeologik yodgorliklari O'rta Osiyoning barcha hududlarida uchraydi. Xususan, otgan asrning 40-yillarida A.P.Okladnikov Turkmaniston Yangaja II, 60-70-yillarida M.R.Qosimov Toshkent vohasi (Ko'lbuloq), U.I.Islomov Fargona vodiysi (Selungur), V.A.Ranov Janubiy Tojikiston (Qoratov I va Lohutiy I va Guldara) H.A.Altpisbayev Janubiy Qozogiston (Bo'riqazigan, Tanirqazigan) va yaqin yillarda A.P.Drevyanko rahbarligidagi sibirlik arxeologlar guruhi (Janish va Dostig) hududlarida olib borilgan tadqiqot ishlari sababli O'rta Osiyoning ashel davri bo'yicha muhim yangi ma'lumotlar to'plangan. Bu mintaqaning ashel davri yodgorliklari sanasi akademik O.I.Islomov o'zining oxirgi ilmiy maqolalarida Selungir makoni sanasini mil.avv. 1,5 mln. yilliklar doirasida beligilagan. Lekin, boshqa bir tadqiqotchi olimlar unga e'tiroz bildirgan holda, so'nggi ashelning ilk bosqichlariga oidligini e'tirof etishadi. O'rta Osiyoning eng qadimgi yodgorliklari orasida arxeolog olim V.A.Ranov tomonidan o'rganilgan Janubiy Tojikiston hududidagi Guldara, Qaratov I va Lohutiy I kabi makonlari muhim o'rin egallab, ular ashel davrining turli bosqichlaridan xabar beradi. 10 Ulardan eng qadimgisi Obimozor daryo vohasidagi Guldara makoni paleomagnit usulidagi tekshirish natijalariga ko'ra ashel davrining ilk bosqichiga oid. Makonning madaniy qatlamidan olingan tosh qurollarining hajmi ancha kichik. Ular dumoloq shaklli nukleuslar, tosh bo'lakchalari, uchrindilar, qirgichlar va sanchqilardan iborat bo'lib, ular qayroqtoshlardan yasalgan. Ashel davrining keyingi bosqichlariga oid Qaratov I, Lohutiy I va boshqa joy makonlari muhim ahamiyatga ega. Qaratov I yodgorligi Dushanbe shahridan 50 km. janubi-sharqda dengiz sathidan 1125 metr balandlikda joylashgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlari yerning tektonik siljishi natijasida soz tuproq tagiga ko'milib ketgan. Madaniy qatlamlaridan qazib olingan tosh qurollarining yasalishi juda sodda bo'lib, nisbatan kam sonli qismi past navdagi chaqmoqtosh va ko'progi daryo toshlaridan ishlangan. Ular chopperlar (skrebla, skrebki, prokolki to'qnagich) Yodgorlikda termolyuminissent usulidagi tekshirish natijalari asosan mil.avv. 200 ming yilliklar doirasida sanalanishi mumkinligi ta'kidlangan. Nisbatan rivojlangan madaniyat bosqichiga ega bo'lgan Lohutiy I yodgorligi Obimozor daryosining o'ng irmogi Hashar daryosi soxilida joylashgan bolib, tosh qurollari daryo toshlaridan yasalgan bo'lib, Qaratov I yodgorligidagi tosh qurollarga nisbatan ishlanishi takomillashgan shaklga ega bo'lgan. Nukleuslari gardishsimon va bir maydonchali, bir tomonli. Shuningdek, daryo toshidan qopol ishlangan nukleuslar ham mavjud. Tosh qurollarga ishlov berishda qisman levallua texnikasi kuzatiladi. Tishli, oyiq qilib ishlangan tosh qurollari va chopperlar ham uchraydi. Makonning madaniy qatlamlarini termolyuminissent usuli bo'yicha mutloq tekshirish natijalari uning 120-130 ming yil qadimiylikga egaligini ko'rsatgan. Janubiy Qozogistonning Qoratov hududidagi H.A.Altpisbaev o'rgangan Bo'riqazigan va Tanirqazigan yodgorliklari muhim o'rin egallaydi. Kichik Qoratov hududida Kamer togining janubiy yonbagirlarida Ko'ktol daryosidan Sharqda yerning ustki qismidan tadqiqotchi ko'psonli tosh qurollarini terib olgan. Qurollar ko'kimtirQora rangli chaqmoqtosh tosh navidan ishlangan. Ulardan chopper va chopping shaklli tosh qurollar ko'pchillikni tashkil etadi. Ikki tomonlama ishlov berilgan qol choqmorlari mavjud bo'lib, tadqiqotchi olim ularning shakli, urib sindirish va ishlov berilish texnikasiga ko'ra ikki turini ajratadi. Sindirilmalar shakli va o'lchamiga ko'ra turli xildagi yirik nushalardan iborat. Mazkur yodgorliklar tadqiqotchi tomonidan ashell davrlari bilan sanalangan. Janubiy Qozogistonda, Jambil viloyatida joylashgan Shabakti makoni muhim o'rin egallaydi. Tadqiqotchi tomonidan Kichik Qoratovning shimoli-sharqiy tomonidan ashell-muste davrlari bilan sanalagan Takali va Qizilrisbek makonlari ham o'rganilgan. Tosh qurollari juda sodda bo'lib, yuqorida keltirilgan tosh navlaridan yasalgan. Sindirilmalar yuqorida keltirilgan xillaridan iborat. Nukleuslardan gardishsimon ikki tomonlilari ajralib turadi va ularning ayrimlari 20 sm.ga boradi. Ayrim nukleuslar uchburchak shaklli levallua ko'rinishda. Stratigrafik qatlamga ega bo'lmaganligi sababli tosh qurollarining shakllariga ko'ra ularning bir qismi muste davriga oid bo'lishi mumkin, degan xulosaga kelingan. Ochiq turdagi makonlardan Angren shahridan janubi-garbda Ko'lbuloq makoni Ohangaron daryosining o'ng irmogi hisoblanadigan Jarsoyning o'ng tomonidagi soy bo'ylab uzunasiga joylashgan tepalikning qiyalangan joyida shu nomdagi buloq 11 yaqinida joylashgan. Bu hudud Toshkent vohasidagi yirik tog tizmalaridan biri hisoblanadigan Chotqol tog tizimasining janubi-garbiy yon bagirlarida joylashgan. Arxeologik yodgorlik 1962 yili O.M.Rostovsev tomonidan aniqlangan bo'lib, 2007 yilga qadar ma'lum to'xtalishlar bilan bir necha bor qazishma ishlari olib borilgan. O'tgan asrning 60-80 yillarida M.R.Qosimov, 1994-1994 yillarda O'zR FA Arxeologiya instituti ilmiy rahbarligida (O'.I.Islomov - ekspedisiya ilmiy rahbari, K.A.Kraxmal, B.K.Sayfullayev, N.O.Hushvaqtov) RF FA Arxeologiya instituti Leningrad bo'limi hamkorligida (N.K.Anisyutkin) va 2007-2008 yillarda O'zR FA Arxeologiya instituti, RF FA Sibir bo'limi Arxeologiya va etnografiya instituti va Bryussel san'at va tarix qirollik muzeylari qo'shma ilmiy espedisiyasi (O'zbekistonRossiya-Belgiya) tomonidan o'rganilgan. Amalga oshirilgan qazishma ishlari natijasiga ko'ra 19 metr qalinlikda 49 ta madaniy qatlamlar aniqlanib, ulardan 22 tasi ashel, 24 tasi o'rta paleolit (muste) va 3 tasi esa so'ngi paleolit davrlariga oid bo'lib, bu yerda ibtidoiy jamoa a'zolari taxminan ashel davrining ўxirgi bosqichlari (mil.avv. 200 ming yilliklar) dan to so'nggi paleolit (mil.avv. 24 ming yilliklar) davriga qadar muntazam hayot kechirganliklaridan habar beruvchi ashyoviy dalillar aniqlangan. O'rta Osiyoning ashel davri topilmalari orasida Selungir makoni ahamiyati yuqori sanaladi. Yodgorlik Oloy tog tizmasidagi qaydarkon degan joyda joylashgan. Dastlab u o'tgan asrning 50-yillarida A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan bolib, so'nggi paleolit davri bilan sanalangan. 80-yillarda arxeolog olim O'.Islomov va 90-yillarda uning shogirdi K.Kraxmallar tomonidan qazishma ishlari davom ettirilgan. qazishma natijalarida yodgorlikning beshta madaniy qatlami aniqlanib, ulardan jami 1417 dona tosh qurollari, shundan 852 ta uchrindi, 306 ta turli tosh qurollari va 38 ta nukleuslar olingan. Shuningdek, hayvon suyaklari bilan birgalikda eng qadimgi odamlarga tegishli suyaklar ham topib o'rganilgan. Suyaklar ibtidoiy odam bosh chanogining yuqori qismi, olti dona tish va yelka suyak bo'laklaridan iborat bo'lgan. Hayvon suyaklari topilmalari esa ayiq, bori, yovvoyi cho'chqa, buqa, tur, ot, arhar, bugu va nasorglarga tegishli bo'lgan. Yodgorlikning shakllangan vaqtining mutloq davri bo'yicha ikki xil sanalar keltiriladi. U.I.Islomov yodgorlikning mutloq sanasini mil.avv. 1,5 mln. yillik bilan davrlashtirishsa, ayrim xorijlik mutahassislar uning qadimiyligini inkor etgan holda ashel davrining so'nggi bosqichiga oid ekanligini aytishadi. Shuningdek, Turkmaniston hududida Turkman (ilgargi Krasnavodsk) yarim oroli hududida Yangaja va hara Tengir temir yo'l stansiyalari oraligida arxaik shakldagi ko'chirindi (otshep) va ikki nushadagi keskich (rubilsa) topilgan Qashqirbuloq (Turkmaniston) On Archa (Qirgiziston), yodgorliklari O'rta Osiyo hududida ashel davrining boshlaridan ibtidoiy jamoa kishilari yashay boshlab, ularga tegishli makonlar mintaqaning pasttekisliklaridan tortib, baland tog tizmalariga qadar bo'lgan keng hududlariga yoyilgan. O'rta Osiyoning muste davri arxeologiyasi. Muste davri - riss-vyurm (interglyasial-muzlik oraligi) va vyurm muzligi davrlariga togri keladi. Bu davrda o'tgan asrning oxirlariga qadar odamzodning paleoantrop (neandertallar) turi yashab, ulardan zamonaviy qiyofadagi odamlar-neoantroplar (xoma sapiens) ajralib chiqqanligi togrisidagi ilmiy qarashlar hukmron bo'lgan. Taxminan o'tgan asrning Oxirgi 12 choragidan neandertallar zamonaviy qiyofadagi ongli odamlarning ajdodi emasligi, ular mil avv. 23 ming yillikga qadar birga yashab, keyinchalik ularning turlari qirilib ketgan, degan ilmiy fikrlar ilgari surilib, hozirgi paytda uni tasdiqlovchi paleoantropologik ma'lumotlar doirasi kengaygan. Muste davrining dastlabki bosqichi (mil.avv.120/100-80/70 ming yilliklar) rissvyurm muzliklari oraligi davridan iborat bo'lib, harorat issiq va yogingarchilik miqdori yuqori bo'lgan bu davrda yer yuzida ashel davriga xos villifrank (issiqsevar) faunasi vakillari tarqalib, ibtidoiy kishilarning yashashlari uchun ancha qulay bo'lgan. Muste davri moddiy madaniyati sohasida ma'lum ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bu davrda Еvrosiyoning garbiy mintaqalarida tosh qurollariga ishlov berishning levallua texnikasi yanada takomillashadi. Janubiy o'lkalarda esa uning lokal hududlar uchun xos bo'lgan usullari vujudga keladi. Nukleuslar mukammallashib, ular obdon tayyorlangan zarb maydonchasi bilan farq qilgan. Zarb maydonchasi hosil qilingan nukleuslardan tekis burchakli uchrindilar ko'chirib olish va ulardan mehnat qurollari sifatida foydalanishlari mumkin bo'lgan. Bu davrda tosh qurollariga ikkilamchi ishlov berish, ya'ni retushlash (tigini o'tkirlash) usullari takomillashadi. Retushlashda biror vositalar: suyak, shoh yoki toshlardan foydalanilgan. Bu davrda ayniqsa, tosh qurollarining tigini qol kuchi bilan siqib o'tkirlash “otjimniy retush” usuli takomillashadi. Uni amalga oshirish uchun ko'proq suyak yoki hayvon shohlaridan foydalanilgan. Tosh bo'lakchasini retushlash jarayonida tosh qurol tigi tishli yoki arrasimon shakl hosil qilgan. Natijada aniq shakl hosil qilgan, ko'p hollarda o'tkir uchli bodomsimon tosh qurollari vujudga kelib, ulardan xojalik maqsadlari va ov jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan. Tabiiy xususiyatiga ko'ra faqat chaqmoqtosh navli toshlarda retushlash ishlarini qollash mumkin. Chaqmoqtosh navli toshlar asosan Еvrosiyoning shimoliy qismida ko'proq uchraydi, janubiy o'lkalarda uning noyobligi tufayli Mehnat qurollari yasashda qayroqtosh va daryo toshlaridan foydalanilgan. Bunday turdagi tosh qurollariga ikkilamchi ishlov berish imkoniyatining bo'lmaganligi sababli ularning arxaik shakli saqlanib qoladi. Shuning uchun paleolitshunos olim H.L.Movius tosh qurollarining ishlanish usuliga ko'ra ikki asosiy guruhga ajratib o'rganishni taklif qiladi. V.A.Ranov O'rta Osiyodagi paleolit davri arxeologik yodgorliklarning tosh qurollariga ishlov berish texnikasiga ko'ra levallua, levallua-muste, togli muste, mustesaon kabi guruhlarga bo'lgan. Keyinchalik Toshkent vohasidagi Ko'lbuloq makoni tosh qurollari texnikasi asosida M.R.Qosimov tishli muste texnikasi faoliyati togrisida fikr bildirgan. Lekin, R.H.Suleymanov mazkur davr tosh qurollarining ishlanish texnikasiga ko'ra ikki guruhga ajratgan. O'rta Osiyoning muste davriga oid dastlabki makon 1938 yili A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan Teshiktosh gor makon so'nggi oradan 70 yildan ortiq davr mobaynida O'rta Osiyo hududidan muste davriga oid 200 dan ortiq arxeologik yodgorliklar aniqlangan. Muste davri yodgorliklari O'rta Osiyoning barcha hududlarida mavjud bo'lsada, ularning asosiy kopchlik qismi O'zbekiston va Tojikiston respublikalari hududlaridan tarqalgan ochiq turdagi joy-makon va gor makonlardan iborat. Muste davriga oid yodgorliklarni o'rganishda A.P.Okladnikov, D.N.Lev, V.A.Ranov, R.H.Suleymanov, S.A.Nesmyanov, M.R.Qosimov, M.J.Jo'raqulov, 13 T.Mirsoatov, Ne'matov, B.Sayfullayev, N.Hushvaqtov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan stratigrafik mazmundagi arxeologik ilmiy ishlari muhim o'rin tutadi. Muste davri makonlari orasida Boysun togining janubiy yonbagrida Turgandaryoning (Sheraboddaryoning yuqori oqimi) chap tomonida Zovtalashgansoy yoqasida, dengiz sathidan 1500 metr balandlikda joylashgan Teshiktosh gor-makoni muste davri yodgorliklari orasida muhim o'rin egallaydi. Gor-makonda 1938 yili arxeolog olim A.P.Okladnikov tomonidan arhologik qazishma ishlari olib borilgan. Gor-makonda amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida muste davriga oid beshta madaniy qatlam aniqlanib, ulardan jami 2859 nushadagi artefakt olingan. Ulardan 2520 tasi tosh qurollari yasash jarayonida hosil bo'lgan uchirindilarni va 339 tasi esa ishlov berish tugallangan tosh qurollarini tashkil etadi. Tosh qurollari asosan kremniylashgan ohaktoshdan yasalgan, nisbatan yuqori sifatli tosh navi, ya'ni yashmasimon chaqmoqtoshdan qisman foydalanilgan Tosh qurollari muste davriga xos ishlov berish usullari asosida yasalgan. Tosh qurollari orasida nukleuslar (134 ta) va plastinlar kopchlikni tashkil qiladi. Keyingi o'rinni ovda foydalanilgan to'gnagich, tosh nayza, qirgich kabilar egallaydi. Nukleuslardan notekis gardishli radial qiyshiq sindirilganlari nisbatan kopchlikni tashkil qilib, ular notogri o'lchamga ega. Nukleuslardan kam sonli ikki tomonlama gardishlilari ham mavjud. Ikkinchi turdagi nukleuslar uch burchakli bo'lib, ularning ayrimlarini bir zarb maydonchali guruhiga kiritish mumkin. Maqsadli ishlangan qurollardan tognagich, qirgich va sanchqilar muhim o'rin egallaydi. Tognagich va qirgichlar nisbatan yirikroq uchrindilardan yasalib, ikkilamchi ishlov berilganda qavariq va tekis tig hosil qilgan. Sanchqilarning ikki turi: uchburchak va bir tomoni qavariq, qarama-qarshi tomoni qayrilganlari ajralib turadi. Ulardan birinchisi ov jarayonida, ikkinchisi esa novdalarga ishlov berish ishlarini bajargan. Sanchqilar o'lchami va bir tomonlama ishlov berilganligi bilan ajralib turadi. Tognagichlarning ham o'lchami kichkina. Boshqa bir turli tosh bo'laklari-plastinlardan ham foydalanilgan. Teshiktosh uchun baland tog hududlarida yashovchi fauna vakillari xos bo'lib, topilgan hayvon suyak topilmalari orasida asosiy ko'pchillikni sibir tog echkisi, ya'ni kiyik (38 bosh), kam sonli bugi, ot, ayiq, giena, leopard, quyon (bir qisman ikki bosh) va kemiruvchilar hamda qushlarning suyaklarini tashkil etadi. Teshiktoshliklarning ovchilikdagi asosiy o'ljasi ko'proq kiyiklarga qaratilgan bo'lib, boshqa turdagi hayvonlarni imkoniyat tugilgan holatlarda qolga tushirishgan bo'lsa kerak. Teshiktosh gor-makonidan topilgan neandertal bolasining bosh chanogi O'rta Osiyoda tosh davri makonlari orasidagi muhim paleoantropologik topilma hisoblanadi. Bosh chanoq yuqori madaniy qatlamda joylashgan bo'lib, butun tana qismi skleti toliq saqlanmagan. Tadqiqotchining xulosasiga kora bola qabri atrofida tog echkisining juft shoxlari tartib bilan terib qo'yilgan. Neandertallar marxumlarni dafn etish ko'nikmasiga ega bo'lishi mumkin. Antropolog olim M.M.Gerasimov bo'laklangan bosh chanoqni tiklab, uning qiyofasini yaratishga erishgan. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, hozirgi paytda neandertallar zamonaviy qiyofadagi odamlarning ajdodi bo'lmagan, degan qarashlar ustinlik qilmoqda. Paleantropologik ma'lumotlarning guvohlik berishicha neandertallar zamonaviy odamlar bilan birga yashashib, ular bundan taxminan 23 ming yillar burun qirilib ketishgan ekan. 14 Toshkent vohasidagi ko'p qatlamli ochiq turdagi Ko'lbuloq makoni Ohangaron daryosining o'ng irmogi hisoblanadigan Jarsoyning o'ng tomonidagi soy bo'ylab uzunasiga joylashgan tepalikning qiyalangan joyida shu nomdagi buloq yaqinida joylashgan. Makon O.M.Rostovsev (1962) tomonidan aniqlanib, M.R.Qosimov tomonidan O'zR FA Tarix instituti (keyinchalik Arxeologiya instituti) dastlabki qazishma ishlar (1963, 1967, 1971, 1975 yilllar). Keyinchalik akad. O'.I.Islomov boshchiligidagi ekspedisiya (1994, 2007-2008) Rossiya Federasiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda qazishma ishlarini davom ettirish bilan birgalikda Ko'lbuloq atrofi hududlarida paleolit davriga oid yangi makonlar aniqlangan. Ochiq turdagi makonlardan Ko'lbuloq yodgorligi O'rta Osiyoning paleolit davriga oid muhim yodgorliklaridan biri hisoblanib, yodgorlikning o'rtadagi madaniy qatlamlari (4-28 qatlamlar) muste davriga oid. Tosh qurollari kremniylashgan tosh navlari va qayroqtoshlardan ishlangan Mehnat qurollaridan iborat. Makondan gardishsimon levallua va protoprizma shakldagi nukleuslari xos. Tosh qurollari qirqish, kesish, teshish va boshqalardan iborat bo'lib, ular tishli yoki o'yiqli usuldagi ikkilamchi ishlov berish asosida yasalgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlarida kul qoldiqlari va hayvon suyaklari ham uchraydi. Bu erdagi ibtidoiy odamlar chayla uylarda yashashib, ovchilik va terib termachilik bilan kun kechirishgan Samarqand viloyati hududida Omonqoton gor-makoni, Qotirbuloq va Zirabuloq kabi ochiq turdagi joy makonlar mavjud bo'lib, ular arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. Zarafshon tog tizmasining yon bagrida Omonqoton qishloqi yaqinida joylashgan Omonqoton gori o'tgan asrning 40-yillari oxirlarida (1947-1949 yillar) D.N.Lev tomonidan o'rganilgan, gorning ogzi shimoliy-garbga tomon qaragan bo'lib, kenligi 1,5 m., balandligi 0,9 m. va ichkarisi 25 m. ni tashkil etib, taxminan yarmidan oshgandan so'ng ikkiga ajraladi. Tadqiqot ishlari davomida madaniy qatlamlari butunlay qazib olingan. Undan topib o'rganilgan qurollari chaqmoqtosh, kvas, diorit kabi tosh navlaridan yasalgan. Ular uchli paykonlar, plastinkasimon qurollar, chopqilar, nukleuslar va uchrindilardan iborat. Hayvon suyaklari orasida qo'ngir ayiq, tog echkisi, mayda kemiruvchilar va boshqalarning suyaklari ko'plab uchraydi. Samarqand shahridan taxminan 100 km. janubi-garbida Qotirbuloqni ochiq turdagi yodgorliklar sirasiga kiritadi. Qotirbuloq makonidagi tosh qurollarini chaqmoqtosh, diorit, kvarsit va daryo toshlaridan yasalgan o'tkir uchli paykonlar, qirgichlar, teshgichlar, parmalar, bargsimon qurollar hamda daryoning shagal va chaqmoq toshlaridan yasalgan chopping va chopper, yassi va gardishsimon nukleuslar, uchrindilar va boshqalardan iborat. Ular O'rta Osiyoning boshqa muste davri makonlariniki bilan umumiy oxshashlikga ega. Unga yaqin bo'lgan joydagi Zirabuloq makoni moddiy topilmalarini ham kiritish mumkin. Obirahmat gor-makoni. O'rta Osiyodagi paleolit davrining noyob gormakonlaridan biri sanaladigan Obirahmat Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani hududida Toshkent shahridan 100 km. Sharqda Tyanshan tog tizmasining janubigarbiy qismida joylashgan bo'lib, gor makon A.R.Muhammadjonov tomonidan (1962) aniqlanib, M.M.Gerasimov va H.K.Nasriddinovlar tomonidan dastlabki qazishma amalga oshiriladi va R.H.Suleymanov (1964-1965) davom ettirgan. 1998 yildan 15 O'zRFA Arxeologiya instituti va Rossiya FA Sibir bo'limi Arxeologiya va etnografiya institutlari hamkorligida ilmiy tekshirish ishlari qayta tashkil etiladi. Amalga oshirilgan qazishma ishlarining natijalariga ko'ra gor-makon 10 m. qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlamlar aniqlangan. R.H.Suleymanov olib borgan arxeologik tadqiqotlari natijasida makondan aniqlangan tosh qurollarining ishlanish texnikasiga bo'lgan o'z davri yondashuvlariga asoslangan olimi yodgorlikni muste davri bilan belgilagan. Keyingi qazishma ishlari natijasida toshga ishlov berish texnikasi xususiyatlarini asoslangan tadqiqotchilar yodgorlikni mustening keyingi va so'nggi paleolit davrining ilk bosqichlari bilan belgilashmoqdalar. Yodgorlikda amalga oshirilgan bir nechta kalibrli mutloq tekshirishlari orasida uran toriy va radiokarbon usuli natijalarining ahamiyati katta sanaladi. Yodgorlikning yuqori madaniy qatlami mil.avv. 42000+-1400 ming yillik bilan sanalangan. Boshqa turdagi mutloq tekshiruvlar esa, yanada qadimiyroq sanani (95 000 va 125 000 yillar) ko'rsatgan. Gor makon qalin madaniy qatlami unda ibtidoiy kishilar uzoq muddat istiqomat qilganliklaridan dalolat beradi. Gordan topilgan suyaklarning yarmidan ko'progini yovvoyi echkilarga tegishli. Shuningdek, tog echkisi (kiyik), bugu, qo'y, cho'chqa suyaklari ham mavjud. Bu yerda yashagan kishilar asosan tog echkisiga ov qilishgan. Topib o'rganilgan tosh kurollarining aksariyatini kremniylashgan toshdan yasalgan prizmasimon, ya'ni protoprizma texnikaga asoslangan turli qurollardan iborat. qurollar hududdagi kremniylashgan mahalliy tosh zahiralariga ishlov berish imkoniyatlariga mos holda ko'chirib olingan uchrindilar nisbatan ancha qalin bo'lib, ularning ba'zilariga qayta ikkinchi marta ishlov berilgan. Asrimiz boshlarida A.P.Drevyanko rahbarligidagi ekspedisiya hodimlari tomonidan arxeologik qazishmalarida zamonaviy qiyofadagi qadimgi odamlarga tegishli suyak qoldiqlarini topib o'rganishga muvoffaq bo'lishgan. Muste davrining bunday turdagi makonlaridan Tojikiston Respublikasi Vaxsh tog tizmalarining janubi-garbiy qismida joylashgan Ogzikichik gori muhim yodgorliklar sirasiga kiradi. gordagi madaniy qatlam 1 m. ni tashkil etadi. Bu erdan qayroq toshdan ishlangan qurollar: plastinkalar, o'tkir uchli qurollar, parakchalar va qurol sifatida ishlatilgan uchrindilar, pichoq, qirish, kesish, teshish maqsadlarida foydalanilgan tosh parchalari qazib olingan. Bu qurollarning aksariyati retushlangan. Ochiq turdagi makonlar sirasiga Vaxsh vohasida joylashgan Qorabura va Oqjar yodgorliklari tegishli. Qorabura joy-makonidan juda ko'p tosh parchalari va Mehnat qurollari topilgan bo'lib, ularning yarmi qurol yasash maqsadida o'zakdan ko'chirib olingan mayda bo'laklardan iborat. Ular nukleuslar, uchrindi, uchli paykonlar. Nukleuslarning asosiy qismini bir tomonli gardishsimonlilar va kamchilik qismini esa ikki tomonli gardishsimonlari va protoprizma shaklga ega bo'lganlari tashkil etadi. Tosh qurollar orasida ayniqsa, chopper va choppinglar ham ko'p uchraydi. Qirgizistonning muste davriga oid makonlari ham nisbatan yaxshi o'rganilgan. Bu erdagi Tossor va Georgiy do'ngligi kabi yodgorliklari muste davrining mashhur makonlari sanaladi. Tossor tosh qurollari muste davrining so'nggi bosqichi va so'nggi paleolitning ilk bosqichlariga oid. Georgiy do'ngligi mehnat qurollari yuqori pleystosenning boshlanish davriga oid. Janubiy Qirgizistondagi Isfara daryosi vodiysidagi Ho'jagayir degan joydan ham muste davriga oid manzilgoh topilgan. U 16 yerdan toshdan yasalgan-parrakchalar, qirgichlar, pichoqsimon qurollar, nukleuslar, sixchalar topilgan. So'nggi paleolit. So'nggi paleolit davrida muzlikning oxirgi (vyurm yoki valday) bosqichga togri keladi. Bu davr davomida ibtidoiy jamoa a'zolari yangi yerlarni o'zlashtira borib yer yuzining barcha hududlariga (Amerika va Avstraliya) tarqalib bo'ladi. Eng muhim yangilik insoniyat qiyofasidagi o'zgarishlarning sodir bo'lishi edi. Zamonaviy qiyofadagi odamlar-xoma sapiens sapiens, ya'ni kramanyon turidagi odamlarning shakllanishi bilan antropogonez jarayoni nihoyasiga etadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi bunday muhim o'zgarish ularning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi dastlabki tub burilish davrining boshlanishi hisoblanardi. Ongli odamning paydo bo'lishi jamiyat hayotining barcha sohalarida muhim o'zgarish va yangiliklarning sodir bo'lishi bilan davom etadi. Moddiy madaniyat o'zgarishlaridan toshga ishlov berishning prizma texnikasi paydo bo'ladi. Prizma shaklli nukleuslardan yupqa va uzunroq tosh bo'laklarini (plastinka) ko'chirib olish qulay bo'lib, ilgargiga tosh qurollarga nisbatan tigi o'tkir va ixcham tosh qurollarini yasash imkoniyatini yaratadi. Prizmasimon nukleuslardan sindirib olingan tosh bo'laklari ko'pincha ikkilamchi ishlov berish-retushlashga zarurat qolmaydi. Ibtidoiy kishilarning sun'iy uy-joylarni qurish amaliyotini o'zlashtirishi natijasida ularning yashash sharoitlari yaxshilanib bordi. Ibtidoiy kishilar faqat tog va tog oldi hududlarida yashab qolmasdan keng vodiylar bo'ylab tarqala boshladi. Ongli inson tafakkurining takomillashib borishi bilan tabiat sirlarini anglashga bo'lgan harakat amaliy tajribalarining ortib borishiga sabab bo'ladi. Inson ongidan tashqaridagi kuchlar togrisida tasavvurlar paydo bo'lishi bilan ibtidoiy diniy qarashlar shakllanib bordi. Bunday qarashlar bir jihatdan ibtidoiy tasviriy san'atning vujudga kelishiga ham turtki bo'ldi. So'nggi paleolit muste davriga nisbatan yaxshi o'rganilmagan, mavjud joymakonlar soni ham kamchilikni tashkil etadi. Bu davr kishilari faqat gorlardagina yashamasdan, vodiylar va daryo bo'ylariga ham tushib kelib kun kechira boshlaydilar. Shuning uchun bu davrga oid makonlar tabiat hodisalari oqibati va keyinchalik yerlarning o'zlashtirilishi natijasida ularning madaniy qatlamlar yo'qolib, hozirgi paytda saqlanib qolmagan. O'rta Osiyoda so'nggi paleolit davri mil.avv. 40/35-12 ming yilliklar doirasida sanalanadi. O'rta Osiyoning barcha hududlarida joylashgan arxeologik yodgorliklarda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot natijalariga asoslangan olimlar butun mintaqaning butun davrga oid arxeologik majmuasini bosqichlarga ajratishga harakat qilishgan. Masalan, arxeolog olim V.A.Ranov so'nggi paleolit davrining quyidagi to'rtta variantini ajratib ko'rsatadi: Qorakamar, Ho'jagor, Samarqand, Ko'lbuloq. Toshkent vohasida so'nggi paleolit davriga oid Ko'lbuloq joy-makoni va Obirahmat gor makonlari tegishli bo'lib, ularning har ikkisi o'zidan oldingi muste davrining davomida rivojlanib, moddiy madaniyat xususiyatlarini saqlab qoladi. Ko'lbuloq joy-makonining yuqoridagi uchta madaniy qatlami so'nggi paleolit davriga oid bo'lib, tosh qurollari ishlanish usuliga ko'ra muste davridagidan farq qilmaydi. Samarqand makoni. Samarqand manzilgohi shahar markazida Siyobcha soyining o'ng soxilida joylashgan. Makonning madaniy qatlami joylarda 3-4 va 3-7 metrdan iborat. Makondan 75 mingga yaqin tosh qurollar topilgan. qurollarning 17 ko'pchiligi chaqmoqtosh, diorit, amfibolit kabi tosh jinslaridan yasalgan. Tosh qurollar uchun xom-ashyo 7-8 km. shimolda joylashgan Cho'pon ota, degan joydan olib kelingan bo'lishi mumkin. Toshdan yasalgan Mehnat qurollari qirgich, keskich, sihchalar, pichoqlar, gardishsimon nukleuslar, uchrindilar, ushatgichlar, boltalar va yupqa parrakchalardan iborat. Bular orasida hayvon terilariga ishlov berish uchun mo'ljallangan qirgichlar, teshgichlar va suyakdan yasalgan mehnat qurollari ham ajralib turadi. Ayniqsa, topilmalar orasida 16 sm. tosh bolta, tesha vazifasini bajaruvchi toshdan yasalgan qurol diqqatga sazovor. Bunday topilma boshqa manzilgohlardan uchramaydi. Makonda ibtidoiy odamlar yashagan chaylalarning izlari ham uchraydi. Chaylaning umumiy maydoni 100 metr kvadratni tashkil etadi. M.J.Jo'raqulov Samarqand makonini so'nggi paleolit davrining o'rta bosqichiga oidligini ta'kidlaydi. Lekin, tadqiqotchi arxeolog N.Hushvaqtov tosh qurollarini shakllariga asosan so'nggi paleolitning oxirlariga qadar yoshartirish taklifini bildiradi. Makondan topilgan odam suyaklari 25 yoshlardagi zamonaviy qiyofaga ega bo'lgan ayol jinsiga tegishli elka suyak, pastki jagining 9 ta tishi va boshqa tishlaridan iborat. Keyinchalik birinchi topilmaga o'xshash 35 yoshlardagi erkak yoki ayol jinsiga tegishli bo'lgan 10 ta tishi saqlangan pastki jag topilgan. Qorakamar varianti Shimoliy Afgonistonning shu nomdagi yodgorligi asosida belgilangan. Turkmanistondagi Krasnovodsk yarim orolida joylashgan Yangaja II ustaxona-makoni Qorakamar variantiga mos keladigan yodgorlik hisoblanadi. Bu makondan nukleuslar, uchrindilar, parrak va parrakchalar, teshgich, keskich va boshqa tosh qurollari topib o'rganilgan. Ular orasida nukleussimon qirgichlarning ahamiyati yuqori bo'lib, ularga oxshash qurollar Falastinning so'nggi paleolit davriga oid yodgorliklarining quyi qatlamidan ham topib o'rganilgan. Tojikistondagi Ho'jagor makonidan esa oq, qora va ko'k rangdagi chaqmotoshlardan yasalgan mehnat qurollari majmuasi topib o'rganilgan. Bu tosh qurollar nukleus, qadama, plastinka va boshqalardan iborat. Bulardan tashqari mahsus Mehnat qurollari: parmalagich, teshgichlar ham topib o'rganilgan. Tojikiston Pomir tog tizmasidan Darvoza togining garbiy qismidagi daryo vohasida ko'p qatlamli Shugnou joy-makoni joylashgan. Bu makonda to'rtta madaniy qatlam aniqlangan. Makonning umumiy maydoni 500 metr kvadrat bo'lib, madaniy qatlamlar nisbatan kichrayib boradi. Birinchi va ikkinchi madaniy qatlamlarda olovdan kuygan tuproq izlari aniqlangan. Uchinchi madaniy qatlamdan esa ibtidoiy jamoa kishilarining ish joyi o'rni aniqlangan. To'rtinchi madaniy qatlamda yashash joylari bo'lmagan. Olov qoldiqlari makonda odamlar uzoq yashamaganliklaridan dalolat beradi. Mehnat qurollariga ko'ra manzilgoh bu erda yashagan ovchi qabilalarining mavsumiy manzili bo'lganligidan guvohlik beradi. Shugnoudan topilgan barcha tosh qurollarni uch (1-madaniy qatlam, II-madaniy qatlam, III-madaniy qatlam) guruhga bo'lish mumkin. Birinchi madaniy qatlamdan ko'p sonli plastinka, nukleus-qirgichlar topilgan. Mehnat qurollari bir xilda: keskich, plastinka, retushli parrakchalar va boshqalar. Ikkinchi madaniy qatlamda plastinkalar kopchlikni, nukleuslar esa kamchilikni tashkil etadi. Ammo, qirgichlar, ushatgichlar, keskichlar soni ko'payadi. III va IVmadaniy qatlamida esa kam sonli plastinka va nukleuslar topilgan. Bu esa pastki ikki madaniy qatlamning yoshi o'rta paleolit davriga oid ekanligidan dalolat beradi. 18 Asrimiz boshlarida O'zMU arxeologiya kafedrasi R.H.Suleymanov rahbarligida Kolorado universiteti (AQSH) antropologiya departamenti xodimlari bilan hamkorlikda Qashqadaryo vohasi hududida tadqiqot ishlarini olib borib, Oyoqchisoyning yuqori qismida Angillak gor-makonida qazishma ishlarini olib bordi. Qazishma davomida tosh qurollari, paleozoologik va paleoantropologik topilmalar aniqlangan. Tosh qurollari kvars va qayroqtoshlardan iborat. Bu yerdan odam oyogining kaftidan iborat bir nushadagi suyak topilgan. Radiokarbon tekshirish natijalariga ko'ra gor-makon madaniy qatlami mil.avv. 42-26 ming yillikga tegishli bo'lgan. O'rta Osiyoning bu davrga oid manzilgohlarida oldingi davrga nisbatan hayvon suyaklari qoldiqlari ko'plab uchraydi. O'rta Osiyoning so'nggi paleolit davriga oid ko'pgina makonlarda hayvon suyaklari ko'proq uchraydi. Masalan, Shugnou makonidagi ochoqlar yonida ot, ho'kiz yoki bizon, qoy echkilarning suyaklari topib o'rganilgan. Samarqand manzilgohida ham hayvon suyaklari ko'plab uchraydi. Bu yerdagi suyaklarning ko'pchilligini ot, so'nggi paleolit davri eshagi, ibtidoiy turlarniki tashkil etsa, tuya, Buxoro bugusi, kam sonli cho'l qoyi, jayron, toshbaqa, bo'ri va qushlarning suyaklari aniqlangan. Bu hududda cho'l, to'qay, tog va tog oldi hududlarga mansub hayvonlar ko'p bo'lgan. Ko'lbuloqdan topib o'rganilgan suyaklar bugu, ot, sirtlon, yovvoyi qoylarga tegishli. Umuman olganda yer sharida yashovchi aholi turli tabiiy sharoitdan kelib chiqib, mahalliy sharoitga moslashgan hayvonlarni ov qilish va terib termachilik bilan kun kechirishgan. O'rta Osiyo hududidagi makonlardan topib o'rganilgan yavvoyi hayvon suyaklari ularning turi xilma-xilligidan dalolat berib, ibtidoiy kishilar hayotida ovchilikning ahamiyati yuqori bo'lganligidan dalolat beradi. Ibtidoiy davr tasviriy san'ati. Tasviriy san'at insoniyat tafakkurining mahsuli bo'lib, u kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlaridan shakllanna boshlagan. Aql idrokli odamlarning paydo bo'lishi bilan san'at insoniyat oliy tafakkuri mahsuliga aylanadi. Bu davrga oid chizma-tasvir va haykaltoshlik kabi amaliy san'atining kam sonli namunalari bizgacha etib kelgan. Bunday san'at namunalari o'z davri kishilarining xojalik, ijtimoiy hayoti va goyaviy-dunyoqarash qarashlaridan darak beradi. Ibtidoiy davr chizma-tasvirlarning dastlabki namunalarini bundan sal kam 150 yil ilgari (1879 yil) ispaniyalik arxeolog olim M.Sautol Ispaniyadagi Altamir gorida aniqlagan. Undagi tasvirlar gorning shift qismida joylashgan. 1895 yili ibtidoiy kishilar tomonidan chizilgan tasvirlar Fransiyadagi Lya Mut goridan aniqlangan. 1901 yilda esa A.Breyl Fransiyaning Vezer vohasida joylashgan Le Kombarell goridan mamont, bizon, bugi, ot, ayiq tasvirlaridan tashkil topgan taxminan 300 ta tasvirlarni aniqlagan. Tasvirlar orasida qisman odamlarniki ham uchraydi, ularning kopchlik qismi niqob kiygan holda berilgan. O'sha yilining o'zida mazkur goridan uzoq bo'lmagan Fon de Gom goridan arxeolog Peyroni tomonidan turli hayvonlar tasvirlarini o'rganishga muvoffaq bo'ladi. Tasvirlarning ko'pchiligi ot, keyin mamont va qisman bugilarga tegishli bo'lgan. Tasvirlar oxra va boshqa boyoqlar bilan chizilgan. Shu yili arxeolog olimlar E.Kartalyak va A.Breyllar Altamir gorini o'rganadilar. Gorning uzunligi 280 metrdan iborat bo'lib, uning shifti va devorlpriga chizilgan 150 hayvon tasvirlari kishi diqqatini o'ziga tortadi. 1959 yili zoolog olim A.V.Ryumin 19 Rossiyaning Ural togida joylashgan Kapova gorida so'nggi paleolit davriga oid tasvirlarni aniqlashga erishadi. Dastlab 7 ta mamont, 2 ta ot va 2 ta nasorglardan iborat jami 11 ta tasvir aniqlangan bo'lib, ularning barchasi tosh bo'lakchalari bilan chizilgan tasvirlarga qizil bo'yoqlar berib ishlangan. Ular qaysi davrga tegishli, degan savolga tasvirlarning mazmun mohiyati qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Gorda tasvirlari keltirilgan hayvonlar allaqachonlar qirilib ketgan. Radikarbon ularning dastlabkilari 30 ming yillik qadimiylikga, so'ngilari esa taxminan 12 ming yil qadimiylikga egaligini ko'rsatgan. So'nggi paleolit davri tasviriy san'atining boshqa bir turi ayol jinsiga tegishli haykalchalardan iborat. Ular odatda yolongoch yoki kam hollarda kiyim-boshi bilan ishlangan. 12-15 sm.dan iborat bu haykalchalar ohaktosh yoki ohakgil (mergel) kabi yumshoq turlardagi toshlardan va qisman hayvon suyaklaridan yasalgan. Paleolit davri zuxrosi nomi bilan mashhur bo'lgan bir turli haykalchalar Еvropaning ko'plab davlatlari-Fransiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Chehiya, Ukraina va nisbatan ko'proq Rossiyadagi arxeologik yodgorliklaridan topib o'rganilgan. II. Bob. Mezolit Mezolit davri xronologiyasi masalalari. Mezolit davri (yun. mezos-o'rta, litostosh) - o'rta tosh davri bo'lib, ilk bor Allen Braun tomonidan (1883) paleolit va neolit davrlari oraligi tosh qurollari majmuasini belgilash maqsadida qollanilgan. Rossiya arxeologiyasida dastlab M.Ya.Roginskiy tomonidan (1928) ishlatilgan. Hozirgi paytda ushbu atamaning ekvivalenti epipaleolit va golosen davri paleoliti kabi atamalar ham ayrim horijiy mamlakatlar arxeologiyasida qollanilib kelinadi. Еvrosiyo hududlarida arxeologik tadqiqot ishlari yutuqlari hozirgi paytda mezolitning davri va sanalini aniqlashga asos bo'lib xizmat qilgan. Shunga ko'ra mezolitning nisbiy (makonlar stratigrafiyasi-madaniy qatlam) va mutloq davrlashtirish asosida mil.avv. XII-VII/VI ming yilliklar doirasida belgilangan. Bu sana bevosita Old Osiyo, xususan, O'rta Osiyo hududilari uchun mos keladi. Еr yuzining boshqa hududlarida, xususan, Еvrosiyoning shimoliy ayrim janubiy (Osiyo) mintaqalarida mezolit davri an'analari mil.avv. V/IV ming yilliklarga qadar ham davom etganligi ma'lum. Mezolit davri tabiat o'zgarishlari. So'nggi paleolit davrining oxirgi bosqichlarida er yuzi tabiiy sharoitida boshlangan muhim o'zgarishlar mezolit davriga kelib muzlik erib, issiq iqlim sharoitining qaror topishi bilan yakun topadi. Muste davrining oxirgi bosqichi va so'nggi paleolit davrlarida er sharining shimoliy qismini qoplagan so'nggi vyurm (valday) muzligi erib, er yuzida global isish boshlanadi va pleystosen golosen bilan almashadi. Zamonaviy qadimgi iqlimshunoslik fani ilmiy yutuqlariga asosan muzlik erishining boshlanishi mil.avv. 14 ming yillikdan boshlanib, mil.avv. 8300 yillarda batamom erib tugaydi. Muzlik davri tugab ob-havo isishi bilan er yuzining flora va faunasida keskin o'zgarishlar sodir bo'ladi. Muzlikdan tozalangan hududlar landshaftlari manzarasi keskin o'zgarib, muzliklar o'rnida daryolar va ko'llar paydo bo'ladi. 20 Muzlik oldi hududlarida yashovchi sovuq iqlim sharoitiga moslashgan mamont, karkidon, qoybuqa kabi hayvonlar so'nggi paleolit davrining oxirlaridayoq yashash sharoitlari ogirlashib, muzlik ortidan chekka shimolga chekinishga majbur bo'lishgan va keyinchalik ularning kopchiligi tur sifatida qirilib ketgan. Hayvonot olamidagi o'zgarishlar, ya'ni yirik hayvonlarning o'rniga tez chopar, ziyrak va kichik tuyoqli hayvonlar turining ko'payishi paleolit davri ovchilik an'analarini qiyinlashtiradi. Natijada bu turdagi hayvonlarga ov qilish uchun yangi vositalarni ixtiro qilishga zarurat tuqiladi. Bu albatta mezolit davrining buyuk ixtirosi o'q-yoydan foydalanishning boshlanishi edi. Bu esa butun paleolit davrida yirik hayvonlarni butun jamoa a'zolari hamkorlikda qamal usulidagi ov qilishga barham berib, nisbatan kichik va tez harakatlanuvchi hayvonlarni yakka holda ovlash usuliga o'tishga olib keladi. Bu darda muzlikdan bo'shagan hududlarda va janubiy mintaqalarning togli hududlarida ot, ho'kiz, sayga, yovvoyi eshak o'rmon hududlarida esa los, bugu, cho'chqa, bo'ri, tulki va boshqalar yashashgan. Muzlik va muzlik oldi shimoliy hududlarida sodir bo'lgan tabiiy o'zgarishlar er yuzining janubiy mintaqalarida unchalik sezilmaydi. Bu erning flora va faunada ham tub o'zgarishlar kuzatilmagan. So'nggi paleolit davri takomillashgan tosh qurollari mezolit davri qurollarining paydo bo'lishiga zamin yaratadi. Еvrosiyoning janubiy mintaqalarida hajmi 1-2 santimetrdan iborat geometrik shaklli tosh qurollardan foydalanila boshlaydi. Sigment, trapesiya va uchburchak shaklli choqmoq tosh qurollari hajmi jihatdan ancha kichik bo'lib, ular arxeologiya fanida mikrolitlar (yun. mikros-kichik, litos-tosh), deb nomlanadi. Bunday tosh bo'lakchalaridan odatda qadama sifatida qollanilgan. Mikrolitlar odat biror vosita, yogoch yoki suyakga qotirilib, kamon o'qi uchi, boshoqli o'simliklarni o'rish uchun o'roq sifatida foydalanilgan. Shuningdek, teriga ishlov berish kabi nozik ishlarini bajarishda qurol sifatida ham ishlatish mumkin bo'lgan. Mikrolit texnikasiga asoslangan tosh qurollar dastlab janubiy o'lkalar aholisi orasida tarqala boshlagan bo'lsa, shimoliy mintaqalarda so'nggi paleolit davri an'anasiga ega bo'lgan plastikasimon (yapaloq shakldagi) tosh qurollardan foydalanish davom etgan. Bu hududlarda mikrolitlar nisbatan keyinroq vujudga keladi. Bu davrda mikrolitlar bilan birgalikda makrolit (yun. makros-katta, litos-tosh)) qurollari, xususan tosh boltalar ham paydo bo'ladi. Bunday qurollarning ahamiyati o'rmon mintaqalari va togli hududlarda yuqori bo'lgan. Tosh boltalar yirik toshlarni tekis yorish va sirtini silliqlash asosida amalga oshirilgan. Mezolit davri tabiiy-geogafik o'zgarishlari ibtidoiy davr kishilarining turmush tarzini keskin o'zgarishiga olib keladi. Jamoa a'zolari mahalliy hududlarda tarqagan fauna va florasi xususiyatlaridan kelib chiqib o'zlashtiruvchi xojalik shakllarini tashkil etishib, bu sohada ma'lum ixtisoslashishni keltirib chihargan. Natijada ibtidoiy ajdodlarimiz ovchilik, baliqcilik va termachilik yoki ularning ikki turi bilan shugullanib kun kechirishgan. Dukkakli o'simliklarni termachlashga asoslangan qabilalar boshoqli o'simliklarni madanishlashtirish, ovchi qabilalar esa yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirib, oxir oqibat ilk ishlab chiqarish-dehqonchilik va chorvachilik shakllarining vujudga kelishiga zamin yaratishgan. Bu jarayon nisbatan ilgariroq mezolit davrining o'rtalarida Yaqin, O'rta Sharq va Kichik Osiyo hududlarida sodir bo'lgan. 21 Old Osiyo pleystosen davri muzligidan ancha uzoq bo'lib, iqlim sharoiti nisbatan issiq va namgarchilik miqdori yuqori bo'lgan. Bunday sharoit esa hududda boy flora va faunasining qaror topishi uchun imkoniyat yaratgan. Bu o'z navbatida mezolit davri ilgor xojalik shakllari va madaniy an'analarining vujudga kelishini ta'minlashi tabiiy edi. Shuningdek, bunday qulay sharoit hududda mezolit an'analarining uzoq davom etmaganligiga sabab bo'lgan. Yaqin va O'rta Sharq hududlarida mezolit davri qisqa muddat davom etib, ishlab chiharuvchi xojalik shakllariga juda erta o'tishgan. O'rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari. Hozirgi paytda O'rta Osiyo hududida mezolit davriga oid ikki yuzdan ortiq yodgorliklar aniqlanib, ular madaniy qatlamga ega makonlar va terma moddiy manbalarga ega manzillardan iborat. Ular gor, ochiq joy makonlar va mavsumiy manzillardan iborat bo'lib, pasttekisliklardan tortib baland tog tizmalariga qadar bo'lgan hududlarda keng tarqalgan. Ularning davriy sanasi nisbatan yaxshi o'rganilgan Yaqin Sharq hududi yodgorliklariga solishtirish va radiokarbon usulidagi tekshirishlar asosida mil avv. XII-VII\VI ming yilliklar doirasida sanaladi. Bu erda mezolit davriga oid barcha turdagi yodgorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog olimlar ularni madaniyatlar, madaniyat majmualari (komplekslar) va variantlarga ajratib o'rganishga harakat qilishgan. Arxeolog olima G.F.Korobkova Kaspiy dengizining sharqiy hududlaridagi mezolit davriga oid arxeologik yodgorliklarini tosh qurollariga ishlov berishning turli usullariga asoslanib, Balxanbo'yi va Zarzi alomatlariga ega bo'lgan Sharqiy Kaspiybo'yi guruhlarini ajratib ko'rsatadi. Shuningdek, olima Markaziy Fargona hududi yodgorliklarini ham ikki guruhga: tekislik (Fargona) va gor-makon (Obishir) variantlari yoki madaniy majmualariga ajratgan. Gor-makon variantini Obishir varianti nomi bilan ilk bosqichiga, tekislikdagi yodgorliklarni esa Fargona varianti nomi bilan rivojlangan bosqichiga ajratgan. Akademik O'.I.Islomov esa ularni umumiy Obishir madaniyati, nomi bilan yuritish kerakligini taklif etadi. Shuningdek, arxeolog olim Qo'shilish va Machay gor makonlarida amalga oshirgan arxeologik tadqiqotlari natijalariga asoslanib, Toshkent va Surxondaryo hududlarini ham alohida arxeologik majmualar sifatida qayd etadi. Janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan mezolit davri arxeologik yodgorliklarida uzoq yillar tadqiqot ishlarini olib borgan arxeologik olim V.A.Ranov tekislikda Vaxsh, Pomir togi hududida Markansuv madaniyatlari tarqalganligi togrisidagi fikrni ilgari suradi. Tekislikdagi yodgorliklar toshga ishlov berish usullariga ko'ra to'rtta (1-4) madaniy majmua, togdagi yodgorliklar Markasuv va Istiq majmualariga ajratilgan. Bulardan tashqari Markaziy Qizilqumda Varobeva tomonidan Lavlakon, Samarqand vohasida M.Jo'raqulov tomonidan mezolitning so'nggi bosqichiga oid Sazagon madaniyatlarining faoliyat yuritganligi togrisidagi fikrlar ilgari surilgan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'rta Osiyoning mezolit davriga oid ayrim yodgorliklarini alohida madaniyatlar, madaniy komplekslar va variantlarga ajratish hamda ularning davrni belgilashda qollanilgan sanalar masalasiga G.F.Korobkova tanqidiy yondashadi. Olimaning fikrlariga ko'ra birinchidan, stratigrafik jihatdan o'rganilgan yodgorliklar soni kamchilikni tashkil etishi va arxeologik qazishma ishlari olib borilgan yodgorliklarning ko'pchiligida radiokarbon tekshirishlarining amalga 22 oshirilmaganligi ular mezolit davri bosqichlari va sanasi bilan bogliq masalalarni toliq hal etish imkoniyatini bermasligi togrisidagi fikrni ilgari suradi. Sharqiy Kaspiybo'yi (mil.avv. X-VIII ming yilliklar) ning mezolit davri yodgorliklari Krasnovodsk yarim oroli, Balxanbo'yi, Qorabo'giz va quyi O'zboy hududlarida tarqalgan. Bu erda Jebel, Kaylu va Damdamchashma I, II kabi stratigrafik jihatdan yaxshi o'rganilgan to'rtta gor-makon va 30 dan ortiq ochiq turdagi joy makonlar ma'lum. Ulardan mashhuri Defichiganoq, Ho'jasuv va Korailmlardir. Ularning quyi qatlamida hayot mezolit davrining ilk bosqichlaridan boshlanib, neolit davrida, ayrimlarida bronza davriga qadar hayot davom etgan. Mazkur hududdagi yodgorliklarning mezolit davriga oid tosh qurollari tahlili va qiyosiy tavsifiga ko'ra Balxanbo'yi (ilk, o'rta va so'nggi bosqichlari) va Sharqiy Kaspiybo'yi (ilk va so'nggi bosqichlari) dan iborat ikki madaniy majmua yoki guruhga ajratilgan. Ularning har ikkalasi uchun tosh kurollari yasashda o'zakdan ko'chirib olingan plastinkasimon uchirindilar xos bo'lib, ikkinchi guruhdagilarida mikrolidlashish (kichiklashish) jarayoni kechadi. Bu hududda yashagan aholi ovchilik, baliqcilik va termachiliklardan iborat o'zlashtiruvchi xojalik shakllari bilan kun kechirishgan. Qazishma ishlari davomida yovvoyi qoy, echki, qulon va baliq (Damdamchashma II), Qoramol, jayron, mushuk (Jebelning quyi katlami) suyaklari aniqlangan. Termachilikda yovvoyi boshoqli o'simliklar bilan birgalikda dengiz molyuskalarini terishgan. Mikrolit toshlardan kamon o'qining, yirikroqlaridan nayza uchii sifatida foydalanilgan. Mezolit davrining so'nggi bosqichlariga oid madaniy qatlamlarida (Damdamchashma) xonakilashtirilgan ko'y, echkilarga tegishli suyak topilmalari mavjud. Ularning ijtimoiy hayotlarida teri, suyak va yogochlarga ishlov berish, chiganoq va toshlardan taqinchoqlar yasash, ishlov berilgan terilardan kiyim-kechak tikish kabi uy ishlari muhim o'rin tutgan. Bu erdagi yodgorliklarning mezolit davri so'nggi bosqichlariga oid madaniy qatlamlaridan qoy va echki kabi xonakilashtirilgan hayvon suyaklarining topib o'rganilishi yangi xojalik-ishlab chiqarishning chorvachilik shakliga o'tayotgan-ligidan dalolat beradi. Mezolit davri Sharqiy Kaspiybo'yi madaniyati Turkmanistonning neolit davrida ishlab chiharuvchi xojalik shakliga asoslangan Jebel (chorvachilik) va Joytun (dehqonchilik) madaniyatlarining shakllanishida muhim o'rin tutadi. Bu turdagi madaniyatga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridagi topib o'rganilgan tosh qurollari yasalish usullariga ko'ra Sharqiy Kaspiybo'yidagi yodgorliklarning yuqori qatlami va Janubiy Turkmanistondagi neolit davriga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridan topib o'rganilgan tosh qurollari bilan bir xilligi kuzatilgan. Bu holat ishlab chiharuvchi xojalik shakliga asoslangan neolit davri Jebel va Joytun madaniyatlari Sharqiy Kaspiybo'yi hududi mezolit davri madaniyati negzida shakllangan, degan xulosaga olib kelish uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyoga ishlab chiharuvchi xojalik shakllari Old Osiyodan kirib kelgan, degan qarashlarni inkor etuvchi muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Ustyurt (mil.avv. VIII-VI ming yilliklar) Ustyurtda mezolit davriga oid 20 dan ortiq manzilgohlar o'rganilgan. Ular asosan Aydabolquduq va Jayronquduqlar atrofida guruh-guruh holda joylashgan ochiq turdagi doimiy, qisqa muddatli va vaqtincha yoki mavsumiy makonlardan iborat. Yodgorliklarning ma'lum hududda to'p bo'lib joylashishiga ko'ra ustyurtliklar aholisi ovchilari guruhi yoki ijtimoiy-iqtisodiy 23 jihatdan bogliq bo'lgan sodda ichki tuzilmadagi jamoadan iborat bo'lgan. Arxeolog Е.B.Bijanovning ilmiy farazlariga ko'ra Ustyurt manzilgohlari mahalliy sharoitda Sharqiy Kaspiybo'yi va Janubiy Ural hududlarining mezolit davri madaniyatlarning ma'lum ta'sirida shakllangan. Bu erda olib borilgan tadqiqot ishlarini natijasida o'rganilgan topilmalar xususiyatlariga ko'ra quyidagi xronologik guruhlarga ajratilgan: ilk (rivojlangan mezolit) - mil.avv.VIII-VII ming yilliklar va so'nggi (so'nggi mezolit va ilk neolit) mil.avv.VII-VI ming yilliklar. Aholi ovchilik va baliqcilikga asoslangan o'zlashtiruvchi xojalik shakli bilan shugullanishgan. Shuningdek, uy sharoitida suyak va yogochlarga ishlov berish ishlari ham asosiy mashgulotlaridan sanalgan. Qo'shilish. Toshkent vohasining mezolit davri arxeologik yodgorliklari orasida Qoshilish makoni (mil.avv. X-IX ming yilliklar) alohida o'rin tutadi. Toshkent shahrining garbida qadimgi Bo'zsuv angorining chap soxilida jarlik atrofida joylashgan. Makon 1967 yili arxeolog olim O'.I.Islomov tomonidan o'rganilgan. Makon madaniy qatlamiining bir qismi jarlik hosil bo'lish jarayonida buzilib ketgan. Saqlanib qolgan madaniy qatlamlaridan 200 dan ortiq chaqmoqtoshdan yasalgan plastinka va mikroplastinkalardan iborat mehnat qurollari majmuasi aniqlangan. Ular kam sonli nukleuslar, mayda parakchalar, qirgichlar, pichoqlar, boshqa turdagi silliqlangan qurollar va uchrindilardan iborat. Yodgorlikning unchalik qalin bo'lmagan madaniy qatlamlaridan qora mol, qoy va echki suyaklari uchraydi. Ulardan birini tadqiqotchi xonakilashtirilgan yosh qoramolga tegishli, deb hisoblaydi. Lekin, bu davr uchun mintaqada hayvonlarni xonakilashtirish xos bo'lmagan jarayon bo'lish bilan birgalikda birgina nushadagi topilma bilan yakuniy xulosa chiqarish maqsadga muvoffiq emas. Moddiy topilmalarga ko'ra Qoshilish makonida istiqomat qilgan jamoa a'zolari xojalikning ovchilik va termachilik shakllari bilan kun kechirishgan. Obishir madaniyati. Fargona vodiysi hududida mezolit davriga oid 40 dan ortiq gor va ochiq joy makonlar aniqlangan. Ularning kopchlik qismi Sirdaryo bo'ylaridagi qadimgi ko'llar yoqasida joylashgan ochiq joy makonlar va kamchillik qismi esa bir va bir necha madaniy qatlamlarga ega bo'lgan (Obishir 1-5 va Toshko'mir) gor-makondan iborat yodgorliklarni tashkil etadi. Gor-makonlar Fargona vodiysidagi So'x daryosining yuqori qismida joylashgan. Ulardan Obishir I,V va Toshko'mir gor-makonlari yaxshi o'rganilgan. Ularning madaniy qatlamlaridan tosh qurollari (mikrolit, qirgich, qadama, oroq-randa, nukleus va boshqalar), suyakdan yasalgan qurollar, chiganoq, tosh va suyaklardan yasalgan taqinchoqlar va turli yovvoyi hayvonlarga tegishli suyaklar topib o'rganilgan. Toshko'mir makoni tosh qurollari Obishirnikiga ancha o'xshash bo'lsada, chaqmoqtoshdan ancha qopol qilib ishlangan qurollar ham uchraydi. Fargona vodiysi tekisliklarida esa mezolit-neolit davrlariga oid sal kam yuzga yaqin joy-makonlari o'rganilgan. Ularning bir qismi markaziy tekisliklarda qadimgi ko'llar bo'ylarida joylashgan ibtidoiy makonlardan Ashiko'l 1 2, 3, 16, Yangiqadam 1, Toyloq 3,5,7 va boshqa yodgorliklar muhim ahamiyatga ega. Makonlarning ustiki qismidan terib olingan ashyoviy manbalar majmuasi chaqmoqtosh, slanes va qayroqtoshlardan yasalgan mehnat qurollarini tashkil etadi. Tosh qurollari katta-kichik nukleuslar, qirgichlar, qadamalar va har xil uchrindilardan iborat. 