Uploaded by Ilhomjon Abdukarimov

Aleksandr Kuprin G'aroyib doktor

advertisement
Aleksandr Kuprin (G’aroyib doktor)
(Parcha)
Bu hikoya fantastika emas.Bu voqea chindan ham Kievda ro’y
bergan va va haligacha muqaddas oila an’analarida saqlanib
qolgan gap nima haqida ketayapti. ??? Mertsalovlar bir yildan
ko’proq yerostida yashadilar.Bolalar allaqachon zax boskan
devorlarga,tutun hidiga,yoqimsiz kerosin hidiga,kalamushlarga
hullas haqiqiy kambag’allik hidiga ko’nikib ulgurishti.Ammo
bugun ko’chada ko’rgan tantanali ziyofatdan so’ng ularning jajji
yuraklari bundan qattiq siqildi.
Burchakdagi keng kir to’shakda 7 yoshlardagi qiz yotar
edi;yuzlari qizargan,nafas olishi qisqa va qiyin kata yorqin
ko’zlari atrofga beparvo boqardi.To’shak yonida shiftga osilgan
beshikda go’dak ochlikdan chinqirib yig’lardi.Sillasi qurib
charchagan ozg’in novcha ayol g’amdan yuzlari tund qiyofada
bemor qizchasining yonida o’tirgan edi,ayol yostiqni to’g’irladi
va shu vaqtning o’zida beshikti tebratishni ham unutmadi.
Bolalar kirib kelishi bilanoq ularning ortidan sovuq izg’irin kirib
keldi,ayol havotirli qiyofada ortga o’girildi.Ho’sh? Nima bo’ldi?o’g’illaridan sabrsizlik bilan so’radi.Bolalar jim.-Xatni olib
bordingizmi?. Grisha, men sendan so’rayapman: xatni olib
bordingmi? Olib bordim- deb javob berdi sovuqdan hirqiroq
ovozda.Ho’sh nima bo’ldi?Nima deding unga?Hammasi siz
o’rgatkanday.Men unga bu xat Mertsalovdan sizning sobiq
boshqaruvchingizdan deb ayttim.U bo’lsa bizni haqorat qilib
haydab soldi.Ona ularni boshqa so’roq qilmadi.Uzoq vaqt
dim,rutubatli xonada faqatgina chaqaloqning qattiq yig’isi va
Mashutkaning uzluksiz qisqa va tez-tez nafas olishi eshitilib turar
edi.To’satdan ona ortga o’girilib shunday dedi:U yerda
tushlikdan qolgan karamsho’rva bor balki yeyishni xoxlarsiz?
Faqat sovib qolgan isitish uchun hechnarsa yo’q.SHu vaqt
dahlizda kimningdir noaniq qadam tovushlari va qorong’ida eshik
tutqichini izlayotkan qo’llarning shuvillashi eshitildi.Eshikdan
Mertsalov kirib keldi.U yozgi palto,yozgi shlapada oyog’ida esa
hech vaqo yoq edi.Qo’llari sovuqdan shishib ko’karib
ketgan,ko’zlari yumilgan yonoqlari milkiga yopishib qolgan huddi
murdaga o’xshardi.U xotiniga hech narsa demadi hattoki savol
ham bermadi.Ular umidsizlikni bir-birining ko’zlaridan uqib
olishgandi.Ushbu daxshatli yil Mertsalov va uning oilasiga
baxtsizlik yomg’irini ayovsiz yog’dirdi.Avvaliga u qorin tifi bilan
og’ridi,uni davolash uchun jamg’armalarining barchasini sarflab
bo’lishdi.U tuzalganidan so’ng oyiga 25 rubl to’lanadigan
kamtarona uy boshqaruvchisi lavozimini boshqa birov
egallaganini bildi.Shunday qilib umidsizlik,nochorlikdan kundalik
ishlar qidirish,narsalarni qayta-qayta garovga qo’yish,uy-ro’zg’or
buyumlarini sotish boshlandi.Farzandi dunyoni tark etdi.Uch oy
muqaddam bir qizi vafot etdi,endi esa bshqasi isitmalab behush
holda yotibdi.Yelizavetta Ivanovna kasal qizini parvarish qiishi,
shu bilan birga go’dagini emizishi hamda shaharning narigi
chekkasidagi uyga kir yuvgani borishi zarur edi.Butun kun
shunchalik mashaqqatli boldiki,hech bo’lmasa Mashutkaning
dorilari uchun bir necha tanga toppish zarur edi.SHu maqsatda
