PEDAGOGIK VAZIYATLAR Vaziyat — voqealar to‘plami boshlanishini insonning qabul qilishi va faoliyatiga ochiladigan hayotiy sharoit va holatlari o‘tishining bir amalligi va takrorlanmasligidir. Pedagogik vaziyat – tarbiyachi o‘zining kundalik hayotida duch kelgan va yechim talab etiladigan pedagogik masalalarni tug‘dirgan dalil, hayotiy tarixdir. Ba’zi turdagi ko‘p uchraydigan pedagogik vaziyatlar, o‘quvchilarning harakatlarini tahlil etish jarayonida pedagogik masalalarni tezlikda ifodalash, ularni yechish va bu vaziyatlarni bartaraf etish imkoniyatini bersa, kam uchraydigan boshqa turdagi vaziyatlar murakkab, takrorlanmaydigan, o‘zining yechimi uchun yetarlicha ko‘p vaqt talab etadigan, ba’zan esa, umuman yechilmaydigan vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Ideal aniq vaziyat – qandaydir (biznes, marketin yoki boshqa) faoliyatining biror qiziqarli tarixi yoki ushbu faoliyat tarixidan joy olgan, yechish talab etiladigan boshqotirma; tahlili eskirgan va qo‘shimcha axborot izlash talab etadigan axborotlarning ko‘pligi; kelajakda vaziyatning davomini berishga qodir bo‘lgan dolzarb muammo; eng asosisi – qaralayotgan masala “nazariyasi” bilan ustma-ust tushadigan vaziyatdan iborat bo‘lib, katta yoki kichik (mini ham bo‘lishi mumkin) keysda qo‘yilgan muammoni yechishga turtki beradigan savollar to‘plamini o‘z ichiga olishi zarur. O‘qitish amaliyotida vaziyatlarning: standart, kritik, ekstremal va sh.k. kabi turli ko‘rinishlari foydalaniladi. Standart vaziyat – qandaydir darajada tipik bo‘lib, bir xil vaziyatlarda teztez takrorlanadi; bir xil manbalar, sabablarga ega; u salbiy ham, ijobiy ham tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Kritik vaziyat – tirik bo‘lmagan, odatda, kutilmagan, avvalgi hisob-kitobni, rejani buzadi; belgilangan me’yorlarni, tartibni, qoidalar, qadriyatlar tizimini buzishi mumkin; material va axloqiy ziyon yetkazishi hamda sog‘liq, ekologiya uchun zararli bo‘lishi mumkin; tezchan va keskin aralashishni, mezonlarni, nizomlarni, me’yorlarni ko‘rib chiqishni talab etadi. Ekstremal vaziyat (yoki favquloddagi hodisa) - ajoyib, o‘xshashi bo‘lmagan; qandaydir ob’ektlarni, jarayonlarni, qarashlarni, munosabatlarni salbiy, ba’zan esa buzg‘unchi o‘zgarishlarga olib keladi; o‘zidan keyin material, jismoniy va axloqiy yo‘qotishlarni olib keladi; rejalashtirilmagan va ko‘zda tutilmagan material va insoniy ashyolarni jalb etishni talab etadi; keskin harakatlarga, noan’anaviy yechimlar qilishga, yordam qilishga: masalan, yer qimirlashi, yong‘in, suv toshqini, bo‘ron, vulqon otilishi, ko‘chkilarda murojat qilishga undaydi. Yoritish va materialni taqdim etish tabiatiga ko‘ra vaziyat-ko‘rgazmalar, vaziyat – baholash va vaziyat-mashqlar foydalanilishi mumkin. Vaziyat-ko‘rgazmalar – bu amaliyotdan olingan (pozitiv ham, negativ ham) masalani va vaziyatni yechish. Vaziyat-baholash - vaziyatning tavsifi va tayyor holdagi mumkin bo‘lgan yechim bo‘lib, faqat, u qanchalik to‘g‘ri va samarali ekanligini baholash talab etiladi. Vaziyat-mashq - aniq boshqaruv yoki ijtimoiy–psixologik faoliyat lavhasi bo‘lib, uni yechimi qandaydir standart harakatlarni, masalan: me’yorlar hisobi, jadvallarni to‘ldirish, yuridik hujjatlarni foydalanishni talab etadi. Vaziyatli masalalar muammoli masalalarga ancha yaqin va u faoliyat uslubini aniqlash hamda tushunishga qaratilgan. Vaziyat-masalalarini yechish mobaynida o‘qituvchi va o‘quvchilar turli: o‘quvchi uchun – berilgan vaziyatga mos yechimni topish, o‘qituvchi uchun – faoliyat usulini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi va uning mohiyatini tushunish maqsadlariga egalar. Vaziyatli masalalar o‘quv jarayonida ham, auditoriyadan tashqarida ham foydalanilishi