Uploaded by Malika Muhiddinova

Tanlovlar 3 ta

advertisement
Umumiy maʻlumotlar
The Foyle Young Poets of the Year Award tanlovi butun dunyodagi 11-17
yoshdagi shoirlar uchun eng katta sheʼriyat tanlovidir.
Tanlov tashkilotchisi — The Poetry Society. Ushbu tanlov 1998-yilda tashkil
etilgan boʻlib, Sara Xou, Fibi Pauer, Richard Osmond, Jey Bernard va Xelen Mort
kabi bugungi kunda eng mashhur shoirlarning karyerasini boshlashga sababchi
boʻlgan.
Tanlovda 11-17 yoshli barcha davlat fuqarolari oʻz sheʼrlari bilan ishtirok etishi
mumkin.
Tanlovga topshiriladigan sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak. Sheʼrlarning mavzu
doirasi va hajmi chegaralanmagan.
Tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan birgalikda Angliyaning London
shahrida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif qilinadi.
Tanlovda qatnashish uchun oxirgi muddat — 2024-yil 31-iyul.
The Foyle Young Poets of the Year Award tanlovi haqida batafsil ushbu
havola https://foyleyoungpoets.org/about/ orqali oʻqish mumkin.
Maqbullik shartlari
Tanlovda 2024-yil 31-iyulgacha 11-17 yosh oraligʻida boʻlgan barcha davlat
fuqarolari ishtirok eta oladi;
 11-12 yoshli ishtirokchilar uchun ota-onasi yoki unga masʼul shaxsning
roziligini olish talab etiladi. Bunda ushbu maxsus ariza shaklini
(https://foyleyoungpoets.org/wp-content/uploads/2024/02/Individual-FoyleAward-parent-guardian-permission-form2024.docx?_ga=2.99693470.1811272308.17098747171471111231.1704366950&_gl=1*u70a05*_ga*MTQ3MTExMTIzMS4xNz
A0MzY2OTUw*_ga_4Q74C9DQQT*MTcwOTg3NDcxNy43LjEuMTcwO
Tg3NDc5Ni4wLjAuMA..) toʻldirib, fyp@poetrysociety.org.uk emailiga
yuborish kerak;
Topshiriladigan sheʼrlar uchun qoʻyiladigan talablar quyidagicha:





Sheʼrlar ingliz tilida yozilishi kerak, ammo ishtirokchi oʻz ona tili yoki boshqa
tildagi iboralarni ham sheʼrga kiritishi mumkin.
Birdan ortiq sheʼr bilan ishtirok etish mumkin;
Har qanday mavzudagi va hajmdagi sheʼrlar qabul qilinadi;
Sheʼrlar oldin hech qayerda (antologiyalar, jurnallar, yakkaxon toʻplamlar,
maktab nashrlari, maktab xabarnomalari;
onlayn bloglar va onlayn jurnallarda, Twitter, Facebook yoki Instagram kabi
ijtimoiy tarmoqlar, radio va milliy telekanallarda) eʼlon qilinmagan boʻlishi
kerak; Har bir sheʼr plagiat uchun tekshiriladi!
 Oldin boshqa tanlovda gʻoliblikni olmagan boʻlishi kerak;
 Sheʼrning nusxasi yoki asli (originali) bilan qatnashish mumkin;
 Hamkorlikda (birdan ortiq mualliflikda) yozilgan sheʼrlar qabul qilinmaydi.
Tanlov qoidalari va muvofiqlik talablari (Eligibility requirements) haqida
batafsil ushbu havola https://foyleyoungpoets.org/rules/ orqali oʻqish
mumkin.
Foydali tomonlari
Ushbu sheʼriyat tanlovida barcha ishtirokchilardan 100 nafari (Top 15 nafar
gʻolib va 85 nafar maqtovga sazovor) gʻolib deb topiladi;
Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

Sheʼriyat Jamiyatining (The Poetry Society) bir yillik Yoshlar aʼzoligiga ega
boʻladilar;
 Kitoblar va boshqa qimmatbaho sovgʻalarni oʻz ichiga olgan sovgʻa sumkasi
beriladi;
 Top 15 gʻolibning sheʼrlari gʻoliblar antologiyasida chop etiladi. Shuningdek,
25 ming nusxasi maktablar, kutubxonalar va sheʼriyat ixlosmandlariga
tarqatiladi;
 85 nafar maqtovga sazovor boʻlgan shoirlarning asarlari onlayn antologiyada,
ismlari esa bosma antologiyada chop etiladi;
 Top 15 gʻolib nufuzli Arvon markazida (https://www.arvon.org/p1.html
)yozish mahorati kursiga taklif qilinadi yoki professional shoirning bepul
doimiy mentorlik kursida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi;
 25 nafardan ortiq oʻquvchisi tanlovda qatnashgan maktablar maktablarda
sheʼriyat xizmatidan(Poets in Schools)
https://poetrysociety.org.uk/education/poets-in-schools/ foydalanish uchun
50 fund sterling ($65) miqdoridagi chegirmaga ega boʻladi.
Tanlovning foydali jihatlari haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola
(https://poetrysociety.org.uk/competitions/foyle-young-poets-of-the-yearaward/prizes/?_gl=1*b711lo*_ga*NDQ2NjMwNDE0LjE2ODM2MTgxNzA.*_ga
_4Q74C9DQQT*MTY4MzYyNjc5NC4zLjEuMTY4MzYyODc1NC4wLjAuMA.)
. orqali olish mumkin.
Hujjat topshirish