Mertsalov shaharning yarmini aylanib har yerda tilamchilik qilib
tahqirlandi. Yelizavetta Ivanovna o’z xo’jayinining oldiga
jo’nadi.Bolalarni esa ilgari Mertsalov boshqargan uyga barenning
huzuriga yubordi.O’n daqiqa hech kim bir og’iz so’z
aytmadi.To’satdan Mertsalov sandiqchani olib o’rnidan turdi,hal
qiluvchi harakat bilan shlapasini boshiga kiydi.Qayerga
ketyapsan? So’radi Yelizavetta Ivanovna havotirli
ohangda.Mertsalov eshik tutqichiga yaqinlashib ortga
o’girildi.O’tirganimiz bilan bizga hech nima yordam bera
olmaydi dedi hirqiroq ovozda.Men yana boraman sadaqa
ro’rashga harakat qilaman.U ko’chaga chiqib beixtiyor oldinga
qarab ketti.U hech narsa qidirmas hech narsaga umid qilmasdi.U
qashshoqlikning ayanchli davrini allaqachon bosib o’tgan edi,shu
topda u ko’chdan pul to’la hamyon topishni yoki nomalum
amakivachchasidan meros olishni orzu qilardi.Hozir esa unda och
qolgan oilasining umidsizligini ko’rmaslik uchun bu yerdan izsiz
g’oyib bo’lish istagi tug’ilgandi.Shu yurishda u o’zi bilmagan
holda shahar markazida joylashgan bog’ning panjarasi oldiga
kelib qoldi.Tepalikka ko’tarilgan sayin uning nafa olishi
qiyinlashib charchoq his qila boshladi.Beixtiyor darvoza tomon
burildiyu,uzun qor bilan qoplangan jo’kazor hiyobon oralab o’tib
bog’ning pastidagi o’rindiqqa tushib o’tirdi.Bu yerdagi ajoyib
sokinlik uni o’ziga torta boshladi.”Mana hozir u yotadi va uxlab
qoladi,-o’yladi u,-shunda ayoli,och qolgan farzandlari va kasal
qizi Mashutka haqida unutadi.Qo’lini nimchasi ustiga qo’yganida
bexosdan uning ostida Mertsalovga kamar sifatida xizmat qilgan
yog’on ip borligini payqab qoldi.Shu ondayoq uning miyyasiga o’z
joniga qasd qilish fikri yaqqol namoyon bo’ldi.Lekin u bu fikrdan
sira ham daxshatga tushmadi,nomalum zulmat oldida bir lahza
ham seskanmadi.”Sekin-asta o’lgandan ko’ra,shunday qisqa
yo’lni tanlagani yaxshiroq emasmi?” U endi o’zining mudhish
niyatini amalga oshirish uchun o’rnidan turgan edi hamki,shu
payt hiyobon oxiridan kimningdir qadam tovushlari
eshitildi.Mertsalov g’azab bilan shu tomonga o’girildi.Kimdir
hiyobon bo’ylab yurib ketar edi.Notanish kishi to’satdan o’girilib
Mertsalov tomon kela boshladi.Orindiq oldiga yetganda sekingina
shlapaga teginib so’radi:-Shu yerda o’tirsam maylimi?Mertsalov
atayin notanish kishidan yuzini o’girib skameykaning narigi
tomoniga o’tirib oldi.Oradagi besh daqiqa o’zaro jimlikda
o’tdi.Qanday ajoyib kecha dedi,- birdan notanish kishi.-Sovuq
sukunat… Uning ovozi qariyalarga hos mayin va yoqimli
edi.Mertsalov jim.Mana men bolalarimga yaqinlarimga sovg’alar
oldim,-davom etdi notanish kishi.Mertsalov aslida tabiatan
uyatchang yuvosh inson edi,lekin oxirgi gaplar uning g’azabini
keltirdi.-
Sovg’alar!..Bolalarimga,tanishlarimga!Menchi..mendachi
muhtaram janob,ayni damda bolalarim uyda ochlikdan
o’lishmoqda… Ayolimni bo’lsa suti qochib ketdi,chaqalog’imiz
bo’lsa kun bo’yi hech narsa yegani yo’q..Sovg’alar! Mertsalov bu
so’zlardan so’ng qariyaning o’rnidan turib ketishini kutgan
edi,lekin u adashgan edi.Qariya unga yaqinlashib do’stona ammo
jiddiy ohangda shunday dedi:Kutib turing… Havotirlanmang!
