Uploaded by Yusupali Minamatov

14-ma'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va si

advertisement
14-ma'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va sinflari
Reja:
1. Tarixiy ma’lumotlar.
2. Ekspert tizimlarning xususiyatlari va
afzalliklari.
3. Ekspert tizimlarda bilimlarning turlari.
4. Ekspert tizimlarning tarkibi.
5. Bilimlarni tashkillashtirish
muammolarining aspektlari.
6. Bilimlar bazasi bilan ishlash.
7. Ekspert tizimni yaratishning
bosqichlari.
8. Ekspert tizimlar klassifikatsiyasi.
9. Ekspert tizimlarni yaratishdagi
qiyinchiliklar.
10.Ekspert tizimlarga misollar.
Tayanch iboralar: Ekspert (expert), exspertli tizim (ekspert system),
DENDRAL, MYCIN, PROSPECTOR, Lisp, Prolog, CLIPS, izohlah (interpretation),
bazoratlash
(prediction),
tashxis
(diagnostics),
tuzish(construction),
izohlanmaydigan bilimlar (not interpretable knowledge), predmet bilimlar (subject
knowledge), boshqaruvchi bilimlar (control knowledge), tasvirlash haqidagi
bilimlar (knowledge representation), metabilimlar (meta-knowledge), faktlar (data),
bajariluvchi tasdiqlar (executable statements), fokuslovchi bilimlar (focusing
knowledge,) hal qiluvchu bilimlar (decisive knowledge), qo’llab-quvvatlovchi
bilimlar (support knowledge), texnologik bilimlar (technological knowledge),
semantikli bilimlar (semantic knowledge), sozlash (debugging), ishchi stansiya
(work station), statikli (static), dnamikli (dynamic), bilimlar bazasi (knowledge
base), ma’lumotlar bazasi (database), echuvchi (solver), tushuntiruvchi komponent
(explanatory component), muloqotli komponent (an interactive component),
bilimlar injeneri (the knowledge engineer), tizimosti (subsystem), identifikarsiyalash
(aynan o’xshatish) (identification), konseptuallashtirish (conceptualization),
formallashtirish (formalization), obyektga-yo’naltirilgan (object-oriented),
dasturlash tillari (programming languages), instrumentariylar (tools), qatlam
(shell), ЭКО, Leonardo, Nekspert Object, Kappa, muammoga проблемноориентированные средства (problem-oriented funds), muammoga yo’naltirilgan
vositalar (domain-specific tools), gibridli (hybrid), dasturiy vositalar (software),
integrallashuvchanlilik (integration), ochiqlilik (openness), ko’chimlilik (tolerance),
mijos-servar arxitekturasi (client-server architecture), izohlanuvchi (interpreted),
izohlanmaydigan (uninterpreted), bilim (knowledge), metabilim (meta-knowledge).
1. Tarixiy ma’lumotlar
E. Feygenbaum, B. Bukhenenom, E. Liderbergom tomonidan 1969 yilda ishlab
chiqilgan dastur bu - DENDRAL [1-4] hisoblanadi. DENDRAL - murakkab organik
molekulalar strukturalarini tanish uchun qo’llaniladigan eksperttizim (ET).
1973 yilda A. Kolmeroe AQSh, Yevropa, Rossiyada ommalashgan mantiqiy
dasturlash tili - Prolog tilini yaratdi. Keyinchalik FRL, KRL, GUS mantiqiy
dasturlash tilllari ishlab chiqildi.
Yaqin vaqtlarga qadar murakkab intellektual o’yinlarga yaqqol misol sifatida
shaxmat qaralgan. 1974 yilda dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan mashinalar
o’rtasida xalqaro shaxmat musobaqasi o’tkazildi. Bu musobaqada shaxmat dasturi
bilan ta’minlangan sovet (Rossiya) mashinasi "Kaissa" g’alaba qozondi.
Keyinchalik E. Feigenbaum, B. Bukxenen, E. Shortliff MYCIN ETini ishlab
chiqadi [1-4]. Unda qonda yuqumli kasalliklarni aniqlashga imkon beradigan 450 ga
yaqin qoidalar mavjud. MYCIN - ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ET.
1979 yilda "PROSPECTOR" ETi yaratilgan (1-4). PROSPECTOR foydali
qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ET hisoblanadi.
Sanoatda qo'llanadigan birinchi ET 1982 yilda McDermott tomonidan ishlab
chiqilgan K1 edi. K1 tizimi VAX oilasining kompyuter tizimlarini sozlash uchun
ishlatilgan. Digital Equipment Corporation tomonidan Carnegie Mellon (AQSh)
universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tizimning tijorat versiyasi XCON deb
nomlandi. 1986-yilga kelib ushbu tizim korporatsiyasi yiliga 70 million dollar tejash
imkonini berdi. Bundan tashqari, tizimni qo'llash natijasida xatoliklar soni 30% dan
1% gacha qisqardi[1-4].
1986-1996 yillarda sun’iy intellekt (SI) sohasidagi tadqiqotlarda mustaqil
yo’nalish sifatida ETlar yoki bilimlar injeneriyasi shakllandi [1-4]. Bu yo’nalishdagi
masalalarga inson-expertga qiyin tyulgan, y’ni bilimlarga va masalani echish uchun
xulosalash proseduralariga asoslangan dasturlar yaratish va tadqiqotlar olib boorish
kabilar kiradi.
Foydalanuvchilar tomonidan ETlarga qiziqish asosan uchta factor bilan
belgilanadi [4]:
• ET lar shunday masalalarni echishga mo’ljallanganki, qachonki uhbu
masalalarning echimi mavjud bo’lmasa yoki echish algoritmi nomalum bo’lsa;
• ET foydalanuvchiga shunday sharoit yaratadiki, foydalanuvchi dasturlashni
bilmasa ham, o’zining tajribasi va bilimidan foydalanib masalani mustaqil ishlab
chiqadi;
• ET shunday natijalarni olishga imkoniyat yaratadiki, bu natijalar insonekspertnatijalaridan qolishmaydi, ba’zi hollarda inson-ekspertimkoniyatlaridan
yuqoriroq natijalarga erishadi.
Bu davr oddiy ET larning yaratilganligi va integralli ETni yaratishning
boshlanishini o’z ichiga oladi.
2. Ekspert tizimlarning xususiyatlari va afzalliklari
80-yillarning boshlarida SI sohasidagi ilmiy izlanishlar jarayonida «Ekspert
tizimlar» nomini olgan mustaqil yo`nalish shakllandi [1-3]. ET bo`yicha
izlanishlarning maqsadi - shunday dasturlar yaratish kerakki, nafaqat inson –
ekspertuchun qiyin bo`lgan masalalarni yechsin, balkim ekspertoladigan
natijalardan sifati va samaraliligi bo`yicha kam bo`lmagan natijalarni bersin. ET
muhitida izlanuvchilar tomonidan «bilimlar injeneri» termini ishlatishadi. Bu termin
E.Feygenbaum tomonidan kiritilgan.
ET yoki bilimlar injeneri (bundan keyin ularni sinonim sifatida ishlatamiz)
texnologiyalariga asoslangan dasturiy vositalar dunyo bo`ylab sezilarli darajada
tarqaldi.Ma’lum predmet sohasidagi SI tizimi ekspertdeb ataladi. ET uchun
bilimlarni qabul qilishda shu fan sohasidagi expertlar xizmat qiladi.
ETlari – bu kompyuter yordamida ishlaydigan, turli faoliyat sohalarida qarorlar
qabul qilishning maxsus yaratilgan murakkab tuzilmali modeldir. Mazkur
modelning ish prinsipi shundayki, u xuddi expertlar kengashi kabi mulohaza yuritib,
yechimi izlab topilishi kutilayotgan qiyin vaziyatdan chiqib ketish yo`llarini taklif
etishga moslashtirilgan.
ETlari turli sohadagi mutaxassislar va muayyan sohada mutaxassisligi
bo`lmagan har qanday odamlarga favqulodda vaziyatlarda muammoning yechimini
izlab topishga, mavjud expertlar guruhining o`rnini bosishga imkoniyat yaratib
beradi va shu xususiyati bilan iqtisodiy faoliyatda murakkab tashkiliy tuzilmaning
turli tizimlarida ishlaydigan va ish yuzasidan o`zaro muloqot qilishga majbur
bo`ladigan kishilarning vaziyatga mos tarzda to`g`ri qaror qabul qilishiga yordam
beradi.
Ularning asosiy xususiyatlari [1-3]:
 ET masalani yechish uchun yuqori sifatli tajribalar va bilimlarni qabul qiladi;
 ETdagi bilimlar doim to`planib va yangilanib boriladi;
 ET bashorat qilish qobiliyatiga ega bo`ladi.
 ET ishchilarga va mutaxassislarga o`quv qo`llanmasi sifatida foydalanilishi
mumkin.
ETni loyihalashda va ishlab chiqish jarayonida quyidagi qatnashuvchilarni
aytib o`tish mumkin:
1) ETni loyihalashning instrumental muhitini ishlab chiquvchilar;
2) ETni yaratishdagi instrumental muhit;
3) ETning o`zi;
4) Ekspert;
5) Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi (BB) administratori;
6) Foydalanuvchi.
ETning muhimligi quyidagilardan iborat:
 ET texnologiyalari kompyuterda yechiladigan va yechimi iqtisodiy samara
olib keladigan amaliy masalalar ko`lamini oshiradi;
 ET texnologiyalari an’anaviy dasturlashtirishdagi global muammolarni
yechishda muhim vosita hisoblanadi: murakkab sohalarni qayta ishlashda yuqori
sifat va uzoq muddatlilikga erishish;
 bir necha marta qayta ishlashlar sifatini boshqaruvchi murakkab tizimlarni
yo`naltirishdagi yuqori sifat; dasturlarni qayta ishlatish darajasining pastligi va
boshqalar;
 ET texnologiyalari bilan an’anaviy dasturlashtirish texnologiyalarini
birlashtirganda: dasturchi tomonidan emas, foydalanuvchi tomonidan sohaning
dinamik modifikatsiyalarini ta’minlash; sohalarning yanada «silliqligi»; yaxshi
grafika, interfeys va o`zaro ta’sir hisobiga dasturiy mahsulotga yangi sifatlar
qo`yiladi.
ETning asosiy afzalliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
 har qanday tashkilotda amalga oshiriladigan reinjiniring (tuzilmani qaytadan
tashkillashtirish) jarayonlari davomida expertlar tizimi nihoyatda asqotadi, chunki
ushbu tizimdan foydalanish tufayli korxona rahbariyati eng avvalo, ratsional tarzda
xodimlar shtatini qayta tuzish, vaqtni tejash, byurokratiya ko`lamini ancha cheklash,
qog`ozbozlikka chek qo`yish imkoniyatini qo`lga kiritadi;
 tegishli mavzuga(muammoga) daxldor bo`lgan barcha ma’lumotlar, ularni
izlab topish va foydalanish qoidalarining hammasi kompyuter xotirasida saqlanadi.
Bundan tashqari, SI qabul qilgan qarorlari qandaydir taxmin va farazlarga
asoslangan bo`lmaydi.
Hozirgi vaqtda ETlari va ularning alohida elementlari loyihalashtirish,
rejalashtirish, tashxis qo`yish, tarjimonlik, referentlik, taftish, tavsiyanomalar ishlab
chiqish, buxgalteriya hisoblarini olib borish, hisobotlarni tayyorlashda, bank
faoliyatida, xodimlarni boshqarish sohasida keng qo`llanilmoqda.
Yetakchi mutaxassislar fikricha, keyingi izlanishlarda ET quyidagicha
qo`llanilishi mumkin:
 ET loyihalashtirish, qayta ishlash, ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish, qo`llab
– quvvatlash va xizmat ko`rsatishning barcha sohalarida asosiy o`rinni egallaydi;
 savdo sohasidagi ET texnologiyalari o`zaro ta’sir etuvchi tayyor intellektual
modullar sohalari integratsiyasida revolyutsion kuchayishni ta’minlaydi.
ET va SI tizimlari qayta ishlash tizimlaridan shu bilan farq qiladiki, ularda
asosan (sonli emas) belgili (simvolli) namoyish usuli, belgili xulosa va (ma’lum
algoritmni bajarish emas) yechimni evristik qidirish, izlash bajariladi.
