Aleksandr Kuprin (G’aroyib doktor) (Parcha) Bu hikoya fantastika emas.Bu voqea chindan ham Kievda ro’y bergan va va haligacha muqaddas oila an’analarida saqlanib qolgan gap nima haqida ketayapti. ??? Mertsalovlar bir yildan ko’proq yerostida yashadilar.Bolalar allaqachon zax boskan devorlarga,tutun hidiga,yoqimsiz kerosin hidiga,kalamushlarga hullas haqiqiy kambag’allik hidiga ko’nikib ulgurishti.Ammo bugun ko’chada ko’rgan tantanali ziyofatdan so’ng ularning jajji yuraklari bundan qattiq siqildi. Burchakdagi keng kir to’shakda 7 yoshlardagi qiz yotar edi;yuzlari qizargan,nafas olishi qisqa va qiyin kata yorqin ko’zlari atrofga beparvo boqardi.To’shak yonida shiftga osilgan beshikda go’dak ochlikdan chinqirib yig’lardi.Sillasi qurib charchagan ozg’in novcha ayol g’amdan yuzlari tund qiyofada bemor qizchasining yonida o’tirgan edi,ayol yostiqni to’g’irladi va shu vaqtning o’zida beshikti tebratishni ham unutmadi. Bolalar kirib kelishi bilanoq ularning ortidan sovuq izg’irin kirib keldi,ayol havotirli qiyofada ortga o’girildi.Ho’sh? Nima bo’ldi?o’g’illaridan sabrsizlik bilan so’radi.Bolalar jim.-Xatni olib bordingizmi?. Grisha, men sendan so’rayapman: xatni olib bordingmi? Olib bordim- deb javob berdi sovuqdan hirqiroq ovozda.Ho’sh nima bo’ldi?Nima deding unga?Hammasi siz o’rgatkanday.Men unga bu xat Mertsalovdan sizning sobiq boshqaruvchingizdan deb ayttim.U bo’lsa bizni haqorat qilib haydab soldi.Ona ularni boshqa so’roq qilmadi.Uzoq vaqt dim,rutubatli xonada faqatgina chaqaloqning qattiq yig’isi va Mashutkaning uzluksiz qisqa va tez-tez nafas olishi eshitilib turar edi.To’satdan ona ortga o’girilib shunday dedi:U yerda tushlikdan qolgan karamsho’rva bor balki yeyishni xoxlarsiz? Faqat sovib qolgan isitish uchun hechnarsa yo’q.SHu vaqt dahlizda kimningdir noaniq qadam tovushlari va qorong’ida eshik tutqichini izlayotkan qo’llarning shuvillashi eshitildi.Eshikdan Mertsalov kirib keldi.U yozgi palto,yozgi shlapada oyog’ida esa hech vaqo yoq edi.Qo’llari sovuqdan shishib ko’karib ketgan,ko’zlari yumilgan yonoqlari milkiga yopishib qolgan huddi murdaga o’xshardi.U xotiniga hech narsa demadi hattoki savol ham bermadi.Ular umidsizlikni bir-birining ko’zlaridan uqib olishgandi.Ushbu daxshatli yil Mertsalov va uning oilasiga baxtsizlik yomg’irini ayovsiz yog’dirdi.Avvaliga u qorin tifi bilan og’ridi,uni davolash uchun jamg’armalarining barchasini sarflab bo’lishdi.U tuzalganidan so’ng oyiga 25 rubl to’lanadigan kamtarona uy boshqaruvchisi lavozimini boshqa birov egallaganini bildi.Shunday qilib umidsizlik,nochorlikdan kundalik ishlar qidirish,narsalarni qayta-qayta garovga qo’yish,uy-ro’zg’or buyumlarini sotish boshlandi.Farzandi dunyoni tark etdi.Uch oy muqaddam bir qizi vafot etdi,endi esa bshqasi isitmalab behush holda yotibdi.Yelizavetta Ivanovna kasal qizini parvarish qiishi, shu bilan birga go’dagini emizishi hamda shaharning narigi chekkasidagi uyga kir yuvgani borishi zarur edi.Butun kun shunchalik mashaqqatli boldiki,hech bo’lmasa Mashutkaning dorilari uchun bir necha tanga toppish zarur edi.SHu maqsatda Mertsalov shaharning