24 Arxeolog olim O'.I.Islomov butun Fargona vodiysining mezolit davriga oid barcha yodgorliklarini umumiy Obishir (IX-VIII) madaniyatiga kiritib, ularni ikki variantga yoki kompleks: Obishir (gor-makon) ilk va Fargona (tekislik) so'nggi bosqichlardan iborat bo'lgan, deb hisoblaydi. Ularning har ikkalasi uchun ham plastinkasimon shaklda yasalgan tosh qurollar xos bo'lgan. Ilk bosqichida kishilar gorlarda yashab xojalikning ovchilik va termachilik turi bilan shugullangan bo'lsalar, keyingi bosqichda tekislikga kelib joylashib, termachilik va baliqcilik bilan kun kechira boshlashgan. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, Fargona vodiysida mezolit davrida shakllangan ibtidoiy kishilar madaniy an'analari keyingi davrlarda ham uzliksiz davom etadi. Shunga ko'ra umumiy Obishir madaniyatining davrini mil.avv. IX-VI ming yilliklar doirasida belgilab, uning birinchi bosqichi IX-VIII, ikkinchi bosqichi esa VIIVI ming yilliklar doirasida rivojlanganligi togrisidagi xulosaga kelish mumkin. Machay gor makoni (mil.avv. VII-VI ming yilliklar) Surxondaryo viloyati Boysun togining janubiy-garbida shu nomdagi qishloqda Turkandaryo (Sherabod daryoning yuqori oqimi) ning o'ng soxilila joylashgan. Yodgorlikda 1930 va 1950 yillarda G.V.Parfiyenov, M.V.Vorones, A.P.Okladnikovlar o'rgangan. 1970-1971 yillarda esa O'.Islomov qazish ishlarini davom ettirgan. Yodgorlikda ikkita madaniy qatlamlar aniqlangan. Undandan tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari, hayvon va odam suyaklari topib o'rganilgan. Toshdan yasalgan qurollar nukleuslar, pichoqlar, kesgichlar, geometrik shakldagi (trapesiya, sigment) mikrolit qurollar, nayza o'qi uchlar va boshqalardan iborat. Odam suyaklari yodgorlikning ikkinchi madaniy qatlamidan topib o'rganilgan. Odam suyaklarining biri erkak, ikkinchisi ayol va qolgan ikkitasi esa yosh bolalarga tegishli bo'lib, suyaklar antropolog olimlar V.Ya.Zezenkova va T.K.Xodjayovlarning xulosalariga ko'ra evropioid irqining Sharqiy O'rta er guruhiga xos uzunbosh kishilar vakillariga tegishli bo'lgan. Yodgorlikdan topib o'rganilgan hayvon suyaklarining ko'pchillikni sibir echkisi, osiyo mufloni, kichik tuyoqli hayvonlarniki tashkil etadi. Shuningdek, kam sonli xonakilashtirilgan hayvonlarga tegishli suyaklar ham uchraydi. Ulardan qoy tegishlilari ko'pchillikni tashkil etadi, shuningdek chochqa, it va qora molga tegishli kamsonli topilmalar ham mavjud. Machay gorida yashagan ibtidoiy odamlarning asosiy mashguloti mahalliy tog sharoitida yashovchi hayvonlarga ov qilishdan iborat bo'lgan. Termachilik esa machayliklar xojaligining ikkinchi tarmogi hisoblangan. Machayliklar ko'rinishdan yovvoyi hayvonlarni qolga o'rgata boshlab, dastlabki chorvachilik ho'jaliga asos sola boshlaganliklaridan dalolat beradi. Janubiy Tojikiston. Vaxsh, Kofirnigon, Panj vodiylari, hatto Pomir togining baland hududlariga qadar tarqalgan. Bu erdagi mezolit davriga oid 30 ga yaqin yodgorliklar mil.avv. XI-VIII ming yilliklar doirasida chegaralanib, alohida guruhlar va majmualarni tashkil etadi. Asosiy yodgorliklaridan Tutqovul III, Chilichorchashma, Daraisho'r, Quyibulyon, Obikiyik, Oshxona, Alichur va boshqalar. Janubiy Tojikistonning togoldi hududi aholisi asosan termachilik, ovchilik va baliqcilik bilan kun kechirishgan. Janubiy Tojikistonning mezolit davri madaniyatlari va majmualari 25 xojaligi, moddiy madaniyati, xususan, tosh qurollariga ko'ra umumiy va o'ziga xos jihatlariga ega. Vaxsh, Kofirnigon va Panj vodiylarida mezoliti. Bu erda mezolit davriga oid 20 ta yodgorlik ochilgan va tadqiq qilingan. Kopchlik joy-makonlarning madaniy qatlamlari buzilib ketgan. Bu hududda mezolit rivojlanishi ikki yo'nalishda borgan: togoldi va tekislikda. Turli davrlarga va madaniyatlarga bo'linadigan to'rtta yodgorliklar majmuasi ajralib turadi. Bu mintaqada mezolit davri mil.avv. XI-VIII ming yilliklar bilan sanalangan. Birinchi majmua: Tutqovul 3, Chilchorchashma va boshqa yodgorliklardan iborat guruh shartli ravishda Tutqovul madaniyati nomi bilan atalib, mil.avv. XI/XVIII ming yilliklar doirasida sanalanadi. Ikkinchi majmua: Daraisho'r, Tutqovulning ikkinchi madaniy qatlami mil.avv. VIII-VII m. yilliklar bilan sanaladi. Vaxsh daryosining o'rta oqimi hududi mezolit davri Vaxsh madaniyatiga oid, deb taxmin qilinadi. Bu madaniyat an'anasi keyinchalik Tojikistonning togli hududi ibtidoiy kishilarining neolit davri Hisor madaniyati paydo bo'lishida muhim o'rin egallaydi. Uchinchi majmua: Quyi Bulyon va Obi Kiyik (obi kiyik majmuasi). Bu makonlar uchun faqat chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar va plastinkasimon qurollar xos bo'lib, mil.avv. VIII-VII ming yillikla bilan sanalanadi. Tortinchi majmua: Shugnau makonining 0 gorizonti (Shugnou majmuasi) mil.avv. X ming yilliklar (XI ming yilliklar ham bo'lishi mumkin) bu makonning paydo bo'lishi togridan-togri o'zining yuqori paleolit davri bilan boglangan. Bu hududdagi madaniyat sohiblari ham o'zlashtiruvchi xojalikning ovchilik, baliqcilik va termachilik shakllari bilan kun kechirishgan. Ovchilik va baliqcilikda nayza, oq va yoydan foydalanganlar. Hayvonlardan qoy va echkilarning suyaklari topilgan. Ovchi va baliqchilar vaqtinchalik yashash uchun chaylalardan foydalanganlar yoki ochiq havoda yashashgan. Tojikistonning mezolit davri makonlarida bir vaqtda yoyilgan shimoliy Afgoniston, Falastin, Suriya va Old Osiyoning boshqa hududlaridagi manzilgohlar bilan o'xshash belgilari seziladi. Bu esa Yaqin Sharq qabilalari bilan uzoq genetik yaqinlikdan darak berishi mumkin. Sharqiy Pomir mezoliti. Bu mezolit davri yodgorliklari Markansuv madaniyati (Alichur va Oshxona makoni) va Issiq madaniyati yoki aniqrogi Issiq majmuasidan (Issiq gor-makoni) iborat. Pomirda mezolit davri mil.avv. VII ming yilliklarga togri keladi. Markansuv madaniyati Pomirdan tashqarida shakllangan. Uning kelib chiqish ildizi aniqlanmagan bo'lsada, tosh qurollariga ishlov berish xususiyatlari mahalliy tabiiy sharoitga bogliqligi seziladi. Oshxona makonida bir davrga oid uchta madaniy qatlam aniqlangan. Yirik dagal ishlangan mehnat qurollari va kichik nafis mehnat qurollari ajralib turadi. Bu erda silliq toshdan yasalgan ikkita ochoq joylashgan bo'lib, uning atrofida yashash maydonchasi aniqlangan. Bu yashash maydonchasi engil turdagi chaylasimon uylarning qoldiqi bo'lishi mumkin. Issiq gor-makonining madaniy qatlami bir yarim metr. U erdan kichik va o'rta hajmdagi toshlardan aylana qilib terilgan ochoq topilgan. 26 Markansuv makoni mavsumiy foydalaniladigan joy bo'lib, undan ov o'lja izlab chiqqan vaqtda yashash uchun foydalanilgan bo'lsa kerak. Markasuvliklar ovchilik bilan birgalikda terimchilik bilan kun kechirishgan. O'rta Osiyodagi mezolit davri madaniyatlari va majmualari o'ziga xosligi va turli xiligi bilan ajralib turadi. O'rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlarining shakllanishida avvalambor so'nggi paleolit davri mahalliy madaniyat an'analarining davom etishdan bo'lsada, tosh asrining yirik madaniy markazi hisoblangan Yaqin Sharq qabilalarining ham sezilarli ta'siri bo'lgan, degan fikrlarni quvvatlaydigan tadqiqotchilar mavjud. Lekin, bu davr sezilarli ta'sir etish quvvatiga ega bo'lgan qabilalar tolqining siljishi haqiqatdan yiroq bo'lishi, tabiiy. Tosh qurollarga ishlov berish usullarining o'xshashligi asoslanib, bunday xulosalarga kelish togri emas. Zamonaviy arxeologlar O'rta Osiyo hududida mezolit davrida xojaligi va madaniy xususiyatlari jihatdan o'zaro ajralib turadigan bir qancha qabilalar yashab, ularning izlari aniqlangan yodgorliklarda o'zining aksini topgan. Mezolit davri tasviriy san'ati. O'rta Osiyodagi mezolit davri tasviriy san'at namunalarining eng qadimgisi davrining oxirlariga oid bo'lib, ularning noyob namunalari Zarautkamar (Surxondaryo) va Shaxta (Sharqiy Pomir) goya toshlari chizgilarida saqlanib qolgan. Zarautkamar suratlari 1939 yili I.F.Lamayev aniqlab, u haqda Termiz o'lkashunoslik muzeyi direktori G.V.Parfenovga ma'lumot beradi. U o'tgan asrning 40-yillari birinchi yarmida bir necha bor tekshish natijasida qazil boyoqlarda chizilgan 200 dan ortiq tasvirlarni aniqlaydi. Yodgorlikgaga uyushtirilgan tekshir ishlarida moskvalik mussavir A.Yu.Roginskaya hamkorligida teskhirilgan tasvirlarni paleolit davriga tegishli, degan xulosaga keladi. Lekin, o'tgan asrning 60-70 yillarida dastlab A.A.Formozov, keyinchalik esa A.P.Okladnikov, A.Kabirov, Ya.A.Sherlar tomonidan rasmlarni o'rganishib, ularning eng qadimgisi mezolit davrining oxirlariga, qolganlari esa keyingi davrlarga oid, degan xulosaga kelishadi. Zarautkamar Surxondaryo viloyati Sherobod shahridan taxminan 30 km. shimoliy-garbda Kohitang togining janubi-sharqiy yonbagirida Zarutsoy soyi bo'yida joylashgan. Kamarda madaniy qatlamlar uchramaydi. Tasviriy san'at na'munalari qoya shiftlari va yon devorlarida joylashgan. Tasvirlar qizil boyoqlarda chizilib, mezolitning so'ngi bosqichi va neolitning ilk davriga oid. Ulardan uchta ov manzarasi tasvirlangan uchta kompozisiyasi diqqatga sazovor. Birinchi tasvir 19 nafar kishidan iborat ovchilarning yovvoyi buqalarlarni xalqa bo'lib ov qilayotgani tasvirlangan. Ulardan ikkitasi qochishga urinmoqda. Ikkinchi tasvirda ovchilar oldida jayronlarning qochayotgan va ulardan jarohatlangan holati tasvirlangan. Uchinchi tasvirda esa yovvoyi echkilarga qilinayotgan ov manzarasi aks ettirilgan. Bu erda mezolit davri jamoasining real hayoti tasvirlangan bo'lib, ularning asosida goyaviy qarashlar o'z aksini topgan. goyadagi kishilar ayrimlari boshiga niqob kiygan holatda chizilgan bo'lsa, ayrimlari sxematik tarzda berilgan. Kamarda madaniy qatlamning uchramasligiga ko'ra mezolit davri kishilarining ov oldi goyaviy qarashlari, ya'ni ov kulti o'z aksini topganligini ko'rish mumkin. Shaxta tasvirlari Zarautkamar tasvirlaridan keskin farq qilib, unda yirtkich hayvonlar, xususan, ayiq tasvirlari berilgan. Yodgorlikda madaniy qatlam mavjud bo'lib, undan aniqlangan moddiy ashyolar mezolit davriga tegishli. 27 Bu tasvirlar o'z davri faunasi va xojalik xususiyatlari togrisida qimmatli ma'lumotlar taqdim etishdan tashqari ibtidoiy ajodlarimizning o'z davri diniy-dunyoviy mafkurasi togrisida muhim va o'z navbatida o'z davri dunyoqarash tushunchalari yashiringan. III. Bob. Neolit Neolit davri xususiyatlari. Neolit - (yun. neos-yangi, litos-tosh, yangi tosh asri) o'zoq davom tosh asrining so'nggi bosqichi. Neolit atamasi 1865 yilda ingliz arxeologi Lebbok taklifi bilan arxeologiya faniga kiritilgan. Neolit davrda kishilar jamoasi er yuzining nisbatan kengroq hududlarni egallashib, turli geografik sharoitlarga mos xojalik shakllari bilan kun kechirishlariga togri kelgan. Bu esa xojaligi va moddiy madaniyatiga ko'ra o'zaro farq qiladigan madaniyatlarning qaror topishiga olib kelgan. Neolit davrida tabiiy sharoiti qulay bo'lgan Old Osiyo hududida mezolit davrining oxirlaridayoq namoyon bo'la boshlagan ishlab chiharuvchi xojalik shakllari vujudga kelgan bo'lsa, nisbatan sovuq o'lkalar aholisi xojaligining o'zlashtiruvchi shaklllari saqlanib qoladi. Xojalik shakllari esa o'z navbatida ularning moddiy madaniyatida ham ma'lum tafavvutlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Еr yuzining barcha hududlaridagi xojalik sohasidagi keskin tafovvutlar neolit davri madaniyatlarini belgilashda ayrim noqulayliklarni keltirib chiharadi. Neolit davrini belgilashda qanday xususiyatlar asosiy omil bo'lib xizmat qilish togrisidagi masala tadqiqotchi arxeolog olimlarning munozaralariga sabab bo'lgan. Ayrim tadqiqotchilarlar neolit davrini belgilashda xojalik va madaniy xususiyatlaridan kelib chiqishni taklif qilishsalar, boshqalar esa mazkur davr uchun xos bo'lgan barcha xususiyatlarni e'tibor olgan holda tadrijiylik asosiy o'rin egallashini ta'kidlashadi. Shu nuqtai nazardan neolit davri xronologik chegarasini er yuzining barcha hududlari uchun ma'lum sanalarni qollab bo'lmaydi. Tabiiy sharoiti qulay bo'lgan janubiy o'lkalarda ishlab chiqaruvchi xo'jalik shakllari, neolit davri xususiyatlari mil.avv.VIIIVII ming yilliklarda, boshqa hududlarda esa kechroq namoyon bo'lib, mil.avv. III/II ming yilliklarga qadar davom etganligini kuzatish mumkin. Neolit davrida toshga ishlov berish yanada takomillashgan va mukammal usullari vujudga kelib, ularning turi va soni yanada ko'payadi. Bu asosan chaqmoqtosh keng tarqalgan Еvrosiyoning shimoli-garbiy hududlarida koproq namoyon bo'ladi. Chaqmoqtosh kam uchraydigan janubiy o'lkalar, xususan, O'rta Osiyoning ayrim hududlarida tosh qurollariga ishlov berishning arxaik shakli saqlanib qoladi. Janubiy o'lkalarda mikrolit texnikasi takomillashgan bo'lsa, shimolda toshga ishlov berishning so'nggi paleolit davridan ma'lum bo'lgan “plastinkasimon” usuli saqlanib qoladi. Shimolning o'rmon dashtlarida makrolit tosh boltalar keng tarqaladi. Yogoch va suyaklarning turli mehnat qurollari va qurol-yaroglar tayyorlashdagi muhim xom ashyo sifatidagi ahamiyati yanada ortadi. Sopol buyumlarining paydo bo'lishi neolit davrining muhim kashfiyotlaridan biri bo'lib, bu ixtiro dehqon jamoalari tomonidan qilingan. Dastlabki sopol buyumlari mahalliy hudud xususiyatlaridan kelib chiqib mato goliblarda yoki tasmasimon va arqonsimon usullarda yasalgan. Birinchi holatda tuproq yoki qum solingan mato atrofi 28 loy bilan suvalib yasalgangan buyumning ichki tomonida matoning izlari qolgan. Ikkinchi holatda tasma shakliga keltirilgan loy biriktirilib idish hosil qilinadi. Uchinchi holatda arqon shakliga keltirilgan loy aylantirib, idish shakli hosil qilinib, ichki va tashqi tomonlaridan silliqlanadi. Sopol buyumlari quritilgandan so'ng sirtiga naqshlar berilgan va pishirilgan. Neolit davrda sopol buyumlarini ochiq olovda pishirishgan. Otroq dehqon jamoalarining sopol buyumlar odatda tabiiy boyoqlarda berilgan turli naqshlardan iborat bo'lgan. Shimoliy hudud aholisi ko'p hollarda tasmasimon va arqonsimon usulda yasalgan sopol buyumlari sirtiga o'yma yoki chizma naqshlar berish an'anasi ustun bo'lgan. Ko'pincha eshma arqon shaklida ishlangan dumoloq tagli sopol buyumlar erga botirib qoyish uchun qulay bo'lgan. Sopol buyumlarning eng qadimgi namunalari Yaponiyadagi mil.avv. IX-VIII ming yilliklarga oid yodgorlik madaniy qatlamlarida uchraydi. Neolit davrida turli o'simliklarning poyalaridan to'r toqish paydo bo'lib, chuchuk suvli ko'llarga boy bo'lgan baliqcilik rivojlangan hududlarda ulardan keng foydalanilgan. Hayvon junlaridan matolar tayyorlash, terilarni oshlash va ulardan ustki kiyim tayyorlash dehqon-charvador aholisining qo'shimcha mashguloti sanalgan. Xo'jalikning ishlab chiharuvchi shakliga o'tish Еvrosiyoning janubiy o'lkalarida iqlim sharoiti nisbatan ancha qulay bo'lgan mintaqalarda, aniqroqi garbiy Osiyo hududida sodir bo'lishi mumkin edi. Hozirgi payda ishlab chiharuvchi xojalik shakllari erta qaror topgan ilk markazlar Yaqin, O'rta Sharq va Kichik Osiyolardan iborat bo'lib, bu hudud arxeologiya fani tili bilan “serunum yarimoy hududi”, deb ataladi. O'rta Osiyoning neolit davri madaniyatlari. Paleonologik ma'lumotlarga ko'ra mil.avv VIII-VII ming ming yilliklardan “Lavlakon namgarchiligi”, davri boshlangan. Bu davrda issiq va namchil iqlim sharoiti hukmron bo'lib, yillik yogingarchilik miqdori 250 dan 450 sm. oraligida bo'lgan. Hozirgi Qizilqum cho'li hududlari keng yaproqli o'rmonzordan tashkil topgan bo'lib, ko'llarga boy bo'lgan. Bu esa o'z navbatida hayvonat dunyosining ko'payishi uchun qulay sharoit yaratgan. Kopetdag togining shimoliy yonbagirlarida ham shunga oxshash tabiiy-iqlim sharoiti mavjud bo'lib, hozirgiga nisbatan ancha sersuv bo'lgan. Bu esa dehqonchilik xojaligini rivojlanishi uchun qulaylik yaratgan. Ishlab chiharuvchi xojalik nisbatan erta shakllangan boshqa bir hudud shubhasiz O'rta Osiyo hisoblanadi. Janubiy Turkmaniston hududida mil.avv. VII ming yillikning oxirlarida mahalliy Sharqiy Kaspiybo'yi mezolit davri madaniyati asosida ishlab chiharuvchi xojaligi paydo bo'ladi. Bu erda chorvachilikga asoslangan Jebel, dehqonchilikga asoslangan Joytun madaniyatlari shakllanadi. Bir tomondan Turkmanistonning issiq haroratli tabiiy-geogarafik sharoitning mavjudligi mezolit davri mahalliy aholisining ishlab chiharuvchi xojalik shakliga o'tishlari uchun asos bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tomondan ilk dehqonchilik markazlariga yaqinligi sababli ularning ma'lum ta'siri mazkur jarayonning tezlashishiga ta'sirini o'tkazgan bo'lishi mumkin. Joytun madaniyatiga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridan topilgan tosh qurollari ishlanish usuli mezolit davri Sharqiy Kaspiybo'yi yodgorliklarining yuqori qatlamlaridan topilgan qurollar bilan aynan bir xil. Demak, Sharqiy Kaspiy bo'yining mezolit davri ovchiligi negizida chorvachilikga asoslangan Jebel madaniyati va termachiligi asosida esa dehqonchilikga asoslangan Joytun madaniyati shakllanganligi shubhasiz. 29 O'rta Osiyoning shimoliy hududlari va nisbatan tog va tog oldi hududlarida xojalikning ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi shakliga ega bo'lgan madaniyatlar rivojlanib, ushbu xojalik shakli uzoq muddat saqlanib qoladi. Bu o'z navbatida mazkur hududlarda tabiiy sharoitning qulayligi ishlab chiharuvchi xojalik shakliga o'tish uchun zarurat qoldirmaganligidan dalolat beradi. Mazkur jarayon zamonaviy paleoiqlimshunoslik fanida taxminan mil.avv. VIII-III ming yilliklarda “Lavlakon namgarchiligi” nomi bilan yuritilgan qulay tabiiy sharoit davriga togri keladi. Bu davrda Amudaryoning quyi oqimi, Orolbo'yi, Qizilqum, Qoraqum hududlarida neolit davri terib termachilik va baliqcilik xojaliklariga asoslangan Kaltaminor doirasidagi madaniyat, Zarafshonning o'rta oqimida ovchi va terib termachilikga asoslangan Sazagon madaniyati, Fargona vodiysida terib termachilik va baliqchi asoslangan neolit davri jamoalari madaniyatirivojlanishi va O'zbekiston va Tojikistonning janubiy tog va tog oldi hududlarida termachilik va ovchilikga asoslangan Hisor madaniyatlarining rivojlanishi kuzatiladi. Joytun madaniyati (mil.avv. VII-VI ming yillik birinchi yarmi) Janubiy Turkmanistonda neolit davriga ko'plab manzilgohlar aniqlangan bo'lib, ulardan dastlab o'rganilgani va mashhuri Joytun (ikkinchi nomi Chaqmoqlidepa) manzilgohi hisoblanadi. Ashgabat shahridan 30 km. shimolda qum barhanlarida joylashgan Joytun keyinchalik Janubiy Turkmanistonning butun neolit davri ishlab chiharuvchi xojalik shaklidagi madaniyati bilan fanga kiritildi. Manzilgoh o'tgan asning 30-yillarida ashgabadlik arxeolog A.A.Marushenko tamonidan aniqlangan. Yodgorlikda amalga oshirilgan tadqiqotlarning keyingi bosqichi ikkinchi jahon urushidan so'ng tashkil etilgan Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) faoliyati bilan bogliq bo'lib, 50-yillarda B.A.Kuftin tomonidan qisman qazishma ishlari olib borilgan. 1955-1963 yillarda V.M.Masson rahbarligida amalga oshirilgan qazishmalar davomida yodgorlik toliq o'rganiladi. Turkmanistonning janubida Kopetdag tizmalari yonbagrida shakllangan bu madaniyat Eronning shimoli-sharqiy hududlariga ham tarqalgan. Joytun madaniyati taraqqiyoti ilk, rivojlangan va so'nggi bosqichlardan iborat. Joytun ilk bosqichiga oid manzilgoh 5,5 metr balandlikdagi tepalikdan iborat, 2,5 metr qalinlikda 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Manzilgohda kvadrat shaklidagi 30 ta uylar o'rganilgan. Uylar hajmi 60-70 sm. Hajmdagi gishtlar va paxsadan barpo qilingan. Xom gisht va paxsaga samon qoshilgan. Uylarning sathi va devorlari loysuvoq qilingan va oxra bilan bo'yalgan. Betartib qurilgan uylar yagona rejaga asoslangan: kichkina xona, o'rtasida ochoq joylashgan, xona atrofida xojalik xonalari va kichkina hovli mavjud. Uylarning hajmi 13-39 kv.m. ni tashkil etadi. Arxeolog olim V.M.Massoning taxminlariga ko'ra ularning har birida 5-6 nafar a'zolardan tashkil topgan oila istigomat qilgan. Hovlida joylashgan o'ralarda galla saqlangan. Topilmalar tosh va suyakdan yasalgan qurollar, sopol buyumlari va taqinchoq va boshqalardan iborat. Toshdan oroq qadamalari, kamon oqlari, boltalar, yorguchoq suyakdan igna, pardozlagich yasalgan. Sopol buyumlar qolda tasmasimon shaklda dagal, silliq tagli qilib ishlangan. Idishlarning bir qismining yuqorisi obdon silliqlangan. Ayrim sopollarga naqshlar solingan. Naqshlar jigar va kashtan rangli boyoqlar tolqinsimon va qavssimon shakllardan iborat bo'lib, idishlarni pishirish jarayonida turli belgilar paydo bo'lgan. Rangsiz sopol buyumlar: pastki qismi qirra 30 xumchalar va kosalar. Shuningdek, loydan hayvon va odam tasvirlaridan iborat haykalchalar ham yasalgan. Ulardan biri shahmat donasini eslatadi. Haykalchalar pishirilmagan ularning birontasining bosh qismi saqlanmagan. Ko'rinishdan bu qurbonlik keltirishga taqlid bo'lishi mumkin. Tosh va suyaklardan munchoqlar yasalgan, shuningdek chiganoqlardan ham munchoq sifatida foydalanganlar. Tosh munchoqlar odam, hayvon va togri to'rtburchak shaklida yasalgan. Joytun xo'jaligining asosini dehqonchilik, chorvachilik, baliqcilik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etgan. Dehqonchilik liman usulida bo'lib, bugdoy va arpa etishtirilgan. Dehqonchilikda ketmonchadan foydalanilgan. Don xumcha va xojalik oralarida saqlangan. Ko'rinishdan boshoqli o'simliklar donidan non pishirilmagan, maydalab bo'tqa sifatida iste'mol qilishgan. Joytun madaniyatining ilk davrlarida go'sht mahsulotlari etishtirishning asosini tashkil etuvchi ovchilikning mavqei baland bo'lgan. Qoy va echki xonakilashtirilgan. Chorvachilik yaylov (qaydama) shaklida bo'lib o'rganilgan qoton va molxonalarning o'rni fikrimizni toliq tasdiqlaydi. Ovchilikda jayron, yovvoyi chochqa, tulki ovlashgan. Asosiy ov qurollari oq-yoy, shuningdek, palohmondan ham foydalanilgan. Joytun madaniyatining ikkinchi bosqichiga oid Qadimtepa manzilgohida 1000 metr kv. joy ochib o'rganilgan. Umumiy hovlida togri burchakli uylarida ochoqlar o'rin olgan va xojalik xonalari joylashgan. Uy devorlari paxsadan barpo qilinib, xonalar sathlari ohaklangan, ayrimlari qollarda ganch suvoq qilingan. Joytun madaniyatining rivojlangan bosqichiga oid qadimtepa yodgorligida olib borilgan qazishma ishlari davomida paxsadan qurilgan togri to'rtburchak uylar va xojalik maqsadlarida foydalanilgan yordamchi xonalarning o'rni ochib o'rganilgan. Uylarning har birida xojalik maqsadida foydalanilgan ochoq bo'lgan. Uylari ichki tomondan sathi ganch bilan suvoq qilinib, sirti ohaklangan va unda qizil oxra izlari ham uchraydi. Joytun madaniyatining so'nggi bosqichiga oid Chagiltepa manzilgohi (mil.avv. V ming yillikka oid) arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. Yodgorlikning 13 ta madaniy qatlamlari 6,5 metrni tashkil etadi. Manzilgohda 12 ta uyning o'rni ochib o'rganilgan. Imoratlar to'rtburchak gishtlardan barpo qilinib, uylarda kvadrat va to'rtburcha ochoqlar o'rin olgan. Uylarning sathi loysuvoq qilinib, ayrimlari bo'yalgan, ba'zan bo'yra to'shalgan. Umumiy hovlida xojalik xonalari va o'ralar ajralib turadi. Manzilgohning markaziy qismida nisbatan kattaroq o'lchamdagi imoratning o'rni aniqlangan. Uy qurilishi hiyla murakkab. Uy ichida joylashgan ochoq qarshisidagi devorda oqsuvoq ustiga qora va qizil boyoqlarda geometrik bezaklar, qoplon va boshqa bir o'tlovchi hayvon va darah tasvirlari chizilgan. Unda uy-ro'zgor buyumlari uchramaydi, aksincha, ko'plab loydan yasalgan antropomorf va zoomorf haykalchalari, kam sonli ayol haykalchalari topilgan. Tadqiqotchi olimlarning hisobariga ko'ra imorat manzilgohda yashagan barcha a'zolarni sigdirishi mumkin ekan. Bu imorat shubhasiz qadimgi dehqon jamoasining ibodatxonasi bo'lgan. Unda shuningdek, echki tasviridagi haykalchalar, tosh va suyak, chiganoqlar, xususan, hind okeanida uchraydiganlaridan ishlangan munchoq ham topilgan. Chagiltepaning mehnat qurollari turli shakldagi paloxmon uchun mo'ljallangan yadrolar, turli geometrik shaklli tosh qurollaridan iborat. Ular oroq qadamalari, kamon oqi uchlari, boltalar suyakdan ishlangan igna, pardozlagichlardan iborat. 31 Joytun madaniyatining tosh qurollari Kaspiy bo'yi manzilgohlaridagi so'nggi mezolit davri tosh qurollari bilan aynan oxshash. Shu va boshqa jihatlarga ko'ra Joytun madaniyati mezolit davri Sharqiy Kaspiybo'yi o'zlashtiruvchi xojalik shaklidagi qabilalarning otroqlashuvining natijasi, degan xulosani keltirib chiharadi. Sopol buyumlari qolda (tasmasimon shaklda) dagal, silliq tagli qilib ishlangan. Idishlarning yuqori qismi obdon pardozlangan (ba'zilari silliqlanmagan). Ular naqshli va naqshsiz guruhlarga bo'linadi. Naqshlari jigar va kashtan rangli boyoqlarda chizilgan va pishirish jarayonida doglar hosil qilgan. Topilgan zeb-ziynat buyumlari tosh va suyaklardan yasalgan munchoqlar va turli taqinchoqlardan iborat. Ayrim hollarda chiganoqlardan ham munchoq sifatida foydalanishgan. Toshdan yasalgan munchoqlar odam, hayvon va togri to'rtburchak shakliga ega. Bular tumor sifatida taqilgan bo'lishi mumkin. Toshdan yasalgan qurollar pichoq, oroq, randa va yorguchoqlardan iborat. Naqshli sopol buyumlar an'anaviy bezaklar saqlanishi bilan birgalikda ular mazmunan boyiydi. Ular turli chiziqlar, daraxt va o'simlik tasvirlaridan iborat. Qayd etilgan yodgorliklardan tashqari Bomi, Tog‘aloqtepa, Monjuqlitepa, Chopontepa, Pomajtepa va boshqalar ham Joytun madaniyatining turli bosqichlariga oid qishloqlarni tashkil etgan. Umuman olganda ishlab chiharuvchi xojalikga asoslangan Joytun madaniyati shakllanishining ilk bosqichlaridan, dehqonchilik va chorvachilik paydo bo'lgan bo'lsada, o'zlashtiruvchi xojalik shakllarining mavqei baland bo'lgan. Keyingi bosqichlarda dehqonchilik va chorvachilikning ahamiyati ortib, iqtisodning muhim tarmogini tashkil etgan. Uy sharoitida mehnat qurollari tayyorlash, teriga ishlov berish va charmdan buyumlar tayyorlash, yogochga ishlov berish, sopol buyumlar tayyorlash, taqinchoqlar yasash joytunliklarning kundalik mashgulotlaridan biri sanalgan. Jamoa a'zolari ona urugiga asoslangan juft oilalardan tashkil topib, ular umumjamoa ishlarini ya'ni, erga ishlov berish, hosilni yigishtirish, ovchilikni tashkillashtirish, jaoatchilik qurilish ishlarini bajarishda yoki tashqi havf paydo bo'lgan kezlarda yagona jamoaga birlashganlar. Shunday qilib taxminan mil.avv. VII ming yillikning oxirlariga kelib Turkmanistonning janubida Kopetdog tizmalari yonbagrida qadimgi dehqonchi-lik madaniyati ochoqlaridan biri Joytun madaniyati vujudga keladi. Bu madaniyat Eronning shimoli-sharqiy hududlariga ham yoyilgan. Jebel madaniyati Turkmaniston Respublikasining janubiy-garbida Sharqiy Kaspiybo'yi va Balxanbo'yi hududlarida mezolit davri o'zlashtiruvchi xojalik shaklidagi madaniyatning davomida chorvachilikga asoslangan Jebel madaniyati vujudga keladi. Bu madaniyat nisbatan yaxshi o'rganilgan Jebel yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Bu erdagi mezolit davriga oid Jebel, Damdamchashma 1,2, Qaylu, Defichiganoq va boshqa shu turdagi yodgorliklarning yuqori madaniy qatlamlari neolit davriga oid. Bu madaniyat mil.avv. VII-IV ming yilliklar bilan sanalib gorlarda hayot bronza davriga qadar saqlanib qoladi. Tosh qurollariga ishlov berish texnikasi yuqori cho'qqisiga chiqadi. Tekis tomonlarga ega prizma nukleuslari va mikrolitlar xos. Shuningdek, yorguchoqlar ham topib o'rganilgan. qoy va echkiga tegishli suyak topilmalarining aksariyati xonakilashtirilgan hayvonlarga tegishli. Ular xojalikning 32 asosini chorvachilik shakli tashkil etgan. Yodgorliklardan yassi tagli sopol buyumlarlarning bo'laklari topilgan. Bu madaniyat vakillari joytunliklar bilan bir davrda yashagan va ularning chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollarida oxshashliklar mavjud. Joytun va Jebel ko'rinishdan bitta madaniyatning ikki tarmogi bo'lib, Joytunda xojalikning asosini dehqonchilik, Jebelda esa chorvachilik tashkil etgan. Jebelliklar hayotida o'zlashtiruvchi xojalik shakllari o'z ahamiyatini yoqotmagan. Yodgorliklarning neolit davriga oid madaniy qatlamlaridan yavvoy hayvon suyaklaridan tashqari chuchuk suvda yashovchi baliqlarning ko'plab suyaklari uchraydi. Ma'lumki, bu davr O'rta Osiyo hududida namgarchilik miqdori yuqori bo'lgan davr bo'lib, Qoraqumning janubi-garbiy etaklarida sersuv ko'llarga boy bo'lgan. Demak, aholi chorvachilik bilan birgalikda baliqcilik oziq-ovqat manbaining ikkinchi tarmogi bo'lgan. Namgarchilik miqdori yuqori bo'lgan joyning florasi boy bo'lishi, tabiiy. Bunday holatda terib-termachilik xojalik shaklli o'z ahamiyatini saqlab qoladi. Kaltaminor madaniyati majmuasi (mil.avv.VII ming yillik oxiri-III ming yilliklar) dastlab 1939 yili S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi oqimidagi qadimiy Oqchadaryo o'zani hududi Jonbos-4 yodgorligini o'rganish bilan mazkur madaniyat aniqlangan. Keyinchalik quyi Amudaryoning kengroq hududlari, xususan, so'l soxilidagi O'zboy o'zani, Sariqamish, shimoli-sharqiy Orolbo'yi hududlarda A.V.Vinogradov, Mamedovlar amalga oshirgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida mazkur madaniyatga oid ko'plab yodgorliklar o'rganiladi. Shuningdek, Zarafshonning quyi oqimidagi qadimiy o'zanlari va uning ichkarisida Lavlakon hududlarida ham neolit davriga oid o'zlashtiruvchi xojalik shakllari bilan kun kechirishgan jamoa a'zolariga tegishla arxeologik yodgorliklar aniqlangan. To'da yashovchi hayvonlar jayron, qulon, saygoq va qushlar to'dasiga ov qilish hamda baliqcilik kabi ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi xojalik xususiyatlari va moddiy madaniyatidagi yaqinlik umumiy Kaltaminor madaniyati majmuasidan dalolat beradi. Bu madaniyatga oid yodgorliklar nisbatan yaxshi o'rganilgan hudud quyi Amudaryoning qadimgi Oqchadaryo o'zanida quyi oqimi hisoblanib, bu erdan 100 dan ortiq neolit davri makonlari aniqlangan va ularning ayrimlarida qazishma ishlari amalga oshirilgan. Yaxshi o'rganilgan yodgorliklardan biri Jonbos IV makonida ikkita madaniy qatlam aniqlangan. Asosiy moddiy topilmalar quyi madaniy qatlamda aniqlangan. Unda umumiy maydoni 290 m. kv. Hajmli (24 x17) turar joyning o'rni ochib o'rganilgan. Jamoaning chayla shaklidagi ushbu makonining asosini yogochlar tashkil etib, erdagi chuqurcha izlari saqlanib kolgan. Ustunlar orasiga ko'ndalang chuqurchalar tashlanib, ustidan qamish bilan yopilgan. Uning atrofida kuyib kulga aylangan yogoch va kamish qoldiqlari mavjud. Chayla o'rtasida katta markaziy ochoq, uning atrofida esa yuzga yaqin kichik ochoqlarning o'rni mavjud. Bu uy-joy neolit davri urug jamoasi istiqomat qilgan. Markaziy o'chokning tag qismi 50 sm. kuygan. Atrofida xojalik buyumlari uchramaydi. Demak, unda doimiy olov yonib turgan va umumjamoaning diniy e'tigodlari uchun xizmat qilgan. Boshqa ochoqlar atrofida esa sopol parchalari va hayvon suyaklari mavjud. Zarafshonning quyi oqimi hududlarida neolit davriga oid ko'plab makonlar topib o'rganilgan. Bular ichida Darvozaqir I, II, Kichik Tuzkon, Daraisho'r makonlari ajralib turadi. 33 Darvozaqir I makoni. Bu makonning yuqori qismi buzilib ketgan, pastki qismidan 3 ta madaniy qatlam ochib o'rganilgan. Bu erdan 81 m. kv. (7x11,6) hajmgi togri to'rtburchak shaklidagi uyning o'rni saqlanib qolgan bo'lib, uning har joy-har joyida chuqurchalar uchraydi. Bu chuqurchalar yogoch ustunlarning o'rni bo'lib ustunlar ustiga yogoch tashlanib qamish bilan yopilgan bo'lgan. Chaylada ochoq izlari topilmagan, lekin madaniy qatlamda kul qoldiqlari uchraydi. Mehnat qurollari: tosh bolta, qirgich, teshgich, oroq-randa, parma, sopol buyumlarning bo'laklari mavjud. Darvozaqir II makoni. Mehnat qurollari: tosh qirgichlar, pichoqlar, parraklar, oroq-randalar, nukleuslar, parma, teshgich, oroq qadamalari, yorgichoq, qayroqtosh, tosh boltalardan iborat. Qurollari: nayza uchlari, paykonlar, oq uchlari. Bulardan tashqari tosh munchoqlar va taqinchoqlar ham mavjud. Suyakdan yasalgan qurollar uchramaydi. Sopol buyumlar: rangli va rangsiz, ogzi keng, tag tomoni esa pastga qarab dumaloq. Kichik Tuzkon topilmalari: qirgich, teshgich, oroq qadamalari, nukleuslar, parrakchalar. Sopol buyumlari qolda rangli va rangsiz qilib yasalgan. Quyi Zarafshonda yashagan aholi ovchilik va baliqcilik bilan kun kechirganlar. Sazagon madaniyati (mil.avv. VII-IV ming yillik.) O'rta Zarafshon vohasida Zarafshon tog tizmasining garbiy qismida Qoratepa togi shimoliy yonbagirlari hududlarida mezolit-neolit davri ibtidoiy qabilalar madaniyati. Bu madaniyatga tegishli dastlabki yodgorlik Samarqand shahridan 27 km. janubda Sazogonsoyning yuqorisida Qoratepa massivining shimoliy yonbagrida 1966 yili arxeolog olim O.Ibragimov tomonidan aniqlanib, shu yili D.N.Lev boshchiligida arxeologik tekshirish ishlar boshlab yuboriladi. Keyinchalik M.J.Joraqulov tadqiqot ishlarini davom ettirib, hozirga qadar uning rahbarligidagi Samarqand Davlat universiteti arxeologlari ilmiy jamoasi tomonida Sazagonsoy va Egrikulchasoylarning tog oldi qismlaridan kech mezolit-neolit davrlariga tegishli 20 dan ortiq yodgorliklarni aniqlangan. Ulardan Sazogon 1-9, Jangal 1,2 va Tepaqul 1-5, Ko'ktepa kabi madaniy qatlamli yodgorliklar muhim o'rin egallaydi. Sazagon 1,2, Jangal 1 va Tepaqul 3,4,5 yodgorliklarida arxeologik qazishma ishlari amalga oshirilgan bo'lsa, qolganlaridan terma moddiy ashyolar aniqlangan. Sazagon 1 yodgorligi madaniy qatlamidan olingan hayvon suyaklari-echki, qoy, tur, jayron, ot, eshaklarga tegishli bo'lib, ularda xonakilashtirish belgilari kuzatilmagan. Aksincha, Sazagon 2 yodgorligi madaniy qatlamlaridan aniqlangan suyaklarning aksariyatini esa xonakilishtirilgan hayvonlarga tegishli bo'lib, etakchi o'rinni kichik tuyoqli (echki va qoy) va yirik tuyoqli (qora mol, ot, eshak), tuya va it kabi hayvonlar tegishli. Agar mezolit davrining oxirgi bosqichlarida shakllangan mazkur madaniyat sohiblari dastlabki bosqichlarda xojalikning ovchilik va terib termachilik shakllari bilan kun kechirishgan bo'lsalar, madaniyatning keyingi bosqichida ovchilik asosida ilk chorvachilik qaror topadi. Ovchilik esa kundalik tirikchilikning yordamchi tarmogi sifatida o'z ahamiyatini saqlab qoladi. Asosiy ov vositasi jayron, qisman qulon va buxoro bugilaridan iborat bo'lgan. Shuningdek, aniqlangan bo'ri va tulki kabi yirtqich hayvonlarning ham suyaklari uchraydiki, ularni ibtidoiy kishilar muynasidan foydalanish maqsadida ov qilishgan bo'lsalar kerak. 34 Ma'lumki, Sazagon madaniyati faoliyat yuritgan davr mazkur hududda tabiiy sharoit nihoyatda qulay, fauna va florasi nisbatan boy bo'lgan “Lavlakon namgarchiligi” davrida togri kelib, ibtidoiy ajdodlarimiz kun kechirishlari uchun ancha qulay bo'lgan. Amalga oshirilgan qazishmalar natijalari aniqlangan ma'lumotlarni o'rgangan tadqiqotchining ilmiy xulosalariga ko'ra bu erda mezolit davrining oxirlaridayoq yovvoyi hayvonlarni qolga o'rgata boshlagan qadimgi jamoa a'zolari neolit davrida chorvachilikga asos solishgan. Ovchilik va termachilik ahamiyatini saqlab qolgan. Tosh qurollarining asosiy qismini mikrolitlar tashkil etadi. Sazogonliklar qolda qopol ishlangan sopol buyumlarining sirtiga sodda naqshlar berishgan. Umuman, olganda neolit davri aholisi mahalliy tabiiy-geografik sharoitdan kelib chiqib xojalik shakllarini yuritishgan. Bu esa o'z navbatida mahalliy sharoittga xos moddiy madaniyaning shakllanishida asos bo'lishini ta'minlaganligi tabiiy. Hisor madaniyati (mil.avv. V ming yillik oxiri - III/II ming yillik) O'rta Osiyoning neolit davri madaniyatlaridan biri Hisor madaniyati hisoblanadi. Bu Tojikistonning garbiy tog oldi hududlarida tarkalgan madaniyat. A.P.Okladnikov va V.A.Ranovlar tomonidan 100 dan ortiq makonlar aniqlanib, ularning aksariyatida tadqiqot ishlari olib borilgan. Ular qisqa mudatli, mavsumiy va doimiy yashash uchun xizmat qilgan yashash makonlaridan iborat. Qisqa muddatli yodgorliklar tog oldi hududlarida joylashgan jamoa a'zolarining ov mavsumida yashagan kulbalaridan tashkil topgan makonlar bo'lgan. Doimiy yashash makonlari Kofirnahar, Vaxsh va ularning irmoqlari vodiylarida joylashgan. Norak shahri yaqinida Tutqovul, Danhara atrofidagi Quyi Bulyon va shimoliygarbiy Tojikiston hududidagi Oqtangi makonlarida madaniyatiga oid moddiy madaniyat namunalari nisbatan yaxshi o'rganilgan. Hisor madaniyatining ilk bosqichiga Tutqovul, o'rta bosqichiga Qoyibulyon, so'nggi bosqichiga esa Goziyontepa yodgorliklari mansub. Hisor madaniyati jamoasi daryo toshlarini bir tomonlama urib uchirib mehnat kuroli yasash an'anasiga ega bo'lishgan. Paleolit davri chopper shaklidagi tosh kurollari an'anasi saqlanib qoladi. Shuningdek, Hisor madaniyati uchun yirik uchrindilar va qo'pol plastinkalar ham xos. Qisman chaqmoqtoshdan ishlangan tosh kurollar ham uchraydi. Ikki tomonlama urib ishlov berilgan kamon oqi, silliqlangan tosh bolta, keli sopi va suyakdan yasalgan bigizlar ham topilgan. Hisor madaniyati sohiblari dastlab xojalikning o'zlashtiruvchi shakli, ovchilik va terib termachilik bilan kun kechirishgan bo'lsalar, keyingi bosqichda mato kolipda sopol idishlar tayyorlashni o'rganishadi. Sopol idishlarning tagi cho'zik, ustki tomondan pardoz qilingan. Hisor madaniyatining xojaligi togrisidagi masalalar o'z echimini topmagan. A.P.Okladnikov bu madaniyat a'zolari ovchilik va dehqonilik bilan shugullangan, degan fikrni bildiradi. Lekin, hisorliklarning dehqonchilik bilan shugullanganligi togrisidagi ashyoviy dalillar uchramaydi. Shunga ko'ra hisorliklar daydi ovchilik bilan shugullanishib, so'nggi bosqichlarida chorvachilikka o'ta boshlashganliklari, tabiiy. Ularning xojaligida to'kimachilik rivojlanganligini sopol idishlarda saqlanib qolgan izlaridan bilish mumkin. Bu madaniyatning oxirida janubiy Tojikiston hududida dehqonchilik madaniyatining shakllanishi Quyibulyon makonidagi qazishmalarda kuzatiladi. Manzilgoh aholisining sun'iy qurilgan uylari aniqlangan. 35 Ikkinchi bo'lim. PЕLЕOMЕTALL DAVRI I. Bob. Eneolit Insoniyatning qadimgi metall davrini qamrab olgan bosqichidan iborat bo'lib, dastlabki mis va bronzadan foydalana boshlagan davrlardan tashkil tophan. Eneolit (lot. “aeneus” - mis, yun. “litos”-tosh) - mis-tosh, degan ma'noni anglatib, halkolit (halko-mis) atamasi muqobil atama sifatida ham ishlatiladi. Eneolit (mil.avv. VI ming yillik oxiri - III ming yillikning boshlari) Bu davrning katta yutuqi kishilarning dastlabki metal bilan tanishib, tosh qurollari bilan birgalikda mis qurollaridan ham foydalana boshlanishidir. Mis qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan bo'lsada, misdan kuchli va ogir qurollar yasab bo'lmagan. Shuning uchun misdan yasalgan qurollar kishilar ijtimoiy hayotida yuqori mavqega ega bo'lmadi, tosh qurollar o'z ahamiyatini saqlab qoldi. Bu davrda kishilarning ijtimoiyiqtisodiy hayotida muhim o'zgarishlar sodir bo'lib, tub burilish davri yasalishiga sabab bo'ladi. Mis sof holda tabiatda kam uchraydigan ma'dan bo'lib, insoniyat samoviy meteoritlar tarkibida bo'lgan namunalar orqali tanishishgan. Kishilar misga ishlov berish malakasiga ega bo'lmagan dastlabki paytlarda go'yo toshni ishlash usuli kabi muomalada bo'lishib, uni sindirishga harakat qilishgan. Umuman, qadimgi ma'dan misdan foydalanishning to'rt bosqichda ajralib turadi. Ilk bosqichda urib shakl berish orqali, keyin esa olovda toblab shakl berish ko'nikmasi egallangan. Natijada uchinchi bosqichda eritish malakasi egallanib, rudalarni keng o'zlashtirish ishlari rivojlanadi. Bu bosqich malakasi asta-sekin bronza quyish tehnologiyasini o'zlashtirish bilan yakun topadi. Eneolit davri umumiy tavsifi. Eneolit ( mil.avv. V-III ming yilliklar) - bu dastlabki metal (yunon. eneus - «mis», litos - lot. «tosh») davri bo'lib, mis-tosh va halkolit kabi atamalalar ham qollaniladi. Bu davrning muhim jihati dastlabki metallardan keng foydalana boshlanishidir. Arxeologik ma'lumotlarning guvohlik berishicha Janubi-sharqiy Anatoliyada bundan 9-10 ming yillar burun dastlabki misdan 36 ishlangan buyumlarning namunalari aniqlangan. Bu erdagi Chayonyu depesi yodgorligining neolit davri sopol buyumlar paydo bo'lgunga qadar madaniy qatlamlaridag tosh imoratlar xarobalaridan yuzlab mis bo'laklari va bir necha malahit (tarkibida mis minerali bo'lgan yashil rangli tosh) bo'laklarini aniqlangan. Ushbu topilmalarning ayrimlar munchoq sifatida ishlangan. Markaziy Anatoliya hududidagi mil.avv. 8 ming yilliklar bilan sanalgan Ashikli Guyuk yodgorligidan ham bir qancha misdan ishlangan taqinchoqlar aniqlanadi. Mis va qorgoshin Shimoliy Mesopotamiyadagi Yarimtepa 1,2 va Tellmazgaliya yodgorliklaridan ham aniqlangan. Mis buyumlaridan Chatal Guyuk topilmalari muhim o'rin egallaydi. Bu yodgorlik qadimiy imoratlari va ibodatxonalar xarobalaridan ko'plab mis va qorgoshin nushalari aniqlangan. Ma'lumki, Old Osiyo tabiiy mineral resurs zahiralariga boy bolib, dastlab metall buyumlarining namunalari mazkur hududagi arxeologik yodgorliklardan topib aniqlangan. Lekin, mazkur keyingi taraqqiyot bosqichida matallarga ishlov berish ixtisoslashgan ishlab chiqarish darajasiga o'sib chiqmaydi. Arxeologik ma'lumotlarning guvohlik berishiga ko'ra metallurgiya ishlab chiqarish ilk sivilizatsiyalardan tashqarida Bolqon yarim orolidan shimolda va Karpat havzasida shakllanadi. Arxeologik tadqiqot ishlari natijasida Bolgariyada Varnen “oltin mozori” va mamlakat janubidagi Oybunar mis konini ochib o'rganiladi. Varnen “oltin mozori”da oltindan ishlangan zeb-ziynat buyumlari bilan birgalikda mis ishlangan qurol yaroglar va zaruriy mehnat qurollari: bolta, tesha, iskana va boshqalar topib o'rganiladi. Bu topilmalar mil.avv. V ming yilliklarda ixtisoslashgan hunarmand ustalar tomonidan yasalgan bo'lib, ixtisoslashgan ishlab chiqarish malakasiga ega bo'lgan hunarmandchilik sohasining paydo bo'lishi natijasi edi. Bundan ko'rinib turibdiki, metallsozlikga asoslangan ixtisoslashgan hunarmandchilik ilk ishlab chiqarish markazlaridan tashqarida vujudga kelgan ekan. Shunday qilib, mil.avv. V ming yillikda Pont (Qora dengiz) viloyatida (Shimoliy Bolqon va Karpat havzasida) mahalliy kon manbalariga asoslangan ixtisoslashgan metallarga ishlov berish hunarmandchilik ishlab chiqarishi vujudga keladi. Umuman, insoniyat misdan faydalana boshlasada, bu metall ijtimoiy hayotdan chuqur joy ololmaydi. Mis ishlangan qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan bo'lsada, undan kuchli va ogir qurollar yasab bo'lmas edi. Shuning uchun mis yasalgan qurollar kishilar ijtimoiy hayotida yuqori mavqega ega bo'lmadi, tosh qurollar o'z ahamiyatini saqlab qoldi. Dehqonchilik va chorvachilik xojalik shakllariga o'tish Old Osiyoning bir joylarida nisbatan tog va tog oldi hududlarida sodir bo'ladi. Ammo mazkur hududlar keyingi davr taraqqiyoti asosiy markazlariga aylanmadi. Bu hududlarda hosildorlik yuqori va barqaror bo'lmagan. Qadimgi dehqonlar Osiyo va Afrikaning serhosil va subtropik daryo vohalariga o'tish bilan ishlab chiharuvchi kuchlarning tezlik bilan va jamiyatning sivilizatsiya ostonasida bo'lgan keyingi taraqqiyot bosqichiga o'sib o'tishiga olib keldi. Yogingarchilik miqdori etarli bo'lmagan yangi iqlim sharoiti kishilarning agrar ishlab chiqarishining yangi shakli-sugorma dehqonchilikga o'tishlariga turtki bo'ldi. Sugorish inshootlaridan foydalanishning boshlanishi natijasida yiliga ikki marotaba hosil olish imkoniyati vujudga keladi. 