ET faqat murakkab amaliy masalalarni yechishda qo`llaniladi. Yechimning
sifati va samaradorliligi borasida ET yechimlari inson – ekspertyechimlaridan
qolishmaydi. ET yechimi «shaffofligi» bilan ajralib turadi, ya’ni foydalanuvchiga
yechim sifatli darajada tushuntiriladi. ETning bu xususiyati o`z bilimlari asosida
biror xulosaga kelish qobiliyatining mavjudligi bilan xarakterlanadi.
ET o`z bilimlarini ekspertbilan munosabatlari vaqtida to`ldirib boradi.
Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda ET texnologiyasi moliya, neft va gaz sanoati,
energetika, transport, farmatsevtika, ishlab chiqarish, kosmos, metallurgiya, tog`kon ishlari, kimyo, ta’lim, sellyuza-qog`oz sanoati, telekommunikatsiya va aloqa
hamda boshqa turli muammoli sohalarning turli xil tipdagi masalalarini yechish
(izohlash,
oldindan
aytish-bashorat
qilish
tashxis,
loyihalashtirish,
konstruktsiyalash, boshqarish, tushuntirish) da ishlatiladi.
E’tiborni qaratish lozimki, ba’zi mutaxassislar (qoida bo`yicha, SIdagi emas,
dasturlashtirishdagi mutaxassislar) ET va SITlar kutilgan natijalarni bermaganligini
ta’kidlashda davom etmoqdalar. Bu adashuvlarning sababi shundan iboratki,
mualliflar ETni an’anaviy dasturlashtirishning alternativi sifatida qaraganligi, ya’ni
ular ET alohida (boshqa dasturiy vositalarsiz) buyurtmachining har qanday
masalasini yechib beradi degan fikrdan kelib chiqqanligidir. Ta’kidlash joizki,
ETning paydo bo`lishida unda ishlatiladigan tillar spetsifikasi, sohalarni qayta
ishlash texnologiyalari va ishlatiladigan qurilmalar (masalan, Lisp - mashinalar)
shunday xulosa chiqarishga olib keldiki, ET va an’anaviy dasturlash tizimlarini
birlashtirish murakkab va bajarib bo`lmaydigan masalalar degan asosni berdi.
Hozirgi kunda ETni hosil qilish uchun texnik vositalar to`liq holda an’anaviy
dasturlashtirishning zamonaviy texnologik tendentsiyasiga mos holda qayta
ishlanayapti. Ular ET da integrallashgan sohalar yaratishda kelib chiqadigan
muammolarni bartaraf etadi.
3. Ekspert tizimlarda bilimlarning turlari
Bilimlarning quyidagi turlari mavjud: Bilimlar turlari
• interfeysli – tevarak-atrof bilan o`zaro aloqalar to`g`risidagi bilim;
• muammoli - predmet soha to`g`risidagi bilim;
• protsedurali - masalalarni yechish usullari to`g`risidagi bilim;
• strukturali - operatsion muhit to`g`risidagi bilim;
• metabilimlar - bilimlar xususiyatlari to`g`risidagi bilim.
Bizni o`rab turgan olam to`g`risidagi bilimlar deklorativ va protsedurali
bilimlarga bo`linadi. Deklorativ bilimlar bu biror bir tizimda o`zaro bog`langan
dalillardir. Haqiqatdan ham ro`y bergan biror bir hodisa, voqea dalilga misol bo`la
oladi.
Protsedurali bilimlar - dalillar ustida bajariladigan amallarni amalga oshirish
natijasida hosil bo`ladigan bilimlardir. EHMlar uchun dasturlar bu bilimlarni
saqlovchilar bo`ladi, deklorativ bilimlar har doim tobe bilimlardir. Intellektual
tizimlar bo`yicha mutaxasislarni har ikki bilim turi bir xilda qiziqtiradi. Ekspert
tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, bilimlarni tasvirlash uchun
ko`pincha semantik tarmoqlar, freymlar va mahsuliy modellar ishlatiladi. Keyingi
bo`limda semantik modellar (yoki semantik tarmoqlar)ni qarab chiqamiz.
Bilimlarni namoyish etishda yechilishi lozim bo`lgan birinchi savol, bu bilim
tarkibini aniqlash savoli, ya’ni ET da «Nimani namoyish etish»ni aniqlash. Ikkinchi
savol bilimlarni ET da «Qanday namoyish etish kerak». Aytib o`tish kerakki, bu ikki
muammo mustaqil emas. Haqiqatdan ham, namoyish etishning tanlangan usuli
keraksiz bo`lishi yoki ba’zi bilimlarni tasvirlashda samarasiz bo`lishi mumkin [1-3].
Bizning fikrimizcha, «Qanday namoyish etish kerak?» - savolini ikkita
mustaqil masalaga ajratish lozim: birinchisi – bilimlarni qanday yig`ish va ikkinchisi
– bilimlarni qanday tasavvur etish. Bilimlarni tashkillashtirishni mustaqil masalaga
aylantirishga intilish, qisman, bu masala namoyish etilishining ixtiyoriy tilida
yuzaga kelishi mumkin va bu masalaning yechimi qo`llanilgan sohada bir xil
bo`lishi mumkin.
Shunday qilib, bilimlarni namoyish etishda yechiladigan masalalar qatoriga
quyidagilarni kiritamiz [1-5]:
- namoyish etiluvchi bilimlarning tarkibini aniqlash;
- bilimlarni tashkillashtirish;
- bilimlarni namoyish etish, ya’ni namoyishning modelini aniqlash;
ET bilimlarining tarkibi quyidagi faktorlar bilan aniqlanadi:
- muammoli muhit;
- ETning arxitekturasi;
- foydalanuvchining maqsadi va ehtiyojlari;
- muloqot tili.
Statik ETning umumiy sxemasiga mos holda uning faollashuvi uchun
quyidagi bilimlar talab qilinadi:
- masalani yechish jarayoni haqidagi bilimlar (ya’ni, boshqaruvchi bilimlar),
ular bilimlar injeneri (interpretator, yechuvchi) tomonidan ishlatiladi;
- lingvistik protsessor muloqot komponentida qo`llaniluvchi muloqot tili va
muloqotni tashkil etish usullari haqidagi bilimlar;
- BHQKda qo`llaniluvchi bilimlar modifikatsiyasi va namoyish uslublari
haqidagi bilimlar;
- tushuntiruvchi komponentda qo`llaniluvchi strukturani qo`llab-quvvatlovchi
va boshqaruvchi bilimlar.
Bundan tashqari, dinamik ET larda quyidagi bilimlar muhim:
- tashqi olam bilan o`zaro ta’sir usullari haqidagi bilimlar;
- tashqi olam modellari haqidagi bilimlar.
Foydalanuvchi talabi bilan bilimlar tarkibining bog`liqligi quyidagilarda
ko`rinadi [1-5]:
- foydalanuvchi(masalalar umumiy to`plamidan) qanday masalalarni qanday
ma’lumotlar bilan yechmoqchi;
- yechimni topishda qanday yo`llar va usullar samaraliroq;
- masala natijasi va uning olinish usullari qanchalik cheklangan qiymatda
yechilishi lozim;
- muloqot tili va muloqotni tashkillashtirishga qanday talablar qo`yilgan;
- muammoli soha haqida umumiy (aniq) bilimlar darajasi qanday;
- foydalanuvchilarning maqsadi qanday.
Muloqot tili haqidagi bilimlar tarkibi muloqot tiliga ham, talab qilinadigan
tushunish darajasiga ham bog`liq.
ET arxitekturasini hisobga olganda bilimlarni izohlanuvchi va
izohlanmaydigan bilimlarga bo`lish maqsadga muvofiq [1-5] (14.1-rasm). Birinchi
tipga shunday bilimlar mansubki, ularni bilimlar injeneri (yechuvchi, interpretator)
izohlashi(o`zgartirishi) mumkin. Qolgan barcha bilimlar ikkinchi tipga mansub.
Yechuvchi ularning strukturasi va mundarijasini bilmaydi. Agar bu bilimlar
tizimning biror bir komponenti tomonidan qo`llanilsa, u holda u bu bilimlarni
«tushunmaydi».
Izohlanuvchi bilimlarni predmetli bilimlar, boshqaruvchi bilimlar va namoyish
qilinuvchi bilimlarga bo`lish mumkin. Namoyish qilinuvchi bilimlar tizimda
izohlanuvchi bilimlar qanday qilib namoyish etilishi haqidagi bilimlarni saqlaydi.
Predmetli bilimlar predmet sohasi va qo`yilgan masalalarni yechishda ushbu
ma’lumotlarni shakllantirish usullari haqidagi bilimlarni saqlaydi. Belgilab qo`yish
lozimki, predmet bilimlariga qaraganda namoyish haqidagi bilimlar va
boshqaruvchi bilimlar metabilimlar hisoblanadi. Predmet bilimlarda tasvirlovchilar
va shaxsan predmet bilimlarni ko`rsatish mumkin.
Tasvirlovchilar qoida va ma’lumotlarning aniqlik koeffisiyenti, muhimlilik va
murakkablik o`lchovlariga o`xshash predmet bilimlari haqidagi aniq axborotni
saqlaydi. Predmet bilimlarining o`zi faktlar va bajariluvchi tasdiqlarga bo`linadi.
Bajariluvchi tasdiqlar masala yechimi yo`lida predmet sohani tasvirlashni qanday
o`zgartirish haqidagi bilimlarni saqlaydi. Faktlar predmet sohasining
xarakteristikalarini aniqlaydi. Boshqacha qilib aytganda, bajariluvchi tasdiqlar – bu
qayta ishlash protseduralarini beruvchi bilimlar. Biz faqat «protsedurali bilimlar»
terminini ishlatishdan qochamiz, chunki bu bilimlar nafaqat protsedura shaklida,
balki deklorativ shaklda ham berilishi mumkin.
Bilimlar
Sonlar
bilimlar
Qo’llabquvvatlovchi
bilimlar
Texnologik
bilimlar
Yordamchi
bilimlar
Namoyish
qilinuvchi
bilimlar
Izohlanmaydigan bilimlar
Yechuvchi
bilimlar
Fokuslovchi
bilimlar
Bajariluvchi
tasdiqlar
Faktlar
Predmetli
bilimlar
Boshqaruvch
i bilimlar
Izohlanuvchi bilimlar
14.1-rasm. Izohlanuvchi va izohlanmaydigan bilimlar.
Boshqaruvchi bilimlarni fokuslovchi va yechuvchi bilimlarga bo`lish mumkin.
Fokuslovchi bilimlar bir yoki boshqa holda qanday bilimlarni ishlatish kerakligini
tasvirlaydi. Odatda fokuslovchi bilimlar mos farazlarni tekshirishda maqsadga
muvofiq bo`lgan muhim obyekt va qoidalar haqida ko`plab ma’lumotlarni saqlaydi.
Birinchi holda diqqat IX elementlariga, ikkinchisida – BB qoidalariga fokuslanadi.
Yechuvchi bilimlar joriy holatga mos keluvchi bilimlarni izohlash usullarini tanlash
uchun qo`llaniluvchi bilimlarni saqlaydi. Bu bilim berilgan masalani yechish uchun
yanada samaraliroq strategiya yoki evristikalarni tanlashda ishlatiladi.
Izohlanmaydigan bilimlar muloqot tilining leksikasi va grammatikasi haqidagi
bilimlarni saqlovchi «yordamchi» bilimlar va «qo`llab - quvvatlovchi» bilimlarga
bo`linadi. «Yordamchi bilimlar» tabiiy til komponenti tomonidan qayta ishlanadi,
lekin bu qayta ishlash jarayonining qanday borishini bilimlar injeneri tushunmaydi,
chunki boshlang`ich ma’lumotlarni qayta ishlashning bu bosqichi expertiza
o`tkazishda yordamchi hisoblanadi. «Qo`llab - quvvatlovchi» bilimlar tizimni
yaratishda va tushuntirishlarni bajarishda qo`llaniladi. «Qo`llab - quvvatlovchi»
bilimlar izohlanuvchi bilimlarda bo`lganidek, tizim harakatlarini ham tushuntiradi.
«Qo`llab-quvatlovchi» bilimlar texnologik va semantik bilimlarga bo`linadi.
Texnologik bilimlar ular tomonidan tasvirlanayotgan bilimning yaratilgan vaqti,
bilimlar muallifi va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi.
Semantik bilimlar ET da bilimlarning mazmunli tasvirlanishini o`zida saqlaydi.
Ular bilimlarni kiritish sabablari haqida, bilimlarning belgilanishi haqidagi
bilimlarni saqlaydi, bilimlardan foydalanish usullari va olinadigan samarani
tasvirlaydi.