Mazkur tanlovda 2 xil shaklda qatnashish mumkin: Onlayn ariza shaklini
toʻldirish yoki pochtadan yuborish orqali;

Onlayn ariza shaklini toʻldirish uchun ushbu
havola https://foyleyoungpoets.org/register/ orqali roʻyxatdan oʻtish va
hisob (Account) ochish kerak;
Ariza shaklida ishtirokchi oʻzi haqidagi maʼlumotlarni (ism-familiya, yashash
manzili kabi) yozishi kerak;
 Shaxsiy maʼlumotlarni toʻldirib boʻlganidan soʻng, ishtirokchi uchun ochilgan
sahifada tanlov uchun sheʼrni yozishi mumkin.
Oʻz sheʼrlarini pochta orqali yubormoqchi boʻlganlar FYP2023, The Poetry
Society, 22 Betterton Street, London WC2H 9BX pochta manziliga
quyidagilarni yuborishi kerak:

Sheʼr(lar)ning nusxasi; orqasida ism-familiya va yosh yozilgan boʻlishi kerak!
 Toʻldirilgan ariza shakli https://foyleyoungpoets.org/wpcontent/uploads/2023/02/Foyle-Young-Poets-of-the-Year-2023-EntryForm.docx
 Agar ishtirokchi 11-12 yosh boʻlsa, ota-ona yoki vasiy roziligi haqidagi
ruxsatnoma; Ruxsatnoma shaklini ushbu
havola https://docviewer.yandex.ru/?url=yabrowser%3A%2F%2F4DT1uXEPRrJRXlUFoewruBO9Bl6BG6HhFR43PL
152_VxLxSSfwN3U0ov0LFZw1VvycOOjI7djPZLY2WI_tqLP6dvIk1hV58kQpJXlpK
Y1PSxtPtEu3CrC_5XEny3efX8JQHXbvJ0zrnEByj5QW1w%3D%3D%3Fsign%3DYeAqjsMluiBIJnbg
ElGu18agqEtPtP2e41kduinJp_Q%3D&name=Individual-Foyle-Awardparent-guardian-permission-form-2024.docx orqali yuklab olish mumkin.
Tanlovga ariza topshirish haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola
https://foyleyoungpoets.org/apply/ orqali olish mumkin.

Hujjat topshirish https://foyleyoungpoets.org/apply/
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Gʻolib boʻlgan barcha 100 nafar ishtirokchilar (top 15 va 85 nafar maqtovga
sazovor) 2024-yil sentabr oyida xabardor qilinadi va 2024-yil oktabr oyida
boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif qilinadi;
 Barcha gʻoliblar tarjimai hol, fotosurat, ruxsatnoma shakli va yoshni
tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari kerak;
 Arizalarning juda koʻpligi sababli, faqat gʻoliblarga xabarnoma yuboriladi.
Toʻliq gʻoliblar roʻyxati 2024-yil oktyabr oyi boshida The Poetry Society vebsaytida ochiq eʼlon qilinadi.
The Foyle Young Poets of the Year Award tanlovi haqida eng koʻp berilgan
savollarga javoblarni (FAQs) ushbu
havola https://poetrysociety.org.uk/competitions/foyle-young-poets-of-the-yearaward/foyle-young-poets-faq/ orqali oʻqish mumkin.