37 Sun'iy sugorishga asoslangan dehqonchilik nafaqat barqaror hosil olish imkoniyatini yaratdi, balki, boshoqli ekinlarning hosildor navlarini vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining bir necha barobarga osishga olib kelib, mu'lum ishchi kuchi qolining bo'shab qolishiga olib keladi va natijasida holat yangi jamiyat a'zolarining toboro oshib borayotgan iste'mol manfaatlarini qondiriladigan hunarmandchilik ishlab chiqarishning turli sohalari bo'yicha ixtisoslashishning kuchayishini tezlashtirdi. Aholi orasida toboro ajralib borayotgan davlatmand va nufuzli tabaqa vakillarining manfaatlariga mos keladigan badiiy san'at shakllandi. Otroq dehqonchilik qishloqlari har tomonlama taraqqiy etib borishi bilan birga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va goyaviy sohalaridagi tub o'zgarishlar mazkur aholi manzillarining yirik markazlarga aylaninib borishi bilan bilan birga sodir bo'ldi. Bu jarayonlar nisbatan qadimgi Sharq mamlakatlarida dastlabki shahar-davlatlarning vujudga kelishi bilan yakunlanadi. O'rta Osiyoning janubiy hududlarida esa eneolit davrining dastlabki bosqichlarida ilk ishlab chiharuvchi xojalik shaklidagi otroq dehqonchilik madaniyati taraqqiy etib, kengroq hududlarga tarqala boshlagan. Lekin, bu jarayon Markaziy Osiyoning barcha hududlarida bir xilda kechmagan. Tabiiy-geografik sharoitdan kelib chiqqan shimoliy hududlarda yashovchi aholi xojaligida ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi shaklida hayot kechirish tarzini saqlab qoladi. Mazkur davrda mintaqada xojalik yuritish sohasi bo'yichi bir-birilaridan farq qiladigan qabilalar madaniyati ajralib turgan. Mintaqaning janubiy hududlarida neolit davri ilk otroq dehqonchilik ishlab chiqarish xojaligi negzida sugorma dehqonchilikga asoslangan madaniyat taraqqiyotining murakkablashib borishi bilan Turkmanistonning janubida mamlakatni ko'ndalangiga meridiana bo'ylab joylashgan Kopetdag tizmasining shimoliy yogbagirlarining Qoraqum cho'li bilan oraligda togdan ochib tushadigan bir necha kichik daryolar va soylardan iborat tor vodiydan tashkil topgan. Hozirgi paytda bu er yogingarchilik miqdori ancha past bo'lgan mo'tadil iqlim sharoitiga ega. Bunday tabiiy sharoit vohada sun'iy sugorishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishiga asos bo'lgan. Bu erda Dushak , Loinsuv, Archinyansuv, Miansoy va Chachasoy kabi mikrovohalar joylashgan. Hozirgi payda qurgoqchil hudud sanaladigan bu joylarda o'z davrida yogingarchilik miqdori ancha yuqori, daryo o'zanlar sersuv bo'lib, fauna va florasi ham boy, otroq dehqonchilik xojaligini yuritish uchun qulay bo'lgan. Bunday holat ularning o'rta oqimi hududlarida eneolit davri otroq dehqon jamoalari xojalik-madaniy taraqqiyotini ta'minlay oladigan qulay sharoit hisoblanardi. Bu esa o'lkada ilk dehqonchilik negzida vujudga kelgan sugorma dehqonchilikning yanada rivojlanishi bilan qadimgi dehqon jamoalari manzilgohlarining soni toboro ko'payib, me'moriyrejaviy echimlari murakkablashib borishini ta'minlashga asos bo'lgan. Janubiy Turkmanistonning Kopetdag tizmalari shimoliy yoni tekisliklarida eneolit davrining yuksak taraqqiyotini o'zida mujassam etgan qadimiy aholi manzillarining o'rni saqlanib qolgan. Bu yodgorliklarini o'rganish ishlari XIX asrning oxirlarida chor Rossiyasi ofiseri A.V.Kamarov tomonidan amalga oshirilgan havaskorlik mazmunidagi qazishma (Kamarov 1888) harakatlari bilan bogliq. Keng ko'lamli qazishmalar ishlari 1904 yilda amerikalik geolog olim R.Pampelli va nemis arxeologi G.Shmidtlar Anovtepa yodgorligida amalga oshirgan arxeologik qazishmalarini olib borib, yodgorlikning to'rt 38 bosqichda (Anov 1-4) faoliyat yuritganligini qayd etadi. Undan keyin o'tgan asrning 30-40 yillarida A.A.Morushenko amalga oshirgan ilmiy izlanishlari arxeologik bu erdagi arxeologik yodgorliklarni qayd etish bilan bogliq tadqiqotlardan iborat bo'lgan. O'tgan asrning o'rtalarida Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) tashkil etilgandan so'ng o'lka arxeologiyasini o'rganish ishlari jonlanib, ilmiy izlanishlar ko'lamli juda kengayadi va arxeologik qazishma ishlari metodologiyasi yangi pogonaga ko'tariladi. 50-yillarining birini yarmida B.A.Kuftin, M.Е.Masson va Еrshov kabi olimlar tomonidan keng qamrovli qazishma ishlari olib borilgan. B.A.Kuftinning Nomozggohdepadagi qazishmalari Janubiy Turkmanistonning otroq dehqonchilik manzilgohlarining Pampeli va Shimitlardan keyingi tadrijiy taraqqiyotini belgilashga asos bo'lgan. Arxeolog olim Nomozgohning oltita, shundan uchta eneolit davri madaniy bosqichda (Nomozgoh 1-3) taraqqiy etganligini belgilab bergan. Ayniqsa, 50-yillarning ikkichi yarmi va 60-yillar davomida mazkur ekspedisiya va Leningrad (hozirgi Sankt-Piterburg) arxeologiya instituti arxeolog olimlari V.M.Masson rahbarligi va I.N.Xlopin, V.I.Sarianidi va ashgabodlik arxeolog O.K.Berdiyevlar tomonidan amalga oshirilgan arxeologik taqiqotlar davomida eneolit davriga oid taxminan 30 ta arxeologik yodgorliklar aniqlanib, taxminan ularning yigirmatasida stratigrafik qazish ishlari olib borilgan va V.M.Massonning yuqorida keltirilgan olimlarning eneolit davri bosqichlari togrisidagi takliflariga qo'shimchalar kiritadi (u Anov 1 ning ikki bosqichini ajraib ko'rsatadi). Shuningdek, mazkur tadqiqot ishlarida paleogeograf olima N.G.Lisitsinaning o'lka tabiiy-geografik sharoiti va paleoiqtisod masalalarini o'rganishdagi ilmiy izlanishlarining ahamiyati kattadir. Qadimgi otroq dehqonchilik qishloqlari va keyichalik ularning ayrimlarida qadimgi Sharq sivilizatsiyaga xos markazlariga aylangan Anovdepa, Nomozgohdepa, Altindepa, Dashlijidepa, Qoradepa, Yalangochdepa, Mo'lalidepa, Chaqmoqlidepa, Monjuqlidepa, Ovadandepa, Gavachdepa Kaushatdagi depa, Geoksyur guruhidagi tepalar va boshqalardan iborat arxeologik yodgorliklar eneolit davri dehqon jamoasining qadimgi qishloqlarini tashkil etgan. Ularning saqlanib qolgan maydoniga ko'ra arxeologik jihatdan uch guruhi ajralib turadi. Birinchi guruh 0,1 - 2 ga., ikkinchi guruh 4-10 ga., uchinchi guruh 12 - 20 ga.dan iborat. Yuqorida Janubiy Turkmanistonning eneolit davri yodgorliklarining tadqiqotchi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan arxeologik majmualari ustuni va ularning nisbiy davrlari taqdim etilib, ma'lum o'zgarishlar kiritilib borilganlig togrisidagi ma'lumot berilgan edi. quyidagi jadvallarda taklif etilgan arxeologik majmualar va ularning zamonaviy arxeologik tadqiqot natijalarining qiyosiy-tahliliy asoslarda shartli ravishda ishlab chiqilgan davriy sanalari taklif etiladi. Pompelli-Shmitlar Anov yodgorligi madaniy qatlamlari madaniy majmualari ketma-ketligini quyidagicha belgilashgan: 1. Anov 1 - ilk eneolit, 2. Anov 2 - rivojlangan eneolit, 3.Anov 3 - bronza 4. Anov 4 - ilk temir davrlari. Keyinchalik Nomozgohdepa yodgorligida arxeologik qazishma ishlari olib borgan B.A.Kuftin yodgorlikning oltita majmuasini (Nomozgoh 1-6) ishlab chiqadi. 39 Shulardan Nomozgoh (davomida NMZ) 1-3 bosqichlarini eneolit davrlari bilan belgilagan. V.M.Masson esa bu erdagi boshqa manzilgohlarda amalga oshirgan arxeologik qazishma ishlari natijalariga asoslanib, Anov majmuasi ikki (Anov 1A va, 1B) bosqichda rivojlanganligini qayd etib, ulardan birinchisi ilk eneolitning birinchi yarmida, keyingisi esa ikkinchi yarmida NMZ 1 bosqichi bilan bir davrda faoliyat yuritganligi togrisidagi ma'lumot bilan to'ldiradi. t/r T Davr bosqichlari Arxeologik majmualar 1 Anov 1 A 1 2 Mil.avv. 4900-4400 Ilk eneolit Anov 1 B yoki Nomozgoh 1 Mil.avv. 4400-4000 2Rivojlangan eneolit 3 3 Davriy sanasi So'nggi eneolit Anov 2, Nomozgoh 2 Mil.avv. 3900-3500 Nomozgoh 3 Mil.avv. 3400-3000 Lekin, shuni unitmaslik zarurki, har bir majmua bir necha yuz yillardan, hatto besh yuz yildan ortiq davrni o'zida qamrab oladiki, ularning har birida bir necha, hatto o'nlab avlodlar hayotidan darak beradi. Bunday uzoq davr mobaynida kishilik jamiyatining barcha sohalarida juda muhim o'zgarishlar, madaniy yangiliklar va tehnologik yutuqlarga erishiladi. Ilk eneolit. Bu davr uchun uchta arxeologik kompleks xos bo'lib, ulardan dastlabkisi hisoblangan Anov 1A Joytun madaniyatining so'nggi bosqichlarida garbidan bir guruh otroq dehqon jamoasining mahalliy hududga kelib joylashishi natijasida paydo bo'lgan. Joytun madaniyatining vorisi sanalgan Nomozgoh 1 majmuasini Anov 1A ning 3-4 metrdan iborat madaniy qatlamlar qoplab olgan. Bu davr arxeologik yodgorliklari hududiy jihatdan moddiy madaniyati ayrim alomatlari, xususan, sopollarining sirtiga solingan naqshlarining turlariga ko'ra sezilarli darajada farq qiluvi garbiy va sharqiy guruhlari ajratib ko'rsatilgan. Garbiy guruhdagi sopollarining sirti qizil tag ustiga toq va qora rangdagi naqshlar solingan bo'lsa, sharqiy guruh sopollari sirtiga esa, shu rangdagi naqshlar qizgish sariq yoki yorqin tag ustiga solingan ekan. Sopol idishlari mayda qum qoshilgan loydan yasalib, sirtiga angob surtilgan va bir tekis pishirilgan. Sopol buyumlar sirti ayrim hollarda pardoz qilingan. Nomozgoh 1 bosqichi yodgorliklari esa garbiy markaziy va sharqiy guruhlarga bo'linadi. Yodgorliklarning madaniy qatlamlari yodgorliklarda 3 metr (Geoksur), 5 metr (Oltindepa) dan iborat. Ilk eneolitning (Anov 1A) birinchi bosqichida aholi uy-joylari neolit davri Joytun imoratlari qurilish an'anasining davomida ayrim qo'shimchalar bilan boyitilgan tartibsiz joylashgan imoratlardan iborat bo'lgan. Bu bosqichga oid uy-joy imroatlarining o'rni Monjuqlidepa yodgorligida yaxshi o'rganilgan. Manzilgohning o'rtasidan kesib o'tgan markaziy ko'cha bo'ylab uy-joy imoratlari tartibsiz joylashgan. Imoratlar togri to'rt burchak gishtlardan barpo etilgan bo'lib, asosiy qismini yashash 40 xonalari tashkil etadi. Yashash uchun mo'ljallangan uylarning bir tomonida xojalik ochogi joylashgan. Manzilgohning keyingi (Anov 1A) qurilish davridan ko'p xonali uy-joy imoratlari barpo etila boshlaydi. Imoratlar odatda uy-joy va xojalik maqsadlarida foydalanilgan xonalardan tashkil topgan. Ayrim yashash xonalarining devorlari ichki tomondan qora va qizil boyoqlarida solingan geometrik naqshlar aniqlangan. Ilk eneolit (Anov 1A) davrida misdan keng foydalanila boshlanadi. Misdan yasalgan buyumlardan sanchqi bigizlar koproq uchraydi. Ikki tomonlama tigga ega bo'lgan pichoq nusxasi muhim o'rin tutadi. Keyingi (Anov 1A) bosqichida esa misdan yasalgan nayza uchi paydo bo'ladi. Loydan yasalgan zoomorf va antropomorf, xususan ayollar haykalchalari, terrakotik urchuqboshlar ko'plab uchraydi. Hayvon tasvirli haykalchalar va o'ynash uchun mo'ljallanganin soqqalari neolit davri an'analari davomi sifatida bosqichning ilk davrlari uchun xos bo'lgan. Tosh qurollaridan ko'pincha qadama sifatida ishlatilgan geometrik shaklidagi chaqmoqtoshli mikrolitlar tashkil etadi. Shuningdek, toshlardan narsalarni, xususan, boshoq donlarini tuyish, ezish va yanchish uchun yorguchoq, keli tosh, motiga uchi va bosh qurollar sifatida foydalanilgan. Anov 1B yoki NMZ 1 bosqichida otroq dehqon jamoalari yangi erlarni o'zlashtirishib, otroq dehqonchilik hududi kengayib boradi. Ushbu bosqichning oxirlaridan boshlab aholi Geoksur vohasi tomon siljib borib manzilgohlariga asos solishadi. Bu davr uchun birinchi turdagi kichik manzilgohlar faoliyat yuritib, ular maydonining kengayib borishi bilan bosqichning oxirlarida ikkinchi guruhdagilari shakllanadi. Mazkur davrga oid taxminan 30 dan ortiq arxeologik yodgorliklar qayd qilingan. Aholi yashash uy-joy imoratlarining xonalari soni ko'payib boradi. Ular kichik oilaga tegishli bir xonali uylardan tortib, katta patriarhal oila yashaydigan ko'p xonali uy-joy majmualaridan iborat. Sopollari loyiga samon aralashtirilib, qalin qilib yasalgan buyumlardan iborat. Ular qizil yoki ko'kimtir oqish taglik ustiga qoramtir-jigar rangda berilgan geometrik shaklli monoxrom naqshlardan iborat. Buyumlar tuvaksimon chuqur tovoq, shokosa, kosa va kichik kosa yoki piyollardan iborat. Rivojlangan eneolit. Rivojlangan eneolit davriga kelib manzilgohlar maydoni kengayib, ayrimlarilari ancha (Nomozgohdepa, Oltindepa, Qoradepa) yirik ko'rinish oladi. Bu davrda kelib otroq dehqonchilik jamoalari yangi erlarni o'zlashtirishi natijasida ko'p sonli yangi manzilgohlar paydo bo'ladi. Ba'zi bir manzilgohlar atrofida alohida qirqim ko'rinishidagi aylanma devorlarga barpo etiladi (Geoksyur vohasi). Rivojlangan eneolit davri uchun muntazam va rejali qishloqlar barpo etish xos bo'lib, ularning ayrimlarining atrofi devorlar bilan o'ralgan (Mullalidepa, Yassidepa). Bu davrda ko'p xonali uylar soni ko'payadi. Ko'chalar bo'ylab joylashgan katta jamoa uylari oldindan o'ylangan aniq reja asosida tartib bilan qurish an'anasiga amal qilina boshlaydi. To'rtburchak va aylana shakldagi alohida hovlilardan iborat bo'lgan uylar 12-15 xonadan tashkil topgan. Uylarning xonalarida kvadrat va xalqa shaklida ochoqlar bo'lgan. Ularning yonida don saqlanadigan alohida xonalar va molxonalar joylashgan (Geoksyurtepa). 41 Ayrim yodgorliklarda (Yassitepa va Dashlijitepa) o'rganilgan yirik hajmdagi alohida imoratlarda doimiy olov yonib turgan ochoqlar joylashgan. Bunday imoratlar umumjamoa ibodatxona vazifasini bajargan. qadimgi sharq, xususan, Mesopotamiyaning janubidagi Sxumerning mazkur davrga oid Ubeyd davri yodgorliklarida asosiy toat ob'ekti olov sanalgan alohida ibodatxonalar paydo bo'ladi. Bu bosqichda sun'iy sugorish inshootlari: ariqlar va kichik suv togonlari barpo etish dehqonchilikda sun'iy qazilgan suv inshootlaridan foydalanish keng tarqaydi. Geoksyur vohasidan qadimgi ariqlarning o'rni aniqlangan. Dehqonchilik-dan tashqari qoy va qisman chochqa boqishgan. Misga ishlov berish mukammallashadi. Misdan yasalgan arra va boltacha topilgan. Sopol idishlari yarimsferik va konussimon kosalalar va hurmachalardan iborat. Oltin va kumushdan zeb-ziynat buyumlari tayyorlana boshlanadi. Tosh kurollari miqdori kamayadi. Undan kamon oqlari, oroq-qadamalari va yorguchoqlar tayyorlashgan. Suyaklardan bigiz sifatida foydalanilgan. Loydan ishlangangan haykalchalari ayollarning qisman hayvon tasvirlaridan iborat. Murdalar yonbosh holatida ko'milgan. Bu davr qabrlari kuzatuv buyumlari miqdori va sifati jihatdan oldingi bosqichga nisbatan farq qiladi. Ochib o'rganilgan boy qabrlardan oltin, kumush va lazuritdan ishlangan zeb-ziynat buyumlari uchraydi. So'nggi eneolit. Bu davrda manzilgohlarning uchala shakli keng tarqaladi. Maydoni 20 ga. bo'lgan yirik (Nomozgohdepa, Oltindepa, Qoradepa) markazlardan tashkil topgan manzilgohlar qaror topadi. 20 tagacha xonalardan tashkil topgan katta oila jamoasiga tegishli uylar quriladi. So'nggi eneolit davri manzilgohlarning (Geoksyur 1) ko'p xonali uylarida ochoq joylashgan alohida xonalarning mavjudligi xos. Ba'zan bunday uylarda tutatqi solinadigan idish va odam kuygan suyaklari uchraydi. Bu xonalar ko'rinishdan katta patriarhal oilaga tegishli kichik ibodatxona bo'lgan. Dehqonchilikda ilgari qadam tashlanadi. Geoksyur vohasidan kichik suv omborning o'rni aniqlangan. Uning chuqurligi 3 metrdan iborat bo'lib, taxminiy hisobga ko'ra 1100 metr kub suv saqlangan bo'lishi mumkin. Bu esa yil davomida ikki marta hosil olish imkoniyatini berar edi. Metallurgiyada ham ma'lum yutiglarga erishiladi. Metalni yopiq holda eritish tehnologiyasiga erishiladi. Misdan yasalgan oyna, tognagich, bilakuzik easalgan. Shuningdek misdan yasalgan qilich topilgan. Misga va ishlov berish va zargarlik umumjamoa hunariga aylanadi. Sopol idishlari shokosa, kosa, piyolalardan iborat. Bundan tashqari marmarsimon ohaksimondan idishlar yasalgan. Kulolchilik yangi yutuqlarga erishiladi. Sopollar pishiriladigan xumdonlardan foydalanila boshlandi. Toshdan yasalgan muhrlar hususiy mulkning shakllanganligidan dalolat. Ohaktoshdan yorguchoq, keli, havvonchalar yasalgan. Ayol haykalchalari saqlanib qolgan holda soqolli erkak haykalchalari ham paydo bo'ladi. Manzilgohlarda xom gishtdan alohida joylashgan kvadrat (Qoratepa) yoki cho'ziq (Geoksyur 1) shakldagi jamoa saganalari paydo bo'ladi. Ularning usti xom gishtdan aylana qilib yopilgan. Qabrlardan chaqmoqtosh qurollar, sopol idishlar mis buyumlar va toshdan ishlangan marjonlar, haykalchalar topilgan. Shuningdek jamoaviy qabrlar 42 ham uchraydi. Ulardagi kuzatuv buyumlar juda kambagal. Asosan sopol idishlari, savatlar va kam sonli zeb-ziynatlardan iborat. Eneolit davri manzilgohlardan haykalchalarning ko'plab topilishi uning ommaviy tayyorlanganligidan dalolat beradi. Ulardan hayvon (yovvoyi va xonaki) haykalchalari (neolit davri an'analarining davom etishi) kopchlikni tashkil etadi. Ammo ayol haykalchalari muhim o'rin tutadi. Haykalchalarda hosildorlik va ona ma'budalarining qiyofalari yorqin tasvirlangan. Ilk va qisman o'rta eneolit uchun tik turgan nufuzli ayol haykalchalarining tasvirlanishi xosdir. Haykalcha bo'ynidagi rangli munchoqlar va tanasidagi ramziy shakllari uning tabiat bilan hamnafas ekanligini ko'rsatib turibdi. So'nggi eneolit davriga kelib ayollarning o'tirgan holatdagi nafis haykalchalari keng tarqalib, boyoqlar o'rniga o'yma hamda yopishtirilgan naqshlar bilan bezatiladi. Erkaklarning tik va o'tirgan holatda ishlangan haykalchalari ham paydo bo'ladi. Erkaklar haykalchalarida soqol-mo'ylovi hamda bosh kiyimi aniq tasvirlangan. Erkaklar haykalchalari ma'budaning ilohiy sherigi yoki uning turmush o'rtogi yoki ilohiy qahramon sifatida izohlanadi. Eneolit davrida devoriy naqshlar paydo bo'ladi. Yassitepa ibodatxonasining naqshlari geometrik shaklda bo'lib, ularga qora va qizil boyoqlar berilgan. Naqshlarning motivi ancha sodda va naqshli sopol idishlarnikiga o'hshaydi: to'r shaklidagi kvadrat va uchburchaklardan iborat. Lekin, shuni alohida ta'kidlash kerakki, eneolit davrida bir necha ming yillardan so'ng O'rta Osiyo me'morchiligida muhim o'rin tutgan geometrik shakllar bilan bezash usuli vujudga keladi. Eneolit davri kulolchilik sohasida sezilarli yutuqlarga erishiladi. Ma'lum issiqlikni saqlaydigan xumdonlar paydo bo'ladi, xom ashyo sifati oshadi, kulolchilik buyumlarining ko'pligida bir rangli va ko'p rangli bezaklar bilan bezatila boshlaydi. Asosan kosalar va xumchalar naqshlar bilan bezatiladi. Asosan ikki xil boyoqlar: qizil va qora-jigar ranglar ishlatiladi. Dastlab idishlarning yuqori qismi uchburchak va parallel chiziqlar bilan naqshlangan. Asta-sekin idishlar o'zgacha ko'rkka ega bo'lib, bezaklkari ko'payib boradi. Idish atrofidagi aylana chiziqlar, uchburchak shakllarning orasi goh chiziq, goh kvadrat shakldagi xoch, goh tolqinsimon chiziqlar bilan to'ldirilgan. Keng tarqalgan motivlaridan biri xoch shakli bo'lib, ko'p sonli shakllarni vujudga keltiradi. Ma'lum uslubga solingan va aniq geometrik shaklga keltirilgan hayvon va qush tasvirlari paydo bo'ladi. Ular echkilar, mushuk zotiga oxshash olachipor hayvon (qoplon bo'lishi mumkin), yirik qanotli burgut va kichik qushlardan iborat. Odamlar tasvirlari kamchillikni tashkil qiladi. Masalan, sopol idish bo'lakchalaridan birida qarama-qarshi holatda turgan kishilar tasvirlanib, ular o'rtasida Janubiy Turkmanistonning eneolit davri manzilgohlarda uchraydigan ayol haykalchasiga oxshash ayol ma'budasi tasvirlangan. Ko'rinishdan musavvir ayol ma'budasiga siginish harakatini tasvirlagan. Kishilarning obrazi va hayvonlar tasviri ba'zan ramziy belgi bilan uygunlashgan. Agar ilgari hayvonlar tasviri totemizm bilan bogliq bo'lgan bo'lsa, keyinchalik qadimgi dehqonchilik aholisi afsonaviy tafakkurdan chiqib, ular mazmunan boshqa bir ma'noli tasvirlarni aks ettira topa boradi. Eneolit davri manzilgohlarda ko'p sonli tosh qurollari topilgan. Bular asosan dehqonchilik mehnat qurollari: yorgunchoq, hovoncha, oroq, dasta, kelidasta, tagkurs va boshqalar. Marmarsimon ohaktoshdan sirti qat-qat burma qilib ishlangan idish ko'rkam qilib yasalgan. Tosh va gipsdan zeb-ziynat buyumlari, asosan munchoqlar 43 yasalgan. So'nggi eneolit davriga kelib bo'yinga osish uchun mo'ljallangan xoch yoki bir necha tishli xoch ilk bor paydo bo'ladi. (Qoratepa, Geoksyur 1). Ular yumshoq navli toshlardan yo'nib ishlangan. Suyakdan bigiz, sanchqi yasalgan. Keyingi davrida misdan yasalgan qurollar uchraydi. Ular pichoq, sanchqi, toqnogich, aylana shakldagi dastasiz oyna. Sarazm madaniyati. Bu madaniyat Zarafshon daryosining yuqori oqimi hududlarida eneolit va bronza davrlarida tarqalgan bo'lib, o'z nomini Samarqand shahridan 30 km. Sharqda joylashgan manzilgoh nomidan olgan. Manzilgohning umumiy maydoni 90 ga. bo'lib, o'nta kichik tepaliklardan iborat. Yodgorlik dastlab 1977-1986-yillarda arxeolog olim A.Isakov, keyinchalik uning shogirdi Bobomulloevlar tomonidan o'rganilgan. Arxeologik tadqiqot ishlari natijalariga asoslangan yodgorlikning tadrijiy ketma-ketlikda rivojlangan to'rta bosqichini qayd qilib, ularning dastlabki ikki bosqichi (Sarazm 1-2) eneolit va keyingi ikkitasi esa (Sarazm 3-4) bronza davrlari bilan sanalgan. Tadqiqotchi olim yodgorlikning quyi qatlamidan topib o'rganilgan sopol buyumlarning ishlanish usuli va ularning sirtiga solingan naqshlarining Geoksur vohasidagi rivojlangan eneolit davriga oid yodgorliklar madaniy qatlamlarida o'rin olgan sopol buyumlari bilan bir xilligiga asosan Sarazm qishloqiga Janubiy Turkmaniston kelgan bir guruh dehqonlar asos solgan, degan fikrga keladi. Qadimgi jamoalari a'zolari ekin ekish va mol boqish orqali kun kechirishdan tashqari ijtimoiy hayot faoliyatini tashkil etish vositalari uchun zarur bo'lgan xom ashyo, ayniqsa, mis zahiralarini topish tashvishlari ularning zimmasidagi vazifa bo'lgan. Zarafshonning yuqori oqimida Turkiston tog tizmalarida esa ma'dan zahiralariga boy. Sarazm manzilgohi eneolit davrining rivojlangan bosqichida Geosur vohasidan metall izlab kelib joylashgan qadimgi dehqon jamoalari tomonidan asos solingan. Dastlabki tadqiqot natijalarida yodgorlikni mil.avv. IV ming yillikning oxiri (3150 yil) bilan sanalashgan. Keyinchalik yodgorlikda arxeologik qazishma ishlari davom ettirilib, amalga oshirilgan bir necha radiokarbon tekshirishlari quyidagi xronologik davriy sanalardan iborat natijalarni ko'rsatganligi qayd qilinadi: t/r Arxeologik majmua Tarixiy bosqichi Davri 1 Sarazm 1 Rivojlangan eneolit mil.avv. 3900-3300 yy. 2 Sarazm 2 So'nggi eneolit mil.avv. 3300-3000 yy. 3 Sarazm 3 Ilk bronza mil.avv. 3000-2300 yy. 4 Sarazm 4 Rivojlangan bronza mil.avv. 2300-1800 yy. Sarazmning quyi qatlami sopol buyumlari (Sarazm 1) yuqorida qayd etilganidek, Janubiy Turkmanistonning Geoksur vohasining Anov 2 bosqichiga oid sopollari bilan bir xil bo'lib, qolda yasalgan sopollarining sirtiga qizil va qora rangdagi boyoqlarda geometrik naqshlar berilgan. Bu bosqich qatlamlarida misdan yasalgan buyumlar ham topilgan. qurilish inshootlaridan ko'p xonali imoratlarning o'rni ochib, ular ikki va uch 44 xonadan iborat kichik oilalar uchun mo'ljallangan alohida hovlilardan tashkil topgan. Tarkibida oshxona va xojalik maqsadlarida foydalanilgan qo'shimcha xonalar ham bo'lgan hovlinining atrofi yupqa devor bilan o'rab olingan. Yashash xonalari ichkarisida aylana shakldagi ochoqlar joylashgan. Bunday ochoqlar Geoksur vohasidagi yodgorliklarning Anov 2 bosqichi oid qatlamlarida ham ko'plab uchraydi. Imoratlar guvala va paxsadan barpo qilingan. Moddiy topilmalarilari Geoksur vohasi yodgorliklarida uchraydigan ashyoviy manbalari bilan umumiylik kuzatilish bilan birgalikda, Eron, Afgoniston hamda Kaltaminor madaniyati yodgorliklar topilmalari bilan ham oxshashliklarni kuzatish mumkin. Bu holat eneolit davri jamoalari o'rtasidagi ma'lum darajadagi madaniy aloqalarning mavjud bo'lganligidan dalolat beradi. Sarazm 2 bosqichi davrida manzilgoh keng o'zlashtirilib, uy-joy imratlari kengayadi. Amalga oshirilgan qazishmalar natijasida 8 ta mahalladan tashkil topgan 36 ta uy-joy imoratlarining o'rni aniqlangan. Alohida oilalarga tegishli hovlilar yashash, xojalik va e'tigod masadlarida foydalanilgan xonalardan tashkil topgan bo'lib, o'zaro ko'chalar orqali ajralib turgan. Qurilishda paxsa, guvala, ayrim hollarda togri burchak xom gishtlardan foydalanilgan. Devorlarning sirti samonsuvoq qilingan. Ba'zi xonalarda toat-ibodat maqsadlarida foydalanilgan aylana shakldagi ochoqlar bo'lgan. Qazishma ishlari jarayonida uy devorlarining sirtiga tasvirlar berilganligi aniqlangan. Qolda yasalgan sopol buyumlarining sirtiga qizil va qora rang boyoqlarda naqshlar solish an'anasi davom etadi. Ikki tamonlama pardoz qilingan sargish rangli tag ustida solingan naqshli sopol buyumlari bilan birgalikda nashsizlari ham keng tarqaladi. Tag kismi uchli qilib, o'rtasida tortilgan chiziqlar bo'lab romb shakllari tushirilgan sopol buyumlari ham ajralib turadi. Bu turdagi sopollar Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklarda uchraydi. Toshdan xojalik maqsadlarida foydalanilgan buyumlar: urchuqbosh, kelitosh va boshqalar aniqlangan. Bu bosqichda misdan yasalgan buyumlar soni nisbatan ko'payadi. Markaziy Osiyoning o'zlashtiruvchi xojalik shakllarini saqlab qolgan jamoa a'zolariga tegishli madaniyatlar faoliyat yuritadi. Ularda mahalliy hududning tabiiygeografik sharoitlaridan kelib chiqib, o'zlashtiruvchi xojalik shaklining ovchilik, teribtermachilik va baliqcilik shakllari bilan kun kechirishgan. Bu turdagi madaniyat egalari neolit davrining oxirgi bosqichlarida ishlab chiqaruvchi xojalik shakllariga o'ta boshlaydilar. 45 II.Bob. Bronza Bronza davri umumiy tavsifi. Bu davr metallurgiya taraqqiyotining to'rtinchi bosqichi-misni eritib, boshqa bir metall bilan eritishsh asosi bronza ko'tarilishi va kishilik jamiyati taraqqiyoti yangi davrining almashinuvi bilan belgilanadi. O'rta Osiyoda bronza davri nafaqat bronza qotishmasining paydo bo'lishi, balki mehnat qurollari hamda bronza qurol-yaroglarining paydo bo'lishi va keng tarqalishi shu bilan birgalikda boshqa qator belgilar: patriarhal munosabatlarning qaror topishi, chorvador qabilalarning ajralib chiqishi, qadimgi sivilizatsiyaning shakllanishi mulkiy tengsizlikning paydo bo'lishi, qabilalar o'rtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishi bilan belgilanadi. Ammo, jamiyat taraqqiyoti O'rta Osiyoning barcha hududlarida birdek kechmagan, janubiy hududlarga nisbatan shimoliy hududlar, xususan, cho'l hududlari ancha orqada qolib ketgan. Xojalikning aynan dehqonchilik yoki chorvachilik shakli bilan shugullanuvchi aholi to'plangan hududlar paydo bo'ladi. Buning natijasida birbiridan farqlanuvchi iqtisod vujudga keladi. O'rta Osiyoning janubiy hududlarida yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik bilan shugullanuv-chi aholi yashasa, shimoliy va sharqiy hududlarda esa andronova madaniyati degan umumiy nomga ega bo'lgan chorvador qabilalar yashab, ular xojalik va madaniyat shakllariga ko'ra birbirlaridan keskin farq qilgan. Ular doimiy aloqada bo'lishgan. Shunday qilib, Turkmanistonning janubiy hududlarida dehqonchilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Bu hududda bronzaga ishlov berish texnikasi rivojlanadi, sugorish tizimi rivojlanadi, ketmon dehqonchiligi o'rnini hayvonlarga omoch qoshilgan qaydama dehqonchilik egallaydi. Qadimgi shahar madaniyati shakllanadi, mamahalliy boshqaruv apparati vujudga keladi, metallarga ishlov berish, kulolchilik, toshni qayta ishlash, toqimachilik, qurilish ishlari rivojlanib, ularning ixtisoslashuvi jarayoni kuchayadi. Monumental memorchilik qaror topadi, kulolchilik yanada rivojlanib, ularga bezak berish texnikasi murakkablashib boradi. Terrakotik haykalchalar, zargarlik ishlariga e'tibor kuchayadi. O'rta Osiyoning bronza davri mil.avv. III ming yillikning ikkinchi choragida mil.avv. II ming yillikning oxirlarga qadar bo'lgan davr doirasida davrlashtirib kelingan. Lekin, o'tgan asrning oxirlaridan boshlab O'rta Osiyoning otroq dehqonchilik markazlaridagi arxeologik yodgorliklarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida amalga oshirlgan ko'plab radiokarbon tekshiruv natijalari mintaqada bronza davrining sanasi biroz qadimiylikdan iborat bo'lganligini ko'rsatmoqda. Shunga ko'ra olingan kalibrli tekshiruv natijalariga asoslanib O'rta Osiyoning janubiy o’troq dehqonchilik hududining bronza davri arxeologik majmualarining quyidagi xronologiyasi taklif etiladi. T/r 1 46 Bronza davri Arxeologik majmualar bosqichlari Ilk bronza Nomozgoh 4 Davri mil.avv. 2900-2400 yy. 2 Rivojlangan Nomozgoh 5 mil.avv. 2300-1900 yy. 3 So'nggi Nomozgoh 6 mil.avv. 1900-1400 yy. Markaziy Osiyo mintaqasida bronza davri quruq va issiq iqlim sharoiti qaror topadi. Bu dasht hududlarida, ayniqsa shimoliy o'lkalarda chorvachilik xojalik shaklining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratsa, ayrim o’troq dehqonchilik o'lkalarida rivojlangan madaniyatlarning inqirozga uchrashishiga olib kelgan. Natijada butun davr mobaynida madaniy-xojalik shakliga ko'ra keskin farq qiladigan ikki mintaqa qaror topadi. Tabiiy-geografik jihatdan qulay bo'lgan janubiy o'lkalarda eneolit davridayoq vujudga kelgan ilk shaharlar ixtisoslashgan hunarmandchilik, savdo, madaniyat rivojlangan markazlari sifatidagi ahamiyati o'sadi. Shimoliy o'lkalarda esa o'zlashtiruvchi xojalik shakli (ovchilik) asosida chorvachilik shaklining vujudga kelishi, mazkur davrning keyingi bosqichlarida sodda dehqonchilining paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi. Bronza davri metallurgiya taraqqiyotining to'rtinchi-mis asosida metallarga quyish asosida ishlov berish usulidan foydalanishning boshlanishiga togri keladi. Yuqori haroratdagi issiqlikni saqlaydigan moslamalar (xumdon, metall eritish pechlari) va kulolchilik charxidan foydalanishning boshlanishi hunarmadchilik taraqqiyotiga sezilarli ta'sir qildi. Hunarmandchilik ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi va oxir oqibatda ijtimoiy mehnat taqsimoti sifatida ajralib chiqishi bilan yakunlanadi. Bu esa ayrboshlash asosidagi ichki savdo munosabatlarining vujudga kelishiga olib keladi. Jamiyatda shakllanayotgan aholining turli qatlamlari ehtiyoji talablariga javob beradigan zargarlik san'ati takomillashib boradi. Bular qadimgi sharqning sivilizatsiya dastlab shakllangan o'lkalarida chuqur kechayotgan jarayon bo'lib, ular bilan birgalikda yirik shahar markazlari rivojlanib boradi. Markaziy Osiyoda bu jarayon nisbatan ilgariroq sodir bo'lgan hudud Turkmanistonning janubiy qismida Kopetdag va qizilqum o'rtasidagi kichik daryo va soylardan tashkil topgan tor vohalar hisoblanadi. Bu hududda neolit davrida shakllangan otroq dehqonchilik madaniyat eneolit davri davomida takomillashib, bronza davri qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga xos madaniyatning vujudga keklishi bilan yakunlanadi. Janubiy-garbi Turkmanistonning bronza davri arxeologiyasi. Janubiy Turkmaniston bronza boshqa davrlar kabi 1904 yilda R.Pampelli va G.Shmidtlarning Anovtepa yodgorligida amalga oshirgan arxeologik qazishmalaridan ma'lum bo'lib, Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasining tashkil etilishi arxeologik tadqiqot ishlari, xususan bronza davrini o'rganish ko'lami kengayadi. Turli yillarda rossiyalik olimlardan B.A.Kuftin, V.M.Masson, I.N.Xlopin, V.I.Sarianidi, A.F.Ganiyalin, turkmanistonlik arxeologiklardan D.D.Durdiyev, Е.Atagariyev O.K.Berdiyevlar tamonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar davomida bronza davriga oid qatlamlar qisman yoki toliq o'rganilgan. Mazkur tadqiqot ishlarida paleogeograf olima N.G.Lisitsina va peleozoolog N.M.Еrmolovalarning ham tadqiqotlarini ta'kidlab o'tish zarur. Janubi-garbiy Turkmanistonning ilk va rivojlangan bronza davri V.M.Massonning 80-yillarga qadar amalga oshirgan arxeologik tadqiqotlari asosida quyidagi (Anov 3) bosqichlar doirasida belgilangan: 47 1. Ilk bosqichi (Nomozgoh 4) - mil. av. 2750-2250 yillar 2. Rivojlangan bosqichi (Nomozgoh 5) - mil. av. 2250-1850 yillar Nomozgoh 4 bosqichi madaniy qatlamlari yodgorliklarda 4-9 metrni tashkil etadi. Bu bosqich sirtiga monoxrom geometrik naqshlar yoki hayvon (echki), qisman qushlar va quyosh belgilari tasviri berib, ishlangan sopol idishlar an'anasi urf bo'lgan. Bosqich oxirlarida kulolchilik charxidan foydalanish boshlanadi. Nomozgoh 5 bosqichi madaniy qatlamlari 2,5 metrni tashkil etadi. Sopol buyumlari kulolchilik charxida ishlanib, sirtiga qizgish-oq, sariq yoki qisman pushti rangdagi angob berib ishlangan sopol idishlar paydo bo'ladi. Bu bosqichda Nomozgoh 4 davri naqshli sopollari asta-sekin muomaladan chiqib boradi. Bu davr manzilgohlarining ikki shakli: 10 va undan ortiq ga. maydonni egallagan “markaz” manzilgohlar va 0,25-1 ga. maydondan iborat qishloqlardan iborat yodgorliklar ajralib turadi. Yirik maydonni egallagan manzilgohlar sirasiga Oltindepa, Nomozgohdepa, Dushakdagi Uluqdepa, Kaushutdagi Qoradepa va Tajang va Murgob daryolari oraligidagi Hapavuzdepa yodgorliklarini kiritish mumkin. Qishloq turidagi yodgorliklardan Ashgabad yaqinidagi Oqdepa, Shordepa, Anov yodgorligining janubiy tepaligi va boshqalar shu kabi yodgorliklari toliq yoki qisman bronza davri dehqon jamoalari hayotidan darak beradi. Markaziy manzilgohlardan Nomozgohdepa va Oltindepa kabi yodgorliklar nisbatan yaxshi o'rganilgan. Nomozgohdepaning umumiy maydoni 70 ga. ni tashkil etadi. Yodgorlikda qazishma ishlari qisman olib borilgan. Ilk bosqichga oid madaniy qatlamining qalinligi 4-7 metrdan iborat. Qazishmalar davomida tor ko'chalar bilan ajratilgan ko'p xonali uylarning o'rni va kulolchilik xumdonlar ochilgan. Yirik manzilgohlardan biri hisoblanadigan Oltindepa yodgorligi nisbatan yaxshi o'rganilgan. Yodgorlikda V.M.Masson boshchiligidagi arxeologlar guruhi tomonidan qazishma ishlari olib borilgan. Yodgorlikning quyi qatlami moddiy ashyolari NMZ 1 bosqichiga oid bo'lib, manzilgoh eneolit davrining boshlarida shakllangan. Bir necha alohida tepaliklardan tashkil topgan manzilgohning umumiy maydoni 26 ga. dan iborat. Eneolit davrining oxirlariga kelib har tomonlama rivojlanish bosqichini boshlagan manzilgoh bronza davrida qadimgi sharq markazlariga xos taraqqiyot yo'lidan boradi. Manzilgoh tashqi tomonidan muhofaza devorlari barpo etilib, ichki tomondan alohida qismlardan iborat mahallalar tarkib topadi. Arxeologik qazish ishlari natijasida manzilgohning atrofini o'rab olgan qalin mudofaa devorining qoldiqlari o'rganilgan. Muhofaza devori faoliyati davomida uch marta qurilish ishlari amalga oshirilgan aniqlangan. Dastlab barpo etilgan devorning qalinligi 2 m., keyinchalik 4,8 m., rivojlangan bosqichida esa 6 m. dan iborat bo'lgan. Devor tashqi tomondan yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan. Mazilgohning janubiy tomonida joylashgan asosiy darvozasi tomonlarida bino qilingan 6,2x3 m. o'lchamdagi minoralar tik tushirilgan me'moriy bezak- “plyastr” bilan boyitilgan. Eniga 15 m. keladigan darvoza arava va piyodalar uchun alohida yo'laklari ajralib turgan. Bu inshootlar manzilgohning rivojlanish cho'qqisiga chiqqan davrda barpo qilingan. Manzilgohga umumiy darvozadan boshlanadiga yo'l orqali kirilib, unga tutashgan yo'lakchalar mahallalarga ajratib turgan. Asosiy yo'laklar 4-5 m. unga tutashgan yo'lakchalar esa 1,5-2 m. dan iborat bo'lib, asosiy ko'chalarga sopol buyumlari siniqlari yotqizib chiqilgan. 48 Manzilgohda aholining kasbiga va jamiyatdagi mavqeaga ko'ra alohida mahallalarga bo'lingan. Arxeologik jihatdan “hunarmandlar-(kulollar, misgarlar) “davlatmand shaharliklar”, “zodogonlar” va “diniy markaz”lardan tashkil topgan qismlarga bo'linadi. Arxeologik jihatdan ma'lumki, har birida aholining zichligi, uy-joy imoratlarining maydoni hamda ularda aniqlangan ashyoviy buyumlar miqdori va sifati jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi. Hunarmandlar mahallasi bir xonadan tashkil topgan o'rtacha 27 kv.m. pastham uylardan iborat bo'lsa, davlatmand aholi qatlamlari uylari bir necha xonali hovlilardan iborat bo'lgan. Zodagon tabaqa vakillariga tegishli mahallada uylarninig umumiy maydoni 100 kv. m., hatto 180 kv. m. ni tashkil etgan. Oltindepaning sharqiy qismidagi tepalikda o'tgan asr 60-yillari oxiri 70-yillar boshlarida V.M.Masson rahbarligidagi arxeologlar guruhi amalga oshirgan qazish ishlarida o'ziga xos diniy imoratning xarobalarini ochib o'rganishga muvoffaq bo'lishgan. Bu inshoot tashqi tomondan zinasimon shaklda barpo qilingan bo'lib, faoliyati davomida uch marotaba qayta qurilish ishlari olib borilgan. Natijada ustidagi minorasi baland va yirik ko'rinish olgan. Uning ikkinchi zinasi uch tabahali “plyastr”me'moriy bezak shaklida barpo qilingan. Ibodatxona sajda majmuasi, xojalik va yashash uy-joy qismlaridan tashkil topgan. Sajda majmuasida kohinlar jamoasi saganasi o'rin olgan, undagi xonalarning biri bevosita sajda uchun mo'ljallangan. Undan topilgan “ko'tarma-uchoq” devoriga tutashtirib qurilgan “olov-mehrobi”ning joylashishi muhim hodisa hisoblanadi. Ibodatxona majmuasidan buqaning oltindan yasalgan haykalchasi topilgan. Uni ishlashda kumush (shohi), lazurit (ko'zi) lardan ham foydalanilgan. Bu erda ham yulduz belgilari uchraydi. Mesopotamiyadagi Ur davri zikkuratlarini eslatadi. Old Osiyoning turli hududlaridagi ibodatxonalardan aniqlangan buqa shaklidagi haykalchalar tadqiqotchi olimlarni oy hudosiga bagishlangan ibodatxona, sifatida e'tirof etishlariga sabab bo'lgan. Ma'lumki, sxumerliklar mifologiyasiga ko'ra buqa guyoki oydan tushib, uning sharafiga ibodatxonalar barpo etilgan. Bu yodgorlikning bir qismida 2 ga. maydondagi hududda kulollar mahallasi joylashgan. Bu erdan 60 dan ortiq kulolchilik xumdonlarning qoldiqlari ochib o'rganilgan. Ular odatda ochoq va xumxona qismlaridan iborat ikki tabaqali yoki qavatdan iborat qurilmani tashkil etgan. Uy-joylari yuqorida qayd etilganligi kabi aholining jamiyatda tutgan mavqeiga ko'ra bir va ko'p xonali uylardan tashkil topgan. Murdalar uylar atrofida marxumlarning mavqeiga ko'ra kuzatuv buyumlari buyumlari bilan qo'shib ko'milgan. Kulolchilikka nisbatan metalchilik taraqqiyoti ancha orqada edi. Ammo, turli xil buyumlar yasashga ixtisoslashgan mis quyish ustaxonalari mavjud bo'lgan. Chaqmoqtoshga ishlov berishning ba'zi bir ko'rinishlari saqlanib qoladi. Toshdan dehqonchilik uchun kerakli bo'lgan mehnat qurollari, taqinchoqlar tayyorlanadi. Toqimachilik keng rivojlangan bo'lgan. Bu davrda bronza, keyinchalik kumush va oltinlar asosida zargarlik san'ati shakllanib, bronza davrining oxirida etilgan hunarmandchilik turiga aylanadi. Zargar ustalar turli taqinchoq, ilohiy buyumlar tayyorlashgan. qisman bronza, mis va koproq toshdan ishlangan muhrlar jamoa yoki umumoilaviy mulkning shakllanishi bilan bogliq hodisadir. Muhrlardagi tasvirlarning shakli va uslubi Messopotamiya muhrlariga oxshash. Dastlab muhlarda aniq hayvonlar 49 yoki fantastik mavjudotlarning tasviri kam uchragan bo'lsa, keyinchalik ko'payib ularning ramzlari murakkablashadi va guruh tasvirlar ko'payib boradi. Oltindepa yodgrligining bu davrga oid madaniy qatlamlaridan qadimgi sharq markazlarida (Shumer, Elam, Hindiston) uchraydigan dastlabki yozuvlariga o’xshash belgilar ko'plab uchraydi. Lekin, bunday belgilar hozirda alohida tadqiq etilmagan. Terrakotik haykalchalarning sirtiga chizilgan belgilarni tadqiqotchi olimlar hafta, oy va yillarni ifodalovchi taqvim sifatida foydanilgan, deb hisoblashadi. Bronza davri haykalchalari uchun yangi shakldagi ayol ma'budalari obrazining paydo bo'lishi xos. Beldan pastki qismi alohida ishlangan, bosh qismini ishlash asosiy e'tiborni qaratishgan. Erkaklarning haykalchalari esa kam uchraydi. Rivojlangan bronza davrida bir necha shakldagi ayol haykalchalari paydo bo'ladi, bu esa janubiy Turkmaniston aholisi yagona hudoga emas, aksincha bir necha ayol ma'budalariga e'tigod qilganliklaridan dalolat beradi. Bu davrda ham erkaklarning haykalchalari ayollarnikiga nisbatan juda kam uchraydi. Janubiy Turkmanistoning yirik hajmdagi manzilgohlari qadimgi dehqon jamoasining bronza davri markazi sifatidagi ilk shahar shaklidagi manzilgoh hisoblanadi. Bu manzilgohda tabaqalanish jarayoni barcha sohalarda namoyon bo'lishi, goyaviy markaz hisoblangan ibodatxonaning mavjudligi, hususiy mulkdan darak beruvchi muhrlarning paydo bo'lishi, ixtisoslashgan ishlab chiqarishning rivojlanishi, yozuv va boshqa belgilariga ko'ra ilk shahar shaklidagi manzilgohlar sirasiga kiradi. U ma'lum bir vohaning nafaqat ma'muriy, balki sovdo-ishlab chiqarish va madaniy markazlar ham hisoblangan. Bu erda fil suyagi va lazurit toshidan ishlangan turli buyumlar uzoq o'lkalar bilan savdo aloqalari olib borilganligidan dalolat beradi. NMZ 5 bosqichining oxirlariga kelib, Kopetdagning shimoliy hududidagi ilk shahar shaklidagi yirik aholi manzilgohlari inqirozga uchraydi. Altindepa, Nomozgohdepa va boshqa shu kabi yirik markazlar inqirozga uchrab, tashlandiq holga kelib qoladi. Oltindepaning bir qismida hayot davom etadi. Bu holatni tadqiqotchi mutahassis olimlar bronza davrida vohada qurgoqchil iqlim sharoitining qaror top bilan tavsiflanadi. B.Ya.Kircho Oltindepa yodgorligining yuqori madaniy qatlamlarida qoramol suyaklarining uchramasligi-ni, aksincha kichik tuyoqli hayvonlar suyaklarining ko'p uchrashini aytib o'tgan. Ikkinchi tomondan esa qadimgi dehqon jamoasi tomonidan bir necha asrlar davomida ekin maydonlaridan muntazam foydalanishi, ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga olib kelgan. Natijada aholining tarqab ketishiga sabab bo'lgan. Murgob vohasining bronza davri arxeologiyasi. Ilk yozma manbalarda Mouru (Avesto), Margush (qadimgi fors), Margiana (yunon-rim) nomlari bilan keltirilgan tarixiy-madaniy o'lka hozirgi Turkmaniston Respublikasidagi Murgob vohasi hududlarida joylashgan. O'lkaning bronza davriga oid yodgorliklari Murgob daryosining quyi oqimi hududlarida tarqalgan. Ularni arxeologik jihatdan o'rganish harakatlari XIX asrning oxirlaridan boshlanib, o'tgan asrning boshlarida R.Pampelli va G.Shmidtlar tomonida vohada amalga oshirgan arxeologik qidiruv ishlari davomida dastlabki otroq dehqonchilik manzilgohlari aniqlangan. Murgob vohasi arxeologiyasiga jiddiy e'tibor o'tgan asrning 70-yillaridan boshlangan bo'lib, hozirga qadar bronza davriga oid juda ko'p arxeologik yodgorliklar topib tekshirilmoqda. Vohaning bronza davri 50 arxeologiyasini o'rganilishi Toshkent arxeologisi maktabi tarbiyalanuvchisi V.I.Sarianidining tinimsiz mehnati samarasining natijasidir. Vohaning bronza davriga oid arxeologik yodgorliklar alohida irrigatsiya tarmoqlari (ariqlar) bilan sugoriladigan tor hududlardan iborat mikrovohalar yoki xojalik tumanlarida joylashgan. Butun voha hududida bronza davrining turli bosqichlarida faoliyat yuritgan quyidagi 9 ta xojalik tumanlari arxeologik jihatdan o'rganilgan: Keleli, Gonur, Toqaloq, Tahirboy, Ajiquyi, Toip, Odambosan, Avchin, Egriboqoz, ulardan xojalik tumanlari alohida o'rin tutadi. Ularning har birida asosiy markaziy manzilgoh atrofida joylashgan 30 dan ortiq bo'lgan manzilgohlardan tashkil topgan asosiy markaziy manzilgoh va uning atrofidagi kichik manzilgohlardan iborat. Murgob vohasining quyi oqimi hududlari qadim aholining sugorma dehqonchilik xojaligini yuritish uchun juda qulay erlar bo'lganligi sababli eneolit davrining oxirlaridan Geoksur vohasi aholisining hududiy kengayishi natijasida u erdan ko'chib kelgan bir guruh aholi tomonidan o'zlashtiriladi. Bronza davriga kelib ushbu o'lkaga kirib kelgan boshqa bir etnik guruh tomonidan yaratilgan madaniyat qaror topadi. Bunday madaniyat egalarining ildizlarini V.M.Masson Janubi-garbiy Turkmaniston hududlari bilan boglaydi. Tadqiqotchi olim navbatdagi ekologik inqiroz sababli bu erdagi yuksak darajada rivojlangan protoshahar turidagi madaniyat markazlarining mil.avv. II ming yillikning boshlarida (mil.avv. 1800) tushkunlikga tushishi natijasida aholi o'zlarining joylarini tashlab Margiyona va Baqtriya hududlariga ko'chib o'tadi, degan ilmiy fakrlari asrimizning boshlariga qadar hukmron edi. Bu erdadagi arxeologik yodgorliklarda uzoq yillar davomida qazishma ishlarini olib borgan V.I.Sarianidi esa Murgob vohasining bronza davri madaniyati ildizlarini Old Osiyoning chekka shimoli-sharqiy hududlaridagi erlardan izlashga harakat qiladi. Uning fikrlariga ko'ra mil.avv. IV ming yillikning o'rtalaridan Sharqiy O'rta er dengizi hududidan Eron toglariga qadar bo'lgan ulkan hududlar qurgoqchil iqlim sharoiti hukmron bo'lib, yogingarchilik miqdori keskin pasayib ketgan ekologik sharoiti Anatoliya va va Shimoliy Suriya aholisi hayotiga jiddiy ta'sir qilgan. Bunday sharoit Oronto vohasidagi protoshahar madaniyati taraqqiyotiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatib, aholisi sharqiy o'lkalarga ko'chishga majbur bo'lishadi. Yangi erlarni ishlash harakatida aholising asosiy qismi Murgob vohasiga, bir qismi esa Surxon va Balhob vohalariga joylashishib, qolgan qismi hatto Sharqiy Turkiston hududlariga qadar borib etishadi. Umuman, bu turdagi madaniyat egalari moddiy madaniyati va xojalik husuyatlari umumiyligidan kelib chiqqan holda arxeologiya fani sohasida Baqtriya va Margiyona arxeologik kompleksi, ya'ni majmuasi (BMAK), degan atamani ishlatish an'anasi mavjud. BMAKning bronza davri xronologiyasi mil.avv. 1800/1700-1000 yillar doirasida belgilangan. Lekin, keyingi radiokarbon tekshirishlari mazkur xronologik ko'rsatkichni taxminan 500 yilga, ya'ni mil.avv. 2300/2150-mil.avv. 1400 yillikga qadimiylashtirgan. Vohaning bronza davri arxeologik yodgorliklarining vazifasi va maydoni o'zaro farq qiladigan turlari ajralib turadi. Ular ilk shahar, qal'a qo'rgonlar, dehqonchilik qishloqlari va diniy inshootlardan iborat bo'lib, maydoni 0,02 gektardan 25 gektarga qadar boradi. Ulardan maydoni jihatdan yirik 10-25 gektarni tashkil etgan ilk shahar turidagi manzilgohlar bo'lib, ular sirasiga Gonur, Toqaloq yodgorliklarini kiritish 51 mumkin. Bu manzilgohlar ark va shahriston qismlaridan tashkil topgan bo'lib, muhofaza tizimiga ega bo'lgan. Gonur manzilgohi vohadagi manzilgohlarning eng yirigi bo'lib, uning ma'muriy markazi vazifasini o'tagan. Gonurning markazida kvadrat shakldagi ichki qala joylashgan bo'lib, muhofaza devori bilan o'rab olingan. Devorlar tashqi tomonda togri to'rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan. Qalada markaziy o'rinni saroy egallaydi. Uning atrofida mahalliy hukmdor va saroy amaldorlari uchun xizmat qilgan ibodatxonalar joylashgan. Bu erdagi ibodatxona olov va suvga siginish, qurbonlik keltirish, in'om qilish odatlari uchun xizmat qiluvchi yagona majmuani tashkil etgan. Boshqa yirik manzilgohlar Keleli, Toqaloq, Toip va boshqalar hisoblangan. Ular alohida mikrovohalarning markazi hisoblangan. Gonur esa butun Murgob vohasining markazi hisoblangan. Bu erdagi markaziy manzilgohlarda asosiy o'rinni ibodatxonalar egallagan. Toqaloq 21, Toqaloq 1 kabi manzilgohlardagi ibodatxonalar markaziy xonalaridan ko'plab haoma tayorlashda foydalanilgan o'simlikni yanchadigan keli toshlar va haoma tayorlanadigan idishlar topilgan. Murgob vohasi aholisi orasida otashparastlik va muqaddas ichimlik kulti keng tarqalgan. Muqaddas ichimlik kulti mitraga siginish odati bilan bogliq. Klassik mitra kelishuv va muzokara hudosi hisoblangan. Hindevropaliklar mitraga quyosh hudosi sifatida siginishgan. Regvida va Avestoda quyosh chiqishning sherigi sifatida maydonga chiqib, yomgirni chaqiradi, o'simliklar o'sishiga va butun hosilga yordam beradi, degan fikrni bildiradi Meri Boys. Uning sheriklari tomonidan olov mitraning vakili sifatida qaraladi. Lingvistlar mitra bilan olov va quyosh o'rtasidagi umumiylikni topishgan. Qala-qo'rgon turidagi manzilgohlar sirasiga Keleli 3 mansub bo'lib, baland tag kursi ustida barpo etilgan kvadrat shaklidadagi (128x128 ) atrofi muhofaza devori bilan o'ralib, yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan yodgorlikni kiritish mumkin. Boshqa turdagi manzilgohlari dehqon jamoasining oddiy qishloqlaridan tashkil topgan yodgorliklardan iborat. Har bir xojalik tumanilarida bunday manzilgohlarning bir nechatasi joylashgan. Bu davrda Margiyonada ixtisoslashgan ishlab chiqarish yaxshi rivojlanadi. Gonurtepa yodgorligining shimoliy va garbiy qismidagi kulollar mahallasidan kulolchilik xumdonlari o'rganilgan. Metallarga ishlov berish ishlari yanada takomillashadi. Bronzadan Mehnat qurollari va uy-ro'zgor bumlarini yasash hunarmanchiligi takomillashadi. Shuningdek, hususiy mulk belgisini ifodalovchi muhrlar va yozuv belilari ham keng tarqaladi. Shimoliy Gonur saroyi darvozasida loy tahtachaga tushirilgan sxematik belgilar va qadimgi sxummer, qadimgi hind yozuvlariga oxshash mixxat yozuv belgilari tushirilga muhrlar aniqlangan. Murgob vohasining bronza davri taraqqiy etgan madaniyati bronza davrining oxirlariga kelib, inqirozga yuz tutadi. Baqtriyaning so'nggi bronza davri arxeologiyasi. Ilk yozma manbalarda Bahdi (Avesto), Baqtrish (qadimgi fors), Baqtriya (yunon-rim) nomlari bilan keltirilgan qadimiy o'lkada, uning hududi so'nggi bronza davrida Surxon vohasi va Shimoliy Afgoniston doirasida chegaralangan. Bu o'lkada ilk otroq dehqonchilik madaniyati so'nggi bronza davrida qaror topadi. Dastlabki topib aniqlangan yodgorliklarga nisbatan Shimoliy Baqtriyada - Sopolli, Janubiy Baqtriyada esa - Dashli madaniyati nomlari bilan yuritiladi. 52 Sopolli madaniyatiga oid dastlabki otroq dehqon jamoasi qishloqi Kohitangtogning janubi-garbiy etaklarida (hozirgi Muzrobod cho'li) Ulanbuloqsoyning so'l yoqasida joylashgan shu nomdagi yodgorlik o'rnida shakllanib, taraqqiyotining so'nggi bosqichlariga qadar Surxon vohasining Sharqiga tomon yoyilib boradi. Mazkur madaniyatga oid arxeologik yodgorliklari A.A.Asharov, B.Abdullayev, T.Sh.Shirinov, Sh.B.Shaydullayev, N.A.Avanesova kabi mutaxas-sislar tomonidan o'rganilgan va hozirda ham davom ettirilmoqda. Shimoliy Baqtriyaning so'nggi bronza davriga oid o'rganilgan arxeologik yodgorliklar va ulardan aniqlangan ashyoviy manbalarga asosan Sopolli madaniyati shartli ravishda Sopolli, Jarqoton, Ko'zali, Molali, Bo'ston kabi bosqichlarga ajratilgan. Sopolli bosqichiga oid Ulanbuloqsoy mikrovohasidagi shu nomdagi yodgorlik yaxshi o'rganilgan. 4 ga. maydoni egallagan manzilgohning madaniy qatlami 2,5 metrgacha boradi. Qazish jarayonida 3 ta qurilish davri aniqlangan. Manzilgoh labirint shaklidagi uch qator mudofaa devori bilan o'rab olingan. Manzilgoh ichkarisida janubiy tomondan kiriladigan birgina darvozadan boshlanadigan magistral ko'chaga tutashgan kichik ko'chalar bilan ajratilgan 8 ta mahalla joylashgan. Ularda aholi uy-joy, xojalik imoratlari mudofaa devorlariga to'tashtirib qurilgan. Manzilgoh o'rtasida ochiq joy mavjud. Manzilgohning uch qurilish davri davomida imoratlarni qayta va qoshimcha qurish davomida ochiq maydon biroz qisqaradi. Har bir mahalladan manzilgohning barcha bosqichlariga oid kulolchilik xumdonlarining o'rni ochib aniqlangan. Ular er osti, ikki kamerali va ikki yarusli xumdonlardan iborat. Mayitlar manzilgoh ichkarisida uylarning poli tagida joylashgan. Murdalar yonbosh, erkaklar chap tomonga, ayollar esa o'ng tomonga qaratib jinsiga harab tegishla kuzatuv buyumlari bilan dafn qilingan. Sopollitepadan jami 138 qabr ochib, 125 tasi yakka, 13 tasi juft jami 157 ta marqum mayiti joylashgan. Shuningdek, hayvonlar dafn qilingan qabrlar va kenotaflar ham mavjud. Sopol idishlari qisman qolda va asosiy qismi kulolchilik charxida yasalgan. qolda ovqat pishirishga mo'ljallangan yirik va qalin idishlar yasalgan. Ularning loyiga xashak qoshilgan. Kulolchilik charxida yasalgan idishlarning sirtiga angob berilgan va yaxshi pishirilgan. Bundan tashqari bronzada va toshlar yasalgan sopol idishlari sopollarnikiga o'hshatib ishlangan. Bronza buyumlari xanjar, kamon oqlari, pichoq, bolta, tesha va boshqalarning ko'plab uchrashi “bronza metallurgiyasi” alohida hunarmandchilik turi sifatida rivojlanganligidan dalolat beradi. Toshdan ishlangan urchuqboshlar, kamon oqlarining uchlari yasalgan. Bronzadan oyna, bigiz pardozandoz buyumlari, xususan, surmadanlar yasalgan. Yodgorlikdagi ikkita qabrdan metaldan ishlangan narvon nusxasi kishilarning kosmogonik qarashlari bilan bogliq hodisa ekanligidan dalolat beradi. Muhrlar loy, tosh va bronzadan yasalgan. Yodgorlikga yaqin joyda 70-yillarda A.A.Asharov er o'zlashtirilishi davrida tekislanib, o'rnida qisman sopol parchalari, hayvon suyaklari va kul qatlamlari saqlangan Kultepa va Kichiktepa yodgorliklarini ham qayd etgan. O'z davrida ularning soni nisbatan koproq bo'lgan bo'lishi mumkin. Ulonbuloqsoy aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va uy hunarmandchiligi bilan shugullanishgan. Ular xojaligida ovchilik o'z ahamiyatini toliq yoqotmagan. Jarqoton bosqichida Sherobod vohasidagi Bo'stonsoyning chap tomonida joylashgan shu nomdagi yodgorlik taraqqiyoti bilan bogliq. Manzilgohda hayot 53 sopollining oxirgi bosqichida shakllanadi. Yodgorlik tarqoq joylashgan kichik tepaliklardan iborat manzilgoh va soyning boshqa qismidagi qabristondan tashkil topgan. Muhofazalagan qala va unga tutash joylashgan aholi yashash qismlarini tashkil etgan hozirda suvsizlanib qolgan Bo'stonsoy o'zanining qoltiq hosil qilgan qismida joylashgan manzilgohda arxeologik qazishma ishlari 1973-1975 yillarda A.A.Asqarov, B.Abdullayev, U.V.Raxmonovlar tomonidan amalga oshirilib, keyinchalik T.Sh.Shirinov, Sh.Sh.Shaydullayev va nemis arxeolog olimlari hamkorligida davom ettirilmoqda. Yodgorlik ark va uning atrofidagi joylashgan tepalikliklarda urug jamoalari imoratlari majmuasidan iborat bo'lgan shahriston va manzilgoh tashqarisidagi 3000 yaqin mozorlar o'rin olgan qabriston qismlaridan tashkil topgan. Hozirga qadar nashr qilingan ilmiy nashrlarda yodgorligining umumiy maydoni 100 gektardan iborat bo'lib, uning 20 gektarini mozor tashkil etadi. Jarqotonning asosiy qismidan o'rin olgan tepaliklar balandligi jihatidan bir-biridan unchalik farq qilmaydi, madaniy qatlamlari qalinligi baland joyida 3 metrdan oshiq. Jarqoton arki yodgorlikning shimoli-garbiy qismida dunyo tomonlariga mos holda joylashgan. Umumiy maydoni 3 gektar, atrofi joylarda sal kam 3 metr qalinlikdagi xom gishtdan barpo qilingan mudofaa devori bilan o'ralgan. Devor ma'lum masofada kvadrat shaklidagi burjlar bilan ta'minlangan. Uning garbiy tomonida 42x42 m. o'lchamdagi imoratning o'rni ochib, uning tashqi devori qalinligi 4 metrdan iborat bo'lib, tashqi tomondan 13 ta kvadrat shaklga ega bo'lgan minora-burjlar bilan kuchaytirilgan. Devorlari oq ganch bilan suvalib, u tadqiqot ishlari olib borgan olimlar hamfiklikda qadimgi saroy bolishi mumkin, degan xulosaga kelishlariga asos bo'lgan. E'tiborli tomoni shundaki, yodgorlikning arkida bronzaga ishlov berish bilan bogliq hunarmandchilik majmuasi aniqlangan. Topilmalar orasida e'tiborga molik ashyo manba bronzadan ishlangan pichoq dastasi bo'lib, uning bandi temirdan yasalgan. Bu bevosita Sopolli madaniyati aholisining temirni bilganligini ko'rsatuvchi ashyoviy manba bo'lib xizmat qilsada, temir davri o'tish, degan tushunchani keltirib chiqarmaydi. Arkning janubiy qismida olib borilgan tadqiqotlar natijasida katta patriarxal oila yashagan ko'p xonali uy qoldiqlari ochilgan. Ko'p xonali uyning shimol tomonida bir-biriga yaqin qilib qurilgan ikkita xumdon joylashgan. Boshqa bir xumdon arkning shimoliy qismida aniqlangan. Jarqoton shahristoni arkning shimoli-sharqiy, sharqiy va janub tomonlarida joylashgan. U sakkizta tepaliklar majmuasidan iborat. Tepaliklardan birida bunyod etilgan uylar 1,25 metr qalinlikdagi platforma ustida barpo qilingan. Ibodatxona tomonlari (44,5x60 m.) dunyo tomonlariga moslab qurilgan. Atrofi 4,5 m qalinlikdagi mudofaa devori bilan himoyalangan. Ibodatxona majmuasi vazifasiga ko'ra toat-ibodat va xojalik ishlab chiqarish qismlaridan tashkil topgan. Ibodatxonada markaziy o'rinni aylana va kvadrat shakllari olov mehrobi egallaydi. Uning aniqlangan. Ularga yaqin joyda suv saqlash uchun mo'ljallangan quduqlar joylashgan. Ibodatxonada vino tayyorlash mavjud bo'lgan. Ibodatxonaning ikkinchi qurilish davrida atrofi 5 metr qalinlikdagi mudofaa devori bilan o'rab olinadi. U umumiy majmuadan iborat bo'lib, uch qismni tashkil etgan. Unda doimiy olov yonib turgan mehrob joylashgan asosiy, mubodlar (kohinlar) yashaydigan va xojalik 54 maqsadlarifoydalanilgan qismlaridan tashkil topgan. Ibodatxonada doimiy olov yonib turadigan mehrob, suv saqlanadigan quduq joylashgan. qadimgi xalqlar tasavvurlarida olov yovuz ruhlardan halos etuvchi va suv esa ulardan tozalovchi unsir sifatida haralgan. Bu esa keyinchalik o'lkada shakllangan zardushtiylik dining asosini tashkil etuvchi ilk otashparastlik kabi markazlashgan dining shakllanishi jarayonidan dalolat beradi. Otashparastlik diniy qarashlari bu davrda Jarqoton aholisi ongiga to'laligicha singib bo'lmagan ko'rinadi. Chunki, sigir, tuya shaklidagi haykalchalar va muhrlarda tasvirlangan ilon, burgut tasvirlari aholining ibtidoiy diniy qarashlari bilan bogliq. Jarqoton yodgorligidagi sopol buyumlardan ayrim belgilar aniqlangan. Bu belgilar orasida xoch, omoch, arava, narvon, aylana kopchlikni tashkil etadi. Ularni tahlil qilgan tadqiqotchi Sh.B.Shaydullayev piktografik belgi-yozuvlar sifatida e'tirof etishga harakat qiladi. Shahristonning janubiy va janubi-garbiy tomonida qabriston joylashgan bo'lib, ular oltita tepalikdan iborat. Shahriston va qabristonni tabiiy jarlik ajratib turadi. Murdalar yon tomoni bilan bukilgan sharq tomonga yotqizib ko'milgan. Jarqotonda o'rganilgan qabrlar Jarqoton, Ko'zali, Molali davrlarini alohida ajratib ko'rsatish hamda qadimgi dehqon jamoalarining mulkiy munosabatlari va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Ko'zali va molali bosqichlariga oid yodgorliklar asosin qabrlardan, qisman manzilgohlardan iborat. A.S.Sagdullayev tomonidan Molalitepa (8-9 ga) va Buyrachi 1 (10 ga) va boshqa kichik manzilgohlar 0,2-2 ga. Bu bosqichlarga kelib kulolchilik o'zining yuqori darajasiga ko'tariladi. Yuqori sifatli nafis kulolchilik buyumlari ishlab chihariladi, ularning ma'lum shaklga ega bo'lganligi seziladi, tez aylanadigan kulolchilik charxlari qollanila boshlandi hamda ularni pishirishda yangi usullardan foydalaniladi. Hunarmandchilikning ixtisosliklarga ajralishi metall va metallga ishlov berishning yuqori darajada rivojlanishiga imkon berdi. Toshdan mehnat qurollari tayyorlash o'z ahamiyatini yoqotmadi. Janubiy Baqtriya Davlatabod, Dashli, Farukabad va Nichkin dehqonchilik mikrovohalari so'nggi bronza davriga oid arxeologik yodgorliklar mozorlar aniqlangan. Davlatabod mikrovohasida Tikar 1, 2, 3, Tikar 4 (Girdaytepa) yodgorliklari aniqlangan.Ularning maydoni 0,4-1,0 ga. ni tashkil etadi. Tikar 4 yodgorligi (100x95 m.) mikrorel'efiga ko'ra mudofaa devori va to'rt burchagida burjlari mavjud. Mazkur hududda arxeologik tadqiqot ishlari olib borgan arxeolog olim V.I.Sarianidi janubigarbiy Afgonistonning so'nggi bronza davrini Tikar va Girday bosqichlarida iborat bo'lganligini e'tirof etgan. Bu erdagi Dashli vohasida joylashgan Dashli 3 aylana shakldagi ibodatxonasi va kvadrat shakldagi saroy-ibodatxonasi muhim o'rin egallaydi. Dashli 3 doira shaklida ikki qator mudofaa devorlari bilan o'rab olingan ibodatxona majmuasidan tashkil topgan. Uniing mudofaa devori tashqarisidagi imoratlar ham o'ziga xos ikki xalqani tashkil etadi. Dashli 3 saroy-ibodatxonasi esa kvadrat shaklda barpo qilingan. Qadimgi Evropa xalqlari afsonalarida aylana quyosh, kvadrat esa er tamonlarini anglatuv shakllar hisoblangan. Bu mifologiya hind madaniyatidagi mandallarda ham saqlanib qolgan. Ular qadimgi Baqtriyaning koinot togrisidagi tushunchalar bilan bevosita bogliq bo'lib, shahar aholisini tartib solib 55 turuvchi va ularni boshqaruvchi goyaviy markaz sifatida qurilgan. Shunday qilib ular ijtimoiy boshqaruvni aks ettirgan ilk davlatchilik shakllari tuzilishini namoyon qiladi. Qadimgi Baqtriyaning protoshahar hokimiyati diniy-goyaviy shaklga ega bo'lgan. Bunday jamiyatning aholisi o'zlarining tinchliksevarligi bilan farq qilib ularning qabrlarida va manzilgohlari qurol-yaroglar ham kam uchraydi. Shimoliy va Janubiy Baqtriyada moddiy tipilmalarga boy qabrlar ayollarga tegishli. Bunday jamiyat doimiy marosimlarga asoslangan bo'lib, aholi urf odatlari, marosimlari va an'analari asosida tartibga solingan. Bronza davrining oxirlariga kelib bu turdagi madaniyat to'satdan inqirozga uchraydi. Uning inqirozi sabablarini tadqiqotchi olimlar turlicha talqin qilishga harakat qilishadi. Ayrim guruhdagi olimlar ekalogik vaziyat bilan boglasalar, boshqa bir guruh olimlar shimoliy o'lkalardan ko'chmanchi chorvador qabilalarining shiddat bilan kirib kelishi bilan boglashadi. Zomonbobo madaniyati. Zarafshonning quyi oqimida hududida mil.avv. III ming yillik oxiri - II ming yillik birinchi yarmiga oid. Zamonbobo madaniyati taraqqiy etadi. Buxoro vohasining shimoli-garbiy qismida joylashgan Zomonbobo ko'li bo'yida 1950 yili Ya.G.Gulomov bronza davri qabristonni, keyinchalik A.A.Asharov esa uning yaqinida Gujaylining qurigan o'zani bo'yida manzilgohni o'rganishgan. Zomonbobo ko'lidan garbroqda soy bo'yida ikkinchi manzilgoh joylashgan. Qabristonida jami 41 ta mozor aniqlanib, ulardan 8 tasi juft, 28 tasi yakka mayitlar joylashgan. Mayitlar bir tomonga qaratib bukchaytirib ko'milgan. Erkaklarning qabrlarida sopol buyumlari, chaqmoqtoshdan ishlangan kamon oqlari, nayza paykonlari va boshqa turdagi buyumlar, ayollarnikida esa qimmatbaho toshlardan (agat, feruza, lazurit, serdolik) va oltindan yasalgan munchoqlar, mis ko'zgu, ayol haykalchasi topilgan. Manzilgohda bir necha uylarning o'rni aniqlangan. Ulardan birida arxeologik qazish ishlari amalga oshirilib, 170 kv.m. maydonni egallagan yarim erto'la uy-joy toliq ochilgan. Uylarning sathida yogoch ustunlarining o'rni saqlanib qolgan. Ichkarisida ochoq va ichki tomondan loysuvoq qilingan xojalik o'rasi joylashgan. Manzilgohda ikkita kapaning o'rni va ikki yarusli xumdon (diametri 90 sm.) aniqlangan. Manzilgoh ichkarisidan taxminan 2 m. qalinlikdagi zich tuproq (val) devorning qoldiqlari aniqlangan. Moddiy topilmalar chaqmoqtoshdan ishlangan oroq qadamalari, yorguchoq parchasi va boshqalardan iborat. Manzilgohdagi topilmalar sopol idishlar parchalari va hayvon suyaklaridan iborat Shuningdek, kesaklar qolgan bugdoy va arpalar donlari izlari saqlangan. Hayvon suyaklarining asosiy qismni xonaki qoy, echki, qora mol va eshak, qisman yovvoyi hayvonlar - toqay bugisi, chochqa va jayronlar suyaklari tashkil etadi. Ikkinchi manzilgoh madaniy qatlami deyarli saqlanmagan. Terma buyumlari birinchi manzilgoh va qabrlarnikidan farq qilmaydi. Bular O'rta Osiyoning dasht hududida bronza davri xos ibtidoiy dehqonchorvador qabilalariga tegishli alohida Zomonbobo madaniyati faoliyat yuritganligidan dalolat beradi. Qizilqum cho'llarida neolit va eneolit davrlarida yogingarchilik miqdor ancha yuqori bo'lgan iqlim sharoiti mavjud bo'lib, “Lavlakon plyuviali”, deb yuritiladigan bu davrda fauna va floraga boy bo'lgan. Hozirga qadar aniqlangan arxeologik yodgorliklar va ulardan topib o'rganilgan ashyoviy manbalar mavjud tabiiy 56 sharoit bu erda ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi xojalik - termachilik, ovchilik va baliqcilik shakllarining rivojlanishi uchun ancha qulay sharoit yaratgan. Mil.avv. III ming yillikning oxiri - II ming yillikning boshlarida qurgoqchil iqlim sharoitining vujudga kelishi qizilqum cho'llari yashovchi qabilalari xojaligiga ham jiddiy ta'sir qiladi. Tabiatda tayyor ozuqa manbai bilan kun kechirib kelayotgan aholi xojalik shakllarini o'zgartirish yo'lini tutishga majbur bo'ladilar. Mazkur topilmalar zamonboboliklar xojaligining asosini ishlab chiqarish tashkil etganligidan dalolat beradi. Ular tabiiy sharoit mos holda ho'jalining nisbatan sodda bo'lgan ko'rfaz usulida sugorishga asoslangan dehqonchilik shakli va uy chorvachiligi asosiy o'rin tutgan. Shuningdek, zamonboboliklar toqay hayvonlari va ko'llarda baliqlariga ov qilish qoshimcha ozuqa manbaini tashkil etgan. Sopol buyumlari ko'pincha ko'lda, qisman charxda yasalgan. Qabrlarda charxda yasalgan kam sonli sopollar va sirtiga naqshlar solingan sopollar namunalari ham uchraydi. U Janubiy Turkmanistondagi otroq dehqon jamoasining Nomozgoh 4 bosqichi oxirlariga oid sopol buyumlariga oxshash. Moddiy topilmalarning guvohlik berishia zamonboboliklar O'rta Osiyoning janubiy o'lkalari otroq dehqon jamoasi boshqa hududlari aholisi bilan ma'lum aloqada bo'lganliklarining guvohi bo'lish mukin. Tosh, suyak, mis xojalik buyumlarini tayyorlash, oltin va toshlardan zeb-ziynat yasash kabi hunarlari ixtisoslashmagan qoshimcha mashgulotlar turlari bo'lgan. Tozabogyob madaniyati. (mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi) Amudaryoning Oqchadaryo ozani hududida yashovchi ovchi va baliqchi qabilalar sodda dehqonchilik va chorvachilik bilan shugullanuvsi jamolarga almashinadi. S.P.Tolstov tamonidan 1953 yili Anka 5, 1954-57 yillarda Ko'kcha 3 qabrlari va yodgorligida olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida Tozobugyob madaniyati togrisida tasavvur hosil qilish imkoniyati vududga keldi. Hozirga qadar bu madaniyatga oid 50 dan ortiq manzilgohlar aniqlangan. Tozabogyob madaniyatiga oid uy-joylar togri to'rtburchak shakldan iborat bo'lib, er biroz chuqur qazilib, yogoch ustunlar orqali atrofii va tepasi yopilgan yarim erto'la shaklidagi kulbalardan iborat. Kulbaning ortasida markaziy ochoq joylashgan. Uning atrofida moddiy topilmalar aniqlanmagan. Devor yonida xojalik maqsadlarida foydalanilgan o'ralar joylashgan. Asosiy ashyoviy manbalarni qolda tagi tekis qilib yasalgan sopol buyumlari, bronzadan ishlangan kam sonli buyumlar va toshdan qurollari tashkil etadi. Sopol idishlarning loyiga samon va maydalangan chiganoq qoshilgan. Sopol buyumlarining bogzi biroz toraygan, tuvaksimon idishlardan iborat. Ulardan ayrimlarining sirti silliqlangan. Uchburchakli chiziqcha shaklida uyib ishlangan naqshlari yuqoridan pasga tomon bir qator bo'lib joylashgan. Bronzadan yasalgan buyumlarini bir tomonida tigiga ega bo'lgan pichoq va suyak dastaga asoslangan to'rt qirrali iskanalar tashkil etadi. Shuningdek, ayol jinsiga mansub qabrdan bilakuzuk topilgan. Toshlardan yasalgan nayza uchi, yorguchoq va boshqa topilmalar toshdan foydalanish ahamiyatini yoqotmaganligidan dalolat beradi. Hayvon suyaklari Qoramol, qoy va otlarga tegishli. Qavat 3 yodgorligiga yaqin bo'lgan joyda qadimgi jamoa a'zolari tamonidan foydalanilgan ekin maydonlarining o'rni aniqlangan. Qavat 3 yodgorligidan o'rganilgan qabrlarda yakka va juft mayit o'rin olgan bo'lib, ularning ayrimlari bir davrga ayrimlari esa turli davrlarda dafn qilingan. Erkaklar o'ng, 57 ayollar esa chap tomonga qaratib bukchaygan holda yotqizilgan. Juft mayitlar esa yuzma-yuz joylashtirilgan. Marhumlarning bosh qismiga bir yoki ikkita sopol idish qoyilgan. Ayollarning qabrlarida turli zebu-ziynat buyumlari, koproq bronzadan ishlangan bilakuzuklar, erkaklarnikidan esa sopol idishlardan tashqari bir nushadagi bronza iskana topilgan. Bu turdagi madaniyat Amudaryoning qadimgi Sariqamish deltasi bo'ylari va O'zboy hududlarida ham mazkur madaniyat sopollariga oxshash buyumlar tarqalganligi bilan izohlash mumkin. Bronza davrida Volga bo'yi hududlarida tarqalgan yogochband va Uraldan Oltoygacha bolgan hududda yoyilgan Andronov madaniyati sopol buyumlari bilan ushbu madaniyatnikida umumiy oxshashlik mavjud. Shunga ko'ra ushbu hududda mil.av II ming yillikning boshlarida mavjud bo'lgan Suyurgan madaniyatiga mansub aholi bilan va vohaga kerib kelgan Yogochband va Andronov madaniyatlariga mansub bir guruh jamoalarning o'zaro aralashishi natijasida Tozabogyob madaniyati shakllanadi, degan ilmiy qarashlar mavjud. Qayroqum madaniyati (mil.avv. II ming yillikning oxirgi choragi). Fargonaning janubi-garbi, Tojikiston shimoliy va Toshkent vohasining janubi-sharqiy chekka hududlarilarida tarqalgan madaniyat. Kichik hajimdagi manzilgohlar bir necha cho'ziq shaklli uylardan iborat. Aholi chorvachilik hamda dehqonchilik bilan shugullanganlar. Xojalikda metall quyish ishlari muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Kulolchilik buyumlari yassi taglik bo'lib, o'yiq chiziqli naqshli bezaklar bilan bezatilgan. Bu madaniyatda Tozabogyob va Andronov madaniyatlarining ta'siri ko'rinadi. Ular Chust va janubdagi otroq dehqonchilik madaniyatlari bilan ham aloqada bo'lishganlar. Chust madaniyati. Fargona vodiysida Qayroqum madaniyati bilan birgalikda Chust madaniyati (mil.avv. II ming yillik oxirlari) rivojlangan. Chust madaniyatiga oid mudofaa tizimi qoldiqlari, uy-joylar, qabrlar va xojalik o'ralari o'rganilgan. Bronza, tosh, suyaklardan yasalgan buyumlar ham mavjud. Chustliklar dehqonchilik, chorvachilik bilan shugullanganlar hamda kulolchilik, toqimachilik, bronza quyish ishlari bilan ham yaxshi tanish bo'lganlar. Fargona otroq dehqonchilik manzilgohlardan topib o'rganilgan topilmalar bu madaniyat sohiblarining O'rta Osiyoning janubi-garbiy va shimoli-sharqiy hududlari bilan aloqada bo'lganliklaridan guvohlik beradi. Janubiy Tojikistonning so'nggi bronza davri Beshkent va Vaxsh madaniyatlari. O'rta Osiyoning so'nggi bronza davri hududlariga xos qabilalarining yodgorliklari Janubiy Tojikistonda ham keng tarkalgan. Bu erdan utgan asrning 50-60yillarida arxeolog olimlar A.M.Mandelshtam va B.A.Litvinskiylar tomonidan Kofirnahar va Vaxsh vohalaridan chorvador qabilalariga oid bir necha mozorqorgonlar aniqlanib ularda qazishma ishlari olib borilgan. Ulardan Kofirnahar daryosining quyi oqimidagi togli Bishkent vohasidan Tulxar va Aruktov, Vaxsh vohasidan Tigrovaya Balka, Oyko'l, Jarko'l, Makonimor, Qizilsuv va boshqa shu kabi mozor-qo'rgonlarda arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ulardan birinchisi shartli ravishda Bishkent madaniyati, ikkinisi esa Vaxsh madaniyati nomi bilan yuritiadi. Bulardan tashqari Janubiy Tojikistonda Ko'ngirtut va Teguzak manzilgohlari ham o'rganilgan. Ilk Tulxar mozor-qo'rgonlarining ayrimlarida murdalar dafn etilgan, ayrimlarida esa kuydirib kuli ko'milgan. Katakomba usulidagi qabrlar ham mavjud qabrlarda qolda yasalgan sopol idishlar, bronzadan yasalgan buyumlar qo'shib ko'milgan. Ayrim 58 qabrlarda kulolchilik charxida yasalgan chetdan keltirilgan sopol buyumlari ham mavjud. Beshkentliklar aholisi bir necha etnik guruhni tashkil etgan. Bu erdagi ayrim qabrlardagi marqumlarning tashqi qiyofasi tadqiqotchi antropologlarning xulosalariga ko'ra Andronovo madaniyatiga xos aholi vakillariga juda yaqin. Ularning xojaligida chorvachilik shakli ustunlik qiladi. Vaxsh vohasi mozor-qorgonlarda murdalarni kuydirish odati kuzatilmaydi. qabrlarning ko'pilligidagi kuzatuv buyumlari oqirlangan. Saqlanib qolganlari moddiy manbalar qolda yasalgan sopol buyumlari va bronzadan yasalgan uy-ro'zgor anjomlari, oyna, zeb-ziynat buyumlari: bilakuzuk, uzuk, munchoqlardan iborat. Shuningdek, charxda yasalgan sopol buyumlari ham mavjud. Vaxsh mozor-qorgonlari aholisi sohiblari chorvachilik va qisman dehqonilik xojaligi bilan kun kechirishgan. Manzilgohlardan topilgan moddiy topilmalarida Shimoliy Baqtriyaning so'nggi bronza davri Sopolli madaniyatining Molali bosqichi bilan ma'lum bogliqlik kuzatiladi. Janubiy Tojikistonning so'nggi bronza davriga oid mozor-qorgonlarining o'rganilishi shuni ko'rsatadiki, bu erda mil.avv. II ming yillikning oxirgi choragida bir necha etnik guruhlar toqnashgan davr bo'lgan. Neolit davridan yashab kelayotgan mahalliy Hisor madaniyati chorvador qabilasi sohiblar mazkur davrda otroqlashishi bilan garbdan Sopolli madaniyatining mo'llali bosqichi vakillarining hududiy kengayishi va shuningdek, shimoldan Andronov madaniyatiga xos aholi vakillarining kirib kelishidan iborat. 59 Uchinchi bo'lim. TЕMIR ASRI I.Bob. Ilk temir davri Ilk temir davri umumiy tavsifi. Taxminan mil.avv. II ming yillikning oxirgi choragida Atlatikadan Tinch okeanigacha bo'lgan hududlardagi bronza davrining deyarli barcha madaniyatlari inqirozga uchrashi yoki shaklini o'zartirish holati kuzatiladi. O'rta Osiyoning janubiy hududlarida (Baqtriya, Margiyoni) so'nggi bronza davrining oxirida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bu erlardagi protoshahar turidagi madaniyatning inqirozi va uning o'rnida yangi turdagi madaniyatning qaror topish jarayonining kechishi bilan tavsiflanadi. Bu turdagi madaniyat ayrim belgilari bilan so'nggi bronza davri an'analaridan farq qiladi. Birinchidan, yirik protoshahar turidagi manzilgohlar inqirozga uchrab, ularning o'rnida kichik dehqonchilik qishloqlari paydo bo'ladi. Ikkinchidan, kulolchilikda sopol idishlarni qolda yasab, sirtiga geometrik naqshlar berish an'anasi qayta jonlanadi. Uchinchidan esa, yuksak darajada rivojlangan koroplastika, torevtika san'atidan foydalanishdan voz kechiladi. To'rtinchidan, diniy qarashlarda ham o'zgarishlar sodir bo'ladi. Olov ibodxonasi va marhumlarni mozorlarda dafn etish an'anasi yo'qoladi. Bu davr tarixi varvarlar istilosi davri (VBD) natijasi bo'lib, uning ildizlarini O'rta Osiyoning shimolidan chorvador xojalik shakliga ega bo'lgan qabilalari siljishining oqibati ekanligi ilmiy asoslangan bo'lib, ular Andronova madaniyati sohiblari bo'lgan, degan ilmiy-nazariy qarash ustunlik qiladi. Bu turdagi madaniyat sohiblari arxeologiya tili bilan “naqshli sopollar madaniyati” nomi bilan yuritilib, o'lkaning keyingi tarixiy taraqqiyoti, xususan, shaharsozlik madaniyatining shakllanishida asos bo'lib xizmat qilgan. Bu turdagi madaniyatning ilk bosqichi dastlabki o'rganilgan yodgorlikga nisbatan Yaz 1 bosqichi sifatida qabul qilingan. Yana shuni ta'killash joizki, O'rta Osiyoda so'nggi bronzadan ilk temirga o'tish davriy sanasidagi nomutanosiblik ayrim muammolar echimini hal qilish imkoniyatini chigallashtiradi. Shuning uchun so'nggi bronza va ilk temir davri xronologiyasi bilan bogliq masalalarga oydinlik kiritib olish zarurati tugiladi. O'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab olib borilgan keng qamrovli arxeologik dala tadqiqot ishlarining natijalari O'rta Osiyo hududi doirasida tashkil topgan ushbu tarixiy-madaniy viloyatlardagi yodgorliklarning yuqori sanasini mil.avv. I ming yillikning boshlari doirasida belgilashgan. Temir asri xronologiyasi muammolari va davrlashtirish masalalari. O'tgan asrning 50-yillarida Murgob vohasida yodgorliklarni o'rgangan arxeolog olim V.M.Masson Yazdepeda amalga oshirilgan qazishma ishlarining natijalariga asoslanib, yodgorlik taraqqiyotining quyidagi xronologik ketma-ketligini ishlab chiqilgan: 1) Yaz 1 - 900-650 yillar, 2) Yaz 2- 650-500 yillar, 60 3) Yaz 3-500-350 yillar. Bu uzoq yillar O'rta Osiyoning sinxron yodgorliklari uchun andoza bo'lib xizmat qildi. 70-80- yillarda Baqtriya va Sogd hududlarida tadqiqot ishlarini olib borgan A.S.Sagdullayev (Qiziltepa, Sangirtepa), R.H.Suleymanov (Еrqo'rgon), E.V.Rtveladze (Bandixon 2) keyinchalik O.N.Lushpenko (Sangirtepa), M.H.Isamiddinov (Afrosiyob, Ko'ktepa) lar V.M.Masson xronologik andozasi asosida ularni mil.avv. 1000-350 yillar doirasida belgilashgan. V.I.Sarianidi esa Tillatepa yodgorligini 300 yilga qadimiylashtiradi (Tilla I mil.avv. 1300-1000 yilliklar). Shuningdek, Chust madaniyatiga oid yodgorliklarning naqshli sopollar va er to'la uy-joy imoratlar joylashgan dastlabki madaniy qatlamini Yu.A.Zadneprovskiy so'nggi bronza davri bilan belgilagan. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, o'tgan asrning oxirlaridan boshlab mazkur davrga oid joylardagi arxeologik yodgorliklarda amalga oshirilgan radiokarbon tekshiruvlari natijalari asosida Yaz 1 qatlamini 400 yilga qadimiylashtirishgan. Bunday holatda Yaz 1 mil.avv. XIV asrga togri keladi. So'nggi bronza va ilk temir davrlari xronologiyasi bilan bogliq masalalar o'z echimini to'laligicha topmagan. Bu bevosita kelajakda hal etilishi mumkin bo'lgan muhim masalalardan biri sanaladi. Umuman, ilk temir davrining boshlarida O'rta Osiyo hududida yashagan qadimgi dehqon, dehqon-charvodor va chorvador qabilalari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o'zgarishlar sodir bo'ladi. Otroq dehqonchilik vohalarida sugorish tizimi yanada takomillashib, dehqonlar tomonidan yangi erlar o'zlashtirildi. Manzilgohlarning soni ortib, ularning maydoni kengayadi, hamda ichki strukturasi murakkablashib, Yaz 2 davrida qadimgi shahar markazlari shakllanib, ular hududiy davlatlar (podsholiklar) larning iqtisodiy, madaniy va ma'muriy markazlari sifatida rivojlanadi. Bu davrga kelib alohida otroq dehqonchilik o'lkalari ajraladi. O'rta Osiyoning dehqonchilik vohalaridagi atroflarida, hamda uning shimoliy va sharqiy hududlarida xojalikning muhim shakli-ko'chmanchi chorvachilik paydo bo'ldi. Ko'chmanchichorvador qabilalarining moddiy madaniyatidan darak beruvchi makonlar Orolbo'yi, Sirdaryoning quyi oqimi, Janubiy Tojikiston hududlaridan topib o'rganilgan. Ular otroq dehqonchilik aholisi bilan doimiy aloqada bo'lganlar. O'rta Osiyoning bu davrdagi tarixiy-madaniy viloyatlari va ularning chegaralari, ilk davlat birlashmalari, aholining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, diniy qarashlari bilan bogliq bo'lgan qisqacha ma'lumotlar “Avesto”, ahamoniylarning mixxat yozuvlari va yunon-rim tarixchilarning asarlarida o'z aksini topgan. Zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”da O'rta Osiyodagi qadimgi davlat birlashmalari, tarixiy viloyatlar: Ariyonam Vayjo yoki Arieyshayona, Mouru, Suguda, Bahdi, Hvarizam hamda qadimgi ko'chmanchi chovador qabilalari turlar haqidagi qisqacha ma'lumotlar mavjud. Qadimgi fors yozuvlarida ushbu viloyatlar Margush, Suguda, Baqtrish, Xvarazmish, Parsava hamda yunon-rim mualliflarining asarlarida esa Margiyona, Sogdiyona, Baqtriyona, Xorasmiya, Parfiyona nomlari bilan tilga olinadi. Fors yozuvlarida O'rta Osiyoning shimolida yashovchi ko'chmanchi chorvador qabilalari saklar, yunon tarixchilarining asarlarida skiflar va massagetlar deb atalgan. Shimoli61 shaqiy hududdagi dehqonchilik vohalari: Ustrushona, Choch va Fargona vodiysi togrisida ma'lumotlar keyingi davrlarga oid Xitoy manbalarda uchraydi. Margiyona. Qadimgi yozma manbalarda Mouru, Margush va Margiana nomlari bilan tilga olingan Marv vohasidagi dastlabki yodgorlik (Yazdepa, Aravali depa, Kohnadepa va Uchdepa) lar amerikalik tadqiqotchi R.Pompeli tomonidan ochilgan. Tadqiqot ishlarini esa janubiy Turkmaniston kompleks arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 1946 yil boshlanib, 1954-56 yillarda esa keng ko'lamli qazish ishlari olib borilgan. O'rta Osiyoning otroq dehqonchilik hududlarida bo'lgani kabi so'nggi bronza davri protoshahar madaniyatida o'rnida qaror topgan naqshli sopollar madaniyati nomi bilan arxeologiya fani sahifalaridan o'rin olgan madaniyatning qaror topishi bilan tavsiflanadi. Vohaning bu davr aholisi ham so'nggi bronza davridagi kabi mikrovohalar yoki xojalik tumanlari: Keleli, Ajiquyi, Toip, Odamboskan, Ovchin, Gonur, Toqaloq va Toxirboy kabilardan tashkil topgan. Yaz 1 bosqichida mikrovohalarda otroq dehqon jamoalarining kichik qishloqlari shakllanadi. Vohaning bu bosqichdagi sopollari qolda va charxda yasalgan guruhlardan tashkil topgan. Qolda yasalganlari naqshli va naqshsiz sopollardan iborat. Naqshlilari umumiy sopollarning 4-5 foizini tashkil etgan. Ular odatda sargish angob ustiga qizgish-jigar yoki jigar ranglarda berilgan geometrik naqshlar: uchburchak, shaxmat kataklari, to'rsimon va turli chiziq shakllaridan iborat bo'lgan. Boshqa bir turdagi sopollarining sirtiga naqsh solinmagan. Kulolchilik charxida yasalgan sopollar son jihatdan ustunlik qiladi. Sopollar vazifasiga ko'ra turli o'lchamdagi kosalar, miska (metalldan yasalgan kosaga o'hshagan), turli o'lchamdagi garshoklar, xum, xumcha, qozonlar va qozon yoki garshok shakliga oxshash xojalik idishlaridan iborat bo'lgan. Sopollar shakli jihatdan yarim shar, konus va bankasimon. Yaz 2 bosqichiga kelib manzilgohlarda aholi sonining ko'payishi bilan ularning maydoni kengayib boradi, strukturasi murakkablashib, tabaqalanish jarayoni kechadi. Bu bosqichga oid manzilgohlar uch guruhdan: muhofaza devorlariga ega bolgan yirik manzilgohlar (Yazdepa Toqaloqdepa, Toxirboy 1), muhofazasiz katta qishloqlar va kichik manzilgohlar yoki uy-qo'rgonlardan iborat. Ular orasida Yazdepa har jihatdan boshqalariga nisbatan ajralib turadi. Maydoni 16 ga. dan iborat manzilgohning bir qismida 8 metr qalinlikdagi tag kursi ustida joylashgan arki 1 ga. maydonni egallagan. Uning atrofida tarqoq holda joylashgan uy-joy imoratlari o'rin olgan bo'lib, atrofi mudafaa devorlari bilan o'ralgan. Imoratlar tomonlari 50x25x10 sm. ham gishtdan bino qilingan. Marv vohasida bu davrda katta-kichik manzilgohlardan tashkil topgan bir necha kichik vohalar rivojlanadi. Ular Toxirboy, Yazdepa, Togaloq, Toip, Aravalidepalardan iborat. Ulardagi manzilgohlarning uchta shakli ajralib turadi. Ular mudofaa qilingan qismidan iborat yirik manzilgohlar-Yazdepa Tugaloqdepa, Toxirboy 1 aylana shakldagidagi mudofaa qilinmagan manzilgohlar, kichik manzilgohlar yoki uyqo'rgonlardan iborat. Voha aholisi sugorma dehqonchilik bilan shugullangan. Yazdepa va Aravalidepa vohalarida yirik va kichik kanallarning izlari mavjud bo'lib, qachonlardir ular orqaliy manzilgohlar suv bilan ta'minlangan. Bu davrga oid Yazdepa, Toxirboy, Dashli va boshqa manzilgohlardan ikki kamerali kulolchilik pechlari aniqlangan. Toxirboy 1 va Churnok manzilgohlar esa temir qotishmalari chiqindisi 62 topib o'rganilgan. Bu esa vohada temirga ishlov berish rivojlanganini ko'rsatadi. Igna, bigizlardan tashqari temir, bolta ham topilgan. Kamon oqlari bronzadan ishlangan. Mil.avv. VII asrda Marvda boshqa bir manzilgoh shakllanib, mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Erkqala va Gaurqala. Markaziy Erkqala yodgorligida amalga oshirilgan qazishma ishlari davomida xom gishtlardan (52x2610-12, 60x28x10 sm.) barpo etilgan 15 metr qalinlikdagi tagkursi aniqlangan bo'lib, undan tepadagi madaniy qatlam 2,5 m. ni tashkil etadi. Marvliklarning asosiy xojaligi sugorma dehqonchilikdan iborat bo'lgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra hozirgi Gatiagor eni 5-8 m, chuqurligi 2-3 metr va Guniyob (5-6 m, chuqurligi 1,5-2 metr) kanallari orqali qadimgi aholi dehqonchilik qilishgan. Kanallarning ikki tomonidan kichik ariqlar orqali dalalarga taqsimlangan. Kanallar atrofidagi qadimgi dala maydonlarining izlari aniqlangan. Dehqonchilikda boshoqli va poliz ekinlari ekilgan. Chorvachilik bilan qay darajada shugullangan-liklari togrisida ma'lumotlar kam. Ko'rinishdan ular uy chorvachiligi bilan shugullanganlar. Bu erdagi Toxirboy 1 va Churnoq manzilgohlaridan temir qotishmalarining chiqindisining topib o'rganilishi vohada temirchilikning paydo bo'lganligidan dalolat beradi. Kulolchilik ishlab chiqarishi bogliq masalalar yaxshi o'rganilgan. Bu erdagi ko'pgina manzilgohlardan kulolchilik pechlarining izlari topilgan. Ular ichida Churnokdan topilgan ikkita pech diqqatga sazovardir. Ular qo'ngiroq simon shaklga ega bo'lib, olovxona va idishlar joylashtiriladigan qismlardan iborat. Uchdepadan esa kulollar mahallasi o'rganilgan, undagi kulolchilik pechlari mil.avv. V-IV asrlarga oid. Mil.avv. IV asrning o'rtalariga (Yaz 3) kelib vohalarning barcha manzilgohlarda inqirozi kuzatiladi. Sugorish tizimining murakkablashishi natijasida aholi yangi erlarni o'zlashtiradi. Shimoliy Parfiya. Kopetdog tizmalarining yonbagirlarida ilk temir davriga oid quyidagi tipdagi manzilgohlar o'rganilgan. 1. Yirik hajmdagi arkga ega bo'lgan manzigohlar. (Еlkantepa, Uluqdepa). 2. O'rta hajmdagi sitadelga ega bo'lmagan manzilgohlar( may. 1 ga. dan ortiq), (Yassidepa, Agachlidepa) 3. Kichik manzilgohlar (kichik qishloqlar may. 1ga. gacha), (Krahandepa 1-2-3, Еlandepa, Ovadandepa). Еlkandepa 1 va Uluq 3, so'ngi bronza davrda shakllangan. Еlkan 2, Uluq 2 lar mil.avv. 650-500, hamda Еlkan 3, Uluq 1 lar mil.avv. 500-350 yillar bilan sanaladi. Еlkantepa sitadeli bronza davrida barpo etilib, atrofida 14,5 ga iborat joyda aholi manzigohi shakllanadi. Mil.avv. X asrlarda mudofaa devorlari (umumiy qalinligi 10, 5 m; o'rtada- 6 m. dan iborat koridor mavjud) bilan o'ralib, imoratlarning asosiy ko'pchilik qismi quriladi. Mudafaa devori atrofida chuqur xandaklar qazilgan. Mil.avv. VII-VI asrlarga kelib esa manzilgoh atrofida imoratlar barpo etiladi. Uning atrofi ham mudofaa devorlari bilan o'rab olinadi. Shunga oxshash Uluqdepa ham bronza davrida shakllanib, mil.avv. X asrda baland sahni ustida qorgon barpo etiladi. Еlkandepadan farqi o'laroq bu erda aholi imoratlari joylashgan qismi mudofaa devorlarining izlari aniqlanmagan. Imoratlar to'rburchak gishtlardan qurilib, devorlari va uylarning sahni loy suvoq qilingan. Ba'zi bir imoratlarning devorlari ganch bilan suvalgan. 63 Aholining asosiy mashguloti sugorma dehqonchilik va hunarmandchilik bo'lgan. Dehqonchilikda asosan bugdoy va arpa ekilgan. Sugorish inshootlarining izlari o'rganilmagan bo'lsada, togdan oqib tushadigan kichik daryo suvlari dehqonchilikda asosiy manba bo'lgan. Suvga bo'lgan talabning yuqori bo'lganligini hisobga olib, qadimgi dehqonlar damba va togonlardan foydalangan, degan xulosaga kelish mumkin. Keyingi davrlarda bu erda korizlar paydo bo'ladi. Bronza va temirdan mehnat qurollari, qurol aslahalar tayorlanganligi arxeologik jihatdan aniqlangan. Bulardan tashqari toshdan qurollar hamda sopol buyumlar o'rganilgan. Sopol buyumlari Margiyonaniqiga oxshash. Mil.avv. X-VII asrlarga oid sopol buyumlarning asosiy qismini qolda yasalgan, hamda naqshli buyumlar tashkil etadi. Naqshlar geometrik shaklda. Uluqtepaning mil.avv. VII-IV asrlarga oid sopol buyumlari Yazdepaning shu davrga oid buyumlari bilan oxshash. Yaz 1 sopollariga oxshash sopol buyumlarining bu erda bronza davridayoq paydo bo'lishi o'ziga xos xususiyatlardan biridir. Janubiy Turkmanistondagi Tajang daryosi atrofida Seraxs vohasida ham tadqiqot ishlari olib borilgan (Ko'hna Seraxs, Movlekdepa, Beshdepa, Akchadepa manzilgohlari). Bu erda hayot neolit davrida boshlanib, mil.avv. I ming yillikning boshida qaytadan o'zlashtiriladi. Kohna Seraxs o'rnida manzilgoh shakllanib, atrofi mudofaa devori bilan o'ralgan. Sitadeldan tashqarida imoratlarning o'rni saqlangan. Movlikdepada qadimgi kanal izlari o'rganilgan. Vohaning sopol buyumlari Marv sopol buyumlariga oxshash. Tosh qurollari, yorguchoqlar, temir qotishmalarning chiqindilari topilgan. Qadimgi Daxiston Turkmanistonning janubiy-garbida qadimgi Daxiston vohasi o'ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Qadimgi Daxiston yodgorliklari Gurgen, Sumbar va Atrek Benguvona kabi kichik daryo o'zanlaridan mikrovohalarida tarqalgan. Qadimgi Daxiston yodgorliklari ham sitadelga ega bo'lgan. Yirik manzilgohlar yoki qadimgi shaharlar (Madov, Izzatquli), yirik hamda kichik hajmdagi qishloqlardan iborat. Imoratlar xom gishtdan qurilgan, tomlari tekis yopilgan. Bu erda Atrek daryosida chiqarilgan qadimgi kanal izlari o'rganilgan. Ularning uzunligi 50-60 km. ni tashkil etadi. Kanallarning suvlari bir necha ariqlar orqali ekin maydonlariga taqsimlangan. Dehqonchilik aholining asosiy mashguloti hisoblanib, bugdoy, arpa va boshqa dukkakli ekinlar ekishgan. Chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Sopol idishlar kulolchilik charxida ishlanib, naqshlar berilgan. Bu erda temir bo'laklari, temir qotishmasining chiqindilari ham topilgan. Umuman, Daxiston topilmalar Janubiy Turkmanistonning I ming yillik boshlariga doir moddiy manbalardan keskin farq qiladi. Ko'rinishdan qadimgi Eron qabilalari bilan keng aloqada bo'lib, ular ta'sirida rivojlangan. Shimoliy Baqtriya qadimgi Baqtriya togrisidagi dastlabki ma'lumotlar Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo'lgan Avestoning Vedevdat qismida Bahdi nomi bilan uchraydi. Qadimgi fors manbalarida Baqtrish va yunon-fors mualliflari asarlarida esa Baqtriya (Baqtriana) nomlari bilan keltirilgan qadimiy o'lka shimolda Sugd bilan Hisor tog tizmalari, janubda esa Hindikush toglari bilan chegaralangan. Garbda chegarasi Amudaryo oqimi bo'ylab Murgob vahasigacha sharqda esa Pomir tog tizimlarigacha bo'lgan erlarni ishgol qilgan. Qadimgi Baqtriya tabiiy-geografik 64 jihatdan Surxon vohasi, Balxob vohasi (Shimoliy Afgoniston) va Janubiy Tojikiston hududlaridan iborat. Qadimgi Baqtriyada bronza davrining oxiriga kelib Sopolli-Dashli madaniyatlari inqirozga uchragandan so'ng mil.avv. I ming yillikning boshlarida yangi turdagi madaniyatning qaror topish jarayoni kechadi. Bu turdagi madaniyat so'nggi bronza davri Sopolli-Dashli madaniyatidan bronza davri charxda yasalgan sopollar o'rnida qolda sirtiga naqsh berib ishlangan sopollarning qayta jonlanishi, torevtika, haykaltaroshlik san'atining yoqolishi kabi arxeologik belgilari bilan farq qiladi. Mazkur hududda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot ishlari davomida bir necha o'nlab manzilgohlar o'rganildiki, ular Baqtriyaning qadimgi shahar madaniyati xususiyatlarini o'rganishda muhim o'rin tutadi. Bu davrga oid arxeologik yodgorliklar Surxon vohasi, Shimoliy Afgoniston va keyingi bosqichlarda esa Janubiy Tojikiston hududlaridagi alohida daryo vohalarida joylashgan manzilgohlarda o'z aksini topgan. Shimoliy Baqtriyada to'rtta mikrovoha yoki xojalik tumanlarida Ulanbuloqsoy, Sherobod, Bandixon, Mirshodi va To'polon. O'rta Osiyoning qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri bo'lgan Baqtriyanining shimoliy hududlari. Bu o'lka hozirgi Surxon vohasi va Tojikiston Respublikasining janubiy hududlari kiradi. Mazkur mintaqada mil.avv. I ming yillikning boshlariga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tub o'zgarishlar sodir bo'ladi. Ma'lumki II ming yillikning oxiriga kelib Surxon vohasidagi Sopolli madaniyati inqirozga uchragandan so'ng o'ziga xos otroq dehqonchilik madaniyati vujudga keladi. Bu turdagi madaniyat ayrim jihatlariga ko'ra O'rta Osiyoning janubida, xususan, Surxon vohasi va Janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan Shimoliy Baqtriyaning ilk temir davriga oid yodgorliklarini o'rganish o'tgan asrning 50yillaridan, ya'ni Qalai Mir manzigohida olib borilgan tadqiqot ishlaridan so'ng kuchayadi. Shimoliy Baqtriyaning mil.avv. I ming yilliklarning boshlariga oid manzilgohlari Surxon va Sherobod daryolarining irmoqlari atrofida Sopolli madaniyatining inqirozidan so'ng rivojlangan bo'lsa, Surxon va Amudaryolarning o'rta oqimi, Kofirnigon, Vaxsh va Panj daryo vohalari esa qadimgi dehqonlar tomonidan mil.avv. I ming yillikning ikkinchi choragi va o'rtalarida o'zlashtirilgan. Shimoliy Baqtriyada mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmida o'ndan ortiq dehqonchilik vohalari o'zlashtirilib, turli shakllardagi manzilgohlarning rivojlanishi kuzatiladi. Shulardan ettitasi Sargandak - To'palang - (Xolchayonning quyi qatlami), Xalqajar (Mirshodi) - (Qiziltepa, Qizilcha guruhidagi manzilgohlari, Ahatqul), Urgulisoy (Bandixon) - (Bandixon 1-2, Gozimulla), Sherobod - (Jondavlattepa, Talashkantepa 1, Pachmaktepa), Ulonbuloqsoy - (Kuchuktepa, Pshaktepa, Dabilqorgon), O'rta Surxon - (Hayitobod, Nomsiztepa), O'rta Amudaryo - (Ko'hna Termizning quyi qatlami, Kampirtepa yaqinidagi Nomsiztepa.) kabi kichik daryo vohalari Surxon vohasida va quyi Kofirnigon - (Qalai Mir, Munchoqtepa, Hirmontepa), Vaxsh-Yavon (Tomoshatepa, Boldoy 1, Sho'rchitepa), Boytudasht - (Boytudasht) kabi vohalar Tojikiston Respublikasining janubida rivojlanadi. Ularning har birining hududi tabiiy chegaralanib, arxeolog olim A.S.Sagdullayevning ilmiy tahlillariga ko'ra ularning har biri alohida dehqonchilik tumani yoki kichik ma'muriy tuzilmani tashkil etgangan. Mazkur ma'muriy bo'linmalarning har birida taxminan 3-5 tadan manzilgoh 65 joylashgan. Ulardan birining maydoni katta va strukturasiga ko'ra murakkab bo'lgan. Ko'rinishdan ular malum tumanning ma'muriy markazi bo'lgan bo'lishi mumkin. Mil.avv. II ming yillikning oxirgi va mil. av I ming yillikning boshlariga kelib, bu erda o'ziga xos madaniyat shakllanadiki, bu davr tarixi arxeologik jihatdan Kuchuk 1 (mil.avv. 1000-700) Qizil 1 (mil.avv. 1000-700 yillar) Kuchik 2 (mil.avv. 750-600) hamda Qizil 2 (mil.avv. 700-500), belgilangan. Kuchik 3 (mil.avv. 600-500), Kuchuk 4 (mil.avv. 500-350), Qizil 3 (mil. av 600-350) bosqichlari esa ahamoniylar davriga togri keladi. Vohaning mil.avv. I ming yillikning birinchi choragiga oid tarixini arxeologlar Kuchuk madaniyati, deb yuritish odatlangan. Bu davr yodgorliklari-ning hajmi ancha kichik (3 ga dan oshmaydi). Ulardan mashhuri Kuchiktepa manzilgohi hisoblanib, baland sahni (4 metr qalinlikda) ustiga qurilgan qala-qorgonchadan iborat. Manzilgoh atrofida imoratlar joylashgan hamda ular mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Keyingi bosqichdaa Kuchiktepa madaniyati taraqqiyoti davomida qadimgi Baqtriya madaniyatining vujudga keladi. Bu davr voha ijtimoiy-iqtisodiy muhim jarayonlar kechganligi bilan tavsiflanadi. Otroq dehqonchilik madaniyati hududi kengayib, manzilgohlar soni ko'payadi va ularning hajmi ortib boradi. Shuningdek, O'rta Osiyoning janubiy o'lkalaridagi kabi qadimgi yirik shahar markazlari shakllanadi. Bu davrga oid Qiziltepa vohadagi yirik manzilgoh hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 30 ga.ni tashkil etadi. Manzilgoh sitadel (ark), shahar (shahriston) va atrofi hamda shahar atrofi rabod qismlaridan iborat. Manzilgoh Qizil 1 davrida shakllanib, keyingi bosqichda kengayib asosiy qismi shakllanadi. Manzilgoh shimoli-garbida ark (may.2 ga) barpo etilib, ularning atrofi mudofaa devorlari bilan o'rab olinadi. Mil.avv. V-IV asrlarda mudofaa devori atrofi imoratlar barpo etiladi. Shahar ichkarisi alohida yangi imoratlar quriladi. Mudofaa devorlari ikki qatordan iborat bo'lib, ularning o'rtasida koridor mavjud. (Ichki devor 2,5 m, tashqi devor 0,7-1,0 m, koridor esa 1,5 m) devorlar yarim aylana va to'rtburchak minoralar bilan kuchaytirilgan. Ularning har birida jangovar shinaklar bor. Manzilgoh ichkarisida ochiq maydon joylashgan. Qiziltepaning vohadagi boshqa manzilgohdan har tomonlama va alohida ajralib turish madaniy-iqtisodiy hamda ma'muriy markaz vazifasini o'taganligidan dalolat beradi. Manzilgohlar shakli va hajmiga ko'ra quyidagi tiplarga ajralib turadi. Yirik markaz bo'lgan manzilgohlar ular odatda ikki yoki uch qisimdan iborat muhofaza tizimiga ega bo'lgan manzilgohlar (Qiziltepa) tashqi muhofaza tizimiga ega bo'lgan maydon 5-10 g ms joyni tashkil etuvchi manzilgohlar (Talashgan 1, Bandixon 1) mudofaa tizimiga ega bo'lgan kichik hajmidagi alohida vazifalarni bajaruvchi manzilgohlar (Tillatepa, Kuchuktepa). Bu manzilgohlar Baqtriyaning har ikkala qismida alohida vohalarda taraqqiy etgan. Qiziltepa va Talashgantepa shimoliy Baqtriyada me'moriy tuzilishi va hajmi jihatdan boshqa manzilgohlardan farq qiladi. Qiziltepa vohadagi yirik manzilgoh hisoblanadi. Muhofaza qilingan sitadel atrofida imoratlar torroq joylashgan. Manzilgohning atrofi qalin muhofaza devori (10 m) bo'lib o'ralgan. Devor bo'lib yarim aylana shakldagi burjlar joylashgan. Tashqi devor tashqarisida mudofaa xonadonlari mavjud. Qiziltepa taraqqiyotining keyingi bosqichida shahar atrof qismi ham o'zlashtiriladi. Bu manzilgoh butun voha uchun ma'muriy markaz vazifasini o'tigan bo'lishi mumkin. Ikkinchi yirik manzilgoh hozirgi Sherobod shahri yaqinidagi 66 Talashgan yodgorligida. U doira shaklida mustahkam mudofaa devori (5 m) bilan o'ralgan. Devor bo'ylab yarim aylana minoralar bilan kuchaytirilgan. Shuningdek tarqoq jaylashgan imoratlardan tashkil topgan Bandixon I qala qorgon o'rganilgan. Manzilgohlarning ierarxiyalashuvi jamiyatning tabaqalashganligida dalolat beradi. Ularda murakkab ma'muriy tuzilma mavjud bo'lgan yuqorida keltirilgan manzilgohlar ko'rinishdan alohida vohalarning ma'muriy-iqtisodiy markazi vazifasi o'tab ularni har birining otroq dehqon jamoalariga tegishli bir nechta kichik manzilgohlar joylashgan. Sherobod vohasidagi Talashkon 1 ham diqqatga sazovordir. U doira shaklidagi istehkom qaladan iborat bo'lib, mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Devorlar togri to'rtburchak shaklidagi minoralar bilan kuchaytirilib, ularda shaxmat shaklidagi ikki qator shinaklar joylashgan. Qala ichidagi uylar mudofaa devorlariga taqab qurilgan. Manzilgoh O'rtasi hovli sifat ochiq joy qoldirilgan. Bandixon voha tumanidagi yirik manzilgoh Bandixon 2 hisoblanadi. Bu manzilgohning umumiy maydoni 14 ga. dan iborat bo'lib, ikki qism sitadel va uning atrofidagi joylangan uy-joy imoratlari joylashgan qismlardan iborat. Janubiy Tojikiston hududidagi manzilgohlardan Boytudasht va Bolday 1 kabi yodgorliklar ajralib turadi. Bu yodgorliklarning shakllangan davri mil avv. I ming yillikning ikkinchi choraklariga togri keladi Bu yodgorliklarda ham shahar alomatlari mavjud bo'lib, Surxon vohasi manzilgohlarinikiga nisbatan sodda va ularda jarayonlar kechroq sodir bo'lganligi bilan ajralib turadi. Kichik vohalaridagi markaziy manzigoh atrofidagi manzilgohlarda ham uy-joy va xojalik imoratlari aniqlangan. Manzilgohlar shakllaridan uy-qorgonlar muhim o'rin tutadi. Qiziltepa yodgorligi atrofida joylashgan Qizilcha guruhidagi manzilgohlar mazkur davr qishloq xojaligi hayotini o'rganishdagi ahamiyati katta. Ulardan Qizilcha 1 va 6 yodgorliklari arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. Bu yodgorliklarning maydoni taxminan 0,2 ga. ni tashkil etadi. Manzilgoh qo'ra shaklida barpo qilingan. Umumiy devor bilan o'rab olingan hovlining bir qismida uy-joy imoratlari va uning old tamonida hovli joylashgan. Ko'rinishdan bu manzilgoh mazkur davr davlatmand patriarxal oilasiga tegishli uy-joy kompleksi hisoblangan. Shimoliy Baqtriya hududida markaziy qismi muhofazalangan manzilgohlar yaxshi o'rganilgan ulardan biri Kuchuktepa hisoblanadi. U muhofazalangan saroy yoki uy qorgon hisoblangan. Manzilgohning markaziy qismi 4 metr balandligi sahna ustiga qurilgan. U erda diniy xususiyatga ega bo'lgan imorat aniqlangan. Imorat o'z taraqqiyoti davomida uch marta ta'mirlanishi natijasida memoriy-rejaviy jihatidan murakkablashib boradi. Bu erdagi ikkita xonada doimiy olov yonib turgan ochoqlar o'rganilib, ular turli bosqichlarga oid bo'lgan. Shuningdek, topilmalar orasidan kamon oqlarining uchi muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan arqon shaklidagi bargsimon va va uch qirrali va ikki qirrali kamon oqi uchlari ajralib turadi. Keyingi mil. av 6-5 asrlarga kelib skif shaklida deb nomlanuvchi uch qirrali kamon oqi uchlari keng tarqaladi. Janubiy Baqtriyada bu davrga oid Tillatepa yodgorligi o'rganilgan yodgorlik kvadrat shaklida baland sahna ustiga qurilgan. Atrof mudofaa devori bilan o'ralib yarim aylana minoralar bilan kuchaytirilgan. Bu yodgorlik zardushtiylik dining eng qadimgi manzilgohi hisoblanadi. Imorat 9 qavat ustundan iborat katta xona va boshqa kichik xonalardan tashkil topgan. Bu imorat mil.avv. X-asrlarda shakillangan uning 67 markazida altar joylashgan va atrofida esa toza kul ko'milgan. Altar ko'tarib yurish uchun moljallangan bo'lib, qalin diniy marosimlarida ko'tarilgan. Ko'rinishdan o't yoqish odati Doroning Behustun qoyatoshlarda podsho maxsus tagkursida marosimini ijro etayotganligida tasvirlangan barelfi o'rtasida umumiy yaqinlik mavjud bo'lsada, Behustun barelfi tunboshon va ular o'rtasidagi oraliq davr 500 yilni tashkil etadi. Dastlab zalga maxsus aylana dahliz orqali kirilgan keyinchalik, so'ngi tamirlash ishlari natijasida yangi dahliz togri shimolga qaratib quriladi. Keyinchalik Tillatepa minora bilan kuchaytirilgan mudofaa devori bilan o'ralib, Baqtriyada mil.avv. VII-VI asrlarda siyosiy vaziyatning o'zgarganligidan dalolat beradi. Assuriyaliklarning Baqtiriya hududiga hujum qilishi togrisidagi yarim afsonaviy manbalar ham ushbu davrga taalluqli. Mil.avv. I ming yillikning yarmiga oid manzilgohlardagi ko'mish marosimlarga ham alohida to'xtash muhimdir. Bu davrga oid mozorlar yoki qabr inshootlari hali aniq bo'lmasada, bu davrga oid qatlamalarda murdalarning kam uchraydigan alohida bosh suyaklari baqtriyaliklar mil.avv. I ming yillikning I yarmida marhumlarni qabrlarga ko'mganliklaridan dalolat beradi. Bu marosim keyinchalik keng tarqaladi va keltiriladi. Xususan murda suyaklarini maxsus chuqur kulolchilik buyumlari bilan birga Jarqorgoning yuqorigi qatlamida ham aniqlangan. Kamolot yoshidagi erkak kishining murdasi ko'milgan so'nggi davrlarga oid qabr Tillatepa qabrlarining biridan topilgan. Shunday qilib Tillatepa olov ibodatxonasi, Kuchuktepaning turli davrlarida oid olov ibodatxonasida Baqtriyada mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida keyinchalik “Videvdat”da qayd qilingan Avesto kuloli kamoni shakllanganligini ko'rsatiladi. Umuman boshqa turdagi manzilgohlarda ham arxeologik tadqiqot ishlari olib borilishi natijasida o'lkaning qurilish-me'moriy xususiyatlarini o'rganish imkoniyatlari mavjud Barcha turdagi imoratlar xom gisht va paxsadan barpo qilingan. Devorlar loysuvoq qilingan. Ba'zi imoratlarda yogoch ustunlarining o'rni aniqlangan. Imoratlarning tomi tekis yopilgan. Mazkur davr O'rta Osiyo tarixida chuqur tarixiy-madaniy o'zgarishlar bilan belgilanib, yirik shaharlarning paydo bo'lishi, qadimgi davlatlarning qaror topishi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishlar sodir bo'lgan davr hisoblangan. Aholining asosiy mashguloti sugorma dehqonchilik bo'lib kichik daryolardan anhorlar orqali suv chiqarilgan, yoki togridan-togri daryolardan ariqlar orqali suv chiqarilgan. Katta anhorlardan birining izlari Bandixondan topib tekshirilgan. Bu erda boshoqli o'simliklar poliz va bogdorchilik rivojlangan. Chorvachilikning ham yaxshi rivojlanganligi togrisida Kuchuktepa va Bandixondan topilgan hayvon suyaklari etarli ma'lumot beradi. Topilmalarga ko'ra Shimoliy Baqtriyaning qadimgi aholisi qoy, echki, qoramol, ot, chochqa boqishgan. Shimoliy Baqtriyaning ilk temir (Kuchuk 1) davri sopol idishlar asosan qolda va qisman kulolchilik charxlarida yasalgan. Qo'lda ishlangan idishlarning sirtiga geometrik shakllarda naqshlar bilan bezatilgan. Ularning shakllari turlicha, ko'pchiligining tagi yassi. Tosh va bronzadan yasalgan mehnat qurollari hamda qurol aslahalari ko'plab topilgan. Keyingi (Kuchuk 2, Qizil 2) bosqichida kulolchilik charxida sopol buyumlarini tayyorlash kuchayadi. Bu bosqichdagi sopol idishlar konsussimon va bankasimon shakllardan iborat. Idishlarning atrofi toq jigar rangda angob berilgan. Bu davrda sopollarni qolda yasash an'anasi ham saqlanib qoladi. 68 Bu davrga oid topilgan tosh qurollari, xususan yorguchoqlar, temir va bronzadan ishlangan turli mehnat qurollari va qurol-yaroglar boy madaniyat namunalaridir. Sogdiyona. So'nggi bronza va ilk temir davrining dastlabki bosqichiga kelib, Sogdiyonaning janubiy hududlarida otroq dehqonchilik madaniyati qaror topadi. Ilk temir davrida Sogdiyonaning barcha hududlari dehqonlar tomonidan egallanadi. Sogdiyona hududlarida ilk temir davriga oid yodgorliklar bir xil suratda rivojlanmagan. Bu davrga oid yodgorliklar koproq uchraydigan va yaxshi o'rganilgan voha Qashqadaryo hisoblanadi. Zarafshon vohasida esa Afrosiyob va Ko'ktepa yodgorliklari yaxshi o'rganilgan. Samarqand vohasining eng qadimgi shahar shaklidagi manzilgohlari sirasiga Afrosiyob va Chelak shahridan 5 km uzoqda joylashgan Ko'ktepa manzilgohlari kiradi. Ko'ktepa yodgorligining umumiy maydoni 100 ga dan iborat bo'lib, mil.avv. I ming yillikning boshlarida hozirgi Bulungur kanali bo'yida shakllangan. Manzilgohning qadimgi shahar me'morchiligi xos alomatlar mil.avv.VIII oxiri-VII asrlarga oid madaniy qatlamlarida uchraydi. Manzilgohning 50 sm o'lchamdagi mudofaa devorlari hozirgi paytda 1 km masofada saqlanib qolgan. Devor qalinligi pastgi qismidan 7 metr. Ellin davriga kelib shahar ichkarisida 23 ga. maydonni egallagan kvadrat shakldagi maydon ichki mudofaa devori bilan o'rab olinadi. Qadimgi shahar xarobasining ichki qismida ikkita tepalik saqlanib qolgan. Ularda amalga oshirilgan qazishma ishlarida mudofaa devorlarida yassi-qavariq gishtlardan barpo qilingan ikkita tagkursining o'rni ekanligi ma'lum bo'lgan. Ularning tag qismida manzilgohning dastlabki madaniy qatlamlari aniqlanib, u erdan er to'la uy-joylarning o'rni aniqlangan. Ko'ktepa I bosqichiga oid bu uy-joylar mil.avv. X-VIII asrlar bilan belgilanadi. Manzilgoh taraqqiyotining ikkinchi bosqichida (mil.avv. VIII-VII asrlar) manzilgohning mudofaa devori va tag kursi ustida barpo etilgan ikkita mahobatli imoratlar barpo etiladi. Arxeolog olim M.H.Isamiddinov ulardan birini saroy, ikkinchisini esa ibodatxona bo'lganligini taxmin qilgan. Bu davrda Ko'ktepa manzilgohi qadimgi shahar markazi aylanadi. U o'z davri yirik shahar markazlaridan biri Aleksandr Makedonskiy Sogdiyonaga yurish qilgan payda yozma manbalarida qayd qilingan mahalliy Sugd hukmdorining yozgi qarorgohi - Bazileya bo'lganligi shubhasiz. Qazishmalar davomida qolda yasalib, sirtiga geometrik naqshlar solingan sopol buyumlari, tosh oroq, yorguchoq va boshqalar topilgan. Qolda yasalib, yorqin sirtiga geometrik naqshlar berish an'anasi Baqtriya va Margiyona uchun xos bo'lgan xususiyat. Sopol buyumlari cho'zinchoq (bankasimon) shakldan iborat. O'tgan asrning oxirlarida amalga oshirilgan qazishmalar chogida Afrosiyobning xom gishtlardan barpo etilgan mil.avv. VI-V asrlarga oid muhofaza devori vayronalarining tag qismida Samarqandning ilk temir davri dastlabki mudofaa devori yuqorida keltirilgan Ko'ktepa devorlarini qurishda foydalanilgan yassi-qavariq gishtlardan barpo etilgan. M.H.Isamiddinov bu devor dastlabki muhofaza devori zichlangan tuproq (val) devordan iborat bo'lib, mil.avv. VIII-VII asrlarda uning ustida yassi-qavariq gishtlardan yangi devor barpo etiladi. Ushbu devor joylashgan madaniy qatlamdan sopol idish parchalari va tosh qurollar Ko'ktepa yodgorliginiki bilan aynan bir xil. Afrosiyob va Ko'ktepa stratigrafiyasi topilmalariga ko'ra VII-VI asrlarga oid 69 yorqin fondagi silindr-konussimon shakldagi qolda yasalgan idishlarning almashinuv jarayonlari kechganligi aniq ko'rinadi. Shunday qilib, umumiy maydoni 219 ga., shundan 19 ga. akropolni tashkil etgan Samarqand (Afrosiyob) manzilgoh so'nggi bronzaning oxiri va ilk temir davrining boshlarida dastlabki aholi tomonidan o'zlashtirilgan. Yodgorlikning eng quyi qatlamida ilk marotaba bu erga kirib kelgan aholi tomonidan barpo etilgan erto'la uy-joy imoratlari o'rin olgan. Ilk temir davri birinchi bosqichi oxirlaridan boshlab manzilgohlar erto'la uylardan er usti uylari bilan almasha boshlaydi. Ilk temir davri, ya'ni Yoz 2 bosqichiga kelib esa manzilgoh shahar darajasiga o'sib o'tadi. Sugd hududidadagi urbanizatsiya jarayonlari bevosita ichki ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ma'lum darajada tashqi dunyo ta'siri natijasida davlatchilikning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Vohadagi ikkinchi bir yirik shaharning o'rni Samarqanddan 30 km. shimoliy-garbida Chelak tumani hududida joylashgan Ko'ktepa yodgorligida arxeolog olim M.H.Isamiddinov arxeologik qazishma ishlari olib borgan. Yodgorlikning umumiy maydoni 100 ga. yaqin bo'lib, o'rganish jarayonida Afrosiyob bilan bir davrda shakllanganligi aniqlangan. Yodgorlikning bir qismi qishloq xojalik maqsadlarida erlarni o'zlashtirish jarayonida buzilib ketgan. Dastlab manzilgoh shakllangan qismi ikkinchi bosqichda mudofaa devori bilan muhofaza qilingan hududi 23 ga. maydonni tashkil etadi. Manzilgoh shakllangan ilk bosqichiga (Ko'ktepa 1) oid madaniy qatlamlarida erto'la shaklida uy-joy imoratlarining o'rin aniqlangan. Manzilgoh faoliyatining ikkinchi (Koktepa 2) bosqichidan boshlab esa uy-joy imoratlari er ustida barpo qilina boshlaydi. Yodgorlikning muhofaza devorlari ham mana shu davrida barpo etiladi. Tadqiqotchi arxeolog olimlarning taxminlariga ko'ra baland tag kursidan iborat ark qismida joylashgan mahobatli imorat qoldiqlari saroy va undan janubi-garbda shahriston hududidagi boshqa bir tag kursi ustida bino qilingan imorat qoldiqi esa otashparastlar jamoasiga tegishli ibodatxona vazifasini bajargan. Demak, ilk temir davrining ikkinchi bosqichida Shimoliy Sogd hududi ikkinchi bir yirik shahar markazi paydo bo'ladiki, uni tadqiqotchi olimlar yunon yozma manba ma'lumotlarida qayd etilgan podsho qarorgohi Bazileya shahri bilan qiyoslashadi. Arxeologik tadqiqot natijalari shahar ellinlar davrida ham faoliyat yuritganligidan dalolat beradi. Manzilgohning ilk bosqichiga oid sopol buyumlarining asosiy ko'pchilligi qolda yasalgan va ulardan bir qismining sirtiga naqshlar berilgan bo'lsa, keyingi bosqichda kulolchilik charxida yasaladi. Ko'ktepaning quyi qatlamidagi sopollarining 90 foizdan ortiqi qolda yasalgan. Janubiy Sogdning ilk temir davri arxeologiyasi shakllanish xususiyati jihatdan o'zaro farq qiladigan ikkita vohalardan tashkil topgan. Birinchisi togoldi hududlarda Qashqadaryoning kichik irmoqlarida irrigatsiya inshootlarini barpo etish uchun qulay bo'lgan mikrovohalardan tashkil topgan Kesh vohasi va ikkinchisi daryo oqimining tekislik bo'ylab pasayib, irrigatsiya tizimini rivojlantirish imkonyatlari nisbatan yuqori bo'lgan cho'l hududidan iborat Naxshab vohasi hisoblanadi. Kesh vohasida o'tgan asrning 50-yillaridan boshlab S.K.Kabanov, N.I.Krashennikova, A.S.Sagdullayev va O.N.Lushpenkolarning ilmiy tadqiqotlari amaliy natijasida ilk temir davri moddiy madaniyati o'rganilgan. Keshning ilk temir davri arxeologik yodgorliklari mikrovohalardan tashkil topgan kichik daryo o'zanlarida 70 tarqalgan. A.S.Sagdullayev ulardan Sho'robsoy, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Qayragoch kabilarni ajratib ko'rsatadi. Mudofaa devoriga guvala va paxsadan qurilgan qismi taxminan mil.avv. IX-VII asrlarda asos solingan. Asosiy devor va burjlar keyingi davrda bunyod etiladi. Keyinchalik esa birinchi devorga tutash qilib, 1,6 m. Qalinlikda ikkinchi devor quriladi va umumiy qalinligi 3,5 metrga etadi. Uchinchi davrida 1,2 m. Qalinlikda yana bir qoshimcha devor quriliadi. Sogdiyonaliklar sugorma dehqonchilik hamda chorvachilik bilan shugullanganlar. Qashqadaryo vohasidan arpa, bugdoy, javdar hamda hayvon suyaklari topib tekshirilgan. Qashqadaryo vohasida topib tekshirilgan sopol idishlar ikki guruhga bo'linadi. Kulolchilik charxida yasalgan naqshsiz idishlar. Ular kosa, tovoq, xumchalardan iborat. Qolda ishlangan idishlar geometrik va egri chiziqlar bilan naqshlangan. Naqshli idishlar Qashqadaryoning togoldi hududlaridan ham topib tekshirilgan. Keshda Qaynarsoy tizmasi buloqlari asosida shakllangan Shorobsoyning quyi oqimi hududlarida Uzunqir, Podayotoqtepa va Sangirtepa bir-biriga yaqin joylashgan yodgorliklardan iborat umumiy bo'lgan qadimgi shahar majmuasini tashkil etadi. Podayotoqtepa yodgorligi Shorobsoyning chap soxilida joylashgan bo'lib, bir tomondan Uzunqir yodgorligi 450 metr saqlanib qolgan qadimgi devorning o'rni bo'lib, bir necha qurilish bosqichlarini tashkil etadi. Uning eng quyidagisi guvaladan taxminan 4-5 metr chamasi qalinligida barpo qilingan devor 2-3 qator qalinlikda saqlanib qolgan. Keyingi bosqichda bu devor tekislanib, uning ustidan ahamoniylar davri o'lchamidagi xom gishtlardan qoshimcha devor bilan kuchaytiriladi. Shaharning muhofaza devorini tashkil etgan. O'z davrida 70 ga. dan iborat maydonni yarim aylana shaklda o'rab turgan Uzunqir shimoli-sharqiy va shimoli-harbiy tomonlardan Sho'robsoyga tutashgan. Uzunqirdan harbiy tomonda esa Podayotoqtepa yodgorligi joylashgan. Bu yodgorlikning mikro relefiga garbida daryo tomondan kiriladigan darvozaning o'rni mavjud. Yodgorlikda qisman amalga oshirilgan arxeologik qazishmalardan yuqorisida ahamoniylar davri moddiy madaniyati majmuasi aniqlangan. Uzunqir bilan Podayotoqtepa yodgorliklari oraligini dehqonchilikda foydalanilayotgan ochiq joy o'z davrida aholi uy-joy imoratlari bilan band bo'lganligi tabiiy. Uzunqirdan janubda joylashgan boshqa bir Sangirtepa yodgorligining umumiy maydoni 3 ga. dan iborat bo'lib, muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Amalga oshirilgan qazishma ishlarida bir necha qurilish davri mavjud bo'lganligi aniqlangan. Eng quyi madaniy qatlamidan qolda sirtiga geometrik naqshlar berib ishlangan sopollar majmuasi o'rganilgan. Ular mil.avv. IX-VIII asrlarga oid. Keyingi davr madaniy qatlamidan mil.avv. VII-VI asrlarga oid me'moriy kompleks o'rin olgan. Qazishmalar jarayonida uning markaziy qismida katta xonaning o'rni ochilib, uning devori yonida supa joylashgan. Me'moriy majmua xonalaridan birida togri to'rtburchak shaklidagi kuchli kuygan olov mehrobining o'rni saqlanib qolgan. Xona bo'ylab ikki qator qilib parallel ravishda joylashgan diametri 20-30 sm., chuqurligi 50 sm. iborat aylana shakldagi chuqurchalar o'rin olgan. Ular qum aralash kullar bilan to'ldirilgan. Zardushtiylik dini odatlariga ko'ra ibodatxona mehrobida doimiy yonib turuvchi muqaddas olovdan xosil bo'lgan kullar ham muqaddas hisoblanib, ularni toza saqlash maqsadida maxsus chuqurchalarga ko'mish odat bo'lgan. Yoki ularning bir qismini 71 ibodat uchun kelganlarga in'om qilingan. Mil.avv. I ming yillikning o'rtalariga kelib Sangirtepa yodgrligi tashqi tomondan muhofaza devori bilan o'rab olinadi. Umuman, Uzunqir-Sangirtepa-Podayotoqtepa yodgorliklari Kesh vohasining ilk temir davri yirik shahar markazini tashkil etib, ulardan birinchisi shahar mudofaa devori, ikkinchisi ibodatxona, uchinchisi esa arki vazifasini o'tagan. Qashqadaryoning o'rta oqimi hududini ishgol etgan qadimgi Naxshab o'lkasining Еrqorgon yodgorligida 1973 yildan buyon keng ko'lamdagi arxeologik qazishma ishlari olib boriladi. Bu yodgorlikning hozirgi payta ikki qator mudofaa devorlari uzun tepaliklar shaklida saqlanib qolgan. Ichki devori mil.avv. I ming yillikning o'rtalari barpo qilingan. Qadimgi shaharning barcha hududida bir necha katta-kichik tepaliklar o'rin olgan. 1999 yilda yodgorlikning antik davri kulolchilik mahallasi xarobalari o'rin olgan qismida amalga oshirilgan arxeologik qazishma ishlarida uning pastki qatlamidan shaharning paxsa va xom gishtlardan barpo qilingan mudofaa devorining o'rni aniqlangan. Mazkur devor ahamoniylar davri devori bilan parallel ravishda joylashgan bo'lib, tag qismida 5 metr qalinlikdan iborat. Bu erda qazishma ishlarini olib borgan arxeolog olim R.H.Suleymanovning ilmiy taxminlariga ko'ra sifatli sopol buyumlari tayyorlash uchun qulay bo'lgan ushbu mudofaa devorning soz tuprogi mil.avv. II asrda kulolllar mahallasining rivojlanishiga asos bo'lgan. Natijada besh asr davomida kulollar tomonida xom ashyo manbaiga aylangan devorning yuqori qismi yoq bo'lib ketgan, pastki qismi esa yuzlab metrga cho'zilgan kullolar mahallasi xarobalari tagida qolib ketgan. Fargona vodiysida Chust madaniyati. O'rta Osiyoning qadimiy otroq dehqonchilik vohasi hisoblangan Fargona vodiysi yirik tarixiy-madaniy o'lkalaridan birini tashkil etgan. Hududiy jihatdan Sirdaryoning yuqori oqimi va uning irmoqlari hududida joylashgan bo'lib, janubdan Oloy va Turkiston, Sharqdan Fargona va Oto'ynoq hamda shimoldan Chotqol va Qurama toglari bilan o'rab olingan. Bu hudud chorvachilik va otroq dehqonchilik xojaliklarining shakllanishi uchun tabiiy-geografik jihatdan juda qulay bo'lgan. O'lkada bu madaniyatga tegishli moddiy madaniyat namunalarini o'rganish o'tgan asrning 30-yillardan boshlangan. 1933-1934 yillarda B.A.Latnin Eylaton manzilgohini tekshirish ishlari davomida ilk marotaba bu madaniyatga oid bo'lgan naqshli sopollarni aniqlangan. Ularni keyinchalik 1939 yili KFK qurilishi jarayonida T.G.Oboldueva ham qayd etgan. Naqshli sopollardan tashkil topgan madaniyat namunalari o'rganish ishlari o'tgan asrning 50-yillaridan boshlab jadallashadi. Pomir-Fargona kompleks ekspeditsiyasi (PFKE) tarkibida M.E.Voronec va V.I.Sprishevskiy 1950 yili keyinchalik Fargona vodiysida Chust nomi bilan yuritilishiga asos bo'lgan Chust shahridan shimolda naqshli sopollarga ega bo'lgan yodgorligini aniqlashib, V.I.Sprishevskiy 1953-1961 yillar davomida qazishma ishlarini olib boradi. 1952 yil Yu.A.Zadneprovskiy Fargonaning sharqiy qismidagi yodgorliklarda (Dalvarzintepa,) tadqiqot ishlarini boshlab, 60-70 yillar davomida keng qamrovli qazishma ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, 1974 yil RF FA AILB (Yu.A.Zadneprovskiy), 1982-1983 yillarda mazkur ekspeditsiya va O'zR FA AI (B.H.Matboboev) hamkorligidagi ilmiy ekspeditsiya vodiyning Qirgiziston respublikasi qismidagi yodgorliklarda tadqiqot ishlarini olib borishgan. 72 Chust madaniyatiga oid barcha turdagi arxeologik yodgorliklar o'ndan ortiq kattakichik dehqonchilik mikrovohalarida tarqalgan. Ulardan nisbatan yiriklari O'zgan, Qorasuv, Tava-Koson, Qoradaryo-Ho'jabod mikrovohalari hisoblanadi. Ularda quyidagi shakldagi manzilgohlar o'rin olgan. Yirik manzilgohlar (Dalvarzintepa, Ashkol), o'rtacha manzilgohlar (Chust, Dehqon), kichik manzigohlar) vodiydagi mazkur davrlarga oid manzilgohlarning asosiy ko'pchillik qismi. Birinchi turdagi manzilgohlar sitadel, uy-joy va xojalik imoratlar va ochiq maydonlardan tashkil topgan shahar hamda shahar atrofi qismlaridan iborat. Ularning dastlabki ikki qismi muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Bu turdagi manzilgoh sirasiga kiruvchi Dalvarzintepa yodgorligining umumiy maydoni 25 ga. dan iborat bo'lib, ark qismi taxminan 3 ga. ni tashkil etadi. Har ikkala qismi alohida muhofaza devorlari bilan o'ralgan bo'lib, qurilishda paxsa, xom gisht va zichlangan tuproqlar (val) dan iborat. Vallarning sirti odatda xom gishtlar bilan qoplangan. Shahar ichkarisida qazib o'rganilgan uy-joylar erto'la, er usti qurilish imoratlari va engil uylardan tashkil topgan. Uy-joy imoratlari asosan muhofaza devorlariga yaqin joylarda joylashgan. Shaharning o'rtasida ochiq joy qoldirilgan. Ikkinchi turdagi manzilgohlar ikki qismdan iborat bo'lib, bunday yodgorliklar sirasiga Chust yodgorligini kiritish mumkin. Manzilgohning umumiy maydoni 4 ga. dan iborat bo'lib, shimoli-harbiy qismi (1,5 ga.) mudofaa devorlariga ega bo'lib, qolgan asosiy qismi muhofaza qilinmagan. Madaniy qatlamlari 0,4-3,5 m. tashkil etadi. Kichik manzilgohlar bir-necha xonali uylaridan iborat. Ular dehqon jamoasining katta patriarxal oila a'zolari uy-joylarini tashkil etgan. Chust madaniyatining shakllanishi masalasi borasida turli ilmiy qarashlar mavjud. Madaniyat tadqiqotchilari mahalliy Andronova madaniyati egalarining otroqlashuvi natijasida paydo bo'lgan, degan fikrni bildirishadi. Ayrim tadqiqotchilar (V.I.Sarianidi) esa O'rta Osiyoning janubidan kelgan aholi asos solgan, degan goyani ilgari suradilar. Keyingi payda O'rta Osiyoning naqshli sopollarga asoslangan madaniyati ildizlarini Sharqdan, ya'ni Sharqiy Turkistonning Tarim vohasi bilan (Sverchkov) boglashmoqda. Umuman, Chust madaniyatining ilk bosqichlariga oid yodgorliklar vodiyning Sharqiy qismida joylashgan bo'lsa, keyingi bosqichida vodiyning kengroq hududlariga tarqaladi. Shu nuqtai nazardan Tarim vohasidan kelganligi togrisidagi qarashlar haqiqatga yaqindek ko'rinadi. Yu.A.Zadneprovskiyning O'sh manzilgohida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlari natijasida olingan radiokarbon tekshiruvlarida yodgorlikning quyi sanasi mil.av. XVXIV asrlarni ko'rsatgan. Chust madaniyati uylari dastlabki bosqichda erto'la va yarim erto'la, keyingi bosqichda esa er usti qurilishlaridan tashkil topgan. Sopol buyumlari qolda yasalib, asosiy ko'pchillik qismining sirtiga qizil angob surtilgan. Kam sonli sopollari oqish angob berilgan. Angob ustidan geometrik shaklli yorqin-jigardan tortib qora ranggacha bo'lgan boyoqlarda naqshlar solingan. Boshqa bir turli sopol buyumlarda angob va naqshlar uchramaydi. Sopol buyumlari xom ashyosi tarkibi yupqa idishlar yasash uchun yaxshi tindirilgan loydan yasalgan. Qalin devorli buyumlarni yasashda loyiga somon va shamot aralashtirilgan. Buyumlar shakli jihatdan sharsimon, konussimon bolgan. 73 Dehqonchilikda arpa, bugdoy va boshqa dukkakli o'simliklar etishtirganlar. Bu erda sugorma dehqonchilikka asoslanmagan, chorvachilikda qoramol, qoy, echki boqqanlar. Daryo va ko'l bo'ylarida yashagan xalqlar baliqchilik bilan ham shugullanganlar. Chustliklarda bronzaga ishlov berish, ulardan mehnat qurol-yaroglar tayyorlash yaxshi rivojlangan. Dalvarzintepa yodgorligidan mil.avv. IX asrga oid temir buyum namunasi topib o'rganilgan bo'lsada, Fargonaliklarda temir metallurgiyasi paydo bo'lgan, degan xulosa yasab bo'lmaydi. Toshdan Mehnat qurollari yasash o'z ahamiyatini yoqotmaydi. Chustliklarning sopol buyumlari qolda yasalgan. Ularda bu davrga oid kulolchilik charxi yasalgan sopol buyumlar uchraydi. Sopol buyumlarining tagi dumaloq shaklda bo'lib, ularning aksariyatining atrofiga turli naqshlar solingan. Naqshlarning asosiy qismi geometrik (romb, uchburchak) shakllardan iborat. Chust madaniyatining davomi sifatida Fargona vodiysida Eylaton madaniyati (mil.avv. VII-IV asrlar) rivojlanadi. Eylaton madaniyatiga doir yodgorliklar Fargona vodiysining deyarli barcha hududlariga tarqalib, arxeologik jihatdan qayd etilgan. Eylaton manzilgohida nisbatan yaxshi o'rganilgan yodgorliklardan biri hisoblanadi. Manzilgoh uchburchak shaklda, mudofaa devorlari (eni 4 m) bilan o'ralgan. Mudofaa devorlari bir necha burjlarning o'rni aniqlangan. Manzigoh darvozasi burchaklarida ham burjlar mavjud. Manzilgohda uy-joy qoldiqlari ham aniqlangan. Qurilishda paxsa, xom gisht hamda guvaladan foydalanilganlar. Eylaton madaniyati sohiblari mashgulotining asosini arpa, bugdoy ekishga asoslangan sugorma dehqonchilik tashkil etgan. Guruch ham shu davrdan ekila boshlaganligi shubhasizdir. Chorvachilik ham o'z ahamiyatini yoqotmagan. Kichik tuyoqli chorva mollari qoramollarga nisbatan koproq boqilgan. Eylaton sopol buyumlari dastlab qolda va keyinchalik kulolchilik charxida yasalgan. Temirdan buyumlar yasashlar keng tarqala boshlaydi. Bu davrda bronza ham o'z ahamiyatini yoqotmaydi, toqimachilik ham rivojlanadi. Toshkent vohasida Burgulik madaniyati. Toshkent vohasining ilk temir davri moddiy madaniyati Burgulik madaniyati misolida yaxshi o'rganilgan. Bu madaniyatga oid dastlabki moddiy topilmalar 1940 yili A.I.Terenojkin tomonidan Ohangaron daryosining o'rta oqimida Burguliksoy yoqasidan topib o'rganilgan. Hozirgacha bu madaniyatga oid 20 dan ortiq manzilgohlar 50 ga yaqin uy-joylari ma'lum. Bu madaniyat xronologik davri A.I.Terenojkindan keyin dastlab H.Duke tomonidan o'z ilmiy tadqiqotlari natijalariga asosida mil.avv. IX-VII asrlar doirasida belgilangan. Keyinchalik Yu.F.Buryakov va Dadaboevlar tomonidan Chirchiq vohasining o'rta oqimi hududlaridagi ayrim yodgorliklarda, xususan, Shoshtepaning quyi qismidagi erto'la uy-joylar asoslanib ushbu madaniyatning mil.avv. IV asrga qadar davom etganligi qayd etilib, ikki bosqichga ajratishgan: Burgulik 1 mil.avv. IX-VII asrlar, Burugulik 2 mil.avv. VI-IV asrlar. M.I.Filanovich esa Shoshtepadagi Burgulik madaniyatiga oid erto'la uylarni mil.avv. IX-VIII asrlarga qadimiylashtirgan. S.R.Baratov mil.avv. XIII asrga qadimiylashtiradi. Burgulik madaniyati sohiblarining manzilgohlari liman sugorish usuli uchun qulay bo'lgan kichik soylarning yuqorisidagi tekislik (terassa) larning soyga 74 nishablagan qismida joylashgan. Bu madaniyatga oid manzilgohlaridan biri hozirgi Tuyaboqiz suv ambori hududida, Ohangaron daryosining ikkala soxilida joylashgan 30 ga erto'la uy-joylardan iborat. Keyinchilik Ohangaron va Chirchiq vohalaridagi ko'pgina manzilgohlarning quyi qatlamlaridan Burgulik madaniyatiga oid erto'la uylar aniqlandi. Shunday uylar Kanka, Shoshtepa, va boshqa yodgorliklarning quyi qatlamlarida uchrab, ushbu manzilgohlar ularning ustida shakllangan. Burgulik madaniyatiga oid o'y-joylar hajmiga ko'ra yirik, o'rtacha va kichik uyjoylar o'lchamdagilari ajralib turadi. Yiriklari xom gishtdan ko'tarilgan loy devor orqali xonalarga ajratilgan. Ular aylana yoki cho'ziq shaklidagi erto'lalardan iborat. Uylarning eshigi daryo tomonga qaratib qurilgan. Sun'iy sugorishning sodda usullari uchun qulay bo'lgan joylarida dehqonchilik bilan shugullangan. Sugorishda liman usuldan foydanishgan. Dehqonchilikda bugdoy, arpa ekishgan. Vohaning keng dashtlari va togoldi hududlari chorva uchun yaylov vazifasini o'tagan. Qaydab boqiladigan chorvochilik mavjud bo'lib, yirik va kichik tuyoqli chorva mollari boqilgan. Toshkent vohasining Chotqol-Qurama tog tizmalari turli ma'danlaga boyligi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Xojalikning boshqa bir turi metallarga ishlov berish va ulardan mehnat qurollari, uy-ro'zgor buyumlari, qurol yaroglar yasash va zargarlik yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning boshqa bir turi toqimachilik bo'lgan. Sopol idishlarning bir qismi mato qolipda ishlangan bo'lib, ularning ichki tomonida matoning izlari saqlanib qolgan. Bu erda bronzadan yasalgan mehnat qurollari va qurol-yaroglari, oroq, pichoq, igna, bigiz, qoshiq, sovut, kamon oqi uchlaridan iborat. Bunday buyumlar shaklida ko'ra O'rta Osiyoning shimol hududlarida bir paytda rivojlangan madaniyatlariniki bilan oxshash. Sopol buyumlari qolda yasalgan tasmasimon va mato qoliplarda yasalgan. Sopollarining tagi dumoloq, qisman, ya'ni bir foizi jigar rangdagi naqshlar bilan bezatiladi. Sopol buyumlari xumlar, qozonlar, garshoksimon idishlar, kosalar, piyolalardan iborat. Ayrim qozonlarida tarnovsimon jumraklar uchraydi. Sopol buyumlari orasida chogdonlar ham uchraydi. Ustrushona. O'rta Osiyoning yana bir muhim tarixiy madaniy viloyati bo'lgan Ustrushona o'lkasi Fargonadan janubi garb Sugd va Choch oraligida joylashgan bo'lib, ilk o'rta asrlar davri yozma manba ma'lumotlarida Ustrushona nomi bilan yuritilgan. U Turkiston tog tizimidan shimolda Ho'janddan Jizzaxgacha bo'lgan hududlardagi erlarni ishgol etadi. O'lkada mil.avv. VII-VI asrlarda dastlabki otroq dehqonchilik manzilgohlari shakllanadi. Manzilgohlardan qadimgisi va nisbatan yirigi Nurtepa hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 18 ga. dan iborat bo'lib, ark va shahriston qismlaridan tashkil topgan. Ularning har ikkalasi mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Muhofaza devorining ikkita qurilish davri mavjud. Birinchi devor 4,25 m. Qalinlikdagi zichlangan tuproq (val) shaklida. Ikkinchi qurilish davrida ichki tomondan 2,5 m. Qalinlikda paxsa devor barpo etiladi. Ular orasida 1,4 m. yo'lakcha qoldirilgan. Ark qismi ham paxsadan 5,5 m. Qalinlikdagi muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Manzilgohning muhofaza devorlari mil.avv. VI-V asrlar barpo etilgan. mil.avv. IV asrda muhofaza devorlarida ta'mirlash ishlari olib borilib, paxsa devori ustidan xom gishtlardan (33x33x11 sm., 40x28x10, 43x33x11 sm.) yangi devor quriladi. Manzilgoh ichkarisida qurilish imoratlari tarqoq joylashgan. Dastlabki bosqichdagi uylari erto'la shakda. Amalga oshirilgan arxeologik qazishma ishlari 75 natijasida ilk bosqichga oid 17,5 kv. m. Hajmdagi erto'la shaklli uy-joy imorati o'rganilgan. Keyingi bosqichga oid uy-joy imoratlari paxsa va xom gishtlardan barpo etilgan. Ustrushonaning ikkinchi yirik shahar markazi hozirgi Ho'jand shahri o'rnida bo'lgan. Kohna shahar ikki qismdan iborat. Umumiy maydoni 20 ga., shundan ark 1 ga. dan iborat. Manzilgoh va ark qismi dastlab zichlangan tuproq (val) va keyin xom gishtlarda barpo etilgan muhofaza devorlariga ega bo'lib, atrofida xandaklarning o'rni saqlangan. O'lkaning bu davrdagi yirik manzilgohlaridan biri hisoblangan O'ratepa shahri yaqinidagi Mugtepa yodgorligi muhim o'rin tutadi. Bu yodgorlikning maydoni 6 ga.ni tashkil etib, O'ratepa o'rnida mavjud bo'lgan qoshni shaharning ark qismini tashkil etgan bo'lishi mumkin. Ayrim tadqiqotchi olimlar bu yodgorlikni Kiropol shahri bilan qiyoslashga harakat qilishadi. Ustrushonada mil.avv. VII asrlarda otroq dehqonchilik manzilgohlari shakllanib, ular o'rnida mil.avv. VI asrda shaharlar paydo bo'ladi. O'lkaning bu davrdagi qurilishme'moriy an'analari O'rta Osiyoning janubiy hududlarinikidan keskin farq qiladi. Manzilgohlar muhofaza devorlarida burjlar va shinaklar uchramaydi. Bu o'lkaning moddiy madaniyatida qo'shni Chust, Choch va Sugd vohalarining madaniy an'analari ta'sirida vujudga kelgan o'ziga xos madaniyatdan darak beradi. Sopol buyumlari dastlab qolda, keyiningi bosqichdan boshlab kulolchilik charxida yasaladi. Sopol buyumlari orasida naqshlilari ham uchraydi. Metallarga ishlov berish hunarmandchilik an'anasi ham tarqaldi. Aholining asosiy xojaligi sugorma dehqonchilik va chorvachilikdan iborat bo'lgan. Xorazm. I ming yillikning boshlariga oid yodgorliklari Amirobod madaniyati misolida o'rganadi. Bu davrda alohida kanal bo'ylarida dehqonchilik rivojlanadi. Yodgorliklarda erto'la, yarim erto'la, er usti engil qurilishlari tadqiq qilingan. Mil.avv. VI-V asrlarda vohada atrofi mudofaa devorlari bilan o'ralgan manzilgohlar tarqala boshlaydi. Ulardan Qalaliqir va Kozaliqirlardan qazish ishlari olib borilgan. Manzilgohlar mudofaa devorlari bilan o'ralib, burjlar bilan kuchaytirilgan. Kozaliqirdan yirik imorat hamda uchta minora simon inshoot aniqlangan. Ko'rinishidan bu diniy xarakterga ega bo'lgan. Qalamgirda katta hajmdagi saroy o'rni aniqlangan. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra bu inshoot ahamoniylarning Xorazmdagi vakiliga tegishli bo'lgan. Xorazmliklarning asosiy xojaligi dehqonchilik bo'lgan. Dehqonchilik Amudaryo va Aqchadaryo chiqarilgan anhor suvlari bilan sugorilgan. Arpa bugdoy, tariq ekilgan. Sopol buyumlari O'rta Osiyoning janubiy hududlariga oxshash, so'nggi davrga oid sopol buyumlari tayyorlanishi va shakliga ko'ra farq qiladi. Qadimgi ko'chmanchilar. Chorvachilik bilan shugullangan ko'chmanchi qabilalar Avestoda turlar, yunon tarixchilarining asarlarida skiflar va massagetlar ahamoniylar davri yozuvlarida esa ular saklar nomi bilan keltirilgan. O'rta Osiyoning dasht va togli hududlarida yashagan saklarning yodgorliklari quyi Zarafshon, Amudaryo, Orol bo'yi, Pomir va Tyan-shan toglarida topilgan. Ular asosan mozor qorgonlardan iborat. Topilmalar bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar zeb-ziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. 76 Saklarning mozor-qorgonlaridan ot anjomlari uchraydi. Gerodotning ma'lumotlariga ko'ra saklarning xojaligida yilqichilik asosiy o'rin tutgan. Qadimgi Yunon va Rim tarixchilarining asarlarida saklarni uch guruhi keltirilgan. Ularning ko'pchiligini saka-tigraxauda, ya'ni o'tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar. Ular Toshkent viloyati va Janubiy Qozogiston erlarida yashaganlar. Saka-tiaytara-daraya, ya'ni daryo orti saklari. Ular Sirdaryoning quyi oqimi va Orol bo'yida yashaganlar. Uchunchi guruh saklar Pomir toglari va Fargona vodiysida yashab, sakahoumovarka deb atalganlar. Tagisken mozor qorgoni. Bu mozor to'rtburchak va xalqasimon qorgon shaklda. Ular ilk va so'nggi davrga oid ikki guruh qabrlardan iborat. Bugungi guruh qabrlar (mil.avv. IX-VIII asrlar) xom gishtdan qurilgan bo'lib, ko'rinishidan qabila qabila oqsoqoliga tegishli bo'lgan. Marhum oltin va bronzadan ishlangan zeb-ziynat buyumlari, bronza paykonlari, qolda va kulolchilik charxida qilingan sopol buyumlari bilan birga qoshilgan. So'nggi davrda qilingan sopol buyumlari bilan birga qoshilgan. So'nggi davrga (mil.avv. VII-V asrlar) oid ikkinchi guruh qabrlarda ham ko'pgina topilmalar uchraydi. Ularning ichida sarmatlarnikiga oxshash qurollar, ot anjomlari, yirtqich hayvon shaklidagi topilmalar mavjud. Sarmatlar bilan yaqin aloqada bo'lganligidan dalolat beradi. Tagisken mozor-qorgoni saklarga tegishli bo'lgan. Sirdaryoning quyi oqimida qadimgi irmogi Inkar daryo bo'yida Uygarak qabristoni topilgan yodgorlik xalqa shaklida. Kichik mozor-qorgonlardagi oddiy qabrlarda bronzadan yasalgan oq uchlari, sopoldan yasalgan idishlar uchraydi. Katta mozor-qorgonlardagi sak urug va qabila boshliqlarining qabrlarida qurol-yarog anjomlari zeb-ziynat buyumlar topilgan. Tomdi va Alichur mozor-qorgonlari, (VI-IV asrlar) Sharqiy Pomirdagi Alichur, Tomdi mozor qorgonlaridan temirdan yasalgan harbiy qurollar: qilichlar, harbiy boltalar, xanjarlar, bronzadan yasalgan oqlar topilgan. Oqlar bargsimon, ikki yoki uch qirrali. Bu davrda oqlar bronzadan tashqari temirdan ham yasalgan. Bronzadan zebziynat buyumlari hamda dumaloq tagli sopol buyumlari ham mavjud. Saklarning ot anjomlari va jangovar qurollari skiflarnikiga oxshash bronzadan yasalgan san'at buyumlarida ham katta oxshashlik bor. Ular bir-birlari bilan doimiy madaniy aloqada bo'lganlar. Ko'chmanchilarning uylari erto'la va chaylasimon shaklda bo'lgan. Ular chorva izidan doimo ko'chib yurganliklari tufayli doimiy otroq hayot ular uchun muhim rol o'ynamagan. Ko'chmanchi sak qabilalarining mozor qorgonlaridagi moddiy topilmalarga ko'ra ularga mulkiy tengsizlik mavjud bo'lgan. Lekin ularda chorva qachon sinfiy jamiyat paydo bo'lganligi noaniq. Olimlarning fikriga ko'ra, mil.avv. VII-VI asrlarda ko'chmanchilar orasida harbiy-siyosiy qabila uyushmalari mavjud bo'lgan. O'rta Osiyoda qadimgi davlatchilik masalalari. Shunday qilib mil.avv. I ming yilliklarning birinchi yarmi O'rta Osiyo tarixi o'ziga xos jarayonlar bilan belgilanadi. Janubdagi mintaqalar bilan xojaligi va madaniyatiga ko'ra bir-biridan keskin farq qilar edi. Janubda (Janubiy Turkmaniston va Janubiy O'zbekiston) ilk temir davrida mil.avv. II ming yillikning O'rtalarida shimoldan siljigan ko'chmanchi-chorvador qabilalarining ta'sirida madaniyat taraqqiyoti kuzatilib, keyinchalik shahar madaniyati qaror topgan bo'lsa, shimoliy mintaqalarda bu jarayon ancha kech sodir bo'ladi. Bu mintaqalarda 77 dehqonchilik ilgari otroqlikka o'ta boshlagan aholi hududiga ko'chmanchi chorvador qabilalarning ikkinchi bor kelib joylashishi natijasida sodir bo'ladi. Umuman, O'rta Osiyoning janubiy hududlarida mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmida dehqonchilik yanada taraqqiy etib, yirik shahar markazlari qaror topadi. Bunday yirik shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan (Erqorgon, Uzunqir, Qiziltepa, Ko'zaliqir va boshqa shaharlar) o'ralgan. O'rta Osiyo shaharlarida qurilish, me'morchilik, ixtisoslashgan hunarmandchilik va savdo ancha rivojlangan. Malakali binokorlar tomonidan aholi yashaydigan uy-joylar, saroylar va diniy imoratlar aniq reja asosida, mahalliy sharoitga moslab barpo etilgan. Shaharlarda ixtisoslashgan hunarmandchilikning ko'pgina sohalari: kulolchilik, toqimachilik, zargarlik, metalga ishlov berish va boshqalar ancha rivojlangan. Shahar xarobalarida hunarmandchilik ustaxonalari o'rnining topilishi fikrimizni isbotlaydi. Hunarmandchilik buyumlari tovar xarakterida bo'lib, qo'shni vohalar bilan savdo aloqalarini olib borganlar. Yozma manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra O'rta Osiyo mahsulotlari Eron, Messopatamiya va qadimgi Sharqning boshqa o'lkalariga olib borilgan. Masalan, Badahshon Lojuvardi Misrgacha olib borilgan. O'rta Osiyo hududida eng qadimgi davlatlarning paydo bo'lishi muhim masaladir. Bu masalaga aniqlik kiritishda yozma va arxeologik manbalar muhim rol o'ynaydi. Ayniqsa, Avesto va antik davri avtorlari qoldirgan ma'lumotlardir. Ktesiyning «Persika» asarida qadimgi Baqtriya davlati haqida bir qancha uzuqyuluq (istehkom va qalalar, ularning ko'p sonli aholisi hamda Ossuriya podshosi Ninning Baqtriya tuprogiga qilgan yurishlari togrisida) ma'lumotlar keltiriladi. Olib borilgan arxeologik qazish ishlarining natijalari Ktesiyning ma'lumotlarida toliq tasdiqlangan. Uning ta'kidlashicha Baqtriyaning markazi Baqtro shahri bo'lgan. U mustahkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan yirik shahar bo'lgan. Lekin, O'rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanish jarayoni ancha ilgari sodir bo'lgan. Bu jarayon O'rta Osiyoning janubiy viloyatlarida bronza davridayoq namoyon bo'la boshlaydi. Mil.avv. 1 ming yillikning boshlarida bu jarayon toliq shakllanadi. Bunday davlatlar ma'lum daryo vohasi doirasida bo'lib, ularning ma'muriy markazlari (Еlkantepa, Еztepa, Qiziltepa, Bandixontepa, Uzunqir) vujudga keladi. Ko'rinishidan ushbu davlatlar asosida qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm kabi yirik davlatlar qaror topgan. 