ETning sifatiy va miqdoriy ko`rsatkichlari bilimlar haqidagi bilimlar orqali,
ya’ni metabilimlarni qo`llash hisobiga yanada yaxshilanadi.
Metabilimlarning mumkin bo`lgan vazifalarini sanab o`tamiz [1-5]:
- strategik metaqoida haqidagi metabilimlar relevant qoidalarni tanlashda
qo`llaniladi;
- metabilimlar expertiza sohasidagi qoidalarni qo`llashning maqsadga
muvofiqligini asoslash uchun ishlatiladi;
- metabilimlar predmet qoidalarda sintaktik va semantik xatolarni to`g`rilashda
foydalaniladi;
- metaqoidalar predmet - qoida va funksiyalarni qayta qurish yo`li bilan tizimni
atrofga moslashishiga imkon beradi.
- metaqoidalar tizimning cheklanishi va imkoniyatlarini aniq ko`rsatish
imkonini beradi, ya’ni tizim nimani bilishi va bilmasligini aniqlaydi.
4. Ekspert tizimlarning tarkibi
Statik strukturali tipdagi ET masalaning yechilishi vaqtida atrof-olamdagi
ro`y berayotgan o`zgarishlarni hisobga olmagan holda ishlatiladi. Amaliyotda
qo`llanilgan birinchi ETlar statik bo`lgan.
Tipik statik ET quyidagi asosiy komponentlardan iborat [1-3] (14.2-rasm):
1) Yechuvchi (intepretator);
2) Ishchi xotira (IX), shuningdek, MB deb ham nomlanadi;
3) Bilimlar bazasi (BB);
4) Bilimlarni hosil qilish komponenti (BHQK);
5) Tushuntiruvchi komponent (TK);
6) Muloqotli komponent (MK).
MB (ishchi xotira) joriy vaqtdagi yechilayotgan masalada boshlang`ich va
oraliq ma’lumotlarni saqlashga mo`ljallangan. Bu termin nomlanishi bo`yicha
axborot-izlash tizim(AIT) va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizim(MBBT)dagi
termin bilan to`g`ri keladi, lekin saqlanayotgan ma’lumotlarning ma’nosiga ko`ra
to`g`ri kelmaydi.
Muloqotli
komponent
Tushuntiruvchi
komponent
Bilimlarni
hosil qilish
komponenti
Yechuvchi
Ishchi
xotira
Bilimlar
bazasi
14.2-rasm. Statik ETning strukturasi.
Bilimlar bazasi(BB) ETda qaralayotgan sohani tasvirlovchi uzoq muddatli
ma’lumotlarni saqlash uchun mo`ljallangan.
Yechuvchi ishchi xotiradagi boshlang`ich ma’lumotlar va MBdagi
bilimlaridan foydalanib, shunday qoidalar ketma-ketligini shakllantiradiki, ularni
boshlang`ich ma’lumotlarda qo`llaganda masalaning yechimiga olib keladi.
Bilimlarni hosil qilish(to`plash) komponenti foydalanuvchi – ekspert
tomonidan amalga oshiriluvchi bilimlar bilan ETni to`ldirish jarayonini
avtomatlashtiradi.
TK tizim qanday qilib yechimga ega bo`lganligi (yoki nima sababdan tizim
yechimga ega emasligi)ni va expertga tizimni sinovdan o`tkazish va olingan natijaga
foydalanuvchining ishonchini oshirishda yordam beradigan qanday bilimlardan
foydalanganligini tushuntiradi.
MK masalasini yechish mobaynida bilimlarni hosil qilish va ishning
natijalarini tushuntirish jarayonida foydalanuvchi bilan do`stona muloqotni
tashkillashtirishga mo`ljallangan.
ETni yaratishda quyidagi mutaxasisliklarning namoyandalari qatnashadilar:
- masalalarni ET yordamida yechadigan muammoli sohadagi expert;
- bilimlar bo`yicha injener(Yechuvchi) – ET ni yaratish bo`yicha mutaxassis;
- ET ni yaratishni tezlashtirishga mo`ljallangan texnik vositalarni yaratish
bo`yicha dasturchi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bilimlarni yaratuvchi injenerlar orasidan
birortasining bo`lmasligi(ya’ni ularni dasturchilar bilan almashtirish) ET ni yaratish
jarayonini omadsizlikka olib keladi, yoki bu jarayonni yanada uzoqlashtiradi.
Ekspert muammoli sohani tasvirlovchi bilim(ma’lumotlar va qoidalar)ni
aniqlaydi, u ETga bilimlarni kiritishda to`liqlikni va aniqlikni ta’minlaydi.
Bilimlar bo`yicha injener ET ishi uchun muhim bo`lgan bilimlarni hosil qilish
va tartiblashga yordam beradi; joriy muammoli sohaga to`g`ri keladigan sohalar
tanlovini amalga oshiradi va ushbu sohalarda bilimlarni namoyish etish usullarini
aniqlaydi; eksperttomonidan kiritiladigan qoidalarda ishlatiladigan standart
funksiyalarni an’anaviy vositalar bilan ajratadi va dasturlaydi.
Dasturlovchi ETning barcha asosiy komponentlarini saqlaydigan texnik
vositalarni ishlab chiqadi.
ET ikkita rejimda ishlaydi: bilimlarni hosil qilish rejimi va masalani yechish
rejimi (shuningdek, u maslahat rejimi yoki ETdan foydalanish rejimi deb ham
nomlanadi) [1-3].
Bilimlarni hosil qilish rejimida (bilimlar bo`yicha injener bilan birgalikda) ET
bilan muloqot ekspertorqali amalga oshiriladi. Bu rejimda expert, BHQKdan
foydalangan holda, muammoli sohadagi masalani ETga (expertsiz) mustaqil yechish
imkonini beruvchi bilimlar bilan tizimni to`ldiradi. Ekspert muammoli sohani
ma’lumotlar va qoidalar to`plami ko`rinishida tasvirlaydi. Ma’lumotlar obyektlarni,
expertiza sohasida mavjud bo`lgan qiymat va xarakteristikalarni aniqlaydi. Qoidalar
ETda qaralayotgan sohaga xarakterli bo`lgan ma’lumotlarni boshqarish
(manipulyatsiya) uslublarini aniqlaydi.
Ta’kidlaymizki, dasturni ishlab chiqishda bilimlarni hosil qilish rejimi
dasturchi tomonidan bajariladigan algoritmlash, dasturlash, dasturni sozlash va
sinash bosqichlariga mos keladi. Shunday qilib, ETlarda an’anaviy yondoshuvdan
farqli ravishda dasturni ishlab chiqish dasturchi tomonidan emas, balki
eksperttomonidan amalga oshiriladi.
Maslahat rejimida ET bilan muloqot natija yoki uni olish usullari bilan
qiziquvchi oxirgi foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’kidlash kerakki, foydalanuvchi bu muammoli sohada mutaxassis bo`lishi
yoki bo`lmasligi mumkin. Maslahat rejimida foydalanuvchi masalasi haqidagi
ma’lumotlar MK bilan qayta ishlagandan so`ng ishchi xotiraga kelib tushadi.
Yechuvchi ishchi xotiradagi boshlang`ich ma’lumotlar, muammoli sohadagi
umumiy ma’lumotlar va BBdagi qoidalar asosida masalaning yechimini faqatgina
yozilgan amallar ketma-ketligi bilan bajaribgina qolmay, balki oldindan uni
shakllantiradi. Agar foydalanuvchiga tizimning reaksiyasi tushunarsiz bo`lsa, u
tushuntirishni talab qilishi mumkin: «Nima uchun tizim bu yoki boshqa savolni
beradi?», «Tizimdagi olinadigan javob qanday?».
14.3-rasmda ko`rsatilganidek, dinamik ET arxitekturasini statik ET
arxiteturasi bilan taqqoslaganda, unga 2 ta komponent kiritilgan: tashqi dunyoni
modellashtirish tizim osti va tashqi olam bilan bog`liq tizim osti. Oxirgisi tashqi
olam bilan bog`liq holda datchiklar va tekshiruvchilar (kontroller) orqali amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, statik ETning an’anaviy komponentlari haqiqiy
hodisalar olamida ro`y beradigan mantiqiy elementlarni akslantirish uchun yuzaga
keladigan o`zgarishlarga chidamli bo`ladi [1-5].
Ta’kidlaymizki, 14.2- va 14.3-rasmlarda ko`rsatilgan ETlar strukturalari
faqatgina komponentlarni(funksiyalarni) aks ettiradi va ko`pgina narsalar «kadr
ortida» qolib ketadi.
Muloqotli
komponent
MB va ADD
bilan
interfeys
Tushuntiruvchi
komponent
Bilimlarni
hosil qilish
komponenti
Yechuvchi
Ishchi
xotira
Tizim
Bilimlar
bazasi
Tashqi dunyoni modellashtirish tizimosti
Tashqi dunyo bilan aloqa o’rnatish tizimosti
Lokal tarmoq
Datchiklar
Texnik qurilmalari
14.3-rasm. Dinamik ETning strukturasi.
5. Bilimlarni tashkillashtirish muammolarining aspektlari
Bilimlarni tashkillashtirish ma’lum darajada tanlangan usul(modeli)ga bog`liq
emas.
Bilimlarni tashkillashtirish muammolarining quyidagi aspektlarini ajratamiz:
- namoyish qilish va detallilik darajalari bo`yicha bilimlarni tashkillashtirish;
- ishchi xotirada bilimlarni tashkillashtirish;
- BBda bilimlarni tashkillashtirish.
Bilimlarni namoyish etish darajalari va detallilik darajalari. ET yechimni
izlash jarayonini boshqara olishi, yangi bilimlarni hosil qilish va o`z harakatlarini
tushuntira olishi uchun, u nafaqat o`z bilimlarini qo`llay olishi, balki ularni tushunish
qobiliyatiga ega bo`lishi ham kerak, ya’ni ET muammoli soha haqida uning bilimlari
qanday namoyish etilgani haqidagi bilimlarga ega bo`lishi lozim. Agar muammoli
muhit haqidagi bilimlarni namoyish etishni keyingi darajadagi bilimlar deb nomlash
mumkin bo`lsa, unda namoyish etishning birinchi darajasi metabilimlarga ega,
ya’ni nolinchi darajadagi bilimlar tizimining ichki olamida qanday namoyish
etilganligi to`g`risidagi bilimlarga ega. Birinchi daraja nolinchi daraja bilimlarni
namoyish etish uchun qanday vositalar ishlatilishi haqidagi bilimlarni saqlaydi.
Birinchi daraja bilimlar yechim jarayonini boshqarishda, tizim harakatlarini hosil
qilish va tushuntirishda katta rol o`ynaydi. Namoyish etish darajalarining soni
ikkitadan ortiq bo`lishi mumkin. Namoyish etishning ikkinchi darajasi birinchi
daraja bilimlari haqidagi ma’lumotlarni, ya’ni birinchi darajaning bazaviy
tushunchalarini namoyish etish haqidagi bilimlarni saqlaydi. Namoyish etish
darajalari bo`yicha bilimlarni ajratish tizimning qo`llanilish sohasini kengaytirishni
ta’minlaydi [1-3].
Detallilik darajalari bo`yicha bilimlarni ajratish bilimlarni turli darajadagi
tahlillarda qarashga imkon yaratadi. Detallilik darajalarining miqdori ko`pincha
yechilayotgan masalalarning maxsusligi, bilimlar hajmi va ularni namoyish etish
uslublari bilan aniqlanadi. Qoidaga ko`ra uchtadan kam bo`lmagan detallilik
darajalariga ajratiladi [1-3]. Ular umumiy, mantiqiy va fizik bilimlarni
tashkillashtirishni ifodalaydi. Bir qancha detallilik darajalarini kiritish qo`shimcha
ravishda tizimning mustahkamligini ta’minlashga imkon beradi. Detallilikning bir
darajasidagi o`zgarishlar shu darajada qo`shimcha o`zgarishlarga olib kelishi
mumkin, bu esa ETda ma’lumotlar va dasturlar strukturalarining mosligini
ta’minlash uchun juda muhim hisoblanadi.