mumkin, chunki umumiy ta’lim maqsadlariga ko‘ra vaziyatli masalalar ushbu maqsadlarning ixtiyoriysini amalga oshirish uslubi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina vaziyatli masalalarni yechimi jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ifoda etuvchi aniq vaziyatlarni tahlili bilan bog‘liq. Bu vaziyatlar nafaqat o‘quvchiga, balki o‘qituvchiga ham yangi bo‘lishi va o‘z o‘rnida o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabat tabiatini o‘zgartirishi mumkin. An’anaviy o‘quv amaliyotida o‘qituvchi «biladi», o‘quvchilar «bilmaydilar» tamoyili hukm suradi. Vaziyatli masalalarni hal etishda, esa o‘qituvchi va o‘quvchi birgalikda muammoni yechishni o‘rganayotgan teng huquqli hamkor sifatida chiqadilar. Shunday qilib, vaziyatli masalalarni hal etish mobaynida, o‘qituvchi to‘g‘ri javob manbai sifatida emas, balki o‘quvchiga «yordam beruvchi» inson sifatida chiqib, o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatini o‘zgartishga olib kelinmoqda. O‘qitishning o‘ziga xos maqsadlariga bog‘liq ravishda keyslar unga taqdim etilgan material mazmuni va tashkil etilishiga ko‘ra juda turli-tuman:tahlil va baholashga o‘rgatish keyslari; muammoni yechish va qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi keyslar; muammoni, yechimni yoki umuman konsepsiyani namoyish etdigan keyslar bo‘lishi mumkin. Keyslarni sinflarga ajratish turli xossalariga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Ularni sinflarga ajratishda keng qo‘llaniladigan yondashuvlaridan biri uning murakkabligidir. Bunda quyidagilarni ajratadilar: - o‘quv vaziyatlarni namoyish qiladigan – o‘quvchilarni biror amaliy misolda aniq vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish algoritmini o‘rgatish maqsadidagi keyslar; - o‘quv vaziyatlar – aniq vaqt mobaynidagi vaziyatni tavsiflash, muammoni aniqlash va aniq ifodalashni shakllantiradigan keyslar; bunday keyslarning maqsadi – vaziyatga tashxis qo‘yish va ko‘rsatilgan muammo bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishdan iborat; - o‘quv vaziyatlar – oldingi variantdan murakkabroq vaziyat tavsiflanadigan muammo yetarlicha aniqlanmagan bo‘lib, statistik ma’lumotlarda, jamoaviy fikrlar, hukumat organlari va boshqalar bahosida taqdim etilib, muammo ifodalanmagan keyslar; bunday keyslarning maqsadi – muammoni mustaqil aniqlash, mavjud ashyolarni tahlil qilish bilan uni muqobil yechimlarini ko‘rsatishdan iborat; - aniq sodir bo‘lgan vaziyat tavsiflanadigan, undan chiqish yo‘lini topish taklif etiladigan amaliy mashqlar; bunday keyslarning maqsadi – muammoni yechish yo‘llarini izlashdan iborat. Keyslar bilan ishlashda o‘qituvchi xulqida mumkin bo‘lgan uchta strategiyasi mavjud: 1. O‘qituvchi qo‘shimcha savollar yoki (qo‘shimcha) axborot shaklida yechishga kalit beradi. 2. Aniq bir sharotlarda o‘qituvchining o‘zi javobni beradi. 3. Muammo ustida kimdir ishlayotgan vaqtda, ularda «g‘oya paydo bo‘lishi»ga haloqit qilmasdan, o‘qituvchi hech nima qilmasligi (jimgina o‘tirishi) mumkin. O‘quv vaziyatlarni tahlil qilish mobaynida o‘qituvchi «faol» yoki «passiv» rol egallashi mumkin. Ba’zan, u tahlilga «dirijorlik» qiladi, ba’zan esa munozarani yakunlash bilan chegaralanadi. Isbotlashning ajoyib yo‘lini ko‘rib, uni qo‘llabquvvatlashi yoki hatto boshqalarni muhokama maydonidan chiqarib, shu yo‘lni ustivor bo‘lishiga qat’iy turadi. «Keysni sinfda tahlil qilib, men odatda qanday yechimni to‘g‘ri hisoblashimni aytaman, so‘ngra talabalardan meni nuqtai nazarimdan bo‘sh tomonini topishni so‘rayman. Bu ularga muammoga shaxsiy nuqtai nazarni ishlab chiqishga yordam beradi»-degan edi Piter Ekman. Vaziyatli masalalarni yechish jarayoni doimo o‘quvchini o‘quv jarayonining