Marhamat qilib menga hammasini bir boshidan aytib bersangiz?
Notanish kishining g’ayriodiy chehrasida hotirjamlik va ishonch
zohir edi.Mertsalov darhol boshidan o’tkazganlarini birma-bir
aytib berdi.Notanish kimsa diqqat bilan tinglar,huddi alam va
g’azabga to’la bu qalbning tubiga kirishni istayotgandek,uning
ko’zlariga sinchkovlik va diqqat bilan tikilardi.U to’satdan
o’smirlarga hos chaqqonlik bilan o’rnidan sakrab turdi va
Mertsalovning qo’lidan ushlab oldi.-Ketdik!-dedi notanish
kishi,Mertsalovning qo’lidan tortib.Shifokor bilan
uchrashganingiz sizning baxtingiz dedi u.Albatta men hech
narsaga kafolat bera olmayman,lekin baribir Ketdik!...Doktor
xonaga kirishi bilan ustidagi paltosini yechib allaqachon urfdan
qolgan ammo yaxshi kiyilgan kamzulda Yelizavetta Ivanovnaga
yaqinlashdi.Qani azizam turaqoling! dedi muloyim
ohangda.Marhamat qilib menga bemorni korsatsangiz? Hudi
bog’da bo’lgani singari uning ovozidagi muloyimlik,ishonuvchanlikka o’xshash nimadir Yelizavetta Ivanovnani o’rnidan turishga
majbur qildi.Ikki daqiqadan so’ng Grisha pechkani qizdirib
yubordi,Volodya samovar qaynatdi.Birozdan so’ng Mertsalov
paydo bo’ldi.U doktordan olingan uch rublga choy,shakar,non
hamda yaqin atrofdagi oshxonadan issiq ovqat sotib oldi.Doktor
qog’oz parchasiga nimalarnidir yozdi.Qog’ozning pastki qismiga
o’ziga hos ilmoq chizib shunday dedi:Bu qog’oz bilan dorixonaga
borasiz.Dori chaqaloqning yo’talini yengillashtirishga yordam
beradi.Issiq compress qilishni ham davom ettiring.Ertaga doctor
Afanasevni taklif qiling.U ajoyib shifokor va yaxshi odam.men
uni ogohlantirib qo’yaman.Endi bo’lsa hayr janoblar!Sizga hudo
yor bo’lsin kelgusi yil siz uchun omadli bo’lishini tilab
qolaman,eng muhimi hech qachon tushkunlikka
tushmang.Mertsalov hayratdan o’zini yo’qotib qo’ygandi,doctor
esa tezda chiqib ketdi.Mertsalov o’ziga kelganida doctor
allaqachon yo’lakda edi.Doktor bir daqiqa shoshmay
tursangiz!Marhamat qilib menga ismingizni aytsangiz!Doktor
farzandlarim hech bo’lmaganda siz uchun ibodat qilishsin!Bu
be’manilikning hojati yo’q!Tezroq uyingizga qayta qoling!Shu
kuni kechqurun Mertsalov bu sahovatli insonning familiyasini
bilib oldi.Dori shishasiga yopishtirilga yorliqda “Professor Pirogov
ko’rsatmasiga binoan “ deb yozilgan edi.Men bu voqeani Grigoriy
Emilyanovich Mertsalovning shaxsan o’zidan eshitganman,bu
huddi men tasvirlab bergan; qozondagi quruq karamsho’rva va
rajdestvodagi Grishaning alamli ko’zyoshlari edi.Endi u
qashshoqlikning ehtiyojlariga javoban halollik namunasi sifatida
tanilgan kata lavozim egasi edi.U o’zining “G’aroyib doctor”
haqidagi hikoyasini tugatar ekan ko’zyoshlarga to’la titroq
ovozda shunday deb qo’shib qo’ydi:Mehribon saxovatli farishta
bizning uyga kelib ketgandan so’ng hammasi o’zgardi.Yanvar
oyining boshida otam ish topdi,Mashutka oyoqqa turdi,men va
akam hukumat hisobidan internatga yuborildik.
Shundan beri ular ajoyib doktorni faqat bir marta jasadi tug’ilib
o’sgan yeriga ko’chirilgandagina ko’rishdi.Aslida uni
ko’rishmadi,chunki ajoyib doktorning qalbida yashagan buyuk
muqaddas tuyg’ular ortga qaytmas bo’lib ketgandi.(Tamom)
Download