Ishchi xotirada bilimlarni tashkillashtirish. ETning ishchi xotirasi (IX)
ma’lumotlarni saqlashga mo`ljallangan [1-3]. Ishchi xotirada ma’lumotlar bir xil
bo`lishi yoki tiplari bo`yicha darajalarga bo`linishi mumkin. Agar ma’lumotlar
ajratilgan bo`lsa, ishchi xotiraning har bir darajasida o`sha tilga mos ma’lumotlar
saqlanadi. Darajalarga ajratish ETning strukturasini murakkablashtiradi, lekin
tizimning samaradorligini ta’minlaydi. Masalan, rejalar darajasini agendlar darajasi
(bajarishga tayyorlangan qoidalarning tartiblangan ro`yxati) va predmet sohasidagi
ma’lumotlar darajasi (yechimlar darajasi)ga ajratish mumkin.
Zamonaviy ETlarning IXda ma’lumotlar alohida (izolyatsiyalangan) yoki
bog`langan holda qaraladi [1-3]. Birinchi holda IX oddiy elementlar to`plamidan
iborat, ikkinchi holda – (IX ning turli darajada) bittadan yoki bir nechta murakkab
elementlar (masalan, obyektlar)dan iborat bo`ladi. Bu holda murakkab element bir
to`plamga jamlangan oddiy elementlar to`plamiga mos keladi. Nazariy jihatdan bu
yondoshuv to`liqlilikni ta’minlaydi, lekin murakkab predmet sohalarda alohida
elementlardan foydalanish samaradorlikni yo`qotishga olib keladi.
Oddiy holatda IXning ma’lumotlari o`zgarmas va (yoki) o`zgaruvchilar bo`lib
hisoblanadi. Bunda o`zgaruvchilar biror obyektning xarakteristikasidek,
o`zgarmaslar ET harakateristikalarining mos qiymati bo`lishi mumkin. Agar IXda
joriy muammoli holatni tasvirlovchi turli obyektlarni bir vaqtda tahlil qilish talab
etilsa, unda ta’kidlash lozimki, qaralayotgan xarakteristikalar qaysi obyektga
tegishli ekanligi aniqlanishi kerak. Ushbu masalani yechish usullaridan biri
xarakteristikalarning qaysi obyektga qarashli ekanligini aniq ko`rsatish hisoblanadi.
Agar IX murakkab elementlardan iborat bo`lsa, unda alohida obyektlar
orasidagi aloqa aniq ko`rsatiladi, masalan, semantik munosabatlar beriladi. Bunda
har bir obyekt o`zining ichki strukturasiga ega bo`lishi lozim. Ta’kidlash lozimki,
yechimni tezlashtirish va o`rniga qo`yish uchun ma’lumotlar IXda nafaqat mantiqiy,
balki assotsiativ bog`langan bo`lish mumkin.
Bilimlar bazasida bilimlarni tashkillashtirish. Bilimlarni namoyish etish
nuqtai nazaridan tizimning intellektuallilik ko`rsatkichi uning kerakli vaqtda muhim
(muhimli) bilimlardan foydalanish qobiliyati hisoblanadi. Muhim bilimlarni
aniqlash vositasiga ega bo`lmagan tizimlar «kombinatorli portlash» muammosiga
duch kelishadi. Shuni tasdiqlash mumkinki, bu muammo ET larning qo`llanilish
chegarasini cheklovchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Bilimlardan
foydalanishga imkoniyat yaratish muammosida ushbu uchta holatni ko`rsatish
mumkin: bilimlar va ma’lumotlarning bog`liqligi, bilimlardan foydalanishga
imkoniyat yaratish mexanizmi va bir-biri bilan taqqoslash usuli [1-4].
Bilimlarning bog`liqligi(agregatsiya) muhim bilimlar yechimini izlashni
tezlatishga imkon beruvchi asosiy usullardan hisoblanadi. Ko`pchilik mutaxassislar
shu xulosaga kelishdiki, bilimlarni predmet sohasining juda muhim
obyektlari(to`plami) atrofida tashkillashtirish lozim. Biror obyektni xarakterlovchi
barcha bilimlar bir - biri bilan bog`lanadi va alohida obyekt uchun namoyish etiladi.
Bilimlarni shunday tashkillashtirganda, agar tizimga biror obyektlar to`plami haqida
ma’lumot kerak bo`lsa, unda u ushbu to`plamni tasvirlovchi muhim obyektni
izlaydi, keyin ET obyekt ichidan berilgan to`plamga oid ma’lumotni qidiradi.
Obyektlarda elementlar orasidagi bog`lanishlarni ikki tipga ajratish maqsadga
muvofiq: tashqi va ichki. Ichki aloqalar elementlarni yagona obyektga jamlaydi va
obyektning strukturasini ifodalashga mo`ljallangan. Tashqi aloqalar ekspertiza
sohasidagi obyektlar orasida mavjud bo`lgan o`zaro bog`liqlikni aks ettiradi.
Ko`pchilik kuzatuvchilar tashqi aloqalarni mantiqiy va assotsiativ tiplarga
ajratadilar. Mantiqiy aloqalar bilim elementlari orasidagi semantik munosabatlarni
aks ettiradi. Assotsiativ aloqalar muhim bilimlarni izlash jarayonini tezlashtiruvchi
o`zaro aloqalarni ta’minlash uchun mo`ljallangan [1-3]. Bilimlarning katta bazasi
bilan ishlashda asosiy muammo yechilayotgan masalada muhim bilimlarni izlash
muammosi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, qayta ishlanayotgan ma’lumotlarda
qiymatlar aniq ko`rsatilgan bo`lmasligi mumkin. Shuning uchun ularni qayta
ishlashda to`g`ri imkoniyat yaratish usulidan ko`ra, imkoniyat yaratishning umumiy
mexanizmi zarur. Ushbu mexanizmning ma’nosi shundan iboratki, IX da mavjud
bo`lgan obyektlar to`plam tasviri bo`yicha ushbu tasvirni qanoatlantiruvchi MBdan
obyektni topishi kerak. Ko`rinib turibdiki, bilimlarni tartiblashtirish va
strukturalashtirish izlash jarayonini tezlashtirishi mumkin.
Ushbu qarab chiqilgan turli bilimlarni namoyish etish modellarini 2 turda
tasniflash mumkin: evristik modellar va mantiqiy modellar. Evristik modellarga
expertlar tomonidan shakllantiriladigan modellarni kiritishimiz mumkin, masalan,
to`rli modellar, freym modellar, mahsuliy modellar.
6. Bilimlar bazasi bilan ishlash
Bilimlar bazasi(BB) – bu IT/ET xotirasida formallashtirilgan,
tizimlashtirilgan va tashkillashtirilgan bo’lib, ba’zi bir predmet sohasi to`g`risidagi
bilimlar majmuasi. BB – mazkur predmet sohasi bilimlarining matematik modeli
bo`ladi. BBni yaratitilishi quyidagi o`zaro bog`langan muammolarni yechishini
talab qiladi: bilimlarni formallashtirish, ifodalash va ulardan foydalanish, hamda BB
boshqarish tizimi (BBBT) ni yaratish. Bilimlarni formallashtirish va ifodalash
tegishli bilim modelini tanlash bilan bog`liq. Formallashtirilgan bilimlarni BBda
bilimlarni ifodalash tillar (BIT) yordamida amalga oshiriladi. BBda kerakli
bilimlarni qidirish, ularni o`zgartirish (modifikatsiyalash) va izohlash, mavjud
bilimlar asosida yangi bilimlarni chiqarish va b. protseduralar bajariladi. BBda
bilimlar va ma’lumotlar saqlanadi. BBni qurish jarayoni uch boqichdan iborat:
predmet sohasini tasvirlash, bilim modelini tanlash va bilmlarni olish (bilimlarni
BBga yozish).
Mavjud BBni tashkillashtirish ikki – deklarativ va protsedurali usullarga
asoslangan. Deklarativ usullar ko`rib chiqilgan bilim modellarini BIT yordamida
BBga yozishiga asoslangan. Protsedurali usullar esa mazkur bilim modeli
elementlari bilan bajaraladigan maxsus protseduralarni bog`laydi. Katta BBni
yaratishda protsedurali usullar samarali hisoblanmaydi. Shuning uchun hozirgi
paytda, asosan, deklarativ usullar, protsedurali usullari elementlari bilan
qo`llanilayapti. Protsedurali usullari uchun obyektga – yo`naltirilgan
texnologiyalardan foydalanishi keng imkoniyatlar yaratadi. BBda kontseptual va
faktual qismlar ajratiladi. Kontseptual qismi – bu predmet sohaning modeli, faktual
qismi – predmet sohadagi aniq obyektlar xususiyatlari [1-7,11-15].
Sifatli bilimlar – bu tabiiy tildagi turli tushunchalarning baholanishlari
(masalan, o`lchovi, og`irligi, tezligi, vaqti va b.). Ular ekspertlar bilan tabiiy tilda
ishlagan paytda paydo bo`ladigan lingvistik noaniqliklar (masalan, “katta”,
“kichik”, “og`ir”, “sekin”, “tez” va x.k) bilan bog`liq. Bilimlarni ifodlash
tizimlarida lingvistik noaniqlik noravshan to`plamlar nazariyasiga asoslangan
lingvistik modellar(LM) yordamida beriladi. Lingvistik o`zgaruvchi (LO`) - LMning
asosiy tushanchalaridan biri bo`ladi. Uning qiymatlari sifatida sonlar emas, tabiiy
yoki sun’iy tilning so`z va gaplari qo`llaniladi. Masalan, “yosh” sonli o`zgarvchan
“yosh kishi”, “o`rta yoshli”, “qari” va x.k. qiymatlarini olishi mumkin. Bunday term
nomidagi sifatli baxolashlar “yosh” LO`ning lingvistik qiymatlari bo`ladi. Ularning
majmuasi LO`ning mumkin bo`lgan qiymatlar to`plamini belgilaydi.
BB qandaydir mantiqiy xulosaga olib keladigan yo`lni aniqlash uchun
qo`llanilishi kerak. Mantiqiy xulosalar ro`yxati – bu mumkin bo`lgan tartibli
mantiqiy xulosalar ro`yxatidan iborat ma’lumotlar tuzilmasi. Qoidalar ro`yxati
tartibi, ushbu qoidalar bilan bog`liq mantiqiy xulosalar va xulosalarni
shakllantiradigan shartlardan iborat [1-4].
14.1-jadval. O`zgaruvchan nomlar jadvali.
Shart
Tugun
O`zgaruvchilar
nomi
DEGREE
Ishtirokchi (kelgan odam) ilmiy unvonga egami?
1
DESCOVERY Ishtirokchi muhim o`zgarishlar qildimi?
4
EXPERIENCE Bu yo`nalishda qanday ish tajribasiga ega?
7
GRADE
POSITION
O`quv davrida ishtirokchining o`rtacha bali
Ishtirokchiga qanday lavozim taklif qilindi?
QUALIFIY
Balki ishtirokchi ishga qabul qilinar
5
2,6,8,9,10
3
BBning har bir qoidasiga ro`yxatda bir yozuv mos keladi. Mantiqiy xulosalar
ro`yxati xulosalarni faqat qoida tartibi bo`yicha qidirish uchun qo`llaniladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi o`zgaruvchan shartlar ro`yxati deb nomlanadi.
To`rtinchi ma’lumotlar tuzilmasi - mantiqiy xulosalar stekini keyinroq muhokama
qilamiz. Bu huddi ETidek fikrlashning teskari zanjirini amalga oshiruvchi asosiy
tuzilma hisoblanadi. Mantiqiy xulosalar stekida mantiqiy xulosalardan muhim
foydalanuvchilar haqida va tekshirish zarur bo`lgan o`zgaruvchan shartlar haqida
ma’lumotlar saqlanadi.
14.2-jadval. IF TO qoidasi.
Qoida
Yo`l
10 IF DEGREE– YO`Q, TO POSITION– YO`Q
20 IF DEGREE-HA, TO QUALIFY– HA
30 IF DEGREE-HA VA DISCOVERY- HA, TO POSITION - ILMIY XODIM
40 IF QUALIFY - HA VA AVERAGE 16.2 VA EXPERIENCE -2, TO
POSITION - EKSPLUATATSIYA BO`YIChA MUHANDIS
50 IF QUALIFY - HA VA AVERAGE 16.2 VA EXPERIENCE - 2, TO
POSITION - YO`Q
60 IF QUALIFY - HA VA AVERAGE 16.2 VA EXPERIENCE - 2, TO
POSITION - MUHANDIS KONSTRUKTOR
1,2
1,3
1,4,6
3,5,7,10
3,5,7,9
3,5,8
BBdan foydalanishga misol. Barcha yuqoridagi aytib o`tilganlar bilan birga
xulosaga kelish uchun, biz ETlari foydalanuvchilari talabini ishlab chiqish siklini
ko`rib chiqamiz. Ish foydalanuvchilarning mantiqiy xulosalarini savol shaklida
kiritishi bilan boshlanadi [1-4]:
Ishtirokchi ishga qabul qilinadimi?