Tanlov bilan bogʻliq qoʻshimcha savol va
takliflarni fyp@poetrysociety.org.uk elektron manziliga yuborishi yoki 020 7420
9880 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish mumkin.
Umumiy maʻlumotlar
“56th World Gallery of Cartoons — Skopje 2024” tanlovining bosh maqsadi —
havaskor va professional rassomlarni qoʻllab-quvvatlash. Ushbu tanlov 1969yildan beri oʻtkazib kelinadi.
Tanlov tashkilotchisi — OSTEN Skopye, Shimoliy Makedoniya Respublikasi.
Mazkur tanlovni tashkil etish jarayoni toʻrt bosqichdan iborat:
Ariza shaklini toʻldirish — (2024-yil mart — may);
 Saralash + tanlangan rasmlarning nashri (2024-yil iyun — avgust);
 Tanlov finalchilarni eʼlon qilish (2024-yil sentyabr);
 Gʻoliblarni eʼlon qilish (2024-yil sentyabr).
Tanlovda tili, millati, dini, yoshi, ijtimoiy va geografik kelib chiqishidan qatʼi
nazar rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga komik, satirik, multfilmlar yoki maʼlum hikoya uchun rasmlar qabul
qilinadi.
Ishtirokchilar 2 shakldagi ishlar bilan qatnasha oladi:
Original ishlar — qoʻlda yaratilgan asarlar, qogʻozga yoki boshqa vositaga
chizilgan ishlar;
 Raqamli ishlar - bosmadan (printerdan) chiqarilgan, raqamlangan va old
tomoniga qalam bilan imzo qoʻyilgan ishlar.
Tanlovning asosiy gʻolibi 1,500 AQSH dollari va maxsus haykalcha bilan
taqdirlanadi.

Tanlov tashkilotchisi barcha ishtirokchilarni 2024-yil noyabr oyida Skopyeda
boʻlib oʻtadigan dunyo rasm/ galereyalarining (WORLD GALLERY of
CARTOONS) 56 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtadigan rasmlar koʻrgazmasiga
taklif etadi.
Mazkur tanlov haqida toʻliq maʼlumotni ushbu
havola https://www.osten.mk/en/55-wgc-2023-general-info/ orqali olish mumkin.
Maqbullik shartlari



Rasm chizishga qiziqadigan barcha ishtirok etishi mumkin;
Topshiriladigan rasmlar asl (original), oldin eʼlon qilinmagan va boshqa
tanlovda namoyish etilmagan boʻlishi kerak;
Bir ishtirokchi beshtagacha rasm bilan qatnashishi mumkin;

Mazkur tanlovda multfilm uchun, hikoya uchun rasmlar, komik va satirik
rasmlar (cartoons | satirical drawing | comic/strip (onepanel of non-linguistic
strip) bilan ishtirok etish mumkin;
 Rasmlarning formati А3 (42 х 30 см) or А4 (30 х 21 см) shaklida boʻlishi
kerak.
Eslatma: Hakamlar hayʼati tomonidan boshqa rassomning taniqli asarlari bilan bir
xil yoki yaqindan oʻxshash deb topilgan rasmlar baholanmaydi.
Muvofiqlik talablari haqida ushbu havola https://wmkci.xsoftstatic.com/Write/02588/Files/56-WGC-2024-Application.pdf orqali batafsil
bilib olish mumkin.
Foydali tomonlari
Ushbu tanlov gʻoliblari quyidagicha ragʻbatlantiriladi:
Tanlovning asosiy gʻolibi (Grand Prix) 1,500 AQSH dollari va maxsus
haykalcha bilan taqdirlanadi;
 1-oʻrin sohibi 1,000 AQSH dollari va maxsus nishon;
 2-oʻrin sohibi 500 AQSH dollari va maxsus nishon;
 5 nafar 3-oʻrin sohiblari maxsus yorliq nishon;
 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon.
Shuningdek, gʻolib, finalist va saralangan deb topilgan rasmlar 56th WGC (World
Gallery of Cartoons) Skopye 2024 maxsus katalogida chop etilib, koʻrgazmada
namoyish etiladi.

Tanlovning foydali jihatlari haqida batafsil ushbu havola https://wmkci.xsoftstatic.com/Write/02588/Files/56-WGC-2024-Application.pdf orqali oʻqish
mumkin.
Hujjat topshirish
Ushbu tanlovda qatnashmoqchi boʻlganlar maxsus ariza shaklini
(kompyuterda yoki qoʻlda) toʻldirishi kerak — ariza shaklini ushbu
havola https://wmk-ci.xsoftstatic.com/Write/02588/Files/56-WGC-2024Application.pdf orqali yuklab olish mumkin;
Ariza shaklini toʻldirib boʻlgach, uni imzolashi va unga oʻz fotosuratini ham
joylashtirishi lozim;
Maxsus toʻldirilgan ariza shakli bilan birgalikda tanlov uchun chizgan
rasmlarini ham cartoons@osten.com.mk elektron manziliga yuborishi kerak.
Ishtirokchilar ishlarni pochta orqali yuborishi ham lozim; bunda topshiriladigan
barcha rasmlar orqasiga ism-familiya, qaysi davlatdan ekanligi va rasm
sarlavhasi yozilishi kerak;
Konvertning ustiga NON-COMMERCIAL SHIPMENT / FOR
EXHIBITION ONLY! deb yozish talab etiladi.