chegarasidan, ijtimoiy amaliyot fazosiga «chiqishini» ko‘zda tutadi. Boshqacha aytganda, bunday jarayonda o‘quvchilarni faol jamoaviy faoliyatga kirish shartlari yaratiladi. O‘quvchilarning faol faoliyatga kirishishi amaliy kompetentlikni-bazaviy ko‘nikma, malaka va harakat qilishga tayyorgarligini rivojlantirishga imkoniyat beradi. MASALA: O’yinchoq mashina. Anvar akaning xonadonida 2 nafar o’g’il va 1 nafar qizlari bor edi. Anvar aka maosh olgan kuni bitta o’yinchoq mashina olib keldi va farzandlariga dedi: “O’g’illarim hozircha shu mashina bilan birgalikda o’ynab turinglar, kelguvsi maoshimdan sizlarga yana boshqa o’yinchoqlar olib kelib beraman”. Bir ozdan keyin Anvar akaning farzandlari mashinani talashib qolishdi. Ularning janjalini kuzatib turgan Anvar aka va uning turmush o’rtog’i Hilola opa bu majoroni qanday hal qilish kerak? Anvar aka bunday vaziyatda qanday ish tutish kerak? a) Hoy jim bo’linglar, talashmay o’ynanglar, bo’lmasa yana mashina olib kelmayman! b) Mashinani o’g’il bolalar o’ynasin, qizim senga boshqa o’yinchoq olib kelib beraman. v) Mashinani bu yoqqa olib kelib ber, yashirib qo’yaman, hamangga bittadan o’yinchoq to’g’ri keladigan bo’lganda o’ynaysan. Ayasi qaramaysanmi, bolalaring janjallashayapti. Hilola opa bunday vaziyatda qanday ish tutish kerak? a) Bolajonlarim dadajoningiz hozircha maoshidan bitta mashina olib kelibdi, yana maosh olganda albatta hammangga yetadigan qilib o’yinchoqlar olib keladi. b) Astagina borib mashinani olib qo’yibdi va debdi: “Agar o’yinchoqqa talashadigan bo’lsanglar, bu o’yinchoqni ham olib qo’yaman”. v) Men Sizlardan xafa bo’ldim. Endi dadangizga aytaman, hyech qachon sizlarga o’yinchoq olib kelib bermaydi. Tahlil: Birinchi holat. Anvar aka o’yinchoq mashina olishdan oldin bir o’ylab ko’rish kerak edi. Bunga sabab oilada 3 nafar farzand, ular ichida qiz bola ham bor. Anvar aka oiladagi farzandlarining ko’proq qismi o’g’il farzandlar ekanligini e’tiborga olib bu ishni qilgandir, ammo farzandlar orasida qo’pol munosabatlar (mashinani talashib qolish va natijada ular og’zidan so’kinish yoki yoqalashib ketishi holatlari) ning paydo bo’lishi ham yaxshi holat emas. Chunki farzandlar orasidagi so’kinish yomon illat yoki ular bir – biriga mashinani otib yuborib tan jarohati olish holatlari ham uchrab qolish mumkin. Eng achinarlisi bunday farzandlar tarbiyasida salbiy holatlar yuz beradi va ular ma’naviy jihatdan yetuk bo’la olmaydilar. Ikkinchi holat. Anvar akaning o’yinchoq mashina olib kelganini ko’rgan Hilola opa darrov hushyor tortish kerak edi va “bu mashinaga farzandlari talashib qolsa, ular o’rtasidagi iliqlik yo’qoladi-ku”, - deb o’ylash kerak edi va Anvar akaga: “bu o’yinchog’ingizni yanagi maoshingizgacha bolalaringizga bermay turaylik, keyingi maoshingizdan qolgan farzandlarimizga ham yetadigan o’yinchoq olib kelganingizdan keyin, hammasini birdan hursand qilamiz”, deyish kerak edi. Yoki oiladagi farzandlarini to’plab quyidagi fikrni ham ayta ham bo’lar edi: “Bolalarim dadajoningiz bugun maosh olibdi va hozircha bittagina o’yinchoq mashina olibdi, keyingi maoshidan yana sizlarga o’yinchoqlar olib kelar ekan. Agar urushmasdan, talashmasdan o’ynaymiz deb va’da bersalaring o’yinchoqni beramiz, agarda bunday va’dani bera olmasalaring, o’yinchoqni dadajoningizning yanagi maoshigacha, ya’ni o’yinchoqlarni hammaga yetadigan qilib olib kelmaguncha yashirib qo’yamiz”. Ushbu mazmundagi masalani guruhni ikkiga bo’lib olib, kichik guruhlar hosil qilib, ularning navbatma – navbat fikrini eshitish ham yaxshi natija beradi. Mashg’ulot oxiridagi xulosangizda bolalar o’rtasidagi intiboqlik narsani o’rtada baham ko’rish ijobiy xislat ekanligini va qo’pollik esa yomon illat ekanligi o’qtirilsin.