Tizim o`zgaruvchilar ro`yxatidan o`zgaruvchi POSITION mantiqiy
xulosasini tanlaydi. Keyin stekda o`zgaruvchan mantiqiy xulosaga o`xshash qoida
tartibi joylashadi. Mantiqiy xulosalar ro`yxati eng boshidan(10-qoidadan) ko`rib
chiqiladi. Ro`yxat shu zahoti 10-qoidadagi POSITION o`zgaruvchisini topadi va
stekga bir elementni joylashtiradi. 10-qoidada tizim DEGREE shartli o`zgaruvchini
topadi va o`zgaruvchilar ro`yxatini ko`rib chiqib, u yana initsializatsiya
qilinmaganini ko`rsatadi.
Tizim ma’lumot so`raydi: Ishtirokchi ilmiy unvonga egami?
Huddi qabul qilingan javobdek DEGREE o`zgaruvchisi tizimga jo`natiladi,
lekin uning uchun o`zgaruvchilar ro`yxatida initsializatsiya belgisi kiritiladi.
Agar ishtirokchi Savolga ― «HA» deb javob bersa, u holda
10 IF DEGREE = YO`Q, THEN POSITION= YO`Q
qoidasi shartda norozilik tufayli inkor qilinadi, lekin unga mos mantiqiy xulosa
stekdan o`chirib tashlanadi. POSITION mantiqiy xulosali o`zgaruvchi bilan yangi
qoida qidirishda mantiqiy xulosalar ro`yxatini ko`rib chiqish davom ettiriladi. Keyin
tizim 30- qoidani tanlaydi
30 IF DEGREE = HA VA DISCOVERY= HA, THEN POSITION =
ILMIY XODIM
va uni stekka joylashtiradi. Endi tizim 30-qoidaga joylashtirilgan barcha shartli
o`zgaruvchilarni o`zlashtirishga harakat qiladi.
O`zgaruvchan shartlar ro`yxatida 30-qoida uchun DISCOVERY
o`zgaruvchisi ikkinchi bo`lib turadi. O`zgaruvchilar ro`yxatida DISCOVERY
o`zgaruvchisi yana o`zlashtirilmagani belgilangan. Shuning uchun DISCOVERY
o`zgaruvchisi o`zgaruvchan mantiqiy xulosalar ro`yxatiga kirmaydi, tizim yana
ma’lumot so`raydi:
Ishtirokchi muhim yangilik(ixtiro) qildimi?
Tizim - «YO`Q» javobini oldi degan taklif kiritamiz, unda o`zgaruvchilar
ro`yxati to`g`rilangan bo`ladi. 30-qoidada uchinchi o`zgaruvchi shart yo`k, demak,
uni tahlil qilish mumkin.
10-qoida ESLI DEGREE = YO`Q, 1 POSITION 1 INTEREST TO POSITION = YO`Q,
2 QUALIFE 2
20-qoida ESLI DEGREE = HA, 3 POSITION 3 TO QUALIFE = HA, 4 POSITION 4
30-qoida ESLI DEGREE = HA VA, DISCOVERY = HA 5 POSITION 5 DEGREE TO
POSITION = ILMIY 6 POSITION 6 XODIM ______________ POSITION 7
Mantiqiy xulosalar ro’yhati 8
40-qoida ESLI QUALIFE = HA VA, 9 DEGREE GRADE < 3.5 10 DISCOVERY I
EXSPERIENCE =2 11 TO POSITION = EKSPLUATATsIYa DEGREE 12
BO’YIChA MUHANDIS DISCOVERY 13 QUALIFE
50-qoida ESLI QUALIFE = HA VA 14 GRADE < 3.5 15 EXSPERIENCE I
EXSPERIENCE =2 16 TO POSITION = YO’Q ______________________
17 QUALIFE
O’zgaruvchilar ro’yhati 18 GRADE
60-qoida ESLI QUALIFE = HA VA 19 EXSPERIENCE GRADE >= 3.5 20 TO
POSITION =MUHANDIS 21 QUALIFE KONSTRUKTOR Kesishish
tugunlari 22 GRADE ___________ ____________ ____________ ____________
Bilimlar bazasi Qoidalar nomeri Shartlar nomeri
O`zgaruvchili shartlar nomeri___________________________
Mantiqiy xulosalar birlashmasi
14.4-rasm. BB va ma’lumotlar tuzilmasi.
Lekin qoidaning ikkinchi sharti bajarilmaydi, natijada, mantiqiy xulosa yana
stekdan o`chirib tashlanadi. POSITION o`zgaruvchili mantiqiy xulosa bilan qoidani
qidirish davom ettiriladi. Keyin tizim 40-qoidani tanlaydi va uni stekka joylashtiradi.
Qoida shartlari va o`zgaruvchilar ro`yxatini ko`rib chiqib, tizim QUALIFY
o`zgaruvchisining qiymati yana berilmaganini ko`rsatadi, bundan tashqari, bu
o`zgaruvchi mantiqiy xulosalar ro`yxatining 20-qoidasida bor.
Tizim stekka yangi elementni olib keladi. 20-qoidada faqat bitta o`zgaruvchi
shart DEGREE bor va uni DEGREE o`zgaruvchisi oldindan initsializatsiya
qilinganidek amalga oshirish mumkin (DEGREE=HA). 20-qoidaga muvofiq
QUALIFY o`zgaruvchisi HA (QUALIFY ― «HA») qiymatini qabul qiladi va qayta
ishlangan mantiqiy xulosa stekdan o`chiriladi. Tizim 40-qoidaga qaytadi, shart
tartibining bir birligiga kattalashadi va GRADE o`zgaruvchisi bilan ishlashga
kirishadi. GRADE o`zgaruvchisi xulosalar ro`yxatida yo`q va unga qiymat yana
berilmaydi. Tizim yangi savol beradi: Bilim yurtida ishtirokchining o`rtacha bali
qanday bo`lgan?
Ishtirokchining javobi, aytaylik 3.0, va tizim GRADE o`zgaruvchisiga qiymat
beradi. EXPERIENCE o`zgaruvchisi mantiqiy xulosalar ro`yxatida yo`q, va u
initsializatsiya qilinmaydi, shuning uchun tizim yana so`raydi:
Ishtirokchi mutaxassisligi bo`yicha qancha yil ishlagan?
10- qoida ESLI DEGREE=YO’Q, TO
POSITION = YO’Q
DEGREE
20- qoida ESLI DEGREE HA, TO
DISCOVERY
QUALIFY = HA
EXPERIENCE
30- qoida ESLI DEGREE = HA VA,
GRADE
DISCOVERY = HA TO
POSITION = ILMIY
XODIM
40- qoida ESLI QUALIFY= HA VA,
GRADE < 3.5 VA
EXPERIENCE = 2 TO
POSITION =
EKSPLUATATSIYA BO’YIChA
O’zgaruvchilar ro’yhati
MUHANDIS
50- qoida ESLI QUALIFY = HA VA
GRADE < 3.5 VA
EXPERIENCE = 2 TO
POSITION =YO’Q
60-qoida ESLI QUALIFY = HA VA
GRADE >= 3.5 TO
POSITION = MUHANDIS
KONSTRUKTOR
Bilimlar bazasi
Qiymati
I
HA
NI
NI
NI
14.5-rasm. O`zgaruvchilarning to`g`rilangan ro`yxati.
Tizim ishtirokchiga 4 javobini yuborgan bo`lsin. U holda EXPERIENCE
o`zgaruvchisi 4 da o`zlashtiriladi, uning initsializatsiya belgisi 1 ga o`zgaradi,
stekdagi tartib esa 4 gacha siljiydi. 40-qoidada o`zgaruvchi shart boshqa yo`q,
demak, shartni tekshirish ishga tushadi.
40 IF QUALIFY = HA VA GRADE= 3.0 VA EXR = 2
qoidasining barcha shartlari haqiqiy, shunday ekan
QUALIFY=HA
GRADE=3.0
EXPERIENCE=2
va THEN qismi bilan mos keladi.
TO POSITION = EKSPLUATATsIYa BO`YIChA MUHANDIS
POSITION o`zgaruvchisi EKSPLUATATsIYa BO`YIChA MUHANDIS ni
o`zlashtiradi. Maqsadga erishildi, ishtirokchiga jihozlar ekspluatatsiyasi bo`limida
mansab taklif qilinadi.
7. Ekspert tizimni yaratishning bosqichlari
ETni yaratish oddiy dasturiy mahsulotni yaratishdan farq qiladi. ET
yaratishdagi tajribalar shuni ko`rsatadiki, an’anaviy dasturlashtirishda qabul
qilingan uslubiyotni ET larni yaratishga qo`llaganda ET yaratish jarayonini yanada
uzoqlashtiradi yoki salbiy natijalarga olib keladi. ETdan foydalanish mumkin,
qachonki ETni yaratish mumkin bo`lsa, u o`zini oqlasa va bilimlar injenerining
usullari yechilayotgan masalaga mos kelsa.
ETni yaratish berilgan soha uchun mavjud bo`lsa, u holda quyidagi
talablarning bir vaqtda bajarilishi muhimdir [1-5]:
- mavjul sohada ishni endi boshlovchi mutaxasislarga ko`ra masalani yaxshi
yechadigan expertlar mavjud bo`lsa;
- taklif qilingan yechimni baholashda expertlarning xulosasi mos kelsa, aks
holda ishlab chiqilgan ETning sifatini baholashning imkoni bo`lmaydi;
- expertlar o`zlarining qo`llagan usullarini tabiiy tilda oddiy tushunarli qilib
tushuntira bilishlari lozim, aks holda expertlar bilimlarini ETga kiritilgan deb
hisoblab bo`lmaydi;
- masalalarning yechimi harakatlarni emas, balki faqatgina fikrlashlarni talab
qilsa;
- masala juda ham murakkab bo`lmasligi kerak (ya’ni, uning yechimi bilan
ekspertbir necha hafta emas, balki soat va kunda band bo`lishi lozim);
- masala formal ko`rinishda tasvirlanmagan bo`lsa ham, lekin yetarlicha aniq
va strukturalashgan sohaga tegishli bo`lishi kerak, ya’ni asosiy tushunchalar,
munosabatlar va (hech bo`lmaganda expertga) ma’lum bo`lgan masalaning yechimi
yo`llari ajratib ko`rsatilishi kerak.
ETni qo`llash quyidagi faktorlardan birida o`zini oqlashi mumkin [1-5]:
- masalaning yechimi ma’lum samara olib kelsa, masalan iqtisodiy;
- inson – expertdan foydalanishning mumkin emasligi expertlar miqdorining
yetarli bo`lmasligidan yoki bir vaqtning o`zida turli xil joylarda expertiza o`tkazish
lozimligidan bog`liq bo`lsa;
- ekspertma’lumotlarni uzatishda ko`p vaqt yoki ayrim ma’lumotlarni
yo`qotishi mumkin bo`lsa;
- atrof – muhitning insonga salbiy ta’siri bo`lgan holda masalani yechish
majburiy bo`lsa.
ETni ma’lum sohaga qo`llash mumkin, agarda yechilayotgan masala
quyidagi xarakteristikalar to`plamiga ega bo`lsa:
- masala matematik usullar va an’anaviy dasturlashtirishda qabul qilingan
sonlar manipulyatsiyasi vositasida emas, balki tabiiy holda simvollar
manipulyatsiyasi vositasida yechilishi mumkin (ya’ni, belgili tahlillar yordamida)
bo`lsa;
- masala algoritmik emas, evristik tabiatga ega bo`lishi kerak, ya’ni uning
yechimi evristik qoidalarni qo`llashni talab qilishi lozim. Yechimi kafolatlangan
masalalarda ba’zi formal protseduralar qo`llanilgan bo`lsa, ETni qo`llashga hojat
bo`lmaydi;
- ETni yaratishga sarflangan xarajatlarni oqlash uchun masala yetarlicha
murakkab bo`lishi kerak. Lekin ET yechayotgan masala juda ham murakkab
bo`lmasligi lozim (yechim expertdan haftalarni emas, balki soatlarni talab qilishi
kerak);
- masala ET usullari bilan yechilishi uchun yetarlicha qisqa sohaga talluqli
bo`lishi va amaliy ahamiyatga ega bo`lishi kerak.