Pochta manzili quyidagicha:
OSTEN — WORLD GALLERY of CARTOONS
 8 Strike Brigade 2, 1000 Skopje, North Macedonia
Eslatma: Topshirilgan ishlar Makedoniyaga 2024-yil 31-maygacha yetib kelishi
kerak.

Ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola https://wmkci.xsoftstatic.com/Write/02588/Files/56-WGC-2024-Application.pdf orqali oʻqish
mumkin.
Hujjat topshirish https://www.osten.mk/en/56-wgc-2024-general-info/
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar 2 xil qatnashish shaklini tanlashi mumkin:
Bepul ishtirok etish — bunda qatnashchilarning tanlov uchun topshirgan ishlari
OSTEN kolleksiyasida olib qolinadi;
 Pulli ishtirok etish (20 AQSH dollari) — bunda qatnashchilarning tanlov uchun
topshirgan ishlari oʻzlariga qaytarib joʻnatiladi.
Rasmlar oʻziga qaytarib joʻnatilishini istagan ishtirokchilar quyidagi bank hisob
raqamiga 20 AQSH dollari miqdorida toʻlov qilishi kerak:

Beneficiary: OSTEN DOOEL SKOPJE, 8 Udarna Brigada 2, Skopje 1000, N.
Macedonia IBAN: MK07210701000702188 | SWIFT: TUTNMK22 Bank: NLB
AD SKOPJE, Majka Tereza 1, Skopje 1000, N. Macedonia
“56th World Gallery of Cartoons — Skopje 2024” tanlovi bilan bogʻliq
qoʻshimcha savol va takliflarni cartoons@osten.com.mk emailiga yuborish
mumkin.
Umumiy maʻlumotlar
Winner Writers sayti professional va havaskor shoirlar uchun tashkillashtiriladigan
23-xalqaro hajviy sheʼrlar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. Unda barcha ishtirokchilar yoshidan qat'i nazar
bepul qatnashishi mumkin. Bir ishtirokchidan faqat bitta ish qabul qilinadi.
G'oliblarga pul mukofoti beriladi.
Tanlov hakamlari: Jendi Reyter, yordamchi hakam Loren Singer. Ishtirok etish
bepul.
Tanlov haqida batafsil ma'lumotlarni ushbu https://winningwriters.com/ourcontests/wergle-flomp-humor-poetry-contest-free#guidelines havola orqali olish
mumkin yoki ushbu https://www.youtube.com/watch?v=B5VOtGfalxc videoni
tomosha qilish mumkin.
O'tgan mavsum g'oliblarining ishlarini bu yerda https://winningwriters.com/ourcontests/contest-archives/wergle-flomp-humor-poetry-contest-2022 o'qish
mumkin.
Maqbullik shartlari

Tanlovda professional va havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin, yosh
chegarasi mavjud emas, faqatgina bitta sheʼr yuborish talab etiladi;
 Sheʼr ingliz tilida hajviy janrda yozilgan, hajmi 250 qatordan oshmagan boʻlishi
lozim;
 Boshqa tildan yozilgan hajviy sheʼrlarni tarjima qilib yuborish mumkin;
 Boshqa tanlovlarga yuborilgan va chop etilgan sheʼrlar ham qabul qilinadi;
Eslatma! Aynan ushbu tanlovda ilgari mukofotga sazovor boʻlgan sheʼrlar qabul
qilinmaydi!
Foydali tomonlari
1-oʻrin uchun 2,000 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti, shuningdek dastur
homiysi Duotrope tashkiloti tomonidan ikki yillik sertifikat (100 AQSH dollari
bahosiga teng) taqdim etiladi;
 2-oʻrin uchun 500 AQSh dollari pul mukofoti;
 10 nafar eng yaxshi sheʼr mualliflariga 100 AQSh dollaridan pul mukofoti
taqdim etiladi;
 13 ta eng yaxshi deb topilgan sheʼrlar Winning Writers saytida eʼlon qilinadi.
Hujjat topshirish

Tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish linki orqali 2024-yil 1-aprel
sanasiga qadar ariza topshirilishi lozim;
 Roʻyxatdan oʻtishga doir qoʻshimcha savollar
yuzasidan adam@winningwriters.com manziliga murojaat qilish mumkin.
Eslatma! Sun'iy intellekt, xususan, ChatGPT yordamida yozilgan she'rlar qabul
qilinmaydi.

Hujjat topshirish https://winningwriters.com/our-contests/wergle-flomp-humorpoetry-contest-free/wergle-flomp-contest-entry
Qoʻshimcha maʻlumotlar

Natijalar 2024-yil 15-avgustda Winning Writers sayti orqali e’lon qilinadi.
 Tez-tez so'ralgan savollarga javob bu yerda
https://winningwriters.com/meta-nav/help/faq .
Download