yarmini aylanib har yerda tilamchilik qilib tahqirlandi. Yelizavetta Ivanovna o’z xo’jayinining oldiga jo’nadi.Bolalarni esa ilgari Mertsalov boshqargan uyga barenning huzuriga yubordi.O’n daqiqa hech kim bir og’iz so’z aytmadi.To’satdan Mertsalov sandiqchani olib o’rnidan turdi,hal qiluvchi harakat bilan shlapasini boshiga kiydi.Qayerga ketyapsan? So’radi Yelizavetta Ivanovna havotirli ohangda.Mertsalov eshik tutqichiga yaqinlashib ortga o’girildi.O’tirganimiz bilan bizga hech nima yordam bera olmaydi dedi hirqiroq ovozda.Men yana boraman sadaqa ro’rashga harakat qilaman.U ko’chaga chiqib beixtiyor oldinga qarab ketti.U hech narsa qidirmas hech narsaga umid qilmasdi.U qashshoqlikning ayanchli davrini allaqachon bosib o’tgan edi,shu topda u ko’chdan pul to’la hamyon topishni yoki nomalum amakivachchasidan meros olishni orzu qilardi.Hozir esa unda och qolgan oilasining umidsizligini ko’rmaslik uchun bu yerdan izsiz g’oyib bo’lish istagi tug’ilgandi.Shu yurishda u o’zi bilmagan holda shahar markazida joylashgan bog’ning panjarasi oldiga kelib qoldi.Tepalikka ko’tarilgan sayin uning nafa olishi qiyinlashib charchoq his qila boshladi.Beixtiyor darvoza tomon burildiyu,uzun qor bilan qoplangan jo’kazor hiyobon oralab o’tib bog’ning pastidagi o’rindiqqa tushib o’tirdi.Bu yerdagi ajoyib sokinlik uni o’ziga torta boshladi.”Mana hozir u yotadi va uxlab qoladi,-o’yladi u,-shunda ayoli,och qolgan farzandlari va kasal qizi Mashutka haqida unutadi.Qo’lini nimchasi ustiga qo’yganida bexosdan uning ostida Mertsalovga kamar sifatida xizmat qilgan yog’on ip borligini payqab qoldi.Shu ondayoq uning miyyasiga o’z joniga qasd qilish fikri yaqqol namoyon bo’ldi.Lekin u bu fikrdan sira ham daxshatga tushmadi,nomalum zulmat oldida bir lahza ham seskanmadi.”Sekin-asta o’lgandan ko’ra,shunday qisqa yo’lni tanlagani yaxshiroq emasmi?” U endi o’zining mudhish niyatini amalga oshirish uchun o’rnidan turgan edi hamki,shu payt hiyobon oxiridan kimningdir qadam tovushlari eshitildi.Mertsalov g’azab bilan shu tomonga o’girildi.Kimdir hiyobon bo’ylab yurib ketar edi.Notanish kishi to’satdan o’girilib Mertsalov tomon kela boshladi.Orindiq oldiga yetganda sekingina shlapaga teginib so’radi:-Shu yerda o’tirsam maylimi?Mertsalov atayin notanish kishidan yuzini o’girib skameykaning narigi tomoniga o’tirib oldi.Oradagi besh daqiqa o’zaro jimlikda o’tdi.Qanday ajoyib kecha dedi,- birdan notanish kishi.-Sovuq sukunat… Uning ovozi qariyalarga hos mayin va yoqimli edi.Mertsalov jim.Mana men bolalarimga yaqinlarimga sovg’alar oldim,-davom etdi notanish kishi.Mertsalov aslida tabiatan uyatchang yuvosh inson edi,lekin oxirgi gaplar uning g’azabini keltirdi.