Qoida bo`yicha, ETni ishlab chiqishda «tez prototip» konsepsiyasidan
foydalaniladi. Bu konsepsiyaning maqsadi shundan iboratki, ETni yaratuvchilar
darhol oxirgi mahsulotni ko`rishga harakat qilmaydilar. Boshlang`ich pog`onada
ular ET ning protip(lar)ini hosil qiladilar. Prototiplar ikkita qarama – qarshi talabni
qanoatlantirishi kerak: bir tomondan, ular aniq sohaning tipik masalalarini yechishi
kerak, boshqa tomondan – (bilimlar injeneri va dasturchi tomonidan amalga
oshiriladigan) dasturiy vositalarni tanlash jarayoni bilan (eksperttomonidan amalga
oshiriladigan) bilimlarni to`plash va tartiblash jarayonini maksimal darajada parallel
olib borish uchun ishlab chiqishga ketadigan vaqt va mehnat hajmining sarfini
e’tiborga olmaslik kerak. Ko`rsatilgan talablarni qanoatlantirish uchun, qoida
bo`yicha, prototipni yaratishda loyihalash jarayonini tezlashtiruvchi turli xil
vositalardan foydalaniladi.
Prototip(timsol) berilgan soha uchun bilimlar injeneri usullarining zarurligini
namoyish etadi. Yutuqqa erishilgan holda ekspertbilimlar injeneri yordamida
muammo sohasi haqida prototip bilimlarni kengaytiradi. Yomon natijaga erishganda
ET yangi prototipni ishlab chiqishga ehtiyoj tug`iladi yoki ishlab chiquvchilar
berilgan soha uchun ET usullari to`g`ri kelmaydi degan xulosaga kelgan holda
prototip berilgan sohadagi barcha masalalarni osongina yecha oladigan darajani
qo`lga kiritish mumkin.
ET ni yaratish ishlari davomida quyidagi 6 pog`onani o`z ichiga oluvchi ishlab
chiqarishning aniq texnologiyasi yuzaga keladi (14.6-rasm). Bu pog`onalar
identifikatsiyalashtirish, kontseptuallashtirish, formallashtirish, bajarish, sinovdan
o`tkazish va tajribadan o`tkazishdan iborat[1-3].
Idenfikatsiyalash bosqichida yechimini kutayotgan masalalar aniqlanadi,
ETni ishlab chiqishning maqsadi, expertlar va foydalanuvchi tiplari aniqlanadi.
Kontseptuallashtirish bosqichida muammo sohasining tarkibiy tahlili o`tkaziladi,
qo`llaniluvchi tushunchalar va ularning o`zaro aloqasi aniqlanadi, masalaning
yechilish usuli belgilanadi.
Formallashtirish bosqichida texnik vositalar tanlanadi va barcha
ko`rinishdagi bilimlarni namoyish etish usullari aniqlanadi, asosiy tushunchalar
shakllantiriladi, bilimlarni izohlash usullari aniqlanadi, tizimning ishi
modellashtiriladi, tizimning maqsadiga ko`ra tushunchalarning adekvatligi, yechish
usullari, namoyish etish vositalari va bilimlarning manipulyatsiyasi baholanadi.
Bajarish bosqichida ekspert tomonidan BBni to`ldirish amalga oshiriladi. Shu
bilan birga, ETning asosi bilimlar hisoblanganligi uchun, ushbu bosqich juda muhim
va ko`p mehnat talab etadigan bosqich hisoblanadi. Bilimlarni hosil qilish jarayoni
expertdan bilimlarni olish, tizimning samarali ishlashini kafolatlovchi bilimlar
majmuasi va bilimlarni ETda tushunarli qilib namoyish etishdan iborat. Bilimlarni
hosil qilish jarayoni bilimlar injeneri(yechuvchi) tomonidan real masalalarni yechish
bo`yicha ekspertfaoliyatining tahlili asosida amalga oshiriladi.
ET
Testdan o’tkazish
Boshlanish
h
Qayta
jumlalashtirish
h
Identifikatsiyalash
Talab
Tajribadan
o’tkazish
Tugatish
Takomillashtirish
Bajarish
Konseptuallashtirish
Tushuncha
Qayta
tuzish
Bilimlar
strukturasi
Formallashtirish
14.6-rasm. ETni yaratish texnologiyasi.
8. Ekspert tizimlarni sinflash
ETini klassifikatsiya qilishning turli yo`llari mavjud. Bajaradigan vazifasi
bo`yicha ETlar quyidagilarga bo`linadi [1-5, 9-14]:
-umumiy vazifani bajaruvchi ET-bu tashxis, loyihalashtirish va bashorat
qilish masalalarini yechishga mo`ljallangan muammoli-yo`naltirilgan ET;
- maxsuslashtirilgan ET-bu maxsus masalalarni yechish uchun
mo`ljallangan ET, masalan, atom elektr stansiyalarida holatlarni nazorat qilish.
Tashqi muhitga bog`liqlik darajasiga qarab ETlar quyidagi turlarga
ajratiladi [11-15]:
- statik ET, tashqi muhitga bog`liq bo`lmaydi;
- dinamik ET, tashqi muhit dinamikasini hisobga oladi va real vaqt rejimida
masalani yechish uchun mo`ljallangan.
Foydalanish turiga qarab ETlar quyidagilarga bo`linadi:
- izolyatsiyalangan ET;
- boshqa tizimga kirish-chiqishga mo`ljallangan ET;
- gibrid ET, boshqacha qilib aytganda, BB va boshqa dasturiy vositalar bilan
integrallashgan ET.
Yechiladigan masalaning murakkabligiga qarab ETlar quyidagilarga
bo`linadi:
- oddiy ET - 1000 tagacha oddiy qoidalarni o`z ichiga oladi;
- o`rta ET - 1000 dan 10000 tagacha strukturalashgan qoidalarni o`z ichiga
oladi;
- murakkab ET - 10000 dan ziyod strukturalashgan qoidalarni o`z ichiga oladi.
Qurish jarayoniga qarab ETlar quyidagilarga ajratiladi:
- tadqiqiy-namunaviy ET, u minimal BBga ega bo`lib, 1-2 oy ichida
yaratiladi;
- taqdimotli namunaviy ET, u 2-4 oy muddatida yaratiladi, masalan, LISP,
PROLOG, CLIPS tillarida;
- ishlab chiqarishga mo`ljallangan namunaviy ET, u 4-8 oyda yaratiladi,
masalan, to`liq BBga ega bo`lgan CLIPS (yoki shunga o`xshash) tilida yaratiladi;
- tijoratga mo`ljallangan namunaviy ET, u 1,5-2 yilda yaratiladi, masalan,
to`liq BBga ega bo`lgan C++, Java (yoki ularga o`xshash) tillarida yaratiladi.
Ekspert tizimlarni sinflash
Vazifasi
Predmet sohasi
Diagnostika
Geologiya
Bashorat
Tibbiyot
Bilimlarni taqdim
etish usullari
An’anaviy
Gibrid
Loyihalash
Metrologiy
a
Rejalash
Kimyo va
b.
Dinamiklik
Murakkablik
Statik
Sayoz
Dinamik
Chuqur
14.7-rasm. ETni sinflash.
9. Ekspert tizimlarni yaratishdagi qiyinchiliklar
ET ni yaratishda muayyan qiyinchiliklar uchraydiki, bularni nafaqat yaxshi
bilish, balkim uni yengib chiqish kerak bo`ladi. Bu muammolarni batafsil ko`rib
chiqamiz.
1. Ekspertlardan bilimlarni olish muammosi. Birorta mutaxassis o`zining
kasbiga oid bilimlarni va mahoratini hech qachon shundayligicha ochmaydi. U
moddiy va ma’naviy jihatdan manfaatdor bo`lishi kerak. Hech kim o`zi o`tirgan
daraxt shoxini kesishni hoxlamaydi. Ko`pincha bunday mutaxassis kompaniyalarga
kerak bo`lib qolmaslikdan saqlanish uchun o`zining mavjud sirlarini ochishdan
o`zini saqlaydi. Bunday vaqtda uning o`rniga ET ishlaydi. Bunday muammodan
qutilishda hamkorlik qilishga qiziqishi bor yuqori malakaga ega bo`lgan expertlarni
tanlash yordam beradi.
2. Ekspert bilimlarini formallashtirish muammosi.
Ba’zi bir predmet
sohalarda expert-mutaxassislar o`zlarining bilimlarini yetarli darajada formallashtira
olmaydilar. Ko`pincha ular intuitiv darajada to`g`ri qaror qabul qiladi va u yoki bu
qarorni nima uchun qabul qilganligini asoslab bera olmaydi. Ba’zi hollarda qaror
qabul qilishda expertlarning fikrlari bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Bunday holatlarda
o`zining fikrini aniq formallashtiradigan va boshqalarga oson tushuntiradigan
expertni tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi.
3. Ekspert vaqtining kamligi muammosi. Yaratilayotgan ET uchun
expertning yetarlicha vaqti etishmasligi mumkin. U juda band, hammaga kerak va
muammolari bo`lishi mumkin. Bunday holatdan chiqish uchun loyihani boshlashdan
oldin ekspertbilan ushbu loyixaga qancha vaqt sarflanishi, ishning hajmi oldindan
kelishilgan bo`lishi kerak.
4. Ekspert tomonidan formallashtirilgan qoidalarning kerakli aniqlikni
bermasligi. Agarda ekspertbilan haqiqiy masalalar yechilsa, bu muammodan halos
bo`lish mumkin. Masalalarni yechishda amaliy masalalardan olingan haqiqiy
ma’lumotlar, ya’ni laboratoriya ma’lumotlari, hisobotlar, kundaliklar va boshqa
ma’lumotlardan foydalanish kerak. Ekspert bilan bitta tabiiy tilda va muayyan bir
predmet sohaga oid terminologiyada gaplashish kerak.
5. Resurslarning etishmasligi. Resurslar sifatida bilimlar injeneri,
instrumental vositalarni yaratuvchilar, expertlar va ET qurish vositalarini qarash
mumkin. ET yaratish ko`p vaqtni talab etadi. Oxirgi yillarda ET yaratish
texnologiyalarining rivojlanishi bilan ETni yaratish tez amalga oshirilmoqda, lekin
yaratishga ketadigan vaqt muammoligicha qolmoqda. ET yaratishda qatnashadigan
xodimlarni ko`paytirish ET yaratishga ketadigan vaqtni qisqartirmaydi, chunki ET
yaratish jarayoni – bu teskari aloqalar to`plami jarayoni. Shuning uchun ETni
loyihalashni rejalashtirishda yuqoridagilarni hisobga olish kerak bo`ladi.
6. Yechiladigan masalada instrumental vositalarning noadekvatligi(mos
kelmasligi). Ko`pincha aniqlangan bilimlar tiplarini(vaqtli yoki fazoli) bilimlarni
namoyish etishning bitta tilida tasvirlash mumkin bo`lmaydi. Ba’zi bir masalalar ET
texnologiyalari asosida yechishga yaroqsiz bo`ladi. Shuning uchun yechilayotgan
masalaga ET texnologiyalarini qo`llash uchun ushbu masala puxta tahlil qilinishi va
undan keyin to`g`ri qaror qabul qilinishi kerak.
ETlarni qurishda uchraydigan boshqa qiyinchiliklar haqidagi ma’lumotlar
[15, 29, 34, 36, 38, 41] manbalarda keltirilgan.
10. Ekspert tizimlarga misollar
Hozirgi vaqtda ETlar turli muammoli sohalarda turli masalalarni yechishda
qo`llanilmoqda, jumladan, iqtisodiyotda, neft va gaz ishlab chiqarishda, energetika,
transport, farmatsevtika, kosmos, kimyo, ta’lim, telekommunikatsiya hamda aloqa
va boshqa sohalarda ETlarga ba’zi bir misollar keltiramiz [1-5, 9-14].
 DENDRAL – murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun ET;
 MOLGEN – DNK strukturasini aniqlovchi ET;
 XCON – VAX 11 hisoblash komplekslarini loyihalashtiruvchi ET;
 MYCIN – ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ET;
 PUFF – sil kasalligiga tashxis qo`yuvchi ET;
 MACSYMA – algebraik ifodalarni soddalashtiruvchi ET;
 PROSPECTOR – foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ET;
 POMME – mevali bog`larga qarashga maslahat beruvchi ET;
 AIRPLANE – samolyot yerga qo`nishida uchuvchiga yordam beruvchi ET;
 ESPLAN – Baku neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishni
rejalashtiradigan ET;
 MODIS – gipertonik kasalliklarning turli shakllariga tashxis qo`yuvchi ET;
 MIDAS – energetik tizimlarda ishdan chiqish holatlarini aniqlash va tuzatish
uchun ET;
Harbiy sohada qo`llaniladigan ET larga misollar.
