Uploaded by Abbosbek Abduvokhobov

aVTO

advertisement
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI
2-BOSQICH KASB TA’LIMI (INFORMATIKA
VA AXBOROT TEXNOLOGIYLARI)
YO’NALISHI TALABASI
ABDUVOHOBOV ABBOSBEKNING
WEB DASTURLASH VA DIZAYN
FANIDAN YOZGAN MAXSUS
O’QUV QO’LLANMASI
Mavzu: Web brauserda: “XORTUM.AVTO.UZ” nomli web
sayt yaratish
Qabul qildi:
N.M.Alimqulov
ANDIJON – 2019
MUNDARIJA:
1.KIRISH ………………………………………………………….………………………………4
2. SAYT HAQIDA ............................................................................................................... 6
3. ASOSIY BO’LIM ........................................................................................................... 8
4. RO`YXATDAN O`TISH BO’LIMIGA KIRITISH.......................................... 10
5.KIRISH BO`LIMI ........................................................................................................ 14
6. MAHSULOTNI MA’LUMOTLAR BAZASIGA KIRITISH....................... 17
7. BUYURTMANI RASMIYLASHTIRISH ............................................................ 22
8. SATY MA`LUMOTLARI. ........................................................................................ 25
2
Mazkur mustaqil ish “Web dasturlash va dizayn” fani doirasida
yaratilgan bo`lib, “xortum.avto.uz” soda web sayti mazmun va moxiyati
atroflicha bayon etishga qaratilgan.
3
Kirish
O’zbekiston respublikasida xozirgi kunda Prezidentimiz olib borayotgan
isloxatlar va yangiliklar talaygina. Prezidentimiz sharofatlari bilan yurtimizda
rivojlanilmayotgan soxaning o’zi yo’q. Ayniqsa bizni quvontirayotgan ishlardan
biri
bunday yangilanish va islohatlardan ta’lim soxasi xam chetda
qolmayotganligidir. Xozirgi kunda yurtimizda ta’lim soxasida juda ko’p
yangiliklar bo’lmoqda, shulardan biri sifatida davlatimiz raxbarinig “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli isloxatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ishlab chiqildi. Bu qarorga
muvofiq, talabalar bilimini nazorat qilish va sifatli kadrlar tayyorlash xaqida
nizom ishlab chiqiladi.
Xujjatda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim
muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda
talabalar bilimini nazorat qilish va baxolash tizimi to’g’risida nizomni ishlab
chiqishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozimligi belgilangan.
Bizning asrimiz texnika asri yanikim tez shiddat bilan texnika rivojlanib
bormoqda.Xozirda televizor, telefon, kompyuter va turli xil maishiy texnik
vosita kirib bormagan xovli, xonadon qolmaganligi xam buning yaqqol dalidir.
Shunday zamonda har qanday soxa va yo’nalishni rivojlanishi uchun ham
barcha shart-sharoitlar mavjud. Bu rivojlanishlardan ta’lim soxasi ham sira
chetda qolayotgani yo’q. Ayniqsa AT ni rivojlantirishga qaratilgan choratadbirlar biz yoshlarni juda mamnun etmoqda. Bunga misol qilib yaqinda ishlab
chiqilgan 5 tashabbusning biri xam bizning soxamizga ya’ni AT soxasi ekanini
aytish mumkin.Yoshlarga yaxshi va sifatli bilim berish uchun ham hozirda
rivojlanib borilayotgan zamonaviy texnik vositalardan keng ko’lamdan
foydalanilmoqda.
4
Men bu mustaqul ish tayyorlash davomida
shunga amin bo’ldimki
hozirda davlatimizda biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali
va unumli foydalanishimiz kerak. Biz yoshlar o’qishimiz va faqat o’qishimiz
kerak.Biz xam Andijon davlat universiteti Fizika-Matematika fakulteti Kasbta’limi(IAT)yo’nalishi talabalari xam, biz yoshlarga yaratilgan sharoitlardan
samarali foydalangan holda “PHP” dasturlash tilini o’rganishga bel bog’lab xar
birimiz o’z web saxifamizni yaratishga xarakat qildik.
Bu o’quv qo’llanmada “Web dasturlash va dizayn” fani “PHP”
dasturlash tili doirasida yaratilgan, XORTUM.AVTO.UZ nomli sodda web sayti
yaratish jarayonining mazmun va mohiyati atroflicha bayon etiladi.
5
1. SAYT HAQIDA.
Onlayn “XORTUM.AVTO.UZ” Avtomobil sotib olish.
ASSALOMU ALAYKUM AZIZ FOYDALANUVHCI !!!
Bizning saytimizda siz o'zingizga yoqqan avtomobil sotib olishingiz
mumkin.Bizda boshqalardan ko`ra arzon va sifatli.
Saytning umumiy ko’rinishi (1-rasm).
1-rasm.
Saytimizni asosiy oynasini 4 qisimga bo’lib o’rganamiz.Misol uchun:
1) Saytimiz yuqori qismida Asosiy bo`lim, Sotib olish bo`limi,
Avtomobillar ro`yxati kabi bo’limlar mavjud. Bu bo’limlarning o’z vazifasi
mavjud. Ular haqida keying sahifalarga tanishtirib o’tamiz. (2-rasm).
2-rasm.
6
2).Saytimizning keyingi qismida siz , Ro’yxatdan o’tish, Kirish, Sotib
olganlar, Ma’lumot kabi bo’limlarni ko’rishingiz mumkin. Bu bo’limlar asosan
bizdan maxsulot sotib olishni istagan mijozlar uchundir. Batafsil ma’lumotlat
kelasi saxifalarda(3-rasm).
3-rasm.
Har bir sayt yaratuvchilari saytning dizayniga juda kata etibor
beradilar.Chunki sayt, xaridor ya’ni saytga birinchi tashrif buyurgan insonni
o’ziga jalb etishi, u yerda sifatli va ta’labga javob beruvchi maxsulotlar bor
ekanini guvohi bo’lishga zamin yaratishi
kerak.
Bundan asosiy maqsad
shunchaki mahsulotni ko’rish uchun kirgan insonni ham diqqat e’tiborini jalb
qilib, saytga jiddiy yondashishga undashdir.
Endi har bir bo’lim haqida batafsil ma’lumot berib o’tamiz.
7
Asosiy bo’lim
4-rasm.
Agar siz “Asosiy” bo’limini tanlasangiz, saytimizning asosiy oynasi
ochiladi. Saytning boshqa bo’limlarida bo’lgan vaqtda “Asosiy” bo’lim
tugmasini bosilsa, saytga qaytadi. Bu joyda saytimiz xaqida saytimizga tashrif
buyuvchilarni qiziqtirgan barcha ma’lumotlarga olib boruvchi bo’limlar mavjud.
8
Sotib olish bo`limi- bu siz avtomobilni qanday qilib sotib olishni
ko`rishingiz
mumkin
(5-rasm).
5-rasm.
Avtomobillar ro`yxati-bu bo’limimizda biz sotuvga qo`yilgan barcha
atvomobillar ro`yxati, narxi, ishlab chiqilgan sani, soni hamda saytimizga qaysi
admin
joylagani
ko`rish
6-rasm.
9
mimkin(6-rasm).
Kirish-bo’limida bizning mijoz yoki yangi kirayotgan xaridor “login va
parollari” taxrir qilinadi. Agar bizning saytimizdan royxatdan o’tgan mijoz bolsa
o’zinig login va parolini to’g’ri kiritganidan song to’g’ridan-to’ri saytimizning
asosiy
bo’limiga
o’tishi
mumkin.Aksincha
birinchi
marotaba
tashrif
buyurayotganlar uchun ro’yxatdan o’tishi so’raladi. Bu bo’limda tashrif
buyurgan xaridor bizning onlayn bozorimizdan mahsulot sotib olmoqchi bo’lsa,
albatta, saytimizdan ro’yhatdan o’tishi kerak. Sababi, xaridor keyingi safar
bizning onlayn bozordan mahsulot harid qilayotganida, shunchaki login va parol
terib, tashrif buyuradi. Bularning barchasi xaridorlar uchun qulaylik yaratish
maqsadida yaratilgan.
Xaridorga o’z ma’lumotlarini to’g’ri va to’liq kiritishi uchun maxsus
oyna hosil bo’ladi. Ya’ni, shunday ko’rinishda bo’ladi. (7-rasm).
7-rasm.
Xaridordan har bir jadval to’ldirilish sharti talab qilinadi. Agar berilgan
jadvallarni to’liq to’ldirmasa, bizning mijozga aylanmaydi, ya’ni ro’yhatdan o’ta
10
olmaydi.
Shu
qoidalar
bajarilsagina
ro’yhatdan
o’tadi(8-rasm).
8-rasm.
RO’YHATDAN O’TISH bo’limida esa har qanday xaridor ro’yhatdan
o’tib, bizning mijoziga aylanadi. Bu bo’limida xaridor login, parol, familyasi,
ismi, manzili, telefon raqami, email kabi shaxsiy ma’lumotlarini qoldiradi.
Qoldirgan ma’lumotlar bazaga yoziladi va saqlanadi. Xaridor har safar onlayn
bozorga tashrif buyuryotganda o’zi xoxlagan login va parol bilan emas, aynan
11
o’sha bazaga yozilgan, ro’yhatdan o’tishda yozgan login va parol bilan kiritish.
9-rasm.
Agar biron-bir ma`lumotni kiritmasdan o`tib ketsangiz boshqatdan
barcha
ma`lumotlarni
kiritishingiz
so`raladi
albatta.
tugmasi bosiladi. Xaridorga “Ro’yhatdan muvaffaqiyatli o`tdingiz” degan xabar
chiqadi(10-rasm).
12
10-rasm.
Bu ro’yxatdan o’tish jarayoni muaffaqqiyatli yakunlanganini bildiradi. Endi
xaridor bizning mijoziga aylandi va dasturga kirishga ruhsat berildi. Ro’yhatdan
o’tishda kiritgan login va parolini yozib dasturga tashrifini amalga oshirishi
mumkin.Xaridorning ma’lumotlarini bazaga kelib tushganini admin bazaga
kirib,
ko’rib
tekshirishi
11-rasm.
13
mumkin.
(11-rasm).
11-rasmda ma’lumotlar ombori ifodalangan bo’lib ro’yxatdan o’tgan xar
bir xaridor manu omborga yoziladi.Xaridor qoldirgan ma’lumotlar bazaga
qo’shilganini ishonch hosil qilinadi.
SOTIB OLISH- bu bo’limda mijoz o’ziga manzur avtomobilni tanlab
sotib olishga buyurtma berishi mumkin.
KIRISH -bo’limi esa sotuvchi (admin) va mijoz uchun kalit hisoblanadi.
Sababi sotuvchi(admin) saytga kirish uchun aynan shu bo’lim dan foydalanadi.
12-rasm.
Agar xaridor hali ro’yhatdan o’tmasdan,
tugmasini
bosib, o’zining login va parolini kiritsa, “Login yoki parol tizimda mavjud
emas!” xabarini oladi. Xaridor login va parol kiritganda, baza bilan
solishtiriladi. Bunday login va parol yo’qligi tufayli ro’yhatdan o’tishi talab
qilinadi.
14
13-rasm.
Bundan
tashqari,
ro’yhatdan
o’tish
jarayonida
xaridor
parolni
takrorlashda xatolikka uchrasa, ya’ni ikki marta bir xil parol yozmasa ham
muammoga uchraydi. Sababi, parol kiritilganda parol1 (parol) va parol2 (parolni
takrorlang) solishtiriladi. Agar ular bir xil bo’lsa xaridor ro’yhatdan o’tadi. Aks
xolda “Parolni takrorlashdagi xatolikka uchradingiz xurmatli mijoz!” xabarini
oladi (13-rasm). Shunda xaridor e’tiborini parolga va parolni takrorlashga jalb
qiladi.
14-rasm.
15
Yana bir xolat, agar xaridor ro’yhatdan o’tish jarayonida bazada mavjud
bo’lgan login bilan kirmoqchi bo’lsa (boshqa parol), muammoga uchraydi. Va
“Login bazada bor, iltimos yangi login bilan kiring.” xabarini oladi (15-rasm).
Sababi xaridor loginni kiritganda, login bazadagi login bilan solishtiriladi va bir
xil bo’lsa, aynan shunday xabar chiqadi. Har xil bo’lsa muammosiz ro’yhatdan
o’tadi. Xulosa qiladigan bo’lsak, xaridorning o’zini shaxsiy logini bo’lishi shart.
15-rasm.
Xaridor ro’yhatdan to’g’ri va to’liq o’tgandan keyin (yuqoridagi
kamchiliklar bartaraf etilgandan so’ng) bizning mijozimizga aylanadi. Endi har
safar bizning satga kirayotganda login va parol terilishi talab qilinadi .
Login va parol kiritilgandan so’ng
tugmasi bosiladi. Login va
parol baza bilan solishtiriladi. Bazada borligiga ishonch hosil qilinganda, mijoz
bizning mahsulotlarimizni ko’rish, ular haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish va
xarid qilish huquqiga ega bo’ladi.
16
3. MAHSULOTNI MA’LUMOTLAR BAZASIGA KIRITISH.
Endi keying masalaga otsak, ya’ni mijoz mahsulot xarid qilishi
jarayonida avvalo, mahsulot ma’lumotlar omborida bo’lishi kerak. Uni sotuvchi
(admin )bazaga kiritadi. Buning uchun u ham login va parol ega bo’lishi lozim.
(16-rasm). Ko’rinib turibdiki, adminning ham o’zining shaxsiy login va parol
bo’ladi.
16-rasm.
Sotuvchi (admin) yoki mijoz ekanligini uning darajasidan aniqlaymiz.
Ya’ni e’tiborimizni uning darajasiga qaratamiz (17-rasm).
17
17-rasm.
Daraja 2 bo’lsa sotuvchi, qolgan xollarda (2 dan tashqari ixtiyoriy son,
masalan, 0,1,3,4,5,….) mijoz hisoblanadi.
Login va parol kiritib,
tugmasi bosiladi. Bundan
maqsad, sotuvchi(admin) bazaga mahsulot kiritadi va o’zi tomonidan kiritilgan
mahsulotlarnigina ko’rinadi. Agar sotuvhcilar (admin) ikkita yoki bir nechta
bo’lsa, ular bir-birlarining login va parollarini bilmaydilar. Ikkinchi sotuvchi
(admin) kiritgan mahsulotlarni birinchi sotuvchi(admin) ko’rmaydi. Sababi,
ikkinchi sotuvchi (admin) ham o’zining shaxsiy login va paroli bilan kiradi.
Shunga ko’ra ikkinchi sotuvchi (admin) ham birinchi admin kiritgan
mahsulotlarni ko’rmaydi. Bu holat sotuvchi (admin)larga mas’uliyatini yanada
18
orttiradi.Admin kirganda xuddi shu ko`rinishdagi oyna hosil bo`ladi.
18-rasm.
Admin bazaga avtomobil kiritish paytida qaysi avtomobil borligi
tanlab,imkoniyatini, narxini, ishlab chiqilgan sanasini va qancha ya`ni soni
kiritish kerek.
19-rasm.
KIRITISH tugmasini bosgandan so`ng Maxsulot bazaga yozildi degan
xabar chiqadi(20-rasm).
19
20-rasm.
Xaridor bazaga kirganda xuddi shu ma’lumotlarni ko’radi va o’zining
xoxishiga qarab tanlov qabul qiladi (21-rasm).
21-rasm.
Agar admin maxsulot kiritishda bazada qandaydir xatoga yo’l qo’ysa,
“Maxsulot kiritishda xatolik yuz berdi, xurmatli sotuvchi” degan xabar chiqadi
va undan e’tiborli bo’lish so’raladi.
20
Endi mijoz xoxlagan turdagi avtomobilni onlayn buyurtma qiladigan
bo’ladi. Buning uchun u o’zining shaxsiy login va parolini kiritib,
tugmasini bosadi. Mijozga “Xush kelibsiz mijozning ism, otasini ismi, familyasi
” xabari chiqadi. Bazadagi bor mahsulotlar (mahsulot turlari, miqdori, narxi
(dona), narxi (miqodirni * narxi (dona)), ishlab chiqarilgan sanasi, mahsulotni
kim kiritdi (qaysi admin ekanligi nazarda tutiladi)) ko’rinadi (19-rasm).
22-rasm.
21
Mahsulotlar
orasidan
mijoz
o’ziga
maqul
kelganini
tanlab,
tugmasini bosadi. Bu tugmani bosganda xaridor mahsulotni sotib
olmaydi. Shunchaki taomni qaysi turini tanlagani bilinadi.
22-rasm.
Endi xaridor “Nechta sotib olmoqchisiz?” degan savolga javob yozadi
(sababi xaridor bazadagi bor mahsulotni sotib olmaydi, o’ziga kerakli miqdirni
tanlaydi(21-rasm).
22
23-rasm.
Xaridor sotib olish miqdorini kiritib,
tugmasini bosadi .
Xaridor mahsulotni muvaffaqiyatli xarid qilgandan so’ng, quyidagi xabari
chiqadi. (23-rasm).
24-rasm.
Mahsulot sotilganligini, sotib olinganligini bilish uchun bazaga kelib
tushgan mahsulot miqdoridan, mijoz xarid qilgan miqdor ayriladi.
23
25-rasm.
Buyutma berilgandan so`ng adminlar Sotib olgan ro`yxatiga kirib ular
bilan bo`glaniladi.
26-rasm.
Shu tartibda bizning saytimizga tashrif buyurgan mijoz xoxlagan taomini
online tartibda buyurtma qilishi mumkin.
24
Sayt haqidagi ma`lumotlar bo`limiga o`tganizda Avto salonimiz
qayerda joylashga hamda bog`lanish uchun telefon nomerlarimizi mavjud.
25
KITOB HAQIDA FIKR VA MULOHAZALARINGIZNI
QOLDIRISHINGIZ MUMKIN.
_________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
26
QAYDLAR UCHUN
_________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
27
Download