- Sovg’alar!..Bolalarimga,tanishlarimga!Menchi..mendachi muhtaram janob,ayni damda bolalarim uyda ochlikdan o’lishmoqda… Ayolimni bo’lsa suti qochib ketdi,chaqalog’imiz bo’lsa kun bo’yi hech narsa yegani yo’q..Sovg’alar! Mertsalov bu so’zlardan so’ng qariyaning o’rnidan turib ketishini kutgan edi,lekin u adashgan edi.Qariya unga yaqinlashib do’stona ammo jiddiy ohangda shunday dedi:Kutib turing… Havotirlanmang! Marhamat qilib menga hammasini bir boshidan aytib bersangiz? Notanish kishining g’ayriodiy chehrasida hotirjamlik va ishonch zohir edi.Mertsalov darhol boshidan o’tkazganlarini birma-bir aytib berdi.Notanish kimsa diqqat bilan tinglar,huddi alam va g’azabga to’la bu qalbning tubiga kirishni istayotgandek,uning ko’zlariga sinchkovlik va diqqat bilan tikilardi.U to’satdan o’smirlarga hos chaqqonlik bilan o’rnidan sakrab turdi va Mertsalovning qo’lidan ushlab oldi.-Ketdik!-dedi notanish kishi,Mertsalovning qo’lidan tortib.Shifokor bilan uchrashganingiz sizning baxtingiz dedi u.Albatta men hech narsaga kafolat bera olmayman,lekin baribir Ketdik!...Doktor xonaga kirishi bilan ustidagi paltosini yechib allaqachon urfdan qolgan ammo yaxshi kiyilgan kamzulda Yelizavetta Ivanovnaga yaqinlashdi.Qani azizam turaqoling! dedi muloyim ohangda.Marhamat qilib menga bemorni korsatsangiz? Hudi bog’da bo’lgani singari uning ovozidagi muloyimlik,ishonuvchanlikka o’xshash nimadir Yelizavetta Ivanovnani o’rnidan turishga majbur qildi.Ikki daqiqadan so’ng Grisha pechkani qizdirib yubordi,Volodya samovar qaynatdi.Birozdan so’ng Mertsalov paydo bo’ldi.U doktordan olingan uch rublga choy,shakar,non hamda yaqin atrofdagi oshxonadan issiq ovqat sotib oldi.Doktor qog’oz parchasiga nimalarnidir yozdi.Qog’ozning pastki qismiga o’ziga hos ilmoq chizib shunday dedi:Bu qog’oz bilan dorixonaga borasiz.Dori chaqaloqning yo’talini yengillashtirishga yordam beradi.Issiq compress qilishni ham davom ettiring.Ertaga doctor Afanasevni taklif qiling.U ajoyib shifokor va yaxshi odam.men uni ogohlantirib qo’yaman.Endi bo’lsa hayr janoblar!Sizga hudo yor bo’lsin kelgusi yil siz uchun omadli bo’lishini tilab qolaman,eng muhimi hech qachon tushkunlikka tushmang.Mertsalov hayratdan o’zini yo’qotib qo’ygandi,doctor esa tezda chiqib ketdi.Mertsalov o’ziga kelganida doctor allaqachon yo’lakda edi.Doktor bir daqiqa shoshmay tursangiz!Marhamat qilib menga ismingizni aytsangiz!Doktor farzandlarim hech bo’lmaganda siz uchun ibodat qilishsin!Bu be’manilikning hojati yo’q!Tezroq uyingizga qayta qoling!Shu kuni kechqurun Mertsalov bu sahovatli insonning familiyasini bilib oldi.Dori shishasiga yopishtirilga yorliqda “Professor Pirogov ko’rsatmasiga binoan “ deb yozilgan edi.Men bu voqeani Grigoriy Emilyanovich Mertsalovning shaxsan o’zidan eshitganman,bu huddi men tasvirlab bergan; qozondagi quruq karamsho’rva va rajdestvodagi Grishaning alamli ko’zyoshlari edi.Endi u qashshoqlikning ehtiyojlariga javoban halollik namunasi sifatida tanilgan kata lavozim egasi edi.U o’zining “G’aroyib doctor” haqidagi hikoyasini tugatar ekan ko’zyoshlarga to’la titroq ovozda shunday deb qo’shib qo’ydi:Mehribon saxovatli farishta bizning uyga kelib ketgandan so’ng hammasi o’zgardi.Yanvar oyining boshida otam ish topdi,Mashutka oyoqqa turdi,men va akam hukumat hisobidan internatga yuborildik. Shundan beri ular ajoyib doktorni faqat bir marta jasadi tug’ilib o’sgan yeriga ko’chirilgandagina ko’rishdi.Aslida uni ko’rishmadi,chunki ajoyib doktorning qalbida yashagan buyuk muqaddas tuyg’ular ortga qaytmas bo’lib ketgandi.(Tamom)