ACES (AI Cartographic Ekspert System). Bu ETi xaritada o`zgarish kiritish
bo`yicha kartografik ishlarni amalga oshiradi. Tizim boshlang`ich ma’lumotlar
sifatida o`zgarishlar kiritilmagan xaritani va joydagi obyektlarning joylashishini
tavsiflovchi ma’lumotlarni qabul qiladi. Tizim barcha maqbul shartli ishoralar va
imzolarni o`zida jamlovchi, ular bir – biriga ortiqcha halaqit bermaydigan xaritani
ishlab chiqaradi. ACES bilimlarni taqdim etishning obyektga yo`naltirilgan
sxemasini qo`llaydi va u ARM Xerox Dolphinda ishlash uchun Loopsda amalga
oshiriladi. Tizim ESL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u tadqiqiy
prototip darajasigacha yetkazilgan.
ASTA. Bu ET analitikka tutuvchi signalni jo`natgan radar turini aniqlashga
yordam beradi. Tizim bu signalni unda mavjud radarlar fizikasidagi umumiy
bilimlar va aniq turdagi radarlar tizimidagi maxsus bilimlar asosida tahlil qiladi.
ASTA shuningdek analitikka mos keluvchi MBga kirishni ta’minlaydi va o`zining
xulosalarini tushuntirib beradi.
Bu tizim Advanced Information & Decision Systems kompaniyasi tomonidan
ishlab chiqilgan va u tadqiqiy prototip darajasigacha yetkazilgan.
DART. Bu ET raqiblarning buyruq beruvchi markazlari, boshqaruvi va
aloqalarining razvedka qilinganida olingan natijalarni qayta ishlashga
yordamlashadi. U analitiklarga buyruq beruvchi tarmoqlarning, boshqarishning va
aloqalarining kritik nuqtalarini identifikatsiyalash bo`yicha maslahat beradi va
jangovor vaziyat haqida xabarni qayta ishlashga yordamlashadi. DART tizimi VAX
11/780 kompyuter tizimi uchun Paskal va Si dasturlash tillarida joriy qilingan. Bu
tizim «Par Technology Corporation» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u
tadqiqiy prototip darajasigacha yetkazilgan.
HANNIBAL. Bu ET raqibning radioalmashish razvedkasi sohasida vaziyatni
baholashni amalga oshiradi. Tizim raqibning birlashishi va ular aloqasining
radiotutgich ma’lumotlarini izohlovchi jangovor tartibini identifikatsiyalaydi. Bu
ma’lumotlar o`zida aloqa vositalarida aniqlangan joylashuv va signallar
xarakteristikasi (chastotasi, modulyatsiyasi, kanal sinflari va boshqalar) haqidagi
axborotni o`z ichiga oladi. Tizimdagi bilimlar arxitektura doirasida bir qancha
mutaxassislarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi e’lonlar taxtasi yoki bilimlar
manbai sifatida ifodalangan. Tizim AGE vositasi yordamida joriy qilingan. U ESL
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u tadqiqiy prototip darajasigacha
yetkazilgan.
I&W. Bu ET razvedkadagi analitiklarga keyingi qurolli to`qnashuv qachon va
qayerda bo`lishini bashorat qilishda yordamlashadi.
Tizim razvedkadan kelib tushuvchi axborotlarni tahlil qiladi, masalan,
qo`shinni faolligining oddiy belgilari to`g`risidagi bilimlarni qo`llab, jangovor
qo`shin joylashuvi haqidagi, ularning faoliyati va siljishi xabarlarni tahlil qiladi.
Tizimdagi bilimlar arxitektura doirasida bir qancha mutaxassislarning
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi e’lonlar taxtasi yoki bilimlar manbai sifatida
ifodalangan.
Bilimlar e’lonlar taxtasida arxitektura doirasida ifodalangan, unda
kompetentlikni ta’minlash uchun mulohazalarning to`g`ri zanjiri qoidalari kabi
freymlar ham qo`llanilgan.
Tizim ARM Xerox 1100 uchun INTERLISP-Dda joriy qilingan. U ESL
kompaniyasining Stendford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va u
namoyish prototipi darajasigacha yetkazilgan.
RUBRIC. Bu ET foydalanuvchiga formatlanmagan matnlarni o`zida
mujassamlashtirgan MBga kirish huquqini olishga yordam beradi.
Masalan, foydalanuvchi biror bir mavzuni aytadi, RUBRIC avtomatik tarzda
bu mavzu bilan bog`liq matnlardan iborat barcha hujjatlarni izlaydi.
RUBRIC tizimida mavzular, qism mavzular va jumlalar o`rtasidagi o`zaro
munosabatlar qoidalar ko`rinishida ifodalangan kalit so`zlar bilan ifodalanadi.
Qoidalar, shuningdek, terminlar, ifodalar va mavzular hamda tushunchalarni
ham aniqlaydi.
Tizim FRANZ LISPda realizatsiya qilingan, «Advanced Information &
Decision Systems» «Advanced Information & Decision Systems» kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqilgan va u tadqiqiy prototip darajasigacha yetkazilgan.
Informatikadagi ETlarga doir misollar.
YES/MVS – katta EHM dagi katta razryadli MVS operatsion tizimlarni
boshqaruvchi ET;
NetWizard – lokal tizimlarni loyihalovchi ET;
CODES. Bu ET MBni ishlab chiquvchi mutaxassisga, MBning kontseptual
sxemasini aniqlash uchun IDEF1 yondashuvni qo`llashni istayotgan mutaxassisga
yordamlashadi.
IDEF1 yondashuv sifatida foydali bo`lgani bilan, uning qoidalarining
qiyinligi ko`pincha undan foydalanishdan to`xtatib qoladi.
Mutaxassis dialog tarzida amalga oshiriluvchi CODES tizimi rahbarligida
MBda qanday xususiyatlar va o`zaro munosabatlar ma’qulligini tavsiflaydi.
Shundan so`ng tizim ishlab chiqilayotgan kontseptual sxemalarni qurish uchun o`z
bilimlarini qoidalar va evristik IDEF1ni qo`llaydi.
CODESda bilimlar boshqarish strategiyasi sifatida mulohazalarning teskari
zanjiri qo`llagan qoida ko`rinishida berilgan.
CODES ETi UCI LISP tilida joriy qilingan qilingan. U Janubiy Kaliforniya
shtati universitetida ishlab chiqilgan va u namoyish prototipi darajasigacha
yetkazilgan.
Kompyuter tizimlaridagi ETlarga doir misollar.
MIXER. Bu ET Texas Instruments SBIS TI990 uchun ishlab chiqilgan
mikrodasturlarni yozishda dasturchilarga ko`maklashadi. Berilgan tavsiflarga ko`ra
mikrodasturlar tizim TI990 uchun optimallashgan mikrodasturni oladi.
MIXER ETi TI990 uchun mikrodasturlash bo`yicha bilimlarni o`zida aks
etadi, ular boshqaruvchi PZU TI990 mikrodasturlari qo`llanmasi va tahlilidan
olingan.
MIXER bu bilimlarning orasidan qaysi mikrooperatsiyalar makrodasturlarni
realizatsiya qilishda eng yaxshilarini aniqlashda ishlatadi.
Tizim bilimlarni qoida va ma’lumot shaklida namoyish etadi,
birxillashtirishga ega, u chiqarish va dinamik qaytish bilan boshqariladi.
MIXER Prolog tilida realizatsiya qilingan. U Tokio universitetida ishlab
chiqilgan va u namoyish prototipi darajasigacha yetkazilgan.
Elektronikada ETlarga doir misollar.
ACE. Bu ET telefon tarmog`idagi nosozliklarni aniqlaydi va uni sozlash va
tiklash chora-tadbirlari bo`yicha tavsiyalar beradi.
Tizim foydalanuvchining aralashuvisiz ishlaydi, CRAS yordamida kunlik holat
to`g`risidagi ma’lumot-hisobotini tahlil qiladi, dasturlar kabel tarmog`ida sozlash
ishlarini borishini kuzatib boradi.
ACE nosoz telefon kabellarini topadi va keyin ular rejali majburiy sozlashga
muhtoj yoki muhtojmasligini hal qiladi va qaysi turdagi sozlash ishlari samaraliligini
tanlaydi.
Shundan so`ng ACE foydalanuvchiga foydalanish huquqi berilgan maxsus
MBda o`zining tavsiyalarini saqlab qoladi.
Tizim telefon stansiyalarga taalluqli, CRAS tizimi xabarlari va tarmoq tahlili
strategiyalari to`g`risidagi bilimlarni qo`llab, qaror qabul qiladi. Tizim bilimlarni
namoyish etish qoidalariga asoslangan, unda mulohazalarning to`g`ri zanjiri orqali
boshqarish sxemasi qo`llaniladi.
ASE ETi OPS4 va FRANZ LISP tilida realizatsiya qilingan va kabellarning
ahvolini kuzatuvchi podstansiyalarda joylashgan AT&T 3B-2 mikroprotsessorlar
seriyasida ishlaydi. U Bell Laboratoriesda ishlab chiqilgan. ASE tajribali
ekspluatatsiyadan o`tgan va kommertsion ET darajasigacha yetkazilgan.
Ishlab chiqarishda, harbiy sohada, informatikada, kompyuter tizimlarida,
elektronikada keng va samarali qo`llanilayotgan ETlarga misollar 14.8-rasmda
keltirilgan.
ACU VISTA Rs880t UTT
(UZI) eksperti,
http://gynecology.medtechm
arket.ru/62561/
SUN SMP – 4000
Dvigatelga tashxis
qo’yuvchi ET,
http://www.servicebmw.ru/d
iagnostics.htm
Artida – Kardiologik
statsionar ET,
http://www.sante.ru/prod
uct_info.php/?id=335
Sniffer Pro WAN – global tarmoq
protokollarini tahlili qiluvchi ET,
http://www.mcafeesecurity.ru/products/snif
fer/sniffer_prowan.html
Compacs®-micro –
Qurilmalarni avtomatik
vibrodiagnostika qiluvchi ET,
http://www.dynamics.ru/produ
cts/compacs-micro/
Feniks 100 (Phoenix-100) –
Mikroorganizmni antibiotikka
ta’sirchanligini aniqlash va
identifikatsiyalashni avtomatik tahlil
MC 400 (TP), Expert Set –
Mikroskopiya ET,
http://medprom.ru/medpro
m/103553
EdiTracker – Nutq
fonogrammasini aniqlovchi ET.
http://trcs.ru/catalog/sistemyvideoozapisi/ekspertnye-sistemy
14.8-rasm. ETlarga misollar.
O`zbekistonda ham shunday ETlaridan ayrimlari ishlatilmoqda. O`zbekiston
respublikasi qonunchiligining elektron axborot tizimini ishlab chiqaruvchi Norma
kompaniyasi tomonidan bir qancha milliy ETlari yaratilgan va amalda
qo`llanilmoqda.
Vatanimizda Norma kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan ETlari:
 Amaliy buxgalteriya ET;
www.norma.uz
 Kichik korxona elektron buxgalteriya ET;
 Amaliy soliq to`lovlari ET;
 «A» dan «Ya»gacha tekshiruv ET;
 Kadrlar bo`yicha maslahatchi ET;
 Soliqlar: savollar va javoblar ET;
 Eksport-import operatsiyalari ET;
 Tashkilot yuristi ET;
 Qurilish ET;
 Kichik korxona: hisob, soliq, huquq ET;
 Aqlli bichish-tikish ET;
 Mohir taxlam ET.
Tajriba orttirish uchun misol va topshiriqlar.
1- topshiriq. Nazariy qismni o`zlashtirish va B/B/B jadvalini to`ldirish.
B/B/B texnikasini qo`llash bo`yicha ko`rsatma.
1. Ma’ruza rejasiga mos holda 2-ustunni to`ldiring.
2. O`ylang, juftlikda hal eting va javob bering, ushbu savollar bo`yicha nimani
bilasiz, 3-ustunni to`ldiring.
3. O`ylang, juftlikda hal eting va javob bering, ushbu savollar bo`yicha nimani
bilish kerak, 4-ustunni to`ldiring.
4. Ma’ruzani o`qing va materiallar bilan tanishing.
5. 5-ustunni to`ldiring.