78 II.Bob. Antik davri Antik davri xususiyatlari. O'rta Osiyoning Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunonlar bosqiniga qadar bo'lgan siyosiy tarixi bevosita ahamoniylar bilan (hozirgi Toshkent va Fargona hududlari bundan holi) bogliq bo'lib, imperiyaning bir necha satrapligini tashkil etgan. Mil. 327 yili O'rta Osiyoning Sirdaryoni o'rta oqimigacha bo'lgan hududlar yunonlar tomonidan bosib olinib, dastlab Aleksandr Makedonskiy davlati tasarrufiga, uning vafotidan so'ng esa (mil.avv. IV asrlar oxirida) selavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Mil.avv.. III asr boshlarida Yaksart Sirdaryo) orti, ya'ni Toshkent vohasi ham selavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Mil.avv. III asr o'rtalarida (mil.avv. 250 yil) Janubiy Turkmanistonda YunonParfiya (arshakiylar), O'zbekiston janubida Yunon-Baqtriya davlatlari qaror topadi. Baqtriyaning bu davr ma'muriy manzarasi siyosiy vaziyat taqozosi bilan o'zgarib borgan. Dastlab, Margiyona arshakiylar tomonidan bosib olingan bo'lsa, keyinroq Sogdiyona mustaqil davlat sifatida ajralib chiqadi. O'zaro urushlar tufayli siyosiy tanazulga uchrayotgan Yunon-Baqtriya erlari mil.avv. II asr ikkinchi yarmida (mil.avv. 140/130 yillar) shimol-sharqdan kelgan yuechji qabilalari tomonidan bosib olinib, ular ittifoqi tarkibida dastlab vujudga kelgan Kushon podsholigi va imperiyalari (mil.avv. II-milodiy IV asrlar) tarkibida bo'lgan. Mil.avv. III asrda kushonlar davlati boshqaruvini sosoniy hukmdorlari qoliga o'tadi. Mil.avv. IV asrda ko'chmanchi toxarlar, kushonlar davlatiga barham beradi. Shimoliy o'lkalari, xususan Xorazm, Fargona vodiysi va ko'chmanchi sakmassaget qabilalari erlari yunonlar ta'siridan chetda qolib, ularning tarixi o'zgacha siyosiy jarayonlar bilan belgilanadi. Toshkent vohasi hamda Sirdaryoning quyi oqimigacha bo'lgan erlar mil.avv. III asrda tashkil topgan Qanguy davlati tarkibiga kirgan bo'lsa, Fargona vodiysi erlarida esa alohida ma'muriy hududni tashkil etib, mil.avv. II asrga oid xitoy manbalarida keltirilgan Davan (Dayuan) davlatlari rivojlangan. Mazkur siyosiy jarayonlar O'rta Osiyo tarixiy o'lkalari madaniy hayotiga sezilarli ta'sir qilib, u yoki bu xalqlar madaniyatining ta'sirida ko'rinadi. Xususan, O'rta Osiyoning janubiy o'lkalarida ellin madaniyati an'analari: shaharsozlik, qurilish, me'morchilik kulolchilik va haykaltaroshlik sohalariga sezilarli ta'sir qilib, keyinchalik shimoliy o'lkalarda ham ta'siri namoyon bo'la boshlaydi. Ellin shaharsozligi uchun kvadrat yoki togri to'rtburchak shaklidagi aniq reja asosida kvadrat xom gishtlardan barpo etilgan mudofaa devorlari bilan o'rab olingan shaharlar qurish xos bolgan. Mudofaa devorlari odatda togri to'rtburchak minoralar va ularda joylashgan shinaklar bilan kuchaytirilgan. Devorlar ikki qator bo'lib, ichki 79 tomondan karidor qurilgan. Ichki galareya (uzun xona)da kamonchilar uchun mo'ljallangan shinaklar joylashgan. Kamonchi askarlar uchun mo'ljallangan shinaklar ikki qavatda joylashgan. Bu manzara Afrosiyobning ellinlar davriga oid mudofaa devorida toliq namoyon bo'ladi. Bu davrga oid boshqa shaharlar qurilishida ham ellin me'morchilik usullari keng tarqaladi. Shuningdek, O'rta Osiyoning janubiy o'lkalarining ellinlar davriga oid me'morchiligida imoratlarni palmetta (daraxt bargi oxshash me'morchilik bezagi) va antifiks (shaklan palmettaga oxshash) va kungaralar bilan bezatish an'anasi mavjud bo'lgan. Sak-yuechji qabilalarining janubiy o'lkalarga ommaviy kirib kelishi ham qisman ko'chmanchilanga xos madaniy ta'sirni o'tkazishi tabiiy hol, edi. Kushonlar davrida mamlakat hududining Hindistonga kengayishi, buddizmning davlat dini sifatida qabul qilinishi hind (Gandhar) madaniyatining O'rta Osiyo janubiga (Baqtriyada koproq seziladi) tarqalish jarayoni kuzatiladi. O'rta Osiyoning shimoliy o'lkalari madaniyatida ellinlar alomatlar qisman me'morchilik va kulolchilik sohalarida kuzatiladi. Antik davrida ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalari taraqqiyotida sezilarli o'zgarishlar sodir bo'ladi. Metallarga ishlov berish hunarmandchiligining barcha sohalari, zargarlik, amaliy san'at, toqimachilik ancha rivojlangan. Shimoliy Parfiya. Bu hudud O'rta Osiyoning boshqa hududlari kabi Aleksandr Makedonskiy vafotidan bir necha yillar o'tib, vujudga kelgan selevkiylar davlati tarkibida bo'lgan. Mil.avv. 250 yil mahalliy yunon zodogoni Androgor selevkiylar davlatidan mustaqil bo'lib olgandan so'ng mamlakat mil.avv. 247 yili shimoldan kelgan ko'chmanchi dah (dai) yoki dai tomonidan bosib olinib, arshakiylar sulolasi tarkib topadi. Arxeolog olima L.M.Levina Arshak boshchiligidagi dah (dai) qabilalari migraciyasini Sirdaryo deltalaridan birida rivojlangan Chirikrabod madaniyat qurgoqchilik tufayli inqirozi uchrashi natijasi bilan boglaydi. Mil.avv. II asrlarda Parfiya davlatining qudrati yanada kuchayib, mamlakat chegaralari Suriyaga qadar erlarga kengayib yirik imperiyalardan biriga aylanadi. Bu davrda Margiyona ham bosib olinib, Parfiya tarkibiga kiritiladi. III asrning birinchi choragida Eronda tobora kuchayib borayotgan sosoniylar Parfiya davlatiga barham berib, Shimoliy Parfiya va Murgob vohalari bosib olinadi. Shimoliy Parfiya hududining antik davri yodgorliklarini o'rganish 1930 yildan boshlangan. Vohaning antik davri moddiy madaniyat meroslarini o'rganishning yangi bosqichi 1946 yili Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleksi tashkil etilgandan so'ng boshlanadi. O'tgan asrning ikkinchi yarmi davomida M.Е.Masson, A.A.Marushenko, G.A.Kosholenko, D.Durdiyev, V.N.Pilipko va boshqa arxeolog olimlar tomonidan amalga oshirilgan turli darajadagi tadqiqotlar davomida barcha turdagi arxeologik yodgorliklar o'rganilgan. Eng yirik yodgorliklar sirasiga Yangi Niso, Eski Niso, Kohna Qaahka, Yariqdepa, Husravqala kabi qadimgi shahar xarobalari qala-qorgon, dehqonchilik qishloqlari yoki alohida maqsadlar uchun xizmat qilgan manzilgohlar (Eski Niso, Mansurtepa) aniqlanib, ularda turli darajadagi qazishma ishlari amalga oshirilgan. Hozirgi Ashgabod shahridan 18 km. garbda joylashgan Yangi Niso kohna shahri xarobasi nisbatan yaxshi o'rganilgan bolib, o'z davrida sun'iy do'nglikda joylashgan ark (4 ga. atrofida) va unga tutash shahar (18 ga.) va shahar atrofdan tashkil topgan 80 qadimgi shaharning uchala qismlari alohida mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Muhim maqsadlarda foydalanilgan manzilgohlar sirasiga kiruvchi Eski Niso ehtimol Mitridat I (mil.avv. 171-138 yy.) hukmronligi davrida barpo qilingan Parfiya hukmdorining qo'riqxona qalasi-Mihrdatkirt (Mitridatokert) yodgorligi markazida saroy-ibodatxona majmuasi va ular uchun xizmat qilgan xojalik hamda yashash xonalari joylashgan. “Kvadrat zal”, “Aylana ibodatxona” va “Minorasimon ibodatxona”lar muhim o'rin tutadi. Ulardan birinchisi tomonlari (20x20 m. ichki tomondan 8-9 m.) ikki yarusli qilib qurilgan. Birinchi yarus xom gishtdan ko'tarilgan, ikkinchisi esa yogoch ustunlarga tayangan. Ular o'rtasidagi maxsus tuynuklarda haykallar joylashgan. Bu zal bir necha asrlik faoliyati davomida ichki tomondan ko'p bor qayta pardozlangan. Birinchi yarus ustunqoshlar, ikkinchi yarus rang-tasvir bezaklari bilan bezatilgan. G.A.Pugachenkovaning taxminlariga ko'ra bu imorat dastlab dunyoviy maqsadlarda foydalangan bo'lsa, o'z faoliyatining ikkinchi bosqichida ajdodlar ruhiga siginuvchi ibodatxona sifatida foydalaniladi. Ikkinchi imorat aylana ibodatxona (diametri-17 m., balandligi-12 m) ham ikki yarusdan iborat. Uning birinchi yarusi devori ganch bilan oq suvoq qilingan bo'lsa, ikkinchi yarusi maxsus tuynuklarda joylashgan haykallar o'rin olgan. Boshqa bir ibodatxona esa Yangi Niso kohna shahri mudofaa devori yonida joylashgan bo'lib, u ham ikki yarusdan iborat bo'lgan. Yogoch ustunlar odatda togri burchakli yoki aylana shakldan iborat marmarsimon toshlardan yasalgan tagliklarga tayangan tepasi akant shakl bezaklar bilan jihozlangan. Ayrim oldindan rejalashtirish asosida aniq o'lchamda barpo qilingan shahar turidagi manzilgohlar odatda qalin mudofaa devorlari bilan muhofaza qilinib, togri to'rtburchak burjlar bilan ta'minlangan. Shuningdek, aylana yoki kvadrat o'lchamga asoslangan manzilgohlar qala vazifasini bajarib, ularning atrofi odatda zichlangan tuproq devorlar (val) muhofaza qilingan. Bu davrda asosiy qurilish ashyosini tuproq tashkil etib, odatda xom gisht va paxsa sifatida foydalanilgan. Xom gishtlar togri to'rtburchak va kvadrat o'lchamlardan iborat. Ayrim ko'tarma devorlar pishgan gishtdan barpo qilingan. Imorat tomlari asosan yogoch bolar asosida tekis, ayrim hollarda esa gumbaz qilib, aylana moratlar chodirsimon shaklda yopilgan. Shimoliy Parfiyaning asosiy xojaligi sugorma dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllaridan iborat bo'lgan. Hunarmandchlikda birinchi navbatda dehqonchilik ish qurollari yasash asosiy o'rin egallagan. Bu davrdagi harbiy qaramaQarshilik qurol-yaroglar ishlab chiqarishga bo'lgan talabni kuchaytirishi tabiiy, edi. Qazishmalarda bronza va temirdan ishlangan kamon oqlari so'nggi Parfiya davrlari madaniy qatlamlarida saqlanib qoladi. Ogir qurollangan parfiyalik otliq harbiylar qo'shinlarning asosiy quroli yirik nayza hisoblangan. Ilk Parfiya davrida kalta qilichaqinakdan foydalanilgan bo'lsa, keyingi bosqichda yirik uzun qilichlar ko'payadi. Eski Nisodan jangavor bolta, yirik sekira, turli shakllardagi sovutlar topilgan. Shimoliy Parfiyaning nisbatan yaxshi o'rganilgan hunarmandchilik turlaridan birikulolchilik sopol parchalari, xumdonlar ko'plab yodgorliklarda o'rganilgan. O'rganilgan xumdonlar aylana shakldagi ikki yarusdan iborat. Angob berish va pardozlash keng qollanilgan antik davri sopollari yuqori sifati bilan ajralib turgan. Bu davrda kosalar, piyolalar, ko'zalar va bokalsimon idishlardan foydalanilgan. Antik 81 davrining oxirlarida angob berish va pardozlash susayadi. Angoblar qizil, qizil-jigar va jigar ranglaridan iborat. Bu davrda ayniqsa, tagli bokalsimon idishlar urf bo'lgan. Shimoliy Parfiya san'at yodgorligi namunalari nisbatan Eski Niso qazishmalari davomida o'rganilgan moddiy topilmalar orqali yaxshi ma'lum. Ular marmar toshlardan yasalgan ellin haykallari, fil suyagidan yasalgan ritonlar va mo'jaz haykalchalardan “Niso mabudasi”, “Rodoguna”, Afrodita haykali boshi, Artemida-ning marmardan ishlangan haykali oyoq qismi muhim ahamiyat kasb etadi. Niso ma'budasi xiton kiygan. Bu haykal ellin haykaltaroshligining arxaik yo'nalishiga tegishli, ishlanish usuliga ko'ra u so'nggi klassik davri attika san'ati maktabi an'analari bogliq ekanligining guvohi bo'lish mumkin. Rodogunaning tepa qismi oq, pastki qismi qizil marmardan ishlangan. Bu san'at asari ellin davri haykaltaroshlik maktabi mahsuloti sanalib, ishlanish usuliga ko'ra Aleksandriya maktabiga tegishli bo'lib, mil.avv. III-II asrlar bilan sanalgan. Afinaning kumushdan ishlangan kichik haykalchasi Eronning kumushdan yuqori darajada ishlangan erkak bosh qismidan iborat predmet va Yunonistonda ishlanib, import qilingan san'at namunalaridan sanaladi. Mahalliy Parfiya san'atiga taalluqli namunalar Eski Niso saroyi va ibodatxonasidan topilgan erkak va ayol tasviridagi haykallardan iborat bo'lib, ular arshakiylar sulolasi xudolari yoki iloanchashtirilgan sulola vakillarining tasvirlari sifatida taxmin qilinadi. San'atning boshqa bir turi kumushdan turli hayvonlar ayrim afsonaviy hayvonlar tasviri ko'chmanchilar madaniyatidan dalolat beradi. Boshqa bir namunasi fil suyagidan ishlangan ritonlar karnizi 12 olimp xudolari tasviri tushirilgan. Shuningdek, muhrlarda yunon xudolarining tasvirlari berilgan, fil suyagidan mebellar yasashda foydalanilgan. Margiyona. Margiyona O'rta Osiyoning antik davri yirik tarixiy madaniy o'lkalaridan biri bo'lib, Margiyona Turkmaniston Respublikasining Murgob vohasi hududida joylashgan. Ma'lumki, mil.avv. 521 yil Frada boshchiligidagi qo'zgalon Doro I buyrugi bilan Baqtriya podshosi Dadarshish tomonidan bostirilgandan so'ng Margiyona o'lkasi Baqtriya satrapligi tarkibiga kiritilib, mil.avv. II asr o'rtalarida o'lka Parfiya davlati tomonidan bosib olingunga qadar Yunon-Baqtriyasi podsholigi tarkibida bo'lgan. Keyinchalik esa II asrning birinchi choragida Parfiya davlati vorisi sifatida vujudga kelgan sosoniylar davlatining tarkibida rivojlanadi. O'lkaning Aleksandr Makedonskiy bosqinidan keyingi tarixiga oid qisqacha ma'lumotlar yunon-rum mualliflarinig asarlari va keyichalik xitoy manbalarida uchraydi. Pliney Iskandar Margiyona Aleksandiyasiga asos solganligini va keyinchalik shahar vayron qilinib, selevkiylar hukumdori Antiox qayta tiklab, o'z nomi bilan yuritganligi togrisida ma'lumotlar qoldirgan bo'lsa, boshqa bir yunon muallifi Strobon ma'lumotlarida Antiox shahar barpo etish bilan birgalikda voha atrofini mudofaa devori bilan o'rab olganligigi togrisida xabar beradi. Kvint Kurciy Rufning yozib qoldirgan ma'lumotlarda “Aleksandr Oh va Oks daryosiga yaqinlashib, Margiyona shahrini zabt etadi va uni o'zining nomi bilan nomlaydi” (Qarshiliksiz olinganligi tufayli bu shahar vayron bo'lmagan). Keyinchilik vayron etilgan bu shahar, salavkiylar hukmdori Antiox tomonidan qayta tiklanganligi togrisida ham ma'lumotlar mavjud. Kvint Kursiy Ruf ma'lumotlarida esa antik davrida oltita muhofazalangan manzilgohlar qurilganligi keltiriladi. 82 Margiyonaning antik davri moddiy madaniyati XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi arxeologiyaga havasmand olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelgan. O'lka arxeologiyasini ilmiy jihatdan o'rganish ishlari ikkinchi jahon urushidan keyin Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) tashkil etilgandan so'ng boshlanadi. O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zMU) “O'rta Osiyo arxeologiya” kafedrasi ilmiy jamoasi 30 yildan ortiq davr mobaynida vohaning antik davri markazi bo'lgan Gaurqala va Erkqala yodgorliklarida keng ko'lamdagi arxeologik qazishmalarni olib boradilar. Mazkur tadqiqot ishlarida kafedra arxeolog olimlaridan M.Е.Masson Z.I.Usmanova, M.I.Filanovich va boshqalarning xizmatlari katta. Mahalliy arxeologlardan D.Durdiyev va antikshunos arxeolog olim G.A.Kosholenkolar ham vohadagi boshqa bir arxeologik yodgorliklarni o'rganishga o'z hissalarini qo'shishgan. O'lkada saqlanib qolgan antik yodgorliklar arxeologik belgilariga ko'ra qadimgi shaharlar va qadimgi dehqon jamoalarining qishloqlarini tashkil etadi. Vohaning antik dariga oid manzilgohlaridan Gaurqala, Erkqala, Kohna Kishman, Jintepa, Takirjatepa, Durnali va Devqala kabi yodgorliklar arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. Ular orasida hozirgi Bayramali shahrining shimoli qismida joylashgan Erkqala va harbiy qismida unga tutash joylashgan Gaurqala yodgorliklari muhim o'rin egallaydi. Ushbu manzilgohlar o'z davrida bitta shahar majmuasinining tarkibiy qismlarini (birinchisi-ark, ikkinchisi-shahriston) tashkil etib, mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida shakllangan. Ularning umumiy maydoni taxminan 90 ga.dan iborat. Arxeologik qazishmalar natijalariga ko'ra antik mualliflari ma'lumotlarida qayd etilgan ikki buyuk sarkardalari tomonidan vayron qilinib, qayta barpo etilgan shahar aynan mana shu yodgorliklar bo'lganligini tasdiqlaydi. Shaharning tashqi muhofaza devori mil.avv. III asrning boshlarida ellin o'lchamidagi gishtlardan qayta qurilish ishlari amalga oshirilganligi arxeologik jihatdan tasdiqlangan. Togri to'rt burchak shakldan iborat manzilgohni ikkita o'zaro kesishgan markaziy ko'chalar shaharning to'rt tomonidagi darvozalarga tutashgan. Shaharni o'rab olgan mudofaa devori mil avv. I ming yillikning o'rtalarida paxsadan barpo qilingan. Devorda keyingi bosqichlarda bir necha marotaba (mil.avv. III asrning birinchi yarmi, mil.avv. II-I asrlar, milodiy II va IV asrlarda) qayta qurish va ta'mirlash ishlari bajariladi. Ilk marotaba unda antik davri o'lchamidagi kvadrat (38x38x10, 42x42x12) gishtlardan foydalanilgan. Bu bosqichda togri to'rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan qalin muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Devorlari antik davri standartidagi xom-gishtlardan barpo qilingan. Gaurqalada shaharlikliklar mahallalaridan tashqari, tegirmonchilar mahallasi, kulolchilik xumdoni, temirchilik ustaxonalarining o'rni aniqlangan. Yodgorlikda buddaviylik ibodatxonasining o'rni ochib o'rganilgan. Uning hovlisida stupa joylashgan. Shaharda hayot ilk o'rta asrlar davriga qadar davom etadi. Boshqa bir yirik shahar markazlaridan Ko'hna Kishmana ham yaxshi o'rganilgan. U ahamiyatiga ko'ra vohada Marvdan keyingi (may.112 ga.) shahar markazi hisoblanadi. Margiyonaning antik davri imoratlari togri to'rtburchak (50x30x10) kvadrat (40x42x10) gishtlar va paxsadan barpo qilingan. Qadimgi Margiyonaliklarning asosiy mashguloti sugorma dehqonchilik bo'lgan. Qadimgi Xitoy yozma manbalarida bugdoy, guruch, uzum, yunon va sopol buyumlari 83 tez aylantiradigan charxda ishlangan. Yodgorliklardan temirdan ishlangan ro'zgor anjomlari, Mehnat qurollari va qurol yaroglar yasalgan. Shuningdek, zeb-ziynat buyumlari, ayol va ma'buda tasvirlari berilgan terrakotik haykalchalar qadimgi Margiyonaliklarning boy moddiy madaniyatidan dalolat beradi Baqtriya Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) yurishiga qadar ahamoniylar imperiyasi tarkibi, mil.avv. 327 yildan Iskandar, keyin selevkiylar tarkibidagi satraplikni tashkil etgan. Mil.avv. III asr o'rtalaridan yunon zodogonlaridan bo'lgan Diodot selevkiylardan mustaqil bo'lgan Yunon-Baqtriyasi davlatiga asos solgan. Bu davrda (Еvtidem, Demetriy, Еvkratid) mamlakat hududi Hindistonning shimoli-garbiga qadar kengayadi. Ayrim ilmiy farazlarga ko'ra Sugd hududlari ham ushbu mamlakat tarkibda bo'lgan. Mamlakat makazlashgan monarxiyaga aylanadi. Mil.avv. II asrning o'rtalarida (Mitridat I davrida) garbda Parfiyaning qudrati kuchayib, Margiyona bosib olinadi. Sugd ham taxminan mana shu davrlarda mustaqil siyosat yurita boshlagan bo'lishi mumkin. Tinimsiz olib borilgan urushlar mamlakat harbiy qudratining pasayishiga sabab bo'lib, shimoldan kelgan sak-yuechji qabilalarining hujumi uning batamom tanazuliga sabab bo'lgan. Bu voqea taxminan mil.avv. 140/130 asrlarda sodir bo'lgan. Yozma manbalarda keltirilgan ma'lumotlarning guvohlik berishicha I asrga kelib, besh guruhdan iborat da-yueji (da-katta, buyuk) ittifoqidan tashkil topgan davlat o'rnida Kushon podsholigi qaror topadi. Kanishka hukmronligi davridan mamlakat hududi Hindistonning shimoliga qadar kengayib, o'z qudratining yuqori cho'qqisiga chiqadi. Kanishkadan keyin mamlakatning kuchayish jarayoni kuzatilmaydi. Keyingi kushonshohlar davrida mamlakat qudrati susayib, Eronda vujudga kelgan sosoniylar sulolasi tomonidan bosib olinib, III asrning ikkinchi choragidan saltanat boshqaruvi toliq ular hukmronligiga o'tadi. Baqtriyaning antik davriga oid kohna shaharlarini tadrijiy jihatan bir necha guruhga bo'lish mukin. Birinchi guruh shaharlari mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida shakllanib, ellinlar davrida ham faoliyat yuritgan (Talashkontepa II, Jondavlattepa, Hayitabodtepa, Qalai Mir). Ikkinchi guruh shaharlar Yunon-Baqtriya davrida (Eski Termiz, Dalvarzintepa, Kampirtepa-Kofirqal'a, Keykabodshoh, Saksanohur), uchinchi guruh shaharlar esa Kushonlar davrida (Zartepa, Budrach, Gavurqala, Shohtepa va boshqalar) vujudga kelib, faoliyat yuritgan. Yunon manbalarida Tarmita, xitoy manbalarida Tami nomlari bilan keltirilgan shahar eski Termiz yodgorligi o'rnida faoliyat yuritgan. Surxondaryo viloyat Sho'rchi tumani hududida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi Shimoliy Baqtriyaning antik davriga oid yirik manzilgoh sanaladi. Manzilgoh mil.avv. III asrda shakllanib, milodiy III ikkinchi yarmiga qadar yirik ma'muriy, iqtisodiy va goyaviy markazlardan biri sifatida faoliyat yuritadi. Dalvarzintepa yodgorligi aylana shaklli ark (3,2 ga.), togri to'rtburchak shahriston (umumiy maydoni 32,5 ga.) va shahar atrofi qismlaridan tashkil topgan. Manzilgohning dastlabki shakllangan qismi Yunon-Baqtriya podsholigi davrida mudofaa devori bilan muhofazalangan ark paydo bo'ladi. Kushonlar (I-III asrlar) shahar arki nihoyatda mustahkamlanib, ikki qator mudofaa devor bilan mustahkamlanadi. 84 Kushonlar davrida shahriston qismi ham shakllanib, alohida muhofaza devori barpo etiladi. Manzilgohning barcha hududi o'zlashtirilib, shahar atrofi qismi ham paydo bo'ladi. Shaharda turli tabaqa vakillarining uy-joy imoratlari, ishlab chiqarish inshootlari, budda dini ibodatxonalari paydo bo'ladi. Ayrim uy-joylarning ko'lami ancha katta bo'lib, ularni barpo qilishda yogoch ustunlardan foydalanilgan. Saroy imoratlari va hashamdor uylar ichki tomondan boy mazmundagi rang-tasvir bezaklari bilan jihozlangan. Manzilgoh ichkarisida oldindan rejalashtirish asosida barpo qilingan davlatmand va oddiy shaharliklar uy-joylari hamda hunarmandlar kulollar mahallasi o'rganilgan. Oddiy shaharliklarning sodda uylaridan tortib, uy devorlari ichki tomondan boy mazmundagi rang-tasvirlar va o'yma ganchli naqshli bezaklar berib ishlangan davlatmand va shaharlik zodagonlarning mahobatli, shinam uylari ajralib turadi. Shahriston ko'chalarining chorrahasida buddaviylik dini ibodatxonasi joylashgan. Ibodatxona ichki devorlarini budda, bodhisatva haykallari va buddaviylik mafkurasi bilan boyitilgan mazmunli rang-tasvirlar bezab turgan. Shaharning boshqa bir tomonida devoriga yaqin joyda mahalliy mabudlarning ibodatxonasi bo'lgan. Yana bir buddaviylik ibodatxonasi manzilgoh tashqarisida joylashgan. Shuningdek, bu erda zardushtiylar jamoasi “nausi” aniqlangan. Tarixdan ma'lumki, Kushonshoh Kanishka mamlakatda buddaviylik dinini davlat dini sifatida qabul qilishi bilan birgalikda imperiyasi tarkibidagi xalqlarning mahalliy dinlariga cheklov joriy qilmagan. Diniy e'tigod erkinligiga amal qilingan. Shuning uchun Dalvarzintepada yashagan aholining quyi qatlami vakillari o'zlarining azaliy diniy e'tigodlari amal qilgan bo'lishi mumkin. Yangi diniy e'tigodlar dastlab odatda aholining mansabdor zodagon qatlamlari orasida tarqaladi. Manzilgoh yozma manbalarda qayd etilgan Hodzo shahri bilan qiyoslaydi. Shahar yirik savdo-iqtisodiy, ma'muriy va goyaviy markaz sifatidaga o'z taraqqiyotining cho'qqisiga kushon davrida ko'tariladi. Mil.avv. III asrning ikkinchi yarmida Eron sosoniylarining hujumi tufayli inqirozga uchragan. Denov tumani hududida esa shahzodaning saroyi xarobalari ochib o'rganilgan, unda old tomonda ayvoni sharqqa qaratib qurilgan. Saroy xonalari ayvon orqali saroy xonalari va asosiy zali tuli rangdagi boyoqlar bilan turli mazmundagi suratlar chizilgan. Ayrim xonalari ganch suvoq qilingan. Ayniqsa devorlarning birida shoh va uning oila a'zolari, hamda saroy ayonlarining suratlari kishini o'ziga jalb qiladi. bulardan tashqari komonli bir necha otliqlar hamda yunon xudolarining Afina, Gerakl va Nikalarning ko'chmanchilarga xos shakllarining tasviri ham mavjud. Surxondaryo viloyatidagi yirik markazlardan biri Zartepa yodgorligi hisoblanib, u oldindan rejalashtirilgan yagona loyiha asosida qurilgan. Manzilgohning umumiy maydoni 17 ga. ni tashkil etib, kushonlar davrining atrofi mustahkam mudofaa devorlari bilan o'rab olingan yirik shahar markazi harabasi sanaladi. Mudofaa devorlari yarim aylana minoralar bilan kuchaytirilgan. Zartepa uy-joy imoratlari vohaning boshqa antik davri imoratlardan farqli o'laroq markaziy ko'chalari bo'ylab ilgaridan o'ylangan rejalashtirish asosida barpo etilgan. Bu erda asosiy imorat saroy majmuasining asosiy ikkita katta zali muhim o'rin tutadi. Ular marmarsimon toshlardan yasalgan taglikli ustunlar asosida yopilgan. 85 Shuningdek, Zartepaning sharqiy tomonidan budda ibodatxonasining o'rganilgan bo'lib, u buddaviylik qurilish an'analari asosida barpo etilgan. Ibodatxona hovlisida odatda stupa o'rin olgan. Termizdan garbda Amudaryoning o'ng sohilida joylashgan Kofirqal'a (Kampirtepa) manzilgoh joylashgan. Murakkab mudofaa tizimiga ega bo'lgan ushbu qala-qorgonga ellin davrida asos solingan bo'lib, kushonlar davrida ham taraqqiy etgan. Manzilgoh uch qismdan iborat. U antik davri yozma manbalarida qayd etilgan Pardagvi shahri bilan qiyoslanadi. Baqtriyaning antik davriga oid muhim shahar markazlaridan biri Keykobodshoh qo'shni Tojikiston hududida joylashgan bo'lib, qadimgi o'rni yaxshi saqlangan. Shahar aniq reja asosida antik davri me'moriy-qurilish usuliga mos ravishda aniq o'lchamda barpo etilgan. Mustahkam mudofaa devorlari bo'ylab togri to'rtburchak shaklidagi minoralar joylashgan. Shaharga Yunon-Baqtriya podsholigi davrida asos solingan. Baqtriyaliklar qurilishda asosiy xom ashyo sifatida tuproqdan paxsa, xom gisht sifatida foydalanishgan. Yunonlar davrida qurilishda kvadrat, kushonlar davrida esa o'lchami (30-32x30-32x9-10 sm.) nisbatdan kichikroq gishtlar ishlatilgan. Toshlar ustun taglar, plyastrlar (ustunqoshlar)ni yasashda foydalanilgan. Temirdan uch qirrali kamon oqi uchlari, tuli xil qilichlar: aqinak, sarmatlarnikaga oxshash uzun nayzalar yasashda foydalanishgan. Baqtriyaning asosiy diniy ta'limoti zardushtiylik bo'lgan. Zardushtiylik dini doirasida mitra, max (oy xudosi), vado (shamol xudosi), atsho (olov xudosi), ardohsho (xosildorlik xudosi) va mahalliy Vaxsh xudolariga siginish odatlari mavjud bo'lgan. Yunonlar hukmronligi davrida hukmron doira vakillari orasida ellin xudolariga siginish odati keng tus oladi. Kushonlar davrida buddizm dini kuchaya boshlaydi. Ayniqsa, Kanishka hukmronligi davrida buddizmning davlat dini sifatida qabul qilinishi uning o'lkadagi mavqeining birinchi o'ringa ko'tarilishiga olib keladi. Shimoliy Baqtriya hududiga milodning boshlarida buddaviylik dini kirib kela boshlaydi va o'lka orqali O'rta Osiyoning ba'zi hududlariga keyinchalik Sharqiy Turkistonga va undan Xitoyga tarqaladi. Shimoliy Baqtriyaning ko'pgina joylaridan buddaviylik dini inshootlari ochib o'rganilgan. Bular Qoratepa ibodatxonasi, Fayoztepa monostiri, Zurmala va Ayritom stupalaridir. Qoratepa ibodatxonasi Termiz shahridan garbda joylashgan gorsimon budda ibodatxonasi aniqlanib, ibodat, yashash va xojalik qismlaridan tashkil topgan xonalar ochiladi. Ibodatxona qo'ra shaklida qurilgan bo'lib, ibodatxona togri to'rtburchak o'lchamda qurilgan bo'lib pastki qismi gorsimon inshootdan iborat. Uning ustida er usti qurilishi barpo qilingan. Ibodatxona devorlarida budda hayotidan namunalar keltirilgan boy mazmundagi tasvirlar keltirilgan va tokchalarda budda haykallari qoyilgan. Ibodatxonaning hovlisida odatdagidek stupa o'rin olgan Qoratepa ibodatxonasi er osti va er usti qisimlaridan iborat bo'lib, togri to'rtburchakli hovlidan iborat. Ibodatxona xonalarining birida budda haykali, ikkinchisida stupa joylashgan. Stupalarning asosiy togri to'rtburchak bo'lib, bir necha metr balandga ko'tarilgan. Uning ustiga silindrsimon inshoot solingan uning usti gumbazli toq o'rnatilgan. Toq toshdan yasalgan soyabonlar o'rnatilgan. Ibodatxona odatda vatanidagi qurilish qoidalari saqlagan holda mahalliy qurilish usulida barpo qilingan. Shunga ko'ra gor shaklini ko'rsatish uchun ibodatxonani er osti 86 inshooti ustida barpo qilish an'nasini joriy qilganlar. Ibodatxona ichki devorlarini budda, bodhisatva haykallari va buddaviylik mafkurasi bilan boyitilgan mazmunli rang-tasvirlar bezab turgan. Ibodatxona boy devoriy suratlar hamda haykalchalar bilan bezatilgan. Ulardan Budda hayotidan lavhalar keltirilgan suratlar va haykallari alohida mohiyat kasb etadi Qoratepadan shimoliy sharqida buddizm dining yana bir ibodatxonasi topilib, hozirgi paytda Fayoztepa nomi bilan mashhur. U turidagi ibodatxona bo'lib, uch qismdan ya'ni diniy marosimlar o'tkazadigan joy, manostr va xojalik qismlaridan iborat. Buddaviylik inshootlaridan shuningdek kulolchilik buyumlar, metall buyumlar, brahma, kxaroshti, hamda yunon alfavitida bitilgan Kushon yozuvlari o'rganilgan. Kushon davri qishloqlari o'sha davr iqtisodiy hayotini o'rganishda muhim o'rin tutadi. Bu davrga oid Mirzaqultepa (Termiz), Oqqoqon (Sherobod), Sho'rtepa (Angor) kabi qishloq xarobalari ochib o'rganilgan. Ular ham aniq rejaga asosida barpo etilgan. Qishloqlarda oddiy dehqon qishloq xojalik mahsulotlarni etishtirish va ularni qayta ishlash vazifalarini bajarganlar. Baqtriyada antik davrida madaniyatini chuqurroq anglashda topib o'rganilgan haykallar, zargarlik buyumlari, devoriy tasvirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qisman yuqorida keltirilgan hamda Taxti-Sangin va “Amudaryo xazinasi” orqali bizga ma'lum bo'lgan san'at namunalari turli davrlarga oid bo'lib, ularda mahalliy, ahamoniylar, ellin, hind (gandhara) va ko'chmanchilar madaniyati an'analari o'z aksini topgan. Sogdiyona. O'rta Osiyoning yirik madaniy-tarixiy o'lkalaridan biri bo'lib, antik davri hududi Zarafshon (Samarqand va Buxoro viloyatlari) va Qashqadaryo vohalarilari hududlaridan tashkil topgan. Ayrim yunon mualliflari (Strabon) keltirgan manbalarida uning janubiy chegarasi Amudaryodan o'tganligi togrisidagi ma'lumotlar ham saqlangan. Etnik jihatdan umumiy hisoblangan butun o'lka aholisining madaniy taraqqiyoti darajasi va xususiyatiga ko'ra nisbatan yaqin bo'lsada, ular o'ziga xos tomonlari bilan ajralib turadigan alohida vohalar yoki mikrovohalardan tashkil topgan. Sugdning antik davri siyosiy tarixi bilan bogliq jarayonlar va ayrim toponimlariga oid qisqa va o'z navbatida mavhum yozma manba ma'lumotlari yunon-rim, xitoy va qisman arman manbalarida uchraydi. O'lkada antik dariga oid turli vazifalarni bajargan arxeologik yodgorliklar aniqlanib, ularning asosiy qismida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. O'z davri tarixi va madaniyatidan xabar beruvchi moddiy manbalar yirik shahar turidagi yodgorliklarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida nisbatan koproq to'plangan. Yirik shahar markazlarining asosiylari (Afrosiyob, Еrqorgon, Ko'ktepa, Uzunqir-Podayotoq-Sangirtepa kompleksi) ilk temir va arxaik davri o'rnida faoliyat yuritgan bo'lsa, boshqa bir guruh kohna shaharlar (qalai Zoxaki Maron, Kitob shahridagi Qalandartepa yodgorligi, Talli Barzu, Buxoro va boshqalar) bevosita antik davrida shakllangan. Afrosiyob o'lkaning asosiy yirik shaharlar makazi sifatidagi ahamiyatini saqlab qoladi. Antik davri manbalarida qayd etilgan Maroqandaning o'rni bo'lgan. Shaharning antik davridan darak beruvchi moddiy manbalar Afrosiyob II va III bosqichlariga oid madaniy qatlamlarda o'z aksini topgan. O'rta Osiyo hududi yunonlar tomonidan bosib olingandan so'ng barcha hududlardagi kabi o'lkada ellin madaniyatining ta'siri kuchayadi. Ayniqsa, bu jarayon 87 shahar qurilishida koproq namoyon bo'ladi. Yunonlar shaharni tinchlik bilan qolga kiritgan bo'lsada, Spetamen boshchiligidagi qo'zgalonchilar bilan bo'lgan toqnashuvdan so'ng talofat etgan shahar muhofaza devorlarining ma'lum qismida yunon harbiy-muhandislik rejasi bo'yicha ta'mirlash va qayta qurish ishlari olib boriladi. Kvadrat shaklli xom gishtlardan barpo qilgan ikki qatorli devor o'rtasida yo'lak-galereya qoldirilgan bo'lib, uning umumiy qalinligi asosidan 7 metrni tashkil etgan. Muhofaza devori togri burchakli mudofaa burjlari va jangavor shinaklar bilan kuchaytirilgan. Yunon harbiy strategik rejasi bo'yicha odatda mudofaa devorlarning tashqarisidan xandakga tomonida “berma” yoki “proteyhizm” qoldirilgan bo'lib, dushman qarshiligini susaytiruvchi dastlabki vosita vazifasini bajargan. Muhofaza devorida keyingi, taxminan mil.avv. II asrda qayta ta'mirlash ishlari olib borilishi bilan eski devor olib tashlanib, uning o'rnida 50-70 sm. qalinlikdagi shagal aralash paxsa bloklardan eniga 8-10 metr bo'lgan tagdevor ko'tariladi va uning ustida yo'lak-galereya qoldirilgan ikki qatorli yangi muhofaza devor ko'tariladi. Bu bosqichdagi ta'mirlash ishlari davomida shahar muhofazasini yanada mustahkamlash maqsadida qoshimcha qala-burjlar (bastion) barpo etiladi. Ilgari mavjud bo'lgan to'rtburchak, ayrim hollarda aldamchi shinaklar o'rnida nayzasimon jangavor shinaklar bilan shahar mudofaasi kuchaytiriladi hamda devorlarning ichki va tashqi tomonlaridan muntazam “plyastrlar” barpo etiladi. Ta'mirlash ishlariga zarurat bevosita shimoliysharqdan siljigan sak-yueji qabilalarining kutilmaganda qilingan hujumi natijasida shaharga etkazilgan talofat natijasi bo'lish mumkin. Shaharning arki (may. 0,5 ga.) uning shimoliy chekkasida qadimgi o'rnida faoliyat yuritadi. Bu qismi ham o'z navbatida alohida muhofaza devori bilan muhofazalangan bo'lib, uning kirish darvoza chetlari cho'ziq shaklli burjlar bilan kuchaytirilgan. Ark ichkarisida hukmdor saroyi va boshqa mahobatli imoratlar o'rin olgan. Shahar maxsus sopol quvurlari orqali suv bilan ta'minlangan. Bu paytda shahar antik davri mualliflari yozma manba ma'lumotlarida qayd etilgan 219 ga. maydoni toliq shakllanib, O'rta Osiyoning yirik madaniy va savdo-iqtisodiy markaziga aylanadi. Antik davrining oxirlaridan boshlab Sugdlik savdogarlar shahar aholisining ko'pchilik qismi savdo koloniyalariga ketib qolishi natijasida shaharda hayot bir muncha susayishiga olib keladi. Samarqand Sugdining antik davri yirik shahar markazlaridan Ko'ktepa kohna shahri ellin davrida ham faoliyat yuritib, unda katta qurilish ishlari olib boriladi. Ellin davrida ark qismida bir necha xonalardan tashkil topgan minorasifat imorat barpo etiladi. Aynan mana shu davrda Afrosiyobdagi kabi kvadrat gishtlar o'rtasida yo'lakgalereya usuldagi ikki qatordan iborat ichki mudofaa devori quriladi. Boshqa bir kohna shahar Qorgontepa yodgorligi o'rnida bo'lgan. Kohna shahar ark, shahriston va shahar atrofi qismlaridan tashkil topgan. Ark qismida antik davriga oid paxsadan o'rab olingan muhofaza devorining o'rni aniqlangan. Kohna shaharda olov ibodatxonasi faoliyat yuritgan. Samarqand Sugdning antik davri san'at namunalari terrakotik haykalchalarda o'z aksini topgan. Qollarida hol meva, o'simlik, gullar yoki o'simlik ushlab turgan hosildorlik ayol ma'budalarining haykalchalaridan iborat. Ust bosh kiyim kechagi turli holatlarda tasvirlangan. Musiqa asoblari bilan tasvirlangan ayol va erkaklarning haykallari ham uchraydi. 88 Buxoroda antik davri yirik shahar markazlar yaxshi o'rganilmagan. Qishloq tipidagi manzilgohlarning ikki turi ajralib turadi. Qizilqir I Setaloq II, Romish manzilgohlari arxeologik jihatdan nisbatan yaxshi o'rganilgan yodgorliklari hisoblanadi. Qadimgi Buxoro shahrining antik davrining qaysi bosqichida shakllanganligi togrisidagi aniq arxeologik ma'lumot yaxshi o'rganilmagan. Janubiy Sugd hisoblangan Qashqadaryo vohasi ikki xil tabiiy-geografik sharoiti va relefidan iborat mikrovohalardan tashkil topgan. Bu o'lka moddiy madaniyatiga ko'ra umumiy va xususiy jihatlariga ega bo'lgan alohida arxeologik majmualardan tashkil etadi. Tog va tog oldi pastekisliklari iborat Qashqadaryo-ning yuqori oqimi va har tomondan dasht va cho'llar bilan o'ralgan uning o'rta oqimi hududlaridan tashkil topgan. M.H.Isamiddinov, N.K.Krashennikova, R.H.Suleymanov, A.S.Sagdullayev, M.Е.Masson, S.K.Kabanov, S.Raimqulov, M.H.Hasanov, G.Ya.Dresvyankaya, A.V.Omelchenko va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari amaliy natijasida vohaning antik davr tarixidan darak beruvchi ma'lumotlar to'plangan. Pahlaviy, yunon-rim va xitoy yozma manbalarida keltirilgan ayrim toponimlar (Nautaka, Ksenippa va Kish, Nikshapiya) zamonaviy tadqiqodchi olimlar tomonidan Qashqadaryo vohasining ma'lum hududlari bilan qiyoslangan. O'tgan asrning oxirlariga qadar antik davri yunon-rim mualliflari yozma manba ma'lumotlarida tilga olingan Nautaka va Ksenippa viloyatlari o'z davrida S.K.Kabanov tomonidan Kesh va Naxshab vohalariga qiyoslanib, u boshqa hududning qadimgi tarixi bilan shugullanuvchi boshqa olimlarlar tomonidan ma'qullangan. Janubiy Sugdda antik davri yirik markazlaridan Еrqorgon yodgorligi arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. U qudratli mudofaa tizimi va aniq rejaga asoslanib ikki kator mudofaa devori bilan mustahkamlangan. Ichki mudofaa devori 40 ga, tashqari mudofaa devori 150 ga maydonni o'rab olgan. Sitadel shaharistonning shimoliy qismida joylashgan bo'lib, 90x60 metr hajmda ark mudofaa devori mudofaa burjlari va shinaklar bilan kuchaytirilgan. Bu erdan mil.avv. III-IV asrlarga oid ma'muriy bino o'rni hamda III-IV asrlarga oid ibdatxona o'rganilgan. Ibodatxonaning markaziy toatibodat qilinadigan xonasi yirik hajmda bo'lib, ustunlari ostida yopilgan va uning devorlari haykalchalar va rang tasvirlar bilan bezatilgan. U erdan tutatqi idishlar, oyna, ilon va qurbaqa tasvirlari topilgan. Ibodatxona ko'rinishidan olov va suvga siginuvchilar uchun xizmat qilgan. Shuningdek, Еrqorgondan kulolchilik mahallalasining o'rni aniqlangan bolib, u ilk temir davri devori tashqarisida joylashgan. Еrqorgonning tashqi devori V asrda shahar maydoning kengayishi bilan barpo qilinib, umumiy maydoni 150 ga. ga etadi. Tashqi shaharning shimoliy-garbida ko'cha bo'yida temirchilar ustaxonasi paydo bo'ladi. Ulardan temir eritish o'chogining o'rni, mahsulot tayyorlashga temir xom ashyolari topib o'rganilgan. Tashqi shahar muhofaza devorining har oltmish metrida barpo etilgan. Jami 60 ta muhofaza burjlari tashkil etadi. Ichki shahar mudofaa devorlari 24 metrli paxsa poydevor ustida IV asrlarda kayta tiklanadi. Devor tashqarisida yo'lakcha qoldirilgan. Tashqi devor xom gishtdan 8 metr qalinlikda barpo qilinib, 8 m yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan, iski devor esa paxsadan barpo qilingan. Shahar arki aloqada muhofaza devori va burjlariga ega. 89 Qarshi vohasidagi mil.avv. II-I asrlarda o'ziga xos yirik shahar markazi bu Qalai Zahoki Maron yodgorligida o'z aksini topgan. Bu uchta qismlardan iborat bo'lib ularning har biri alohida mudofaa devorlari bilan o'rab olingan. Uning umumiy maydoni 225 gektarni tashkil etib, ichki qala qismi 1 ga, ikkinchi xalqasi 43 ga.dan ortiq maydonni egallagan. Mudofaa devorlarida burjlar uchramaydi. Manzilgohning ikkinchi devorida IV-V asrlarda ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Manzilgohning markaziy qalasida VII asrlarga oid kichik mulkdorlar qasri barpo etiladi. Ko'rinishdan manzilgoh ilk o'rta asrlar davrida shahar sifatida rivojlangan. R.H.Suleymanovning fikriga ko'ra yirik va o'ziga xos me'moriy-mudofaa an'anasiga ega shaharning Qarshi vohasida paydo bo'lishi Sirdaryoning quyi oqimida Chirikrabod madaniyatining inqirozga uchrashi natijasida Orolbo'yi saklarining Sogdiyonada siyosiy doirani egallashi bilan bogliq bo'lgan. Malumki, mil.avv. II asr Sirdaryoning quyi oqimi deltalarida ekologik inqiroz tufayli Babishmulla, Chirikrabod madaniyat inqirozga uchrab, u erdagi aholi turli joylarga ko'chishga majbur bo'ladi. Ularning bir qismi Parfiyaga, boshqa bir guruhi esa Sirdaryoning o'rta oqimi, ya'ni Toshkent vohasiga kelib joylashgan bo'lsa, boshqa bir guruhi Qashqadaryo vohasiga kelib o'rnashgan. Qashqadaryo vohasining sharqida Kitob shahrining qadimgi o'rni 40 ga ortiq bo'lgan. Shaharlarning sitadeli (may. 1 dan ortiq) kulolchilar mahallasi aniqlangan. Ba'zi bir tadqiqotchilarning fikriga ko'ra qadimgi Kesh Qanglarining janubiy viloyati bo'lib, yozma manbalarda keltirilgan Qang-Susega togri keladi. Lekin Qashqadaryo vohasining Kushonlar davlati tarkibida bo'lgan, degan fikrlar ham mavjud. Qashqadaryo vohasining sharqida Kitob shahrining qadimgi o'rni 40 ga ortiq bo'lgan. Shaharlarning sitadeli (may. 1 gektardan ortiq) kulolchilar mahallasi aniqlangan. Qadimgi Kesh Qanguy davlatining janubiy viloyati bo'lib, yozma manbalarda uning tarkibida keltirilgan beshta viloyatlardan biri - Si-sega qiyoslanadi. R.H.Suleymanov mazkur qiyosni boshqa tomondan ma'qullaydigan fikrni bildiradi. Lekin, boshqa bir guruh olimlar Qashqadaryo vohasi Kushonlar davlati tarkibiga kirgan, degan fikrlarni ilgari surishga harakat qilishadi. Xorazm. Nemis olimi Markvart (1901) Gekateyning “Parfiyaliklardan sharqda joylashgan xorasmiylar” haqidagi ma'lumoti va Akes daryosi togrisidagi hikoyasi va 16-satraplik togrisidagi ma'lumotlarni umumlashtirib, Katta Xorazm muammosini o'rtaga tashlaydi. Strabon Arshakiylar sulolasiga asos solgan “parn-dahlar Meotida (Orol dengizi)ning narigi tomonida istiqomat qiluvchi dahlar o'lkasidan) quyi Sirdaryodan kelib chiqqanligin yozib qoldirgan. Shuningdek, u Arshak Tiridatning Salavka II qo'shinlaridan qochib, apasiaklar (Xorazmning shimoliy qo'shinlari) huzuriga borganligi togrisida xabar beradi. Arshakiylar sulolasiga asos solgan aka-ukalar dastlab ma'lum darajada Xorazmga tobe bo'lgan Orolbo'yi dahlarining boshliqlari bo'lganlar, dahlar esa Tajang daryosi havzasiga ko'chib o'tgach, Xorazm etakchilik qilgan massaget birlashmasining madadiga tayanib, qo'zgalonni boshlab yuborganlar. Xorazm hududidan milodning boshlariga oid old tomonida hukmdor tasviri va orqa tomonida esa tamga tushirilib zarb qilingan tangalar Qanguylarning vassali sifatida rivojlangan, degan xulosaga kelish mumkin. Beruniy keltirgan ma'lumotlarga ko'ra 305 yilda Xorazm afrigiylar sulolasi tomonidan mustaqil boshqarilgan. 90 O'lkaning bu davrga oid arxeologiyasi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi (XAEE) va boshqa ekspeditsiyaning ilmiy izlanishlar natijasida yaxshi o'rganilgan. Bu davr manzilgohlarining qadimgisi ahamoniylar davri shahar va qishloqlari taraqqiyotining etishi bilan bogliq. Antik davri jamiyati rivojlanishi o'lka ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashishiga olib keladi. Natijada ularning markazi sifatida yirik shaharlarning rivojlanishi va yangilarining paydo bo'lishi sodir bo'ladi. Ilgari shakllangan Ko'zaliqir va Qalaliqir kabilardan tashqari Jonbosqala, Tuproqqala, Turpoqqal'a, Qariqizqala, Qoyqirilganqala, Hazorasp va boshqa shular kabi shahar turidagi manzilgohlar taraqqiy etadi. Xorazmning bu davrga oid kohna shaharlari O'rta Osiyoning boshqa hududlarinikidan shakli jihatdan keskin farq qiladi. Ularning ayrimlarida ark qismi mavjud. Shuningdek, shahriston mudofaa devori atrofida hayot shakllanmagan va shaharda kam hollardagina hunarmandchilik ishlab chiqarish mavjud bo'lgan. Keyingi yillarda Hazorasp xarobalarida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida mazkur belgilarning ayrimlar shahar uchun xos ekanligi ma'lum bo'ldi. Umuman o'lkaning antik davrida ma'lum reja va mudofaa tizimi asoslangan shahar markazlar paydo bo'ladi. Yirik shahar markazlari uchun saroy va ibodatxona komplekslar, shahar ichkarisidagi uy-joy imoratlari xosdir. Xorazmning antik davriga oid Qoyqirilganqala nisbatan yaxshi o'rganilgan yodgorliklardan biri sanaladi. Unda o'tgan asrning 50-yillarida S.P.Tolstov tadqiqot ishlarini olib borgan. 42 diametrdan iborat aylana shakldagi minorasimon inshootdan tashkil topgan me'moriy majmua. Atrofi 9 ta minoradan tashkil topgan mudofa devoriga ega bo'lib, 8 metr balandlikda saqlanib qolgan. U mil.avv. IV-milodiy asrlarga oid ibodatxonaobservatoriya vazifasini bajargan. Majmua xonalarining birida yirik xumlar joylashgan. Ibodatxonaning asosiy zallarida mahalliy ma'budalar haykalchalari topilgan. Shuningdek, haykal shaklidagi ossuariylar va sopollar sirtiga xojalik hisoblari bitilgan yozuv namunalari aniqlangan. Tuproqqala Xorazmning so'nggi antik davriga oid yodgorliklaridan sanaladi. Aqchahonqala (Qozoqliyotganqala). Beruniy tuman Ozod fermer xojaligi hududida joylashgan yodgorlikda o'nga yaqin turli darajadagi qazishmalar amalga oshirilgan. Kvadratsimon shaklldagi maydon taxminan 56 ga. bo'lib, umumiy muhofaza devoriga ega bo'lgan kohna shahar yuqori va quyi qalalardan tashkil topgan. Quyi qala kvadratsimon shaklli quyi qala 50 ga. dan iborat joylashishi dunyo tomonlariga mos keladi. Ikki qator muhofaza devorlariga (tashqisi-1,7m., ichkisi 2,1m., oq otish galereyasi 2,3 m.) Muhofaza devori tashqarisi bo'ylab kvadrat shaklli 11,6x11,6x4,8 o'lchamdagi, burchaklarida esa 6,6x6,6 m. o'lchamdagi burjlar barpo qilingan. Muhofaza devori 41-43x41-43x11-14 sm. Xom gishtlardan barpo etilgan. Devorda va burjlarda jangavor shinaklar bilan ta'minlangan. Muhofaza devori va 10 m. dan iborat xandak orasida “proteyhizm” yoki berma qoldirilgan. Qalaga kirish darvozasi shimoliy-sharqiy devor o'rtasida bo'lgan. Quyi qa'laning shimoli-harbiy burchagida kvadrasimon shaklidagi 11 ga. maydonni egallagan yuqori qala joylashgan. Yuqori qala ham quyi qala qurilish usilida barpo etilga alohida muhofaza devoriga ega. Qalinligi pastdan 7,5-8,5 m. koridor, mudofaa burjlari va jangavor shinaklardan tashkil topgan muhofaza devori yuqorida keltirilgan kvadrat gishtlar va paxsa aralash terilgan. 91 Qalaning eng yuqori qismida alohida joylashgan tepalikdagi keng hovli (28x16 m.) tagkursi ustida xom gishtlardan (40-44x10-13 sm) barpo etilgan imoratga pandus orqali chiqilgan. Bu erdagi topilmalar orasida tosh ustun taglar muhim o'rin egallaydi. qalaning shimoliy qismidagi xom gishtdan barpo etilgan hovli (55x60 m.) dan ham tosh ustun taglari, loydan yasalib, ustiga alebastr yuritilgan haykalchalar topilgan. Qalaning sharqiy qismidagi uchinchi bir imorat (100x80 m) xom gishtlardan ko'tarilgan alohida muhofaza devoriga ega. Aqchahonqala shimolida qalinligi 2,8 m. Qalinlikdagi devor qoldiqlari aniqlanib, 5 km. masofagacha kuzatilgan. Bu devor kichik xojalik vohasini muhofaza qilgan bo'lish mumkin. Arxeologik qazishmalar jarayonida mil.avv. IV asr - milodiy IV asrlarga oid sopollar majmuasi, antropomorf va zoomorf shaklli haykalchalar bo'lib, budda, ehtimol bodhisatva haykalchalaridan iborat. Gishtlarda tamgalar uchraydi. Bu erdan qisman so'nggi arxaik davri sopollari uchraydi. To'rt tomonida darvozalar o'rin olgan. Darvozalar adashtirma devor yo'l va qoshimcha devor bilan mustahkamlangan. Unda “Yuz ustunli ibodatxona”, undan janubroqda tomonlari 43x43 metrdan iborat shoh saroyining o'rni aniqlangan. Uning devorlariga chizilgan rasmlar orasida shohona kiyim, boshida toji bilan tasvirlangan shaxsning tasvirlari, yozuv namunalari ham ahamiyatlidir. Amalga oshirilgan tadqiqotlar manzilgohning qadimgi Xorazmning poytaxti, degan qarashlarni ilgari surmoqda. Yirik shahar markazlaridan Tuproqqala Xorazmning madaniy-ma'muriy markazi bo'lgan. Manzilgohdan saroy ibodatxonalar va uy-joy imoratlarining o'rni ochib o'rganilgan. Loydan yasalgan haykalchalar, xususan Xorazmshohlar va ularning ajdodlari tasviri tushirib ishlangan haykalchalar va devorlardagi rang-tasvir namunalari Xorazmning qadimgi davr boy san'at namunalaridan darak beradi. Bu erda sopollar sirtiga bitilgan yozuv namunalari bir tomondan qadimgi Xorazm Yozuvini ikkinchi tomondan esa xojalik xususiyatlarini o'rganishdagi muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Qurol-yarog yasash ustaxonasi esa davlatning kuchli harbiy qudratga ega ekanligidan dalolat beradi. Qadimgi Choch. Qadimgi Choch-Chirchiq vohalaridan tashkil topgan hozirgi Toshkent viloyati hududidan iborat o'lka. Choch tarixiga oid aniq ma'lumotlar qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida uchraydti. Tarixchi Strobonning “Geografiya” asarida keltirilgan ma'lumotlarda mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida Yaksart (Sirdaryo) ortidagi erlarda jangavor ko'chmanchi sak qabilalari istigomat qilganligi keltiriladi. Boshqa bir mullif Dionisiy Periegit asarida Selevkiylar sarkardasi Demodam daryo ortiga (Yaksart) yurish qilib, qala shaharga asos solganligi togrisidagi ma'lumot mavjud. Bu voqea kamida mil.avv. III asr boshlarida sodir bo'lgan. Bu shahar akademik Yu.F.Buryakovning fikriga ko'ra hozirgi Qanqa yodgorligining dastlabki o'rnida (maydoni 6,5 gektar) bo'lgan. Bu yodgorlikning eng qadimgi o'rni aniq reja asosida, ya'ni togri to'rtburchak shaklda ellinlar o'lchamidagi kvadrat gishtlardan barpo qilingan. Shaharning bir qismida ark joylashgan. Shahar uch tomondan mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Mudofaa devorlarida togri to'rtburchak minoralar, galareya va ularda joylashgan shinaklar o'rganilgan. Devor tashqarisida suv to'ldirilgan chuqur va keng xandak joylashgan. Devor bilan xandak o'rtasida “berma” yoki “proteyhizm” qoldirilgan (“berma” yoki “proteyhizm”-dushmanning Qarshiligini sindirish maqsadida 92 mudofaa devordan xandakga tomon biroz bo'rtib chiqqan joy). Ark bilan shahar o'rtasida ham xandak qazilgan. Shahar arkiga shimoli-sharqiy tomondan pandus orqali kirilgan. Shahar darvozasi janubi-garbda joylashgan. Darvozaning ikki tomonida soqchilar turadigan burjlar (minora)o'rin olgan. Xandakdan ko'tarma ko'prik orqali o'tilgan. Keyingi davr tarixi bilan bogliq voqealar tavsiloti bilan Xitoy manbalari orqali tanishish mumkin. Chjan Szyan (mil.avv. II asrning ikkinchi yarmi) keltirgan ma'lumotlarda o'lka Yuni nomi bilan tilga olinib, uning Qanguylar davlati tarkibiga kirganligi ta'kidlanadi. Keyingi davr xitoy manbalarida Shi, Chjeshi (Chjesi) shaklida keltirilgan. O'lkada dastlabki shahar (Kanka) yuqorida ta'kidlanganligi kabi mil.avv. III asr boshlarida shakllanadi. Mil.avv. III asr ortalarida vohaga Sirdaryoning quyi oqimi hududidan ilgari shaharsozlik an'analari bilan tanish bo'lgan qabilalarning ko'chib kelib joylashishi kuzatiladi. Bu erda mahalliy Burgulik, ko'chmanchi sak qabilalari va Jetiosar madaniyati qisman o'lkaga ellin madaniyati an'analarining kirib kelishi bilan antik davrida o'ziga xos madaniyat shakllanadi. Arxeologik jihatdan vohaning antik davri dastlabki o'rganilgan yodgorlikga nisbatan Qovunchi madaniyati nomi bilan yuritiladi. Qovunchi 1 (mil.avv. III asrning ikkinchi yarmi-milodning boshiga qadar) Qovunchi 2 (milodning I asridan-IV asrlar boshi). Vohada antik davriga oid 13 ta yodgorlikni Yu.F. Buryakovning taxminlariga ko'ra qadimgi shahar sirasiga kiradi. Ulardan Qovunchitepa, Kindiktepa, Shohruhiya, Kavardan, Honobodtepa, Quloqchintepa, Kugaiytepa, Mingo'rik, Shoshtepa va boshqalarni qayd etish mumkin. Vohaning dastlabki shahar xarobasi Ohangaron vohasida mil.avv. IV asrning oxirlari Kanka kohna shahri paydo bo'ladi. Devor ellinlar qurilishi an'anasi asosida barpo qilinib, kvadrat gishtlardan barpo qilingan muhofaza devorining o'rtasida soqchilar usun maxsus yo'lakcha (galareya) qoldirilgan va burjlar bilan kuchaytirilgan. Devor tashqarisida chuqur va keng xandak qazilgan. Taxminan mil.avv. II-I asrlarga kelib, Kanguylar davlatining ma'muriy markaziga aylangandan so'ng shahar maydoni ancha kengayib uning umumiy maydoni 150 ga etadi. Ushbu maydondagi manzilgoh, togri to'rtburchak shaklidagi xom gishtdan qurilgan mudofaa devorlari bilan o'ra olinadi. Devorning taxminan har 40-50 metrida yarim aylana shaklidagi mudofaa burjlari barpo qilinadi. Mazkur maydonni egallagan shahar eftalitlar davriga qadar rivojlanadi. Undan keyin shahar O'rta Osiyoning boshqa ba'zi shaharlarida kuzatilganligi kabi maydoni ancha qisqaradi. Sirdaryoning chap soxilida joylashgan Shohruhiya xarobasidir. Uning qadimgi davrdagi tomonlari 600x600 metrdan iborat bo'lib, hozirgi paytda ko'pgina qismini daryo yuvib ketgan va uchburchak shaklida saqlanib qolgan. Shoshtepa manzilgohi ibodatxona shaklidagi qurilish majmuasi bo'lib, Jetiosar diniy inshootlari bilan umumiy aloqadorligi mavjud. Qovunchi madaniyatining keyingi bosqichida Mingo'rik manzilgohining shakllanishi kuzatiladi. Manzilgoh 35 gektardan iborat maydonni egallagan. Shahar umumiy mudofaa devoriga ega. Ark va shahriston qismlari ajralib turadi. Arkda saroy, harbiy zahira uchun mo'ljallangan imorat va boshqalarning o'rni aniqlangan. Imoratlarning devorlari turli mazmundagi rang-tasvir namunalari bilan bezatildgan. 93 Voha antik davri madaniyat bosqichlarini o'rganishda kulolchilik buyumlari muhim ahamiyatga ega. Dastlabki bosqichga oid sopol buyumlar asosan qolda yasalgan. Qovunchi 2 bosqchidan boshlab kulolchilik charxida yasalgan sopol buyumlar soni ko'payadi va shakli o'zgaradi. Bandida avval qoy keyingi bosqichda esa buqaning boshi tasvirlangan sopol buyumlari paydo bo'ladi. Ular aholining xojalik faoliyati va goyaviy qarashlari bilan an'analardan iborat bo'lgan. Voha shaharlarida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalar davomida old tomonida Choch hukmdorlarining tasviri va aks tomonida tamga tushirilib, atrofiga Sugd yozuvi berib zarb qilingan bir necha minglab nusxadagi tangalarning guvohlik berishicha o'lkada savdo-ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi nigoyatda yuqori bo'lganligini ko'rsatadi. Umuman Toshkent vohasi Fargona, Sugd va Xorazmning Jettiosar madaniyatlari bilan madaniy aloqada bo'lib umumiy va o'ziga xos tomonlari mavjud. Fargona vodiysi antik davrida. Antik davri yunon-rum yozma manbalaridagi qayd qilingan ayrim xalqlar keltirilgan mavhum xabarlarni orqali Fargonaning antik davri togrisida mulohaza yuritish qiyin. Geradotda keltirilgan parikaniylarni Fargonaga joylashtishga qarama-Qarshi fikrlar mavjud. Xitoy manbalarida keltirilgan Davan (DaYuan) uning ma'lumotlarida Davan davlati qo'shni Qanguy davlati bilan bir qatorda Xitoy qo'shinlari Qarshiligiga tura oladigan qudratli davlatlardan biri sifatida e'tirof etilgan. Yozma manbalarda davlat poytaxti Ershi shahridan tashqari yuzlab shaharlar mavjud bo'lganligi ta'kidlangan. Bu ma'lumot birinchidan, xitoyliklarning shahar tushunchasidan kelib chiqqan holat bo'lsa, ikkinchidan, Fargona vodiysida ushbu davrga oid manzilgohlar sonining ko'pligi bilan izohlash mumkin. Shuningdek, ushbu manbalarida Davanning afsonaviy uchar otlari-argamaqlar togrisida qimmatli ma'lumotlar keltiriladi. Hatto, xitoyliklar otlarni qolga kiritish maqsadida o'lkaga harbiy yurish uyushtirib, mahalliy hokimiyat ma'lum muddat ularga Qarshi tura olganligi manbalardan ma'lum. Fargona vodiysining antik davri arxeologiyasini ilmiy jihatan o'rganish XX asrning 30-yillaridan B.A.Latinin olib borgan tadqiqot ishlari bilan boshlangan. Fargona kanalini qurilish munosabati bilan arxeologik tadqiqot ishlari ko'lami kengayadi. Yu.A.Zadneprovskiy, T.G.Obolduyeva, Ya.G.Gulomov, V.D.Jukov, M.Е.Masson kabi arxeologlar tomonidan tadqiqot ishlari rivojlantiriladi. O'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot yodgorliklarni o'rganishning yangi bosqichi bo'lib, mazkur davrning boy tarixi va madaniyatidan darak beruvchi moddiy manbalarga ega bo'lgan arxeologik yodgorliklar o'rganildi. Ularni o'rganishda Yu.A.Zadneprovskiy, Baruzdin Yu.D., N.G.Gorbunova, D.F.Brikina, B.Abulgaziyeva, keyinchalik esa A.Anorboev, B.Matboboev, F.Maqsudovlar qoshilishadi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar tadqiqot ko'lamining kengayishi bilan birga mavjud ma'lumotlarni yangi metodologik yondashishga asoslangan. Antik davriga oid yodgorlik majmualarni Yu.A.Zadneprovskiy Sho'rabashat (mil.avv. IV-I asrlar-Sho'rabashat va Qoratepa bosqichlar) va Marhamat (I-IV asrlar Ho'jambog va Marhamat bosqichlari) davrlariga ajratadi. N.G.Gorbunova esa Eylaton o'rnida vujudga kelgan yangi arxeologik kompleksni Ko'gay-Qorabuloq madaniyati (mil.avv. II-VII asrlar) taraqqiyot ekanligini ta'kidlaydi. 94 Bu davrlashtirishga muvofiq uning dastlabki ikki bosqichi (ilk-mil.avv. II - milodiy I, ikkinchi bosqichi I-IV) antik davri bilan bogliq. Sho'rabashat bosqichiga oid yodgorliikning eng yirigi va yaxshi o'rganilgani shu nomdagi manzilgoh hisoblanib, u Yassi daryosi bo'yida joylashgan. Umumiy maydoni 70 ga. dan iborat. Daryodan tashqari barcha tomonlari tuproq uyumidan iborat devorlar (val) bilan o'ralgan sitadel manzilgohning sharqida joylashgan. Bundan tashqari Qoradaryo manzilgohida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Uning maydoni 10 ga. dan iborat. Moddiy madaniyat namunalaridan kulolchilik buyumlari, yoruguchoq, toshoroq, urchuqbosh va boshqalar topilgan. Kulolchilik buyumlari qolda va charxda yasalgan. Ularning sirti naqshlar bilan bezatilgan. Marhamat davriga kelib, vodiyning barcha hududlari aholi tomonidan o'zlashtiriladi. Bu davrda shaharlar soni ko'payib, turli shakldagi qishloqlar paydo bo'ladi. Marhamat manzilgohi 40 ga iborat. U mil.avv. III-II asrlarda shakllanib, I-III asrlarda o'zining rivojlangan bosqichiga etadi. Qurililishda paxsa xom gishtlardan foydalangan. Bu bosqichga oid sopol buyumlari kulolchilik charxida yupqa qilib yasalgan bo'lib, ularning sirtiga qizil angob berilgan. Bu davrda Fargona vodiysining barcha hududlari dehqonchilik bilan shugullanuvchi aholi tomonidan egallanib, bu vodiyda sugorma dehqonchilik va irrigatsiya tizimining yanada rivojlanishi bilan bogliqdir. Ustrushona. Ustrushona o'lkasi togrisida qadimgi yozma manbalarda ma'lumolar uchramaydi. Faqat antik davri mualliflari asarlarida Aleksandr Makedonskiyning Yaksart (Sirdaryo) bo'yiga yurish qilib, bu erdagi Eron shohi Kir tomonidan asos solingan Kiropol shahrini vayron qilgach uning o'rnida barpo ettirgan mustahkam qalani Aleksandriya EShata nomi bilan ataganligi togrisidagi ma'lumotlar saqlangan. O'lkaning antik davri manzilgohlari nisbatan yaxshi o'rganilmagan. Bu davrda Ho'jand kohna shahri, O'ratepa (Mugtepa), Munchoqtepa va Shirin kabi shahar turidagi manzilgohlar faoliyat yuritgan. Xo'jand kohna shahrida aniqlangan madaniy qatlamlarga ko'ra hayot milodning boshlariga qadar davom etgan. Shirin manzilgohining quyi qatlami sopollari mil.avv. IV asrlarga oid bo'lib, tadqiqotchi olimlarning taxminlariga ko'ra milodning birinchi asrlarida shaharga aylangan. Umumiy maydoni 10 ga. ni tashkil etgan. Mug (O'ratepa) manzilgohi ham taxminan mana shu davrda shakllangan. Sirdaryo bo'yida joylashgan Munchoqtepa manzilgohi nisbatan yaxshi saqlangan. U togri to'rtburchak shaklli 4 ga. dan iborat manzilgohni bo'lib, daryo suvi muntazam yuvib turganligi tufayli maydon qisqarib ketgan. Shimoliy-sharqida nisbatan baland joyda joylashgan 70x40 m. Qismi ko'rinishidan kohna shaharning ark bo'lgan. Manzilgoh xom gishtlar bilan terilgan devorlari bilan muhofaza qilingan. Shirin va Mugtepa (O'ratepa) manzilgohlari o'rnida ham milodning birinchi asrlarigacha hayot davom etgan. 95 Tortinchi bolim. O'RTA ASRLAR DAVRI I.Bob. Ik o'rta asrlar O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlar davri umumiy tavsifi. O'rta Osiyo hududida ilk o'rta asrlar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarida muhim o'zgarishlar jarayoni kechadi. Antik davrining yirik kushonlar imperiyasi ichki ziddiyatlar va tashqi ta'sirlar mamlakatni oxir oqibat inqiroziga olib keladi. Shimoliy o'lkalarni o'z ta'sirida ushlab turgan Qanguylar davlatining ham bu davrda qudrati susayib, tarkibidagi kichik ma'muriy bo'linmalar o'rnida mahalliy mustaqil davlatlarning qaror topishi bilan yakunlanadi. Umuman olganda O'rta Osiyoning III-V asrlar davomida uzluksiz davom etgan siyosiy inqirozlar va toboro kuchayib borayotgan er egaligi munosabatlari mintaqada feodal tarqoqlik jarayoni kuchayib, alohida mulkliklar egalarining mustaqil boshqarishga harakati natijasida kichik davlatlar vujudga kelishiga zamin yaratilib, keyingi asrlarda aniq namoyon bo'ladi. Yozma manbalarda O'rta Osiyo hududida V-VI asr boshlarida 15 ta, VI asr o'rtalarida esa 21 ta davlatlar togrisidagi ma'lumotlar keltirilib o'tilgan. Bunday oqibatlar shahar madaniyati taraqqiyotiga ham o'zining salbiy ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Ayrim shahar markazlarida hayot butunlay to'htagan bo'lsa, boshqa bir yirik markazlarning faoliyati susayib, hududi keskin qisqarib ketadi. Bunday holatni O'rta Osiyoning ayrim yirik shahar (Marv, Afrosiyob, Qanqa va b.) markazlari kuzatish mumkin. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida kechayotgan jarayonlar moddiy madaniyat qiyofasida ham muhim o'zgarishlar yasalishiga sabab bo'ladi. Bu birinchi navbatda aholi yashaydigan manzilgohlarda; ularning tuzilishi qurilish shakllari, usullari va ayrim texnologik o'zgarishlarida namoyon bo'ladi. Bunday o'zgarishlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir bo'layotgan tub o'zgarishlari aniqrogi toboro kuchayib borayotgan er egaligi munosabatlarning qaror topayotganligidan dalolat beradi. Jamiyatning yangi a'zolari manfatlari talablariga toliq javob beradigan yashash manzillari: mustahkam muhofazaga ega qala-qorgonlar, qorgonchalar va ko'shklar 96 paydo boladi. Ular bir tomondan jamiyatda o'sib kelayotgan yangi mulkdor tabaqa vakillari bo'lgan er egalarining qarorgohi bo'lsa, ikkinchi tomondan yirik er egasiga tegishli kichik bir mikrovohani tashqi dushmandan himoya qiladigan tayanch nuqtasi vazifasini bajargan. O'rta Osiyoning otroq dehqonchilik vohalariga muntazam kirib kelib joylashgan ko'chmanchi chorvador qabilalari (kidariylar, xioniylar, eftaliylar) o'lkaning ijtimoiysiyosiy hayotida sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Ayniqsa, eftalitlar davrida ma'lum markazlashgan davlatning qaror topishi O'rta Osiyoda susayib qolgan iqtisodiy va madaniy aloqalarning tiklanishi va taraqqiyotiga olib keladi. Birinchi ming yillikning o'rtalariga kelib mintaqada Turk xoqonligi ta'sirining kuchayishi bilan Uzoq Sharqdan Vizantiyagacha bo'lgan juda katta hududda tashqi savdo aloqalarning yuksalishiga olib keladi. Buyuk Ipak yo'lida xalqaro savdo aloqalarining qaytadan kuchayishi o'z navbatida hunarmandchilik ishlab chiqarish taraqqiyotining yuksalishi sabab bo'ladi. Natijada yirik shaharlarning iqtisodiy ishlab chiqarish markaz sifatidagi ahamiyati ortib boradi. Hunarmandchilik taraqqiyoti togkon ishlarining jadallashishi, metallar qazib olish ko'lamining kengayishiga olib keladi. Bu sohada Choch va Iloq vohalari Chotqol-Qurama tog-kon ishlab chiqarish tumanlarida foydali qazilmalarni o'zlashtirish ishlari nisbatan yaxshi rivojlanadi. Agar ilk o'rta asrning dastlabki bosqichlarida metallurgiya ishlab chiqarishi kon qazib olinadigan hududlar yaqinida to'plangan bo'lsa, keyinchalik yirik shahar markazlarida jamlanadi. Antik davrining oxirlaridan boshlab xalqaro savdosida Sugdlik savdogarlar mavqiening ortib borishi bilan Еttisuvda va Xitoyda ko'plab savdo faktoriyalariga ega bo'la boshlaydilar. O'rta Osiyoda Turk xoqonligi ta'sirining kuchayishi Uzoq Sharqdan Vizantiyagacha bo'lgan Buyuk Ipak yo'lidagi xalqaro savdo nazorati turk hukmdorlari tasarrufiga o'tishi tashqi savdo munosabatlarining barqarorlashuvini ta'minlaydi. O'rta asrlar davriga oid Xitoy yozma manba (Syuyan Szyan va Tanshu) ma'lumotlarida O'rta Osiyoning otroq dehqonchilik vohalarining har birida bir necha o'nlab shaharlar va bir necha yuzlab qishloqlar togrisidagi xabarlar keltiriladi. Yozma manba mualliflari tushunchasida shahar tushunchasi muhofaza devorlariga ega bo'lgan manzilgohlarga nisbatan belgilangan. Bu davrda irrigatsiya tizimi takomillashib, yangi erlar o'zlashtiriladi. O'rta Osiyoning tog oldi hududlari ham mana shu davrdan boshlab muntazam o'zlashtirila boshlaydi. Qishloq xojaligi taraqqiyoti o'zining yuqori cho'qqisiga ko'tariladi. Bogdorchilik xojaligi jadal rivojlanadi. Ilk o'rta asrlar davri feodal davlatlari avvaliga eftalitlar, keyin Turk xoqonligiga rasman tobe bo'lsada, markaziy hokimiyatga soliq to'lash bilan cheklanib, amalda mustaqil siyosat yuritgan. O'rta Osiyo erlari VIII asrlarga kelib arablar tomonidan zabt etilib xalifaliga tobe bo'lib qoladi. V-VII asrlarda uzluksiz olib borilgan harbiy yurishlarga qaramasdan mahalliy erlik aholisining yaratuvchilik faoliyatini davom ettirib, yuksak darajadagi madaniy taraqqiyotga erishishadi. Otroq dehqonchilik vohalarida yangi shaharlar ko'payib, ularning maydoni muntazam kengayib boradi. Bu davr shaharlarning bir qismi antik davri shaharlarining davomi sifatida faoliyat yuritgan bo'lsa, boshqa bir qismi ilk o'rta 97 asrlarda qaror topadi. Shaharlar madaniy-iqtisodiy markaz sifatida barcha turdagi ixtisoslashgan hunarmandchilik va savdo munosabatlari rivojlanadi. Bir tomondan er egaligi munosabatlarining chuqurlashuvi, ikkinchi tomondan esa aholi sonining ko'payib borishi bilan aholi manzilgohlari manzarasining keskin o'zgarashiga olib keladi. Dehqon jamoasining oddiy qishloqlaridan tortib, alohida qismi mustahkam mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan qishloqlar, saroylar, qasrlar, qorgonlar, qorgonchalar va ko'shklar barpo etila boshlaydi. Yangi turdagi aholi manzillarining sun'iy qurilgan maxsus tag kursi (3-5 m. balandlikda) ustida joylashgan asosiy qismi odatda mudofaa devori bilan muhofazalanib, burjlar va shinaklar bilan kuchaytirilgan. Yirik er egalari o'zlashtirilgan ekin erlari hududlarida sugorish inshootlari suvni nazorat qilib turish maqsadida ularning boshida qorgon va qasrlarini barpo etishga kirishishadi. Yozma manba ma'lumotlarida otroq dehqonchilik vohalaridagi, ayniqsa markaziy shahar yaqin atrofida bir necha yuzlab shunday aholi manzillari togrisidagi ma'lumotlar keltirilgan. Mulkiy munosabatlarining kuchayib borishi moddiy madaniyat sohalarilariga ham o'zining sezilarli ta'sirini ko'rsatib, muhim o'zgarishlar yasalishiga sabab bo'ladi. Bu holat qurilish va me'morilikda koproq namoyon bo'lib, aholi manzillari manzarasidagi o'zgarishlar bilan birgalikda ularning imoratlar qurilish usullari, ayrim me'moriy echimlarida namayon bo'ladi. Kichik xonalar va tor koridor sifat xonalarning tomini yopishda gumbaz usuli keng qollanila boshlaydi. Eshiklarning ustki qismini birlashtirishda ham bu usulidan foydalaniladi. Imoratlarni qurishda xom gishtlardan keng foydalanilgan. Bu davrda pishgan gishtlardan esa uylar sathiga to'shashda foydalanilgan. Mahobatli imoratlar, davlatmand kiShilarning uy-joylari devorlarini dunyoviy, diniy va afsonaviy mazmundagi rang-tasvir namunalari, ganch va yogoch o'ymakorlik bezaklari bilan jihozlash ommaviylashadi. Xonalarning ustunlari va ravoqlar turli geometrik naqshlar, o'simlik va ularning mevalarining shakllarini o'yib bezash usuli kengayadi. Shuningdek, ganchkorlikda o'simlik va ularning mevalari, baliq, qushlar shakllarini foydalaniladi. O'rta Osiyoning VIII asrlar davri tarixi arablar bosqini va ularga Qarshi mahalliy aholi harakatlari bilan bogliq. O'lkaning arablar tomonidan bosib olinishi bilan sodir bo'lgan siyosiy jarayonlar mahalliy madaniyat an'analarining inqirozi va ma'lum muddatli susayishga sabab bo'ladi. Keyingi davr madaniyat taraqqiyoti islom dini mafkurasi talablariga mos holda tashkillashtiriladi. Umuman, O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlar davri tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi ashyoviy dalillar mintaqaning barcha tarixiy-madaniy o'lkalarida aniqlangan turli arxeologik yodgorliklarda o'z aksini topgan. Arxeologik yodgorliklari me'moriyrejaviy echimiga ko'ra quyidagi shakllari ajralib turadi. 1. Uch qismdan iborat yirik shaharlar (ark, shahriston va shahar atrofi Samarqand, Marv, Buxoro, Еrqorgon, Qanqa va b.) 2. O'rta va kichik shaharlar (ark va shahriston ayrimlarida shahar atrofi qismlari Termiz, Poykent Panjikent, Varaxsha, Kofirqal'a va b.) 3. Aylana yoki kvadrat shakldagi ko'shklar. Ular ham mudofaa devorlari, burjlar va shinaklarga ega bo'lgan. 4. Togri to'rtburchak yoki kvadrat shakldagi saroylar. Ular ayrim hollarda ikki qavatdan iborat bo'lib, uy-joy, mehmonxona va xojalik xonalaridan tashkil topgan. 98 Mehmonxonalar devorlariga mazmunan boy bo'lgan turli mavzudagi rang-tasvir bezaklari chizilgan. 5. Dehqon jamoasi uy-joylaridan tashkil topgan qishloqlar. 6. Davlatmand kiShilarga tegishli mustahkam muhofazalangan uy-qorgon-lari. 7. Diniy maqsadlarda foydalanilgan inshootlar. Qadimgi shaharlargina emas balki, o'rta asrlar davri kohna shahari va shahar turidagi yodgorliklarini o'rganish dolzarb masala sanaladi. Chunki, jamiyatning etaklovchi kuchi sifatida uning barcha jarayonlarni o'zida mujassam etadi. Shuning uchun ham asosiy etibor ularni o'rganishga qaratilgan. Qayd etilgan birinchi qisman ikkinchi guruhdagi shaharlar feodal davlatlar yoki tarixiy-madaniy viloyatlarning ma'muriy, madaniy-iqtisodiy markazi, ikkinchi guruhdagi shaharlarning asosiy qismi esa, kichik dehqonchilik vohalarining markazi bo'lgan. Shimoliy Huroson. Shimoliy Hurosonning ilk o'rta asrlar davri O'rta Osiyoning boshqa hududlarida bo'lgani kabi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va siyosiy jarayonlar ta'sirida rivojlanadi. Bu erda ilk o'rta asrlar davriga oid turli mazmundagi arxeologik yodgorliklar mavjud bo'lib, ulardan kohna shahar turidagi manzilgohlar nisbatan yaxshi o'rganilgan. Gaurqala (M.I.Filanovich) va Erkqala (Z.I.Usmanova) kabi manzilgohlarda olib borilgan arxeologik qazish ishlari o'z davri tarixi va madaniyati taraqqiyotidan darak beradi. Arxeologik ma'lumotlar sosoniylar hukmronligi davrida Gaurqala inqirozga uchrab, ba'zi joylari vayrona holiga kelib, aholi soni kamayib ketganligidan darak beradi. VI asr oxirlarida parfiya davrida barpo etilgan muhofaza devorlarida ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, VII asrga kelib inqiroz bartaraf etiladi. Bu davrda shaharda aholi uy-joy imoratlari ko'payadi va kulol hunarmandlarning mahallasi paydo bo'ladi. Shaharning to'rt tomonida darvozaga ega bo'lgan. Shahar arki Erkqalaga shahriston ichkarisidan maxsus ko'tarma yo'lakcha orqali kirilgan. Uning arablar bosqiniga bo'lgan imoratlar, xususan, qala-saroy, arsenal va zindon kabi imoratlar aniqlangan. Arablarning O'rta Osiyoga harbiy yurishlarida Marv shahri xalifalikning tayanch nuqtasi vazifasini bajargan. O'lka xalifalik tarkibiga kiritilgandan so'ng shahar markaziy hokimiyat noibining ma'muriy markazi aylantiriladi. Marv vohasida Durnali, Chongli, Uli Kishman kabi mavqei jihatdan keyingi o'rindagi shaharlar, Seraxs vohasida shu nomdagi shahar Kopetdog oldi hududida Hisrovqala shahri faoliyat yuritgan. Oxiridagi har ikkala shahar ikki qismli bo'lib, Parfiya davrida paydo bo'lgan. Shuningdek, er egalarining ixcham qasrlari, uyqorgonlari, diniy inshootlar aniqlanib, qisman qazishma ishlari olib borilgan. Aholining asosiy mashguloti sugorma dehqonchilik tashkil etgan. Asososan dukkakli ekinlarning ko'pgina turlari, poliz, texnika yogli o'simliklar etishtirish va bogdorchilik yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi sohasida kulolchilik, metallarga ishlov berish, toqimachilik, suyaklarga ishlov berish, zargarlik va boshqalarning taraqqiyot darajasidan darak beruvchi aniq arxeologik ma'lumotlar mavjud. Ilk o'rta asrlarning barcha bosqichlari uchun xos sopollar mavjud. Gaurqaladan ikki xonal aylana shakldagi 10 dan ortiq xumdonlar aniqlangan. Dastlabki bosqichda 99 sifati ancha past bo'lgan sopollar yaxshi pishirilmagan. Koproq noksimon, tuxumsimon, sharsimon shaklli tor va keng bogizli ko'zalar hamda chuqurroq likopchalar ko'payadi. V-VII asrlar davri sopollarining sifati oshadi. Ular asosan obdon tindirilgan loylardan yasalib, pishirish harorati ancha yuqori bo'lgan ko'kimtir va och sariq ko'zalar, vazalar hamda tuvaksimon shakldagi chuqur idishlardan iborat. Arablargacha buddaviylik, zardushtiylik, xristianlik inshootlari aholi o'rtasida diniy erkinlikdan dalolat beradi. Hatto, Marv o'z davrida moneylikning markazi bo'lgan. Ilk o'rta asrning boshlarida antik davrida urf bo'lgana ayol ma'budalari bir turdagilari “ona-ma'buda” boshqa turdagisi “qiz-ma'buda” larning nisbatan soddalashgan shakllari paydo bo'ladi. Erkak, otliq va ot tasvirlari vujudga keladi. Otlarda osmon jismlari: quyosh, oy va hoch tasvirini tushirishib, koinot tushunchalari bilan bogliq dunyo qarashidan dalolat beradi. V-VII asrlarda koroplastika san'ati o'z ahamiyatini yoqota borib qolda sodda qilib yasalgan otliqlarning shakllari egallaydi. VI-VII asrlarda davri zoomorf, antropomorf, o'simlik va yozuvlar tushirilgan bullalar keng tarqaladi. O'rta Osiyoning yirik tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri bo'lgan Huroson o'lkasida ilk o'rta asrlar davri jarayonlari hozirga qadar amalga oshirilgan arxeologik qazishma ishlarida imkoniyat darajasida yoritib berilgan. Sugd. Sugd Xitoy manbalarida Chu daryosidan Boysun tog tizmalarigacha bo'lgan hudud tushunilgan bo'lib, undagi 8 ta mulkli yoki tarixiy-madaniy viloyat togrisidagi ma'lumot keltirilgan bo'lsa, nisbatan keyingi davr (X-XIII asrlar) arab manbalarida esa Samarqand va Buxoro Sugdlari togrisida ma'lumot berilgan. Shimoliy Sugd. Sugdning markazi Samarqandning ilk orta asrlar davri xarobalari Afrosiyob o'rnida antik davri shahri davomi sifatida o'z aksini topgan. Shaharning umumiy maydoni 220 ga, shahar IV-V asrlarda ikki qator qudratli mudofaa devorlariga ega bo'lgan. Mudofaa burjlari shaxmat kataklari shaklida joylashgan. VIVII asrlarga kelib, shahar ikki qatordan iborat yangi mudofaa devorlari bilan o'ralib, shahar maydoni kengaytiriladi. Shaharda bir necha darvoza bo'lgan. Ularning ba'zilarida mudofaa burjlari aniqlangan. Arablar istilosi davrida mahalliy aholi ommaviy shahar tashqarisiga chiqarilib, shaharda rivojlanishida turgunlik jarayoni kechadi. VIII asrning ikkinchi yarmida quvilgan shaharliklarning qaytib kelishi shaharning yanada o'sishiga olib keladi. Bu darda Samarqand to'rt qism: ark, ichki shahar, tashqi shahar va rabodlardan tashkil topib, hududi antik davridagiga nisbatan bir necha barobariga kengayadi. Shahar tashqarisida mulkdor er egalarining yuzlab ko'shklari bo'lgan. Zarafshon daryosining yuqori oqimi joylashgan Samarqanddan 60 km. sharqda joylashgan hozirgi Panjikent shahri yaqinida ilk o'rta asrlar davriga tegishli Sugdning yirik shahar markazlaridan biri bo'lgan Panjikent kohna shahri xarobalari arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan manzilgoh hisoblanadi. Manzilgoh ark, shahriston, imoratlardan tashkil topgan shahar atrofi va nekropollardan iborat. Shahar arki shahriston bilan chuqur soy orqali ajralib, baland sahni ustida barpo etilgan. Unda mahalliy hukumdorlarning saroyi ochib o'rganilgan. Shahristonda parallel joylashgan ko'chalar bo'ylab uy-joy, xojalik, savdo hunarmandchilik imoratlari barpo qilingan. 100 Dastlab manzilgohning ark qismida V asrda atrofi muhofaza devori bilan o'rab olingan imorat paydo bo'ladi. V asr oxiri-VI asr boshlarida shahar maydoni kengaytirilib, yangi muhofaza devori barpo etilib, umumiy maydoni 13,5 ga. bo'ladi. Ark qismida bir necha hashamatli xonalardan tashkil topgan mahalliy hukmdorlar saroyi arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. Saroyning hashamatli xonalari mazmunan boy rang-tasvir bezaklari va yogoch o'ymakorligi bezak naqshlariga ega bo'lgan. Arkdan chuqur jarlik bilan ajralib turgan shahriston qismida tigiz joylashgan uyjoy imoratlarining asosiy ko'pchilik qismi shaharlik zodagonlarga tegishli bo'lgan. Yogoch ustunlarga asoslangan keng ko'lamli xonalari devorlari diniy va dunyoviy mazmundagi rang-tasvirlar bilan bezatilgan. Uylardan birining devorlarini bezab turgan tasvirlar orasida birinchi qatordagi Sugdlik zadagonlarning kundalik hayotidan lavhalar, jang tasvirlari, bazm ko'rinishlari, ikkinchi qatorda esa otliq askarning ajdar o'rtasidagi kurash tasviri diqqatga sazavor bo'lib, xalqimizning botir qahramonlari togrisidagi rivoyatlar bilan bogliq tasvirlar bo'lishi mumkin. Shahar ichkarisida ikkita ibodatxonalar majmuasi joylashgan bo'lib, ularning har biri ichki va tashqi hovlidan tashkil topgan. Asosiy ibodat majmuasi ichki hovlida baland tag kursi ustida barpo etilgan. Ibodatxonada odatda uch tomondan aylana tor yo'lakcha bo'lgan. Ibodatxonalar birining harbiy devorida haykalcha turishi uchun mo'ljallangan tokcha qoldirilgan. Ibodatxonada muqaddas olov doimiy yonib turgan. Ibodatxona devorlarini bezab turgan rang-tasvirlarning ko'plab namunalari aniqlangan. Ulardan afsonaviy va diniy mazmundagi xudolar, donatorlar, bazm marosimi va boshqa jarayonlar zo'r mahorat bilan ishlangan. O'rta asrlar davri hunarmandchilik ishlab chiqarishi va uning savdosi bilan hunarmandlarning o'zlari shugullanishgan. Ko'chalar bo'ylab joylashgan kichik hunarmandchilik ustaxonalarida tayyorlangan mahsulotlari tashqarida bostirma ayvonlarida hunarmandlar tomonidan sotilgan. Bu erdan temirchilar, zargarlar, shishasoz va kulollar ustaxonalari aniqlangan. Hunarmandlar mahallasidan temirchilar, bronza ishlov berish va zargarlik ustxonalari aniqlangan. Shahar tashqarisida shaharliklarning qabristoni joylashgan. U erda o'rin olgan nauslarda ossuariylar aniqlangan. Ossuariylarda zardushtiylar e'tigodi bo'yicha dafn marosimlari bilan bogliq bo'rtma tasvirlar aks ettirilgan. Shimoli-harbiy (Buxoro) Sugd. Sugdning Buxoro qismida ilk o'rta asrlarga oid Buxoro, Varaxsha, Poykent va boshqa shaharlar rivojlangan. Ulardan yirigi Buxoro shahri bo'lib, uning maydoni 34 ga. (shundan 3,5 ga. ark). Shaharning mazkur davridan xabar beruvchi ashyoviy dalillar saqlangan madaniy qatlamlari so'nggi davr qatlamlari tagida qolib ketganligi sababli etarli xulosa yasash imkoniyati yoq. Buxoroning ilk o'rta asrlar davri o'ziga xos yirik markazlaridan biri bo'lgan Poykent savdogarlar shahri hisoblangan. Manzilgoh mil.avv. III asrda shakllangan manzilgohda qurilish ishlari takomillashib, V asrda 13 ga. maydonda mudofaa devori bilan muhofazalanib, shahar darajasiga ko'tariladi. Qurilish ishlarining kuchayishi natijasida uy-joy imoratlarning ko'payishi bilan V asr oxiri-VI asr boshlarida shaharning hududi kengayib, 20 ga. maydonni egallagan ikkinchi shahriston vujudga keladi. Poykent shahri o'rta asr yozma manbalarida savdogarlar shahri sifatida tilga olingan. Shahar tashqarisida zardushtiylarning qabristoni joylashgan. 101 Buxorodan 30 km. shimoli-garbda bo'lgan Varaxsha shahri tarixchi Narshaxiyning ma'lumotlariga ko'ra buxorxudotlarlarning qarorgohi bo'lgan. Me'moriy-rejaviy tuzilishiga ko'ra uchburchak shaklidagi manzilgoh (may. 6,5 ga.) ashyoviy dalillarga ko'ra IV asrdan shahar tusini olgan. Arkdagi imoratlari va mudofaa devorini tamirlash ishlari shu davrda olib borilib, Buxoro hukmdorlarining qarorgoh shahriga aylantiriladi. Shaharda V asrda qayta ta'mirlash ishlari olib borilib, uning ark qismida ikkita yirik saroy majmuasi, ibodatxona va xojalik imoratlari barpo etiladi. Katta-kichik xonalardan tashkil topgan saroy majmuasi kishi diqqatini o'ziga jalb qiladi. Uning ayrim hashamatli xonalari mazmunan boy devoriy rang-tasvirlar bilan bilan bezatilgan. Ular diniy va afsonaviy mazmunga ega bo'lgan tasvirlardan iborat. Janubiy Sugd (Qashqadaryo vohasi). Janubiy Sugdning har ikkala qismida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilib, turli arxeologik yodgorliklar o'rganilgan. Ilk o'rta asrlar davriga oid yozma manba ma'lumotlarida (xitoy, arab va fors) Kesh vohasidagi shaharlar togrisida ma'lumot mavjud. Ulardan eng yirigi Kesh shahri hozirgi Kitob shahrida antik davri o'rnida rivojlanadi. Shaharning ilk o'rta asrlarga oid madaniy qatlamlari keyingi davr qurilish ishlarida buzilib ketgan va qolgan qismi esa zamonaviy imoratlar tagida qolib ketgan tufayli mazkur davr manzarasini tiklash imkoniyati mavjud emas. Faqat keyingi davr yozma manbalari ma'lumotlariga asoslanib, ayrim xulosalar yasash imkoniyati mavjud. Kesh vohada Chimqorgontepa (40 ga), Qamaytepa, Kishmishtepa va boshqa shahar turidagi manzilgohlarda qisman arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilib, ular vohaning maqomi jihatdan poytaxtdan keyingi o'rinni egallagan shaharlar sanalgan. Naxshab vohasida esa arxeologik yodgorliklar nisbatan yaxshi o'rganilgan. Yozma manbalarda Naxshebolo nomi bilan tilga olingan shahar hayoti antik davri o'rnida davom etib, VII asrning ikkinchi yarmida shaharda hayot batamom toxtaydi. Shahar aholisi taxminan 2 km. janubi-sharqda hozirgi Shulluktepa yodgorligi o'rnida shaharga asos sola boshlashadi. O'rta asrlar davri arab va fors manbalarida Qarshi vohasidagi Kasba, Bazda, Gubdin va boshqa shaharlar togrisida ma'lumotlar mavjud. Kasba Shulluktepadan 30 km., Bazda esa 40 km. janubi garb tomonda joylashgan. Ular taxminan milodning boshlarida shakllanib, ilk o'rta asrlar davrida vohaning iqtisodiy-madaniy markazlariga aylanadi. Kasba shahrining o'rni hozirda ikki gektar maydoni Kasbitepa yodgorligi o'rnida bo'lganligi taxmin qilinadi. Bazda esa, hozirgi Kohna Fazli yodgorligi o'rnida bo'lgan. Shahar ark (1,5 ga), shahriston (55 ga) va rabod qismlaridan iborat. Shahar mogullar istilosiga qadar faoliyat yuritadi. Shuningdek, vohada Talisortepa (o'rta asrlar davri Gubdin shahri) ilk o'rta asrlar davrida 13 ga. hududni egallagan shahar ark, shahriston va rabod qismdan tashkil topgan. Sugd aholisining asosiy mashguloti O'rta Osiyoning barcha hududlari uchun qadimgi davrdan rivojlanib kelayotgan sugorma dehqonchilik tashkil etgan. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi barcha sohalari yaxshi rivojlangan. Ixtisoslashgan hunarmandlar mahallalari Panjikent kohna shahrida amalga oshirilgan qazishma ishlari natijasida yaxshi o'rganilgan. Mug togidagi qasrdan topib o'rganilgan 102 Sugd yozuvida bitilgan hujjatlarda paxta va jun matolar hamda ularning turlari keltirilgan. Ko'nchilik yaxshi rivojlangan. Hujjatlarning asosiy qismi aynan terilarga yozilgan. Sugdning IV-VI asrlar davri kulolchilik ishlab chiqarishida alohida hududlari uchun xoslik saqlangan bo'lsa, VII asrdan boshlab esa barcha hududlarda ma'lum standartlarga amal qilina boshlaydi. Bu davrda metall buyumlari paydo bo'lib, ularda xojalikda keng foydalaniladi. Sugdliklar savdo sohasida O'rta Osiyoda etakchilik qilishgan. Ular Еttisuv va Xitoyda ko'plab savdo faktoriyalariga ega bo'lishgan. Tan imperiyasi qaydnomalaridagi ma'lumotlarda Dunxuan viloyatidagi Sugd manzillari aholisining asosiy qismi Samarqandliklardan iborat bo'lganligi qayd etiladi. Ustrushona. Turkiston tog tizmalarining shimoliy qismidagi erlar o'rta asr yozma (xitoy, arab, fors) manba ma'lumotlarida turli shakllardagi o'ndan ortiq nomlar bilan keltirilgan o'lkaning Ustrushona shaklidagi talaffuzi Mug togidan topilgan Sugd tilida bitiklarda aniqlangan. Turkiston tog tizmasidan Nurota togiga qadar cho'zilgan hududni ishgol etgan erlar o'rta asrlar davri Ustrushonasiga tegishli bo'lgan. Ilk o'rta asrlar davrida Ustrushona eftalitlar va Turk xoqonligi tarkibida bo'lib, afshinlar tomonidan mustaqil boshqarilgan alohida feodal davlatdan bo'lgan. Yozma manba ma'lumotlarida o'lkaning o'ndan ortiq katta kichik shaharlar togrisidagi xabarlar keltirilgan. O'lkaning markaziy shahri Bunjikat Tojikiston Respublikasi So'x tumanida joylashgan Qalaiqahqaha yodgorligiga qiyoslangan. Bu yodgorlik Shahristonsoy-ning ikkala soxilida joylashgan uchta tepalikdan (Qalaiqahqaha I, II, III) iborat. Uning shahar sifatida shakllanishi VII-VIII asrlarga togri keladi. Yodgorlikning har bir qismi alohida muhofaza qilingan devorlarga ega. Arxeologik qazishmalar davomida Qalai Qahqaha I yodgorligi Bunjikat shahrining o'rta asrlar davridagi arki bo'lib, bir qator ayrim joylarda esa ikki qator mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Bu qismi o'rta asrlar davri arab manbalarida qayd etilgan shaharning ichki madinasi togrisida ma'lumotlariga mos keladi. Qalai Qahqaha I ning sharqiy tomonidan maxsus tagkursi ustida bino qilingan hukmdorlar saroyi (18x12 m.) ochib o'rganilgan. Shaharning shimoliy devori va burjlari bo'ylab joylashgan ko'cha atrofida asosiy ibodatxona, ma'muriy jamoatchilik, savdo-hunarmandchilik va uy-joy imoratlari joylashgan. Shaharning ikkinchi darvozasi joylashgan harbiy tomonida harbiy mudofaa majmualari joylashgan bo'lib, strategik ahamiyatini hisobga olib bu qismi qoshimcha mudofaa devori bilan kuchaytirilgan. Birinchi manzilgohdan janub tamonda joylashgan Qalai Qahqaha II hozirgi paytda togri to'rtburchak shaklidagi tepalik 5 ga. hududda saqlanib, alohida mudofaza devori va burjlar bilan muhofalangan tashqi madinani tashkil etgan. Daryoning o'ng tomonida dastlabki ikki yodgorlik qarshisida alohida mudofaa tizimiga ega bo'lgan uchinchi tepalik o'rin olgan. Arxeologik jahatdan bu tepalik mudofaa devorining uch qurilish bosqichi qayd etilib, bu erda ham hayot shahar bilan bir davrda boshlangan bo'lishi mumkin. Unda aholi uy-joylari, bog-roglar bo'lgan. Bu yodgorliklar o'z davrida Ustrushona vohasining markaziy shahri Bunjikatning ark, shahriston va rabod qismlarini tashkil etgan. 103 Shaharning arkidagi mahalliy hukmdor saroyida yogoch o'ymakorligidan keng foydalangan. Uning devorlarini saroy tasviriy san'at na'munalari bezab turgan. Devorlarining birida ikkita go'dakni emizayotgan bo'ri tasviri kishi diqqatini o'ziga tortib, Rimdagi Ramul va va Rem afsonasini eslatadi. Bu lavhani N.N.Negmatov xristianlik mifologiyasi bilan boglaydi. Shuni unutmaslik kerakki ilk o'rta asrlar turkiy qavmlarning O'rta Osiyoga ommaviy siljigan davri bo'lib, turkiylar totemida bo'ri yuqori o'rin egallashini unutmaslik kerak. Boshqa bir kichik xona devorida esa nayzadagi bayroqni ushlab turgan otliq va ikki boshli iblissifat jonzot tasvirlari chizilgan. Shuningdek, saroy xarobalarida uch boshli va to'rt qolli haykallar ham uchraydi. Bular bevosita Ustrushonaliklarning dunyoqarashi afsonaviy mafkuraning mujassamligidan dalolat beradi. O'lkada shuningdek, O'ratepa shahri va undan garbda joylashgan Vagkata kohna shahri, Jizzax, Zomin kabi yangi shaharlari ham o'lkaning muhim iqtisodiy va madaniy markaz bo'lgan. O'ratepa shimoli-sharqiy chekkasida ulkan tabiiy tepalikning yuqorisida Mugtepa joylashgan bo'lib, qachonlardir O'ratepa shahrining arki mana shu tepalik bog'lagan. Shaharning arki xarobalari hozirgi paytda Mugtepa yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Jizzaxning dastlabki o'rni hozirgi shaharning janubi-sharqiy qismida joylashgan antik davri Haliyatepa manzilgohi o'rnida shakllangan. Ilk o'rta asrlar davrida shahar o'lkadagi muhim markazlardan biri sifatida rivojlanadi. Ustrushonaliklar xojaligining asosini sugorma dehqonchilik, bogdorchilik, shimoliy dasht va togoldi hududlarida esa chorvachilik rivojlangan. Shimoliy Toxariston. Toxariston antik davri Baqtriyasi chegarasi doirasidagi shimoliy va janubiy qismlardan tashkil topgan yirik tarixiy-madaniy o'lka. Toxariston togrisidagi dastlabki xabar 383 yilga oid Xitoy manbalarida Tuhola deb tilga olinadi. Uning hududi Baqtriya hududi doirasida bo'lgan. Manbalarda keltirilishicha Toxariston 27 viloyatdan tashkil topgan bo'lib ulardan 8 tasi Shimoliy Toxaristonda joylashgan. Shimoliy Toxariston hududida ilk o'rta asrlar davriga oid madaniy qatlamlarga ega bo'lgan 250 dan ortiq barcha turdagi arxeologik yodgorliklar aniqlanib, ularning ayrimlari yaxshi o'rganilgan. Nisbatan yaxshi o'rganilgan yodgorliklar kohna shaharlar bo'lib, ulardan Eski Termiz, Budrach-Chaganiyon, O'zbekontepa, Xosiyattepa, Kofirqal'a va boshqalardan iborat 30 ga yaqin shahar turidagi manzilgohlar qayd qilingan. Bundan tashqari qala-qorgonlar, qasrlar, uy-qorgonlar, muhofazasiz kattakichik qishloqlar va ibodatxonalar. Shimoliy Toxariston hududidagi shaharlardan Termiz qadimdan turli yozma manbalarda Tarmita, Tami, Drmat, Tirmiz nomlari bilan tilga olingan shaharning o'rta asrlar davri o'rni hozirgi shaharning harbiy qismida antik davri o'rnida 10 ga. maydondagi sun'iy tepalikda saqlangan. Xitoy manbalarida shaharning 20 li (8-10 km.) mudofaa devorlari va 10 ta buddaviylik ibodatxonasi togrisida ma'lumot keltirilgan. Termiz. Shaharning nisbatan keyingi davr holati togrisida Istaxriy, Muqaddasiy va boshqalar mualliflarning asarlari ma'lumotlarida qayd qilinadi. Ularda ko'handiz, madina va rabod qismlari togrisida ma'lumotlar mavjud. Tadqiqot ishlari natijasida belgilangan 35 gektardan iborat birinchi hudud madina, 175-180 gektardan iborat ikkinchi hudud esa rabod qismlarini tashkil etgan. Bu erda bozor va turli 104 hunarmandchilik mahallalari joylashganligi keltirib o'tilgan. Arxeologik qazishmalar jarayonida mazkur qismida kulollar, shishasozlar va temirchilarning ustaxonalari aniqlanib o'rganilgan. Har ikkala hududda ilk o'rta asr oxirlarida o'zlashtirilib, hunarmandchilik ustaxonalari faoliyat yurita boshlagan bo'lishi mumkin. Surxon vohasining ikkinchi yirik shahri Chaganiyon xitoylik budda ziyoratchisi Syuan Czyan (630 yillar) ma'lumotlarida “Chi-go-yen-na” nomi bilan tilga olinib, uning aylanasi 10 li. (4-5 km.) va unda 5 ta budda monastri togrisida ma'lumot keltiriladi. Afrosiyob xarobalarida VII asrning oxirlariga oid devoriy suratlarda tasvirlangan elchilar orasida choganiyonlik vakil ham bo'lgan. Shimoliy Toxaristonning yirik viloyati Chaganiyon hozirgi Denov shahridan 6 km. janubiysharqda Qizilsuvning Surxondaryoga quyilish joyida Kohna Budrach o'rnida bo'lgan. Bu erda joylashgan Oqmozortepa ark, Dunyotepa esa shahriston qismlarini tashkil etgan. Ark qismida kushonlar davridayoq 20 ga. maydonda shahar shakllanadi. Ilk o'rta asrlar davrida shahriston maydoni o'sib, 50 ga. joy mudofaa devori va xandak barpo etiladi. Yodgorlikning ark qismidagi aniqlangan me'moriy inshootlar ilk o'rta asrlar davri Chagoniyon hukmdorlarining saroyi bo'lgan. Shimoliy Toxaristonning mulkligining markazi bo'lgan Kattatepa (Xosiyattepa (may. 20 ga.) yodgorligi ham arxeologik jihatdan o'rganilgan. Manzilgoh ikki qismdan iborat bo'lib, muhofaza devoriga ega bo'lgan. Devorlar yarim aylana va togri to'rtburchak burjlar jangavor shinaklar bilan kuchaytirilgan. Ark qismida mahalliy hukmdorlar ibodatxonasi va dafinasi joylashgan. Manzilgoh tadqiqotchilar tomonidan keyingi davr arab manbalarida qayd qilingan Kuftan mulkliligining markazi Hushvara shahri bilan qiyoslangan. Shimoliy Toxaristonning Tojikiston qismida shahar shakliga ega bo'lgan manzilgohlardan Vaxsh vohasi ma'muriy markazi bo'lgan Kofirqal'a (may. 13 ga. yaqin) manzilgohi antik davrida shakllangan. Kvadrat shaklga ega bo'lgan manzilgoh devori, xandak, proteyxizm, minora va shinaklardan tashkil topgan muhofaza tizimiga ega bo'lib, asosiy ko'cha shaharni ikkiga bo'lib turgan. Shahar atrofida aholi turar joylari va ishlab chiqarish inshootlaridan tashkil topgan. Shimoliy Toxaristonning boshqa bir yodgorliklaridan Bolaliktepa, Kuyovqorgon, Yumaloqtepa kabi manzilgohlari ilk o'rta asrlar davri davlatmand er egalarining ko'shk va qasrlari ham arxeogik jihatdan yaxshi o'rganilgan bo'lib, ular o'z davri me'moriyrejaviy echimiga mos holda barpo etilib, muhtasham qabulxona va mehmonxonalar ajralib turadi. Mahobatli xonalar odatda dunyoviy mazmundagi rang-tasvirlar, haykalchalar, yogoch va ganch o'ymakorlik bezaklari bilan bezatilgan. O'lka aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan kun kechirishgan. Shahar markazlarida kulolchilik, shishasozlik, temirchilik yaxshi rivojlangan. Xitoy yozma manba ma'lumotlarida xitoyliklar shisha tayyorlashni toxaristonliklardan o'rganishganligi ta'kidlanadi. Bu davrga tegishli ko'k va havo rangdagi kichik shisha buyumlari (flakonlar) va qisman xojalik buyumlari Bolaliktepa va Munchoqtepa (Tojikiston) yodgorliklaridan topib o'rganilgan. VIII asrning oxirlaridan boshlab shishasozlik O'rta Osiyoning boshqa hududlariga ham keng tarqala boshlaydi. Ilk o'rta asrning dastlabki bosqichdagi sopollari antik davridagi nafis shakli va yuqori sifatini saqlab qolish bilan birgalikda ular mukammalashadi. Sopollar sirtida o'yma, bosma va yopishtira naqshlar tushiriladi. Bu davrda shuningdek, shimoliy 105 o'lkalarnikiga oxshash qo'sh baldoqli sopollar tarqaladi. Keyingi bosqichda qolda ishlanganlar soni nisbatan kopayib, shakli o'zgaradi. VII-VIII asrlar davrida yanada nafis va sifatli sopollar ishlanib sirtiga naqshlar beriladi. Bu davrda Boysun va Kohitang toglaridagi ma'dan konlarini o'zlashtirishning boshlanishi metallarga ishlov berish hunarmandchilik sohalarining yanada taraqqiy etishiga olib keladi. Shimoliy Toxaristonning diniy qarashlarida buddaviylik dini saqlanib qoladi. Syuan Szyan ma'lumotlarida Termiz va Chaganyon shaharlaridagi bir necha budda ibodatxonalari togrisida ma'lumot keltirgan. Eski Termizdagi antik davri buddaviylik ibodatxonalari faoliyat yuritgan. Ilk o'rta asrlar davri diniy me'moriy-qurilish xususiyatlar o'lkaning Tojikiston qismida joylashgan Kofirqal'a va Ajinatepa ibodatxonalarida o'z aksini topgan. Old tomonida ayvonga tutashgan markaziy xonaning uchta tomonida aylanasi bo'ylab yo'laklar bilan tutashgan. Ibodatxona devorlari rang-tasvir bezaklari bilan bezatilib, budda haykallari va haykalchalari bilan bezatilgan. O'lkaning boshqa bir yodgorligi Ajinatepadan ilk o'rta asrlarga oid buddaviylik ibodatxonasi (100x50 m.) o'rganilgan. Bu inshoot ilk o'rta asrga oid monastr bo'lib, kvadrat shaklldagi ikkita yonma-yon joylashgan hovli majmuasidan tashkil etgan. Imorat aylanma yo'lakcha, asosiy zal, toat-ibodat va yashash xonalaridan tarkib topgan. Ulardan birining hovlisida stupa va yo'lakchalaridan birida esa 12 m. balandlikdagi budda haykali aniqlangan. Monastr ichkarisidagi xonalar devorini rangtasvir namunalari va haykalchalar bezab turgan. Shimoliy Toxaristonning Bolaliktepa, Hayrobodtepa kabi yodgorliklaridan doimiy muqaddas olov yonib turgan yirik sopol idishlar ham topilgan. O'lkada zardushtiylik siginish odati o'z mavqeini yoqotmaganidan darak beradi. Shimoliy Toxariston ilk o'rta asrlar davri madaniyati namunalari dunyoviy mazmunga ega bo'lgan haykaltaroshlik va devoriy rang-tasvir san'ati namunalarida o'z aksini topgan. Haykalchalar namunalari V-VIII asrlarga oid Kuyovqorgon ko'shkini o'rganish jarayonida aniqlangan. Haykalchalar loydan yasalib, ustidan mayin loy va ganch yuritilib, ustidan turli rangda bo'yalgan. Ular tashqi qiyofasiga ko'ra bir-biriga o'xshamaydi. Bu davr haykaltoroshligi antik davri san'atining davomi sifatida rivojlanib, o'zida so'nggi gandhara va sosoniylar madaniyati an'analari sezilib turadi. San'at namunalaridan boshqa bir turi bo'lgan rang-tasvir namunalari Bolaliktepa va Tavka yodgorliklarida o'rganilgan. Bolaliktepa devoriy suratlari nufuzli oilaning bazm marimlari aks ettirilgan. Undagi kishilar o'tirgan va tik turgan holatda, o'tirganlar qolida qadah ushlagan holda tasvirlangan. Ularning orqasida esa xizmatkorlar tasviri tushirilgan. Xonaning boshqa bir davordagi suratlarda hovli egasining oila a'zolari, boshqa bir suratda esa may ichishlik qilayotgan erkak-ayollar tasviridan iborat. Tavka yodgorligi tasviriy san'at namunalari ov jarayoning aks ettirilishi bilan bogliq. Unda yugirib borayotgan suvoriylar va ularning ohu va quyonlarni ov qilish paytidagi manzarasi berilgan. Xorazm. Xorazmning ilk o'rta asrlar (IV-VII) davri afrigiylar sulolasi hukmronlik qilgan davrga togri keladi. Bu darga oid mavjud arxeologik yodgorliklarning ko'pchilik qismini, qishloqlar va kam sonli shahar turidagi yodgorliklar tashkil etadi. Xorazm ilk o'rta asrlarning boshlarida ma'lum inqiroz davrini boshidan kechiradi. Yirik kanallar sugoradigan kichik sugorma dehqonchilik mikrovohalari suvsizlanishi natijasida o'zlashtirish susayib ayrim hollarda bo'shab qoladi. Antik davri Oqchahonqala, 106 Tuproqqala, Xiva va kabi yirik shahar markazlarida hayot sustlashib, ayrim hollarda tashlandiq holga kelib qoladi. Bu davrdagi shaharlaridan Tuproqqala antik davri o'rnida faoliyat yuritadi. IV-V asrlar Ayoqalaga yaqin joyda hayot jonlanib, 25 ga. hududda shaharcha vujudga kelgan. Boshqa shaharlarda ham ma'lum tushkunlikni boshidan kechirgan holda hayot davom etadi. VI-VIII asrlar davri shaharlari togrisida etarli ma'lumotlar mavjud emas. Eski shaharlarda (Hozorasp, Hiva va boshqalar) hayot davom etadi. Nisbatan aniq ma'lumotlar so'nggi davr yozma manba ma'lumotlarida keltirilgan. O'rta asr mualliflari (Tabariy, Belazuriy va Ibn al Asama) manbalarida keltirilgan ma'lumotlarda Xorazmning bu davrdagi poytaxti shahri VII-VIII asrlarda Qiyot (Al-Fir) uch qismdan iborat bo'lgan. Ular zichlangan tuproqdan barpo etilgan umumiy mahofaza devoriga ega bo'lgan. Xorazm shaharlaridan Hazoraspning mustahkam mudofaasi togrisidagi yozma manba ma'lumotlari arxeologik jihatdan o'z tasdigini topgan. Shaharning keyingi davr muntazam o'zlashtirishlari ilk o'rta asrlar davri manzarasini toliq tiklash imkoniyatini bermaydi. Keyingi yozma manba ma'lumotlari va kam miqdordagi arxeologik ma'lumotlar Hazorasp Xorazmning ilk o'rta asrlar davri yirik ishlab chiqarish va madaniyat markazi bo'lgani ko'rsatadi. Xorazmning bu davrdagi yirik shahar markazlari sirasiga Mizdahkan manzilgohini kiritish mumkin. Hududi ancha katta bo'lgan yodgorlikda arxeologik qazishmalar amalga oshirilmagan. Yangi paydo bo'lgan Berkutqala nisbatan yirik (6 ga. dan ortiq) shaharlardan biri bo'lib, mudofaa devorlari bilan muhofazalangan ikki qismni tashkil etgan. Ma'muriy binolardan joylashgan ark sun'iy barpo etilgan baland sahni ustida joylashgan. Bu erda baland minorasimon usulda barpo etilgan inshoot donjon bo'lgan. Shahriston qismida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalarda aholi uy-joy imoratlarining o'rni aniqlangan. Arxeologik qazishma natijalari bu yodgorlik Xorazm davlatining VI-VII asrlar davri madaniy-iqtisodiy markazlaridan biri sifatidada faoliyat yuritganidan xabar beradi. Boshqa turdagi arxeologik yodgorliklardan dehqon jamoasi qishloqlari soni ustunlik qilib, ularning ko'pchilligini mustahkam muhofaza etilgan dehqonlar uyqorgonlari va qasrlari tashkil etgan. IV-V asrlar davri jamiyatidagi inqiroz holati bevosita moddiy madaniyatning rivojlanish darajasiga ham o'zining ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Xorazmning bu davri sopol buyumlari arxaik davri usulida qolda yasala boshlaydi. Sopol buyumlarning loyiga xos-xashak, shamot va qum qoshiladi. Sopollarni pardozlash va qizil rangdagi angoblar bilan qoplash an'anasi yoqolib, ko'kish-kul rangdagilari usunlik qila boshlaydi. Bu davrda Sugd va Sirdaryoning o'rta oqimi hududlari kulolchiligi bilan oxshashliklar seziladi. VI asrdan boshlab sopol buyumlarning sifati yaxshilanib borada, kulolchilik charxida yasalgan sopol buyumlari miqdori ko'paya boradi. Bu davrda qolda tovoqlar, qozonlar, yirik laganlar va xumlar qolda yasalgan. Kulolchilik charxida bir bandli, ko'p hollarda tor bogizlil kozalar va kosalar yasalgan. Ayrim sopol buyumlarida togri yoki tolqinsimon o'yma naqshlar solingan. 107 Xorazmliklarning goyaviy hayotida antik davri zardushtiylik diniy e'tigodlari saqlanib qoladi. Dastlabki davr ostadonlari antik davridagi xilma-xillikni saqlab qolgan. VI asrdan boshlab ostodonlari ma'lum andozaga qat'iy amal qilinib, to'rtburchak shakliga keltiriladi. Ostadonlar asosan loydan, qisman tosh va alebastrdan ishlangan. Ostodonlar sirtiga marhum ismi-sharifi va uning ruhiga yaxshi tilaklar bitilgan. Ayrim ostodonlarning sirtiga marhumga aza tutish odatlar bilan bogliq bo'rtma tasvirlar solingan. Choch va Iloq. Toshkentning har ikkala vohasi (Chirchiq, Ohangaron) ning barcha hududlari toliq o'zlashtiriladi. Arxeologik jihatdan Qovunchi III (IV-VI asrlar) va Mingo'rik (VI-VIII asrlar) bosqichlaridan tashkil topgan. Vohada ilk o'rta asrlar davriga oid yoki mazkur davr madaniy qatlami mavjud bo'lgan shaharlar, shaharchalar va boshqa turdagi dehqonchilik qishloqlaridan iborat 300 dan ortiq barcha turdagi arxeologik yodgorliklar aniqlangan. Yu.F.Buryakovning fikriga ko'ra ulardan 32 tasi shahar shaklidagi manzilgoh hisoblanadi. Bundan tashqari tog-kon manzillari va mozor-qorgonlardan tashkil topgan yuzlab yodgorliklar ham qayd etilgan. Ulardan shahar turidagi manzilgohlar arxeologik jihatdan nisbatan yaxshi o'rganilgan. Bu darda vohada antik davri shaharlari faoliyati davom etib, yanada rivojlanishi bilan birga yangi shahar markazlari ham vujudga keladi. Ayniqsa, togmetallurgiyasi rivojlanishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish hududlarida kuzatiladi. Yangi paydo bo'lgan shaharlardan Shohjuvartepa, Honobodtepa, Ulkanto'ytepa, Imloq, Dalvarzintepa, Eski Toshkent va boshqalar arxeologik yaxshi o'rganilib, vohaning ilk o'rta asrlar davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidan darak beruvchi boy moddiy manbalar to'plangan. Kanka, Shohruhiya, Mingo'rik, Kavardan, Kindiktepa, Qulota kabi shaharlarning maydoni kengayib, iqtisodiy va madaniy ahamiyati yanada ortadi. Vohada ilk o'rta asrlar davrining dastlabki bosqichlarida Qanqa manzilgohining etakchilik mavqei saqlanib qoladi. Ilk o'rta asrlarning dastlabki bosqichlarida uchinchi shahristonning janubi-sharqiy qismi tigis o'zlashtirilib, ixtisoslashgan ishlab chiqarish inshootlari barpo etiladi. Taxminan birinchi ming yillikning o'rtalarida O'rta Osiyoning barcha shaharlarida kuzatilgani kabi Qanqa kohna shahri inqiroz davrini boshidan kechirib, maydoni keskin qisqarib ketadi. Yodgorlik ichki tomondan ikkinchi shahriston doirasida 45 ga. maydondagi huddudni o'rab olgan yangi muhofaza devori barpo etiladi. VII-VIII asrlar davrida shahar yirik savdo va ishlab chiqarish markaziga aylanadi. Antik davrida o'zlashtirilgan ikkinchi shahristondagi savdo-ishlab chiqarish qismi yanada rivojlanadi. Arxeologik qazishma ishlarida sakkizta ixtisoslashgan hunarmand-chilik sohalari faoliyat yuritganligi aniqlangan. Temirchilik, misgarlik, kulolchilik kabi hunarmandchilik turlari etakchilik qilgan. VIII asr boshlarida 1 ga. hududni egallagan karvonsaroy barpo etiladi. Bu davrda ishlab chiqarish shahar tashqarisi tomon kengayib, rabod qismi shakllana boshlaydi. Undan VII-VIII aslar davrida faoliyat yuritgan kulolchilik xumdonlarining o'rni aniqlangan. VII asr boshida (603 yil) sodir bo'lgan noroziliklardan so'ng shahar poytaxt maqomini yoqotib, Mingo'rikga ko'chiriladi. Lekin, vohadagi asosiy savdo-ishlab chiqarish sohasida markazi sifatidagi ahamiyati saqlanib qoladi. Mingo'rik yodgorligida antik davri faoliyat yuritgan shahar ilk o'rta asrlarda taraqqiy etadi. Shahar arki, shahriston qismlaridan tashkil topgan topgan bo'lib, atrofi 108 qalin devorlar bilan muhofaza etilgan. Xitoy manbalarida Shi shahrining 10 li.(4-5 km.) masofadagi muhofaza devorlari togrisidgi xabar keltirilgan. Muhofaza devorini o'rganish jarayonida uning o'rtasida yo'lakcha-koridor va tashqi tomondan togri to'rtburchak shaklli muhofaza burjlari aniqlangan. Devor va burjlarda shinaklar qayd etilmagan. Mudofaa va qarshi hujum devorning yuqori qismidan turib amalga oshirilgan bo'lishi kerak. Shaharning ark qismidagi imoratlar majmuasi gumbaz shaklli tor xonalardan iborat. U erdagi saroy majmuasi mahalliy hukmdorlarning hashamli qabulxonasi, yashash, ibodat va xojalik qismlaridan tashkil topgan. Shahristonning asosiy qismi zamonaviy qurilishlar band bo'lishiga qaramay uning markazida qalin devor bilan barpo qilingan ko'p xonali uyning o'rni, kullolchilik va temirchilik ustaxonasining o'rni ochib o'rganilgan. Shahar VIII asrning birinchi yarmida arablarga qarshi kurash natijasida talofat ko'rib, ma'muriy markaz sifatidagi ahamiyatini yoqotadi. Shahar hozirgi eski shaharda o'rniga shakllanadi. Boshqa bir yirik shahar markazlaridan bo'lgan Tunketning o'rni Olmaliq shahridan 12 km. shimoliy-sharqda mahalliy aholi tomonidan Imloq nomi bilan ataladigan yodgorlik o'rnida faoliyat yuritgan. Arxeologik qazishmalar shahar antik davridagi metall buyumlariga ixtisoslashgan hunarmandlar qishlogi o'rnida shakllangan. Manzilgoh Iloqning yirik konlariga yaqin joyda joylashib, ularni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan markazga bo'lgan ehtiyoj ilk o'rta asrlar davrida uning shaharga aylanishiga olib keladi. Ilk o'rta asrlar davridayoq shahar darajasiga o'sib chiqqan manzilgohning umumiy maydoni 17,5 ga. ni tashkil etib, shundan shimoliy tomonida beshburchak shakldagi 5 ga. Qismini ark tashkil etgan. Unda ikkita darvoza bo'lib, biri shahristonga, ikkinchisi rabodga olib chiqqan. Arablar bosqinchiligi davrida shaharni qamal qilishi natijasida muhofaza devorlari qisman vayron etilib, keyinchalik qayta ta'mirlanadi. Toshkent vohasida yirik shahar markazlaridan Xonabod, Ulkanto'ytepa, Tunket, Kindiktepa va boshqa shu kabi shahar turidagi manzilgohlarning arxeologik jihatdan qisman o'rganilishi natijasida vohaning ilk o'rta asrlar davri urbanizatsiyasi taraqqiyotining yuksak darajada bolganligidan dalolat beradi. Ilk o'rta asrlar chochliklar diniy mafkurasi Chilonzor Oqtepasida topib o'rganilgan “Olov ibodatxonasi” muhim ahamiyatga egadir. U baland sahni ustiga paxsa va xom gishtdan qurilgan. Atrofida mustahkam mudofaa devori barpo qilinib, ularning burchaklarida burjlar bilan kuchaytirilgan. Burjlarda shinaklar mavjud. Bu erda bir necha xonalar aniqlangan. Xonalarning birida kul qoldigi uchraydi. Mazkur inshoot arablar bosqiniga qadar Shoshliklarning shahar tashqarisidagi asosiy diniy-goyaviy markazi hisoblangan Fargona. O'rta Osiyoning qadimgi davrlardanoq muhim madaniy-tarixiy viloyatlaridan sanalgan Fargona vodiysi o'rta asrlar davri xitoy manbalarida “Lona” va “Polona” nomlari bilan tilga olinadi. Fodiyning ilk o'rta asrlar arxeologiyasi bilan turli yillarda A.N.Bernshtam, V.A.Bulatova, N.G.Gorbunova, Yu.A.Zadneprovskiy, B.A.Latinin, B.Abdulgazieva, G.A.Brikina, A.A.Anorboev, B.H.Matboboev va boshqalar arxeolog olimlarning ilmiy tadqiqotlari samarasi natijasida o'lkaning ilk o'rta asrlar davri arxeologiyasi o'rganilgan. O'lka ilk o'rta asrlar davri arxeologik jihatdan 7 xojalik tumaniga bo'linib, 250 dan ortiq mazkur davrga oid madaniy qatlamiga ega 109 bo'lgan barcha turdagi yodgorliklar qayd etilgan. Shundan 22 tasi shahar turidagi yodgorliklar sanaladi. Bu davrda o'lkada Quva, Axsikent, Koson, Andijon, O'sh, O'zgan va boshqa shular kabi shaharlari savdo-iqtisodiy, madaniy va diniy markaz sifatida rivojlangan. Nisbatan keyingi davr mualliflari Ibn Hurdodbek va Qudama ibn Jafar kabi o'rta asr mualliflarining asarlarida Fargona vodiysi shaharlari va ularning joylashishi togrisidagi qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Fargona vodiysidagi ilk o'rta asrlar davri yirik shahar markazlaridan biri bo'lgan Axsikent shahri o'lkaning shimoliy qismida, Sirdaryoning o'ng soxilida Sharqiy Turkiston va Sugd karvon yo'li bo'yida joylashgan, bo'lib, u antik davridan boshlab shakllangan. Ilk o'rta asrlar davriga kelib mahalliy hukmdorlar markazi hisoblangan yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Manzilgoh shahriston va uning ichkarisida joylashgan ark qismlaridan iborat. Shaharning har ikkala qismi mustahkam mudofaa devorlari bilan o'rab olingan va ularga tutashtirib qurilgan mudofaa burjlari bilan kuchaytirilgan. Bu shahar rivojlangan o'rta asrlar davri arab va fors mualliflari keltirgan manbalarda ark, madina va rabod qismlaridan iborat bo'lgan, deb keltiriladi. Hozirgi paytda umumiy maydoni 27 ga. hududni egallagan trapetsiya shaklidagi shahriston va uning shimoliy-garbida joylashgan ark qismlarining o'rni saqlanib qolgan. Keyingi yillarda bu erda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog olim A.A.Anarboevning tadqiqotlari natijasiga ko'ra shahar rivojlangan o'rta asrlar davrida yuksalib va uning maydoni bir necha barobar kengaytirilgan. II.Bob. Ривожланган ва сўнгги ўрта асрлар O'rta Osiyonig IX-XIII asrlar boshlariga oid tarixi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi yuksalishining navbatdagi bosqichi bilan izohlanib, yirik feodal davlatlar almashinuvidan iborat siyosiy jaryonlar bilan izohlanadi. IX asrning oxirgi choragidan boshlab arab xalifaligidan mustaqil siyosat yurita boshlagan toxiriylardan boshlab, 110 mogullar istilosiga qadar Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Saljuqiylar, Gaznaviylar va Qoraxitoylarning joylarda o'z hukmronligi va ularning almashinuvi sodir bo'ladi. Bu davrda qudratli davlatlarning qaror topishi bilan ma'lum siyosiy barqarorlik ta'minlanishi, boshqa tomondan esa Еvrosiyoda qulay iqlim sharoitining qaror topishi mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishiga turtki bo'ladi. IX asrdan urbanizatsiya jarayoni yanada kuchayib, shaharlar soni keskin o'sadi. O'rta Osiyoning barcha hududlari shaharsozligi taraqqiyotida yangi o'sish davr boshlanadi. Shaharlarning maydoni kengayib, ichki tuzilmalari murakkablashadi va yangi shaharlar paydo bo'ladi. O'rta asrlar davri sharq mualliflari: muallifi noma'lum “Hududi al olam” asari, Qudama ibn Hurdodbeh, Istaxriy, Muqaddasiy, Ibn Havqal asrlarida aloqada vohalardagi chalkashliklar va qaytarishlar bilan keltirilgan o'nlab shaharlarning royxati beriladi. Bu borada Toshkent vohasi etakchi o'rinni egallab, manbalarda sal kam 50 ga yaqin shaharlar va shaharchalar royxati keltirib o'tilgan va ular tadqiqotchilar tomonidan ma'lum yodgorliklar bilan qiyoslangan. Ibn Havqal (X asr oxiri) bejizga Mavorounnahr va Hurosonda jome masjidlari (masjid-musulmon olamida shaharni belgilovchi asosiy alomat hisoblangan) soni ko'pligi jihatdan Toshkentga teng keladigan o'lka uchramaydi, degan tarifini aytmagan. Bu davrda maqomi, vazifasi va hududiy ko'lami jihatdan o'zaro farqlanadigan shaharlar mavjud bo'lib, ularning arxeologik belgilariga ko'ra uchta shakli (yirik, o'rta va kichik) ajratib ko'rsatiladi. Shuningdek, shaharlarning uchta qismi (ark, shahriston va rabod) toliq ajraladi. Shaharlar obodonchiligi, sanitariya va gigiena holatlariga alohida e'tibor berilib, ko'chalarga tosh to'shaladi, suv ta'minoti va oqovasida quvurlardan keng foydalanila boshlaydi. IX-XIII asr boshlarida Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv, Kesh va shu kabi shahar markazlari faoliyat yuritib, arxeologik jihatdan nisbatan yaxshi o'rganilgan. Buxoro shahri qadimdan mavjud bo'lgan o'rnida rivojlanadi. IX asrning o'rtalarida shahar yangi mudofaa devorlari bilan o'rab olinib, uning 11 ta darvozasi mavjud bo'lgan. Shahar arkida yangi qurilish inshootlari, xususan, saroy, devonlar saroyi va boshqa jamoatchilik imoratlari barpo etilib, tashqi tuzilishi tubdan o'zgaradi. Buxoro shahrining ark qismida 713 yili arablar dastlabki masjidni barpo etishadi. Biroz kechroq Registon maydonining shimoliy qismida nomozgoh, 795 yili jome masjidlari qurilgan. 919 yili unga tutashtirib O'rta Osiyoda dastlabki minora barpo etiladi. 1068 yilda minoraning yogochdan barpo etilgan tepa qismi yonib, pishgan gishtdan qayta quriladi. Yozma manba ma'lumotlarida keltirilgan ma'lumotlarning guvohlik berishiga ko'ra shahar atrof hududi keng boglar, davlatmand va mansabdor shaxslar uy-joy imoratlari bilan band bo'lgan. Samarqand, ark, shahriston va rabod qismlaridan tashkil topgan O'rta Osiyoning yirik shahari bo'lgan shaharning asoiy qismi Afrosiyob o'rnida bo'lgan. Shaharning to'rt tomonida Kesh, Navbuhor, Buxoro va Xitoy darvozalari joylashgan. Janubdagi Kesh darvozasi orqali yangi rabod tomondan kirilgan. Buxoro darvozasi shimoliy qismida arka yaqin joyda bo'lgan. Arablar bosqiniga qadar Afrosiyobdan tashqarida devori qiyomat barpo etilgan bo'lib, uning 12 ta darvozasi bo'lgan. Samarqand shahri 111 Somoniylar davlati poytaxti bo'lgan davrda uchburcha madinaning garbida bir necha mahobatli qurilish inshootlari, xususan, saroy barpo etiladi. Ma'muriy markaz Buxoroga ko'chirilgandan so'ng qurilish ishlari toxtaydi. Bogdodlik geograf ibn Havqal (X asr) shaharning madinasining tashlandiq holati, aksincha rabod qismining rivojlanganligi togrisidagi ma'lumotlarni keltirib o'tgan. Uning ma'lumotlarida suv ta'minotida quvurlardan foydalanish, shahristondagi karvon-saroy, savdo-ishlab chiqarish inshootlari togrisidagi ma'motlar ham keltirilib, ular nisbatan arxeologik tasdigini topgan. Shahar mogullar istilosida ko'p talofat ko'rib, uzoq muddat turgunlik davrini boshidan kechiradi. Yuqorida Toshkent vohasi shaharlar sonining ko'pligi togrisidagi ma'lumotlar berilganidek, X asr o'rtalarida yashab o'tgan tarixchi Istaxriy ma'lumotlarida “Choch va Iloq mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan, darvozalar, rabodlar, arklar, bozorlarga ega bo'lib, ariqlar oqib o'tadigan shaharlarga boy” o'lka sifatida ta'riflangan. Ulardan eng yirigi Binket, Qarashket, Benoket hisoblangan. Binket vohaning bu davrdagi asosiy ma'muriy markazi hisoblanib, shahar chegarasi hozirgi Eski jo'va hududidagi Chorsu bozori bo'lgan. O'tgan asrning birinchi choragida arxeologik kuzatish ishlarini amalga oshirgan M.Е.Masson shaharning rabod qismi muhofaza devorlarini kuzatishga muvoffaq bo'lgan. Arxeolog olim kuzatishlari natijasida uning shahriston qismining maydonini 16 ga. doirasida chegaralashga muvoffaq bo'lgan. Shahriston tashqarisidagi rabod qismining chegarasini kuzatish va muhofaza devorlarining o'rnini aniqlashga erishgan. Shaharning mudofaa devorining o'rnini kuzatgan. Toshkent vohasining yirik shahar markazlaridan hisoblangan Qarashket Buyuk Ipak yo'lidagi yirik savdo-ishlab chiqarish markazi sifatida faoliyat yuritgan. Umumiy maydoni 220 ga. dan iborat Qanqaning bu davrdagi arki, uchta shahriston, rabod qismlaridan tashkil topib, uch xalqa mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Yodgorligining janubiy qismida taxminan 10 ga. maydondagi ixtisoslashgan hunarmandchilik ishlab chiqarish inshootlari, karvonsaroy va bozor shaharning vohadagi yirik savdo-iqtisodiy markaz bo'lganligini ko'rsatadi. Shahar mogullar istilosiga qadar (XII asr boshlarida) daryo o'zanining o'zgarishi sababli tashlandiq holga kelib xarobaga aylanadi. Buyuk Ipak yo'lidagi yirik shaharlardan biri hisoblangan Benoket Sirdaryo kechivuda joylashgan. Bu shahar savdo yo'lidagi muhim ahamiyati yuqori bo'lib, mustaqil tanga chiqaradigan zarbxonasiga bolgan. Maqdisiy qoldirgan ma'lumotlarga ko'ra shahar aholisi yuksak harbiy jasoratga ega bo'lganligi sababli shaharda muhofaza devorlari bo'lmagan. Hozirgi paytda Sirdaryo toshqinlarida shaharning asosiy qismi yuvilib ketishi barobarida ark butunlay nobut bo'lgan. Shahristonida o'z davri obodonchiligidan darak beruvchi qurilish ashyolari, rabod qismida kulollar (xumdonlar) va shishasozlar ustaxonalari o'rganilgan. Shahar mogullar istilosidagi to'rt kunlik qamal natijasida vayron qilinib, unda uzoq muddat hayot toxtaydi. Termiz shahri bu davrda uch qismdan iborat bo'lib, tadqiqotchi arxeolog olimlarning hisoblariga ko'ra uning maydoni 500 ga.ni tashkil etgan. Har biri qismi alohida mudofaa devorlariga ega bo'lgan. Shaharda termizshohlar saroyi, aholining uyjoy imoratlari, savdo-hunarmandchilik inshootlari va boshqa turdagi imoratlarning 112 o'rni aniqlangan. Termiz shahri XI-XII asrlarda taraqqiyotining yuqori darajasiga ko'tarilib, XIII asrda mogullar bosqini tufayli inqirozga yuz tutadi. Shimoliy Hurosonda ilk o'rta asrlar davri Marv shahri o'lkadagi yirik ma'muriy, madaniy va iqtisodiy markaz sifatida taraqqiy etadi. Arablar bosqini bosqini davriga qadar Gaurqala o'rnida taraqqiy etgan shahar keyingi bosqichda garbga kengayib, eski o'rni. Shahar saljuqiylar davlatining poytaxtiga bo'lgan. Qashqadaryoda Nasaf va Kesh shaharlar asosiy markazlar bo'lgan Qarshining bu davrdagi o'rni hozirgi Shuliktepa o'rnida rivojlangan. Shulliktepa yodgorlishi ark, shahriston va rabod qismlaridan tashkil topgan. Umumiy maydoni ga.dan iborat. Shahristonning topografik holatiga ko'ra bo'lb, ark bilan shahriston bulardan tashqari Xorazmda Urganch, Qashqadaryoda Nasaf va Kesh, Fargona vodiysida Quva va Axsikent shaharlari va boshqa katta-kichik shaharlar rivojlanadi. Umuman, O'rta Osiyoning IX-XIII asrlarda shahar yuksak darajada rivojlanib, ular ma'lum davlat yoki viloyatning ma'mriy markazi bo'lish bilan birgalikda, savdo-iqtisodiy va madaniy markazlar ham bo'lgan. Bu davrda ularning har birida boy me'moriy obidalar qad ko'tariladi. XIII asrning boshlarida Chingizhon boshchiligida mogul-tatarlar bosqinchiligi davrida ko'pgina shaharlar (Termiz, Benoket) vayron qilinib, ayrimlari butunlay inqirozga uchraydi va ayrimlari esa uzoq muddat tashlandiq holiga kelib qoladi. XIV asrning boshlarida mintaqada ma'lum siyosiy barqarorlik hukm surib, Chigatoy ulusi hukmron doirasi vakillari yuritgan obodonchilik ishlari natijasida shaharlar (Qarshi, Andijon) yangi joylarda qaytadan tiklanadi. O'rta Osiyo shaharsozligining taraqqiyotining keyingi bosqichi bevosita o'lkada Amir Temur hokimiyatining o'rnatilishi bilan bogliq. Bu davr O'rta Osiyo shaharsozligining taraqqiyotining keyingi bosqichi Movaraunnahrda Sohibqiron Amir Temur hokimiyatining o'rganilish va temuriylar hukmronligi bilan bogliq bo'lib, mogullar davrida vayron etilgan shaharlar qayta tiklanadi. Bu davrda nisbatan Samarqand va Shahrisabzning obodonchiligiga katta e'tibor qaratilib, asosiy qurilish ishlari mana shu ikki shaharda olib boriladi. Amir Temur farmoni bilan Toshkent vohasining Sirdaryo bo'yida joylashgan o'rta asr Benoket shahri qayta tiklanib, mustahkam muhofaza devori bilan o'rab olinadi va u Shohruhiya nomi bilan yuritila boshlaydi. Shuningdek, temuriylar davrida Hirot shahrida ham jiddiy qurilish ishlari olib boriladi. A.Navoiyning sayi harakatlari bilan ko'plab jamoatchilik imoratlari barpo etiladi. So'nggi o'rta asrlar davri dunyo tarixida sodir bo'lgan muhim o'zgarishlar O'rta Osiyo mingtaqasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida dengiz yo'lining ochilishi bilan Buyuk Ipak yo'li ahamiyatini yoqotib, O'rta Osiyo xalqaro savdo yo'lida, xalqaro taraqqiyot yutuqlaridan chetda qolib ketadi. Shuningdek, o'zaro taxt uchun kurash, beklarning mustaqil boshqarishga intilish yo'lidagi siyosiy markaziy hokimyat bo'ysunmasigi natijasidga boshboshdoqlik va oxir oqibat mustaqil honliklarning tashkil topishiga olib keldi. Me'morchilik. Arablar bosqini davrida O'rta Osiyoning shahar va qishloqlarida deyarli toxtab qolgan. Qurilish ishlari IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yana jonlana boshlagan X-XII asrlada kuchaygan. Bu davrda mahalliy hokimiyat vakillari 113 oldida avval shahar mudofaasini ta'mirlash va uy-joy jamoatchtilik imoratlari (bozor, karvon, saroy, sardoba), mahalliy amaldorlar uchun saroy, qasrlarni barpo etish vazifasi turar edi. Shuningdek bu davrda mahalliy aholi uchun yangi imoratlar-machit, madrasa qurish talab qilinar edi. Buyuk shaxslar qabrlari ustiga maqbaralar barpo etish an'anasi kuchaydi. Bu davr shaharlar ko'rkini mahobatli me'morchilik inshootlari bezab turgan. Somoniylar davridan boshlab mahobatli qurilish inshootlarini qurishda pishgan gishtlardan foydalanila boshlanishi imoratlarning mustahkamligini ta'minlash bilan birgalikda ularning ko'rkamligini ham oshirgan. Ma'lumki, IX asrdan shaharlarda diniy imoratlar: masjid, madrasa va maqbaralar barpo etish an'anaga aylanadi. Ularining old qismida bo'y cho'zib turgan peshtogi va gumbaz shaklida yopilgan tomi ko'rkini yanada oshirgan. Shaharlarning savdo va ishlab chiqarish markazi sifatidagi ahamiyatining o'sishi bilan tim va toglar barpo etiladi. Ular me'moriy echimi sodda va ixcham imoratlardan tashkil topib, tashqi tomon mahobatli bo'lmagan. Somoniylar davri me'moriy obidalari ixcham va sodda me'moriy echimga ega bo'lgan bo'lsa, Qoraxoniylar, ayniqsa, temuriylar davri me'moriy obidalari yirik va salobatli ko'rinish olib, ularning mahobatiga mos holda konstruksiyasi ham murakkablashadi. Shayboniylar davri me'morchiligida ularning ahamiyati asosiy e'tibor qaratadi. Bu davrda asosan savdo-ishlab chiqarish va jamoatchilik inshootlari koproq quriladi. Umuman, o'rta asrlar dariga oid imoratlari o'zida mavjud davlatning qudratini namoyon etadi. Agar Somoniylar davrida qurilgan inshootlar ancha kichkina bo'lgan bo'lsa, Qoraxoniylar ancha mahobatli, Amir Temur qurdirgan imoratlar esa ulkan mahobati bilan ajralib turadi. Bejizga Sohibqiron Amir Temur Oqsaroy peshtogiga “Qudratimizga shubha qilsang qurgan imoratlarimizga boq”, degan so'zlarni bejizga yozdirmagan. IX asrdan boshlab qurilishda pishgan gishtdan foydalanish boshlanib, X asrda undan keng foydalanilgan. Pishiq gishtdan qurilishda foydalanish nafaqat imoratning mustahkamligini ta'minlagan balki, ularning tashqi manzarasining ko'rkamligini ham ta'minlagan. Shunday qurilish inshootlaridan biri Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi bo'lib, uni qurishda pishiq gishtdan turli usullarda foydalanilgan. Gishtlar togri ko'ndalang, yon va qirra tomonlari bilan terilib, ular o'ziga xos bezak xosil qiladi. uning tashqi tuzilishi juda sodda. Kubik shaklidagi bino tomi kumbaz qilib yopilgan. Maqbaraning sardevori bo'ylab ketma-ket kichik arkalar joylashgan. Burchaklaridagi minorasimon ustunlar devorlariga biriktirilgan. Eshiklarining tepasi ham arkasimon. Shuningdek, Araboda, Karmanada Said Bahrom Uzunda, Oq Ostonabobo, Termizda at-Termiziy maqbaralari kabi me'moriy obidalari saqlanganki, ular qurilish usuli va bezalishiga ko'ra umumiy va o'ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Ularning devorlari murakkab o'yma ganchli naqshlar bilan bezatgan. Bu davr me'morchiligida islimiy va grih uslubidagi naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Shuningdek, me'morchilikda devorlarning sirtini koshinlar bilan bezash keng yoyilib, ularda ko'k va yashil ranglardan keng foydalanilgan. Me'morchilik inshootlarini barpo etishda murakkab qurilish usullari (qubbalar, yoysimon arklar, gumbazlar, beshtog) keng qollanilgan. 114 Bu davrda shahar atrofi va tashqarisida qorgonlar va qarorgohlar ham barpo etilgan. Ulardan biri Buxoro yaqinidagi Rabodi Malikdir. Hovli ichkarisi qisqa xonalar bilan o'ralgan. Devorlari ham gishtdan ko'tarilib, pishiq gisht bilan usti qoplangan. Tepasi asosi gumbaz bilan yopilib, atrofida kichik gumbazlar joylashgan. Hovli ichkarisida machit, hammom va boshqa xonalar ham mavjud. Asosiy xona bezatilgan. Bu davrga oid masjidlar bizgacha deyarli etib kelmagan. Ulardan Buxoroda Diggaron va Mogaki Attoriylar saqlangan va boshqalar saqlangan. Ular asosiy xonalardan iborat bo'lib, gumbaz qilib yopilgan. Masjidlarda aylana shakldagi minoralar bo'lgan. bu davr minoralari shakliga ko'ra turlicha. XII asrlarga oid Buxoroda kalom Vobkent va Jarqorgon minoralari saqlanib qolgan. Ular tashqi tomonidan bir-birini takrorlamaydi. Dastlabki ikkitasi silliq holda ko'tarilgan bo'lsa, Jarqorgon minorasi tagkursi ustida qator ustunsimon shaklda qurilib, tepada kichik arkalarga tutashgan. Tepa qismida ular davom ettirilib, ular o'rtasi belboqsimon shaklni xosil qilgan. Bu davrning alohida shaxslar uchun mavzoleylar qurish an'anasi kuchaydi. Mavzoleylarning ba'zilari toliq pishiq gishtdan yoki xom gisht bilan aralashtirilgan holda qurila boshladi. Ularga gumbazli, ba'zan ravoqli qurilgan. Shulardan Marvda Sulton Sanjar, Xorazmda (Urganch) El Arslon va Takashlarning maqbaralari diqqatga sazovardir. El Arslon va Takash maqbaralari kvadrat shaklida bo'lib, tepasida baland gumbaz joylashgan. Ular o'ziga xos me'moriy uslubi va bezalish san'atiga ega bo'lgan xususiyatlari bilan ajralib turadi. XIV asrning ogirlaridan boshlab O'rta Osiyo me'morchiligi mogul-tatar bosqinidan so'ng o'zining yangi taraqqiyot bosqichiga kiradi. Gumbaz va qubbalar tuzilishi murakkablashadi. Me'morchilikdagi eng katta yutuqlardan biri, ularga beriladigan bezaklar va boyoqlar mazmunining ortishidir. Koshinlar asosan ko'k, oq va havo ranglarda bo'lib, gumbazlarga havo rang berilgan. Bu davrga oid me'moriy obidalar asosan Samarqand va Shahrisabz shaharlari barpo qilinadi. Shuningdek Xorazmda ham mogullardan so'ng huvillab qolgan Urganch shahrida qurilish ishlari jonlanadi. Bu davrda Samarqandda Bibixonim, Go'ri Amir, Shohizinda, Shahrisabzda Oqsaroy va boshqa ko'plab me'morchilik inshootlari barpo qilinadiki, ular Sohibqiron Amir Temur davrida qurilgan boy me'morchilik namunalaridir. Shuningdek Ulugbek davrida ham bir necha me'morchilik inshootlari barpo etiladi. Ulugbek davrida Samarqand, Buxoro va Shahrisabz shaharlarida qurdirgan madrasa va masjidlar diqqatga sazovardir. Shayboniylar davrida Samarqand shahrida qurilish to'xtamagan bo'lsada asosiy qurilish inshootlarini barpo qilish an'anasi Buxoroga (poytaxt ko'chirilgandan so'ng) ko'chadi. Buxoro shahrida mudofaa devori bilan o'rab olinadi. Buxoro me'morchiligida xususan diniy inshootlarda eski me'morchilik ananalari yangi an'analar bilan uygunlashadi, jamoatchilik imoratlarida yangi me'morchilik an'analarining ustunligi seziladi. Ayniqsa imoratlardagi gumbazlarning xonalariga mos tushishi me'morlar izlanishining natijasidir. Bu davrda ham jamoatchilik inshootlari; masjid, madrasa, xonaqoh, sardoba, karvonsaroy va boshaqalarni qurish an'anasi kuchayadi. XVI asrning me'moriy boyoqlarda Temuriylar davri an'anasi davom etsada, XVI asrning ikkinchi yarmidan 115 so'ng eng sodda kam mehnat talab qiladigan bezaklardan keng foydalaniladi. Bu davrga oid Mir Arab madrasasi, masjidi, Kalon majmuasi, Abdullaxon madrasalari va boshqa me'moriy obidalar o'z davrning ajoyib namunalaridir. Shuningdek, Toshkentda Ko'kaldosh va Baroqxon madrasalari barpo etiladi. XVII-XVIII asrlar davri me'morchiligi o'tgan asr an'analarining davomi sifatida rivojlanadi. Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda ko'plab me'moriy obidalar barpo qilinadi. Ayniqsa, Xorazm me'morchiligi o'ziga xos yo'nalishda rivojlanib, Hiva shahrida bir necha madrasalar pishiq gishtdan barpo etiladi. XVII asr o'rtalarida Urganch shahri hozirgi o'rniga ko'chirilib bu erda ham yangi qurilish inshootlari barpo qilinadi. Hunarmandchilik. O'rta Osiyoning rivojlangan o'rta asrlar davri hunarmandchiligida, temirchilik, shishasozlik, toqimachilik, kulolchilik va boshqalar muhim o'rin tutadi. IX-X asrlardan boshlab, shisha ishlab chiqarish hunarmandchilikning asosiy tarmoqlaridan biriga aylanadi. Hunarmandchilikning bu turi asosan shaharlarda rivojlanadi. Afrosiyob, Varaxsha va Nisolarning o'rta asrlar davri madaniy qatlamlaridan bu davrga oid shisha buyumlar topib o'rganilgan. Ular shakl va hajmdagi uy-ro'zgor buyumlardan tortib, zeb-ziynat va parod-andoz buyumlarigacha tashkil etadi. Shishalarning asosiy ko'pchiligi rangsiz. Rangli shishalar ham mavjud bo'lib, ular asosan idishlarni bezashda ishlatilgan. Bu davr shishasozlari turli usullardan foydalanganlar va puflash yo'li bilan yupqa shishalar ishlab chiharganlar. Puflash yo'li bilan idishlarga pardoz berish ham keng foydalanishgan. IX-X asrlarda puflash yo'li bilan deraza oynalari ham yasalgan. XI-XII asrlarga kelib shishaga bo'lgan talab yanada ortib ishlab chiqarish sur'ati tezlashadi. Bu davrda shuningdek rangdor shishalar miqdori ko'payadi. Temirchilik nafaqat shaharlarda balki qishloq joylarda ham ancha rivojlanib, undan mehnat qurollari, uyro'zgor buyumlari, qulf-kalitlar bilan bir qatorda, shamdonlar, surmadonlar va boshqa antiqa buyumlar yasalgan. Temir buyumlari, quyish va bolgalash usulida yasalgan. Metalchilikning yana bir muhim tarmogi misgarlik bo'lgan. Misgarlar tomonidan nafis ko'zalar, qozonlar, shamdonlar yasalgan. Kulolchilik ishlab chiqarish nafaqat shaharlarda balki qishloq joylarda ham yaxshi rivojlangan bo'lib, arxeologik jihatidan yaxshi o'rganilgan. Shahar va qishloq xarobalaridan kulollar mahallalari, ustaxonalar va xumdonlarning o'rni ochib o'rganilgan. Rivojlangan o'rta asrlarga kelib kulolchilikda katta yutuq ya'ni idishlarni naqshlar bilan bezash va ularni sirlash texnikasi o'zlashtiriladi. IX-X asrlarda ishgorli, qalayli va yuqori sifatga ega bo'lgan qo'rgoshinli sirlardan foydalanilgan. Idishlar oyoqda ishlayodigan charxlarda yasalib, turli ranglardagi angoblar bilan jilo berilgan va turli rang va tasvirlar tushurilgandan so'ng olovda pishirilgan. Undan so'ng esa sirlanib ikkinchi marta qayta pishirilgan. Bu davrda kulollar och ko'k, sariq va qoramtir jigarranglardan keng foydalanganlar. Bir turdagi idishlar esa oq rangga bo'yalib ustidan qora va jigarrangdagi yozuvlar bilan bezatilgan. Shuningdek och ko'k va havo rangdagi sirlardan ham keng foydalanilgan. Naqshlar geometrik setka. Shtrix, chiziq, yulduzcha va aylanalar hamda o'simlik, barglar va boshqalardan iborat. Shuningdek, ularda hayvon va qush tasvirlari tushirilgan naqshlar, hamda shukurona va nasihat so'zlari bitilgan yozuv naqshlar ham mavjud. XII asr ogiri XIII asr boshlariga kelib kulolchilik sifatining pasayishi sodir 116 bo'ladi. Sirlari ko'kimtir rangdagi dogsimon tusga kirib, naqshlar o'zining aniqligini yoqotadi. XIV asrning boshlariga kelib kulolchilik o'zining ilgarigi holiga qayta boshlaydi. Tagi qora boyoqda naqshlangan zangori rangdagi sirlar keng qollaniladi. XV asrlarda qora naqshlar va zangori rang sirlar an'anasi davom etib, o'zidan oldingi davrdagiga nisbatan sifati bir oz oshadi. XVI asrda idishlar esa oq va zangori boyoqlarga, asr oxirida esa toq zangori bo'yoqqa bezatilib, naqshlari girih va islimiy shakllardan tarkib topadi. Адабиётлар рўйхати: Дарслик ва ўқув қўлланмалар: 1. Авдусин Д.А. Основы археологии М., «Высшая школа» 1989 2. Амальрик А.С., Монгайт А.Л. В поисках изчезнувших цивилизаций. //Очерки археологии. Т.I. М., 1959. 3. Археология. М., “Изд Московского университета” 2006 4. Археология Зарубежной Азии. М., «Высшая школа» 1986 5. Кабиров Ж. Сагдуллаев А. Ўрта Осиё археологияси. Т., 1990 6. Эгамбердиева Н.А. Археология. Тошкент, 2011 Монографиялар: 1. Абдуллаев К. Культ хаомы в древней Центральной Азии. Самарканд. 2009. 2. Авеста. Избранные гимны. Пер. с авестийского и комментарии И.М. Стеблин-Каменского. Душанбе, 1990. 3. Авесто. Яшт китоби. // М. Исҳоқов таржимаси. Т., “Шарқ” 2001. 4. Алексеев В.П., Аскаров А.А., Ходжайов Т.К. Т. Историческая антропология Средней Азии.“Фан” 1990. 5. Алимова Д.А., Филанович М.И. Тошкент тарихи. Т.,2009 6. Альбаум Л. И. Балалык-тепе. К истории материальной культуры и искусства Тохаристана. Ташкент, 1960. 7. Альбаум Л.И. Живопись Афрасиаба. Т., 1975. 8. Аминжонова М.Е. Қадимий ёдгорликлар қиссаси Т., “Ўқитувчи” 1972. 9. Аннаев Т., Шайдуллаев Ш. Сурхондарё тарихидан лавҳалар. Т., 1997. 10. Анорбоев А.А. Марғилоннинг узоқ ўтмиш маданиятини излаб. Самарқанд. 2007 117 Анорбоев А.А, Исломов У.И., Матбобоев Б.Х. Ўзбекистон тарихида Қадимги Фарғона. Т., “Фан”, 2001 12. Аскаров А.А. Древнеземледельческая культура эпохи брозы юга Узбекистана. Т., «Фан». 1977. 13. Аскаров А.А. Сапаллитепа. Т., 1973. 14. Аскаров А.А., Абдуллаев Б. Джаркутан. Ташкент. 1983. 15. Аскаров А.А, Альбаум Л.И. Поселение Кучуктепа. Ташкент. 1979. 16. Аскаров А.А., Ширинов Т.Ш. Ранняя городская культура эпохи бронзы Средней Азии. Самарканд 1993. 17. Асқаров А.А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. Т., “Университет” 2007 18. Асқаров А.А., Жўрақулов М.Ж. Энеолит ва бронза даврида Ўрта Осиё. Самарқанд, 1984. 19. Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый город Средней Азии. Л., 1973 20. Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. М. Л., 1950. Т. II. 21. Брей У., Трамп Д. Археологический словарь. М., «Прогресс» 1990 22. Брыкина Г.А. Юго-Западная Фергана в первой половине I тысячелетия нашей эры. М., «Наука» 1982. 23. Булатова В.А. Древняя Кува. Т., «Фан» 1972. 24. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса. Т. 1982. 25. Буряков Ю.Ф. Историческая топография Ташкентского оазиса. Ташкент, 1976. 26. Вайнберг Б.И. Этнография Турана в древности (VII до н.э. VIII в. н.э.). М., 1999. 27. Вайнберг Б.И., Левина Л.М Чирикрабатская культура. М., 1993. 28. Гафуров Б.Г. Таджики. Кн. I. Душанбе “Ирфон”, 1989. 29. Горячева В.Д. Городская культура Тюркских Каганатов на Тяньшане (середина VI-нач. XIII в.) Бишкек 2010. 30. Грот Оби-Рахмат. Новосибирск. 2004. 31. Григорьев Г.В. Отчет об археологической разведке в Янгиюльском районе УзССР в 1934 г. Т., 1955. 32. Джуракулов М.Дж. Сазаганская культура 33. Джуракулова Д.М. Зарафшон водийсининг тош ва бронза даври қабилалари маданияти.//Т.ф.н. илмий даражасини олиш учун тақдим этилга диссертация автореферати. Самарқанд, 2009. 34. Древнейшие государства Кавказа и Средней Азии. М., 1985. 35. Древний и средневековый город Восточного Мавераннахра Т., 1990. 36. Древний Мерв. //Тр.ЮТАКЭ. Т. XIX. Ашхабад, 1989. 37. Древний Ташкент. Т., 1973. 38. Древности Ташкента. Т., 1976. 39. Древности Туябугуза. Т., 1979 11. 118 Древняя и средневековая культура Чача. Т., 1979. Дуке X. Бургулюкская культура. Т., 1979. Дуке X. Туябугузское поселение бургулюкской культуры. Т., 1982. Еленек Я. Большой иллюстрированный атлас первобытного человека М., 1982. 44. Жўрақулов М.Ж. Ўрта Осиё ибтидоий археологияси. Т., “Ўқитувчи”. 1984. 45. 3аднепровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы. МИА. М-Л., 1962. Вып.118. 46. Заднепровский Ю.А. Ошское поселение. К истории Ферганы в эпоху поздней бронзы. Бишкек, 1997. 47. Исаков А.И. Саразм. Душанбе, «Ирфон» 1991. 48. Исамиддинов М.Х. История городской культуры Самаркандского Согда. Самарканд, 2002. 49. Исламов У.И. Обиширская культура. - Т., 1980 50. Исламов У.И. Пещера Мачай. Т., «Фан» 1975 51. Исламов У.И., Крахмаль К.А. Палеоэкалогия и следы древнейшего человека в Центральной Азии, Ташкент 1995 52. История Узбекистана в источниках.// Составитель Б.В. Лунин. Т., «Фан» 1984. 53. Калалы-гыр 2. Культовый центр в Древнем Хорезме IV II вв. до н. э. М.: Восточная литература, 2004. 54. Кой-Крылган-кала - памятник культуры древнего Хорезма IV в. до н.э. - IV в. н.э. / Отв.редакторы С.П.Толстов, Б.И.Вайнберг. М., 1967. 55. Кузьмина Е.Е. Арии-путь на юг. М.-Спб., «Летний сад» 2008. 56. Кузьмина Е.Е. Классификация и периодизация памятников Андроновской культурной общности. Актобе, 2008. 57. Курбансахатов К.Энеолит Анау. Ашхабад, Ылим, 1987 58. Кюнер Н. В. Китайские известия о народах Южной Сибири, Центральной Азии и Дальнего Востока. М., 1961. 59. Ламберг-Карловски К., Саблов Дж. Древние цивилизации. Ближний Восток и Мезоамерика. М., «Наука» 1992 60. Левина Л.М. Керамика нижней и средней Сырдарьи I тыс. н.э. М., 1973. 61. Левина Л.М. Этнокультурная история Восточного Приаралья. I тысячилетие до н.э.- I тысячилетие н.э. М., “Восточная литература”, 1996 62. Лисицына Г.Н. Орошаемое земледелие эпохи энеолита на юге Туркмении. М., «Наука», 1965 63. Лунина С.Б. Города Южного Согда в VIII-ХII вв. Т., 1984. 64. Лушпенко О.Н. Раннежелезный век Южного Согда (по материалам памятников Китабского и Яккабагского районов): Автореф. на соис. дисс. канд. ист. наук. Самарканд, 1998. 65. Массон В.М. Культурогенез древней Центральной Азии. СПБ, Изд. Санкт-Петербургского университета, 2006 40. 41. 42. 43. 119 Массон В.М. Древнеземледельческая культура Маргианы / МИА. № 73. М.-Л., 1959. 67. Массон В.М. Поселение Джейтун // МИА. Л.. 1971. - № 37 68. Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток М.-Л., 1961. 69. Массон В.М. Алтын-Депе. Труды ЮТАКЭ. Ленинград, 1981. Т. XIX 70. Массон В.М. Первые цивилизации. Л.,1989. 71. Массон М.Е. Ахангеран. Археолого-топографический очерк. Ташкент, 1953. 72. Мурадова Э. А. Поселения архаического Дахистана. Ашхабад, 1991. 73. Матбабаев Б.Х. К истории культуры Ферганы в эпоху раннего средневековья. Т., “Tafakkur” 2009. 74. Муҳаммаджонов А.Р. Қадимги Бухоро. Т., “Фан” 1989. 75. Муҳаммаджонов А.Р. Қадимги Тошкент. Т., “Фан” 1988. 76. Пидаев Ш.Р. Сирли кушонлар салтанати Т., “Фан” 1990. 77. Пидаев Ш.Р. Қадимий Термиз. Т., “Фан” 2001 78. Пугаченкова Г.А. Выдающися памятники Узбекистана. Т., 1958 79. Пугаченкова Г.А. Шедевры Средней Азии. М., 1986. 80. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И., История искусств Узбекистана. М., «Искусство», 1963 81. Пугаченкова Г.А., Ртвеладзе Э.В. и др. Дальверзинтепе кушанский город на юге Узбекистана. Т., 1978. 82. Пугаченкова Г. А., Ртвеладзе Э. В. Северная Бактрия-Тохаристан. Очерки истории и культуры. Древность и средневековье. Ташкент, 1990. 83. Рахмонов Ш.Р. Тавка (к истории древных таможенных сооружений Узбекистана). Т., 2001. 66. Сагдуллаев А.С . Бактрийская легенда. Т., «Узбекистан» 1990. Сагддуллаев А.С. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. Т., “Ўқитувчи”. 1996. 86. Сагдуллаев А.С. Усадьбы древней Бактрии. Т., 1987. 87. Сарианиди В.И. Древности страны Маргуш. Ашхабад “Ылым”, 1990. 88. Сарианиди В.И. Поселение и некрополь Тиллятепе. М., 1989 89. Сарианиди В.И. Древние земледельцы Афганистана. М., 1977 90. Сарианиди В.И. Маргуш 91. Сетон Ллойд. Археология Месопотамии М., «Наука» 1984 92. Средняя Азия и Дальный Восток в эпоху средневековья. Средняя Азия в раннем средневековье. // Под общ. ред. акад. Б.А. Рыбакова М., «Наука» 1999 93. Средняя Азия в эпоху камняя и бронзы. М.-Л., 1966 94. Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб. Проблемы цивилизации Узбекистана VII в. до н.э.- VII в. н.э. Самарканд-Ташкент, 2000. 95. Сулейманов Р.Х. Нахшаб унитилган тамаддун сирлари. Т., “2006”. 96. Толстов С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта. - М., 1962. 97. Толстов С. П. Древний Хорезм. М., 1948. 84. 85. 120 Толстов С.П. По следам древнехорезмийской цивилизации. М., 1948. Тошкент воҳаси археологияси. (муаллифлар жамоаси) Т., “Фан”. 98. 99. 2010. 100. Филанович М.И. Ташкент. Зарождение и развитие города и городской культуры. Ташкент, 1983. 101. Филанович М.И. Древняя и средневековая история Ташкента в археологических источниках. Т., «Узбекистан» 2011 102. Хлопин И.Н. Историческая география южных областей Средней Азии (Античность и ранее средневековье). Ашхабад. «Ылым», 1983. 103. Хлопин И.Н. Юго-Западная Туркмения в эпоху поздней бронзы. По материалам Сумбарских могильников. Л., 1983 104. Хмельницкий С.Г. Архитектура Средней Азии IX-X вв. Между арабами тюрками. Берлин-Рига, 1992 105. Хмельницкий С.Г. Архитектура Средней Азии XI-XIII вв. Между саманидами и монголами. Часть. 1. Берлин-Рига, «GAAJUN», 1996 106. Хмельницкий С.Г. Архитектура Средней Азии V-VIII вв. Мужду кушанами и арабами. Берлин-Рига, «GAAJUN», 2000 107. Шайдуллаев Ш.Б. Поселение раннежелезного века. Т., 2006. 108. Шайдуллаев Ш.Б. Автореферат. на соис. уч. ст. док. ист. наук. Т., 2010. 109. Шаҳрисабз. Минг йиллик меъроси, Тошкент, «Шарқ». 2002 110. Шониёзов К.Ш. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. Т., “Шарқ”, 2001. 111. Энеолит СССР. Археология СССР. М., 1982 112. Қадимги Кеш-Шаҳрисабз тарихидан лавҳалар. //Масъул муҳаррир А.С. Сагдуллаев. Т., “Шарқ” 1998. 113. Чайлд Г. В. Древнейший Восток в свете новых раскопок. // пер. с анг. М.Б. Граковой-Свиридовой. М., Изд. “Иностранной литературы”, 1956. 114. У истоков древней культуры Ташкента. Ташкент, 1982 Mundarija KIRISH .............................................. 4-8 Birinchi bo'lim. TOSH ASRI I.БОБ Paleolit………………...........................………….................. 9-30 II. Bob. Mezolit………...........................………………...................... 31-42 III. Bob. Neolit…………………..........................………...................... 43-55 Ikkinchi bo'lim. PЕLЕOMЕTALL DAVRI 121 I. Bob. Eneolit………...........................………………....................... 56-70 II.Bob. Bronza..................................................................................... 71-92 Uchinchi bo'lim. TЕMIR ASRI I.Bob. Ilk temir davri......................................................................... 93-122 II.Bob. Antik davri.................. ………...........................……......... 123-149 Tortinchi bolim. O'RTA ASRLAR DAVRI I.Bob. II.Bob. Ilk o'rta asrlar …………………………………………. 150-172 O'rta asrlar ……………………………………………... 173-182 ADABYOTLAR ROYXATI..................................................................... Оглавление: Введение . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 4-8 Первый раздел. КАМЕННЫЙ ВЕК I. Глава 122 Палеолит..........................………….................. 9-30 183-186 II. Глава. Мезолит..................………………...................... 31-42 III. Глава. Неолит…..........................………...................... 43-55 Второй раздел. ЭПОХИ ПАЛЕОМЕТАЛЛА I. Глава. Энеолит..................………………....................... 56-70 II. Глава . Бронза................................................................... 71-92 Третьй раздел. Железный век I. Глава. Раннежелезный век........................................... II. Глава. Античность..........................................……......... 123-149 93-122 Четвертый раздел. Средный век. I. Глава. Раннесредневековье.…………………… II. Глава. Cредный век……………………………. 150-172 173-182 СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ....................................................... 183-186 3-9 Сontents: 4-8 Introduction 123 ………...........................…………………….… 3-9 The first section. Stone age 9-30 I. Chapter 31-42 Paleolith……………...........................…………................. II. Chapter Mesolithic………...........................…………….. 43-55 10-19 III. Chapter Neolithic……...................................................... 20-29 The second section. Epoch paleometal 56-70 I. Chapter 71-92 Eneolit………...........................……………......................... 30-49 II. Chapter The Bronze age .................................................................. 50-59 60-70 The third section. Iron age 93-122 I. Chapter Early Iron age..................................................... II. Chapter Antique era....... ………...........................…….... 123-149 71-80 The first section. Middle ages 150-172 I. Chapter Earle middle ages………...........................…… II. Chapter Middle ages………...........................………. 173-182 81-93 94-98 183-186 REFERENCES...................... ………...........................…….... 124 99-109