№
B/B/B jadvali (Bilaman/Bilishni hoxlayman/Bilib oldim)
Mavzu savoli
Bilaman
Bilishni
hoxlayman
Bilib
oldim
1.
2.
3.
4.
5.
2-topshiriq. “Bilib oldim” ustuni asosida “T” jadvalini to`ldirish. Nazariy
qismdan tayanch iboralarni aniqlash va “T” jadvalini qurish.
Tayanch ibora
Mazmuni
1.
2.
...
n.
16-ma’ruza uchun adabiyotlar
1. А.В. Гаврилов. Системы искусственного интеллекта: Учеб. пособие:
в 2-х ч. - Новосибирск: Изд-во НГТУ, 2001. - Ч. 1. - 67 с.
2. А.В. Гаврилов. Лабораторный практикум по нейронным сетям. Ч. 1. Новосибирск:Изд-во НГТУ, 1999.
3. Т.А. Гаврилова, В.Ф. Хорошевский. Базы знаний интеллектуальных
систем.-СпБ,Питер,2000.
4. Павлов С. Н. Системы искусственного интеллекта : учеб. пособие. В
2-х частях. / С. Н. Павлов. - Томск: Эль Контент, 2011. - Ч. 1. - 176 c. ISBN 9785-4332-0013-5.
5. Russell S. L. Artificial intelligence: a modern approach / S. L. Russell, P.
Norvig. - Upper Saddle River, New Jersey: Prentice- Hall Inc., 1995. -905 p.
6. Allen J. AI Growing up / J. Allen // AI MAGAZINE. - 1998. - V. 19. - №4.
- Р. 13–23.
7. Искусственный интеллект : справочник: в трех кн. / под ред. Э. В.
Попова. - М. : Радио и связь, 1990.
8. Ларичев О. И. Системы основанные на экспертных знаниях: история,
совершенное состояние и некоторые перспективы // Труды Седьмой
национальной конференции по искусственному интеллекту с международным
участием. - М. : Изд-во физико-математической литературы, 2000.
9. Бондарев В. Н. Искусственный интеллект : учеб. пособие для вузов /В.
Н. Бондарев, Ф. Г. Аде - Севастополь : Изд-во СевНТУ, 2002. - 615 с.
10. Луценко Е. В. Интеллектуальные информационные системы /Е.
В.Луценко. - Краснодар : КубГАУ, 2006.- 615 с.
11. Павлов С. Н. Интеллектуальные информационные системы : учеб.
пособие / С. Н. Павлов. - Томск : Томский межвузовский центр
дистанционного образования, 2004.- 328 с.
12. Представление и исследование знаний : пер. с япон. / Х. Уэно [и др.]
; под ред. Х. Уэно, М. Исидзука; - М. : Мир, 1989. - 220 с.
13. Приобретение знаний : пер. с япон. / под ред. С. Осуги, Ю. Саэки; - М.
: Мир, 1990. - 304 с.
14. Allen J. AI Growing up / J. Allen // AI MAGAZINE. - 1998. - V. 19. - №4.
- Р. 13–23.
15. Feder J. Plex Languages // Information Sciences. 1971. - № 3. - P. 225241.
16. Search Engine Sizes [Электронный ресурс] / Danny Sullivan, Search
Engine Watch. - Электрон, текстовые дан. - [Б.м.] : Search Engine Watch, 2000.
- Режим доступа : http://www.searchenginewatch.com/reports/sizes.html - Англ.
17. Kleppe A., Warmer J., Bast W. MDA Explained: The Model Driven
Architecture - Practice and Promise. - Addison-Wesley, 2003. - 192 p.
16-ma’ruza uchun o’zini-o’zi tekshirish davollariri
1. DENDRAL, MYCIN va PROSPECTOR qanday ETlar va kimlar
tomonidan ishlab chiqilgan?
2. Prolog tilini qanday til va kimlar tomonidan ishlab chiqilgan?
3. Qanday mantiqiy dasturlash tilllarini bilasiz ?
4. qanday ET va kimlar tomonidan ishlab chiqilgan?
5. ETlar mustaqil yo’nalish sifatida nechanch yillardan boshlab shakllandi?
6. ET bo`yicha izlanishlarning maqsadi nimadan iborat?
7. ETlarning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
8. ETni loyihalashda va ishlab chiqish jarayonida kimlar qatnashadi?
9. ETning muhimligi nimalardan iborat?
10. ETning asosiy afzalliklari jumlasiga nimalarni kiritish mumkin?
11. Yetakchi mutaxassislar fikricha, keyingi izlanishlarda ET qanday
masalalarni echishda qo`llanilishi mumkin?
12. ETlarda bilimlarning qanday turlari mavjud?
13. Foydalanuvchi talabi bilan bilimlar tarkibining bog`liqligi qanday
namoyon bo’ladi?
14. ET arxitekturasini hisobga olib bilimlar qanday turlarga ajratiladi?
15. Statik ET qaysi asosiy komponentlardan iborat?
16. Tushunturuvchi komponent nima?
17. Dialogli komponent nimaga mo`ljallangan?
18. Statik ET strukturasini tasvirlang.
19. Soha ET usullariga mos kelishi uchun masala qanday xarakteristikalarga
ega bo`lishi mumkin?
20. Ekspert tizimning muhimligini izohlang.
21. Mutaxassislar fikricha, keyingi izlanishlarda ET qanday qo`llaniladi?
22. Formallashmagan masalalar qanday xususiyatlarga ega?
23. Ekspert tizimni yaratishda qanday mutaxassisliklarning namoyandalari
qatnashadi?
24. Ekspert tizimni yaratishda kanday mutaxassisliklarning namoyandalari
qatnashadi?
25. Ekspert tizimlar vazifasi bo`yicha qanday sinflashtiriladi?
26. Ekspert tizimlarni tashqi muhitga bog`liqlik darajasiga qarab sinflashtiring?
27. Ekspert tizimlar foydalanish turiga qarab qanday ajratiladi?
28. Ekspert tizimlar yechiladigan masalaning murakkabligiga qarab
sinflashtirilishini sanab bering?
29. Ekspert tizimlarni qurish jarayoniga qarab ular qanday sinflashtiriladi?
Masala va topshiriqlar
1. Tibbiy tashxis masalasiga ekspert tizim yarating.
2. Texnik tashxis masalasiga ekspert tizim yarating.
3. «Diskret matematika» fanidan talabalar bilimini baholovchi ekspert tizim
yarating.
4. «Sun’iy intellekt» fanidan talabalar bilimini baholovchi ekspert tizim
yarating.
5. «Ma’lumotlarning intellektual tahlili» fanidan talabalar bilimini baholovchi
ekspert tizim yarating.
6. «Oliy matematika» fanidan talabalar bilimini baholovchi ekspert tizim
yarating.
7. Dars jadvali tuzuvchi ekspert tizim yarating.
8.Ichimlik suvining tarkibini tahlil qiluvchi ekspert tizim yarating.
9. Shaxsiy kopyuterlarning nosozligiga tashhis qo’yuvchi ekspert tizim
yarating.
10. Avtomobillarning texnik nosozligini tushuntiruvchi ekspert tizim yarating.
16-ma’ruza uchun testlar
1. DENDRAL qanday vazifani bajargan?
a) murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun qo’llaniladigan
ekspert tizim;
b) idrok etuvchi, dinamik muhitda murakkab rejalarni amalga oshiruvchi
ekspert tizim;
c) mehanik integrallashgan robotlarni boshqaruvchi ekspert tizim;
e) robotlarni ishlab chiqarishga mo’ljallangan ekspert tizim.
2. MYCIN qanday vazifani bajargan?
a) ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ekspert tizim;
b) murakkab rejalarni amalga oshiruvchi ekspert tizim;
c) iqtisodiy masalalarni boshqaruvchi ekspert tizim;
e) bank operatsiyalariga mo’ljallangan ekspert tizim.
3. PROSPECTOR qanday vazifani bajargan?
a) foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ekspert tizim;
b) loyihalashni amalga oshiruvchi ekspert tizim;
c) biznes masalalarni boshqaruvchi ekspert tizim;
e) bank operatsiyalariga mo’ljallangan ekspert tizim.
4. Prolog, FRL, KRL, GUS - nima?
a) mantiqiy dasturlash tillari;
b) loyihalashni amalga oshiruvchi ekspert tizimlar;
c) biznes masalalarni boshqaruvchi muloqat tizimlar;
e) bank operatsiyalariga mo’ljallangan dasturlar.
5. Ekspert tizimlar yo’nalishdagi masalalarga ………………. kabilar kiradi.
a) b) va e) javoblar to’g’ri;
b) inson-ekspertga qiyin tyulgan tadqiqotlar;
c) operatorga va foydalanuvchiga qiyin tyulgan tadqiqotlar;
e) bilimlarga va masalani echish uchun xulosalash proseduralariga asoslangan
dasturlar yaratish.
6. Foydalanuvchilar tomonidan ekspert tizimlarga qiziqish asosan qanday factorlar
bilan belgilanadi?
a) Barcha javoblar to’g’ri;
b) Foydalanuvchi dasturlashni bilmasa ham, o’zining tajribasi va bilimidan
foydalanib masalani mustaqil ishlab chiqadi;
c) Qachonki masalalarning echimi mavjud bo’lmasa yoki echish algoritmi
nomalum bo’lsa;
e) Natijalar inson-ekspert natijalaridan qolishmasa, ba’zi hollarda insonekspert imkoniyatlaridan yuqoriroq natijalarga erishsa.
7. Еkspеrt tizim nimа?
a) Blimlаrgа аsоslаngаn аmаliy mulоqоt tizimi;
b) Amаliy matematik paket;
c) Mа’lumоtlаr bаzаsini bоshqаrish tizimi;
e) Faqat formulalarga аsоslаngаn tizim.
8. Bilimlаr bаzаsi nimа?
a) Prеdmеt sоhа vа mаsаlаni qаndаy yеchish hаqidаgi fоrmаllаshtirilgаn
bilimlаr;
b) Prеdmеt sоhа hаqidаgi fоrmаllаshtirilgаn bilimlаr;
c) Prеdmеt sоhа hаqidаgi mа’lumоtlаr bаzаsi;
e) Prеdmеt sоhаning lug’аti.
9. Еkspеrt tizimlarning asosiy xususiyatlari ifodalovchi javoblarni ko’rsating?
a) b) va c) javoblar to’g’ri;
b) bilimlar doim to`planib va yangilanib boriladi;
c) bashorat qilish qobiliyatiga ega va o`quv qo`llanma sifatida foydalanilishi
mumkin.
e) faqat bashorat qilish qobiliyatiga ega.
10. Еkspеrt tizimning muhimligini ifodalovchi to’g’ri javovlarni ko’rsating?
a) b) va e) javoblar to’g’ri;
b) Yеchimi iqtisоdiy sаmаrа оlib kеlаdigаn аmаliy mаsаlаlаr ko’lаmini
оshirаdi;
c) Siklli echimlar bo’ladi;
e) Yuqоri sifаt vа uzоq muddаtlilikgа еrishish.
11. Bilimlar injeneri o`zgartiradigan bilimlar–bu……………….bilimlar
hisoblanadi.
а) izohlanuvchi;
b) izohlanmaydigan;
с) texnologik;
e) yordamchi.
12. Predmet sohasi va qo`yilgan masalalarni yechishda ma’lumotlarni shakllantirish
usullari haqidagi bilimlar-bu ……………… hisoblanadi.
а) predmetli bilimlar;
b) izohlanmaydigan;
с) izohlanuvchi;
e) yordamchi.
13. Joriy holatga mos keluvchi bilimlarni izohlash usullarini tanlash uchun
qo`llaniluvchi bilimlar-bu ……………… hisoblanadi.
а) yechuvchi bilimlar ;
b) predmetli bilimlar;
с) izohlanuvchi;
e) yordamchi.
14. Bilimlar tizimini yaratishda va tushuntirishlarni bajarishda qo`llaniladigan
bilimlar-bu ……………… hisoblanadi.
а) qo`llab - quvvatlovchi ;
b) predmetli bilimlar;
с) izohlanuvchi;
e) yechuvchi bilimlar.
15. Bilimning yaratilgan vaqti, bilimlar muallifi va boshqalar haqidagi
ma’lumotlarni saqlaydigan bilimlar-bu ……………… hisoblanadi
а) texnologik bilimlar ;
b) predmetli bilimlar;
с) qo`llab - quvvatlovchi;
e) yechuvchi bilimlar.
16. Bilimlarning mazmunli tasvirlanishi, bilimlarni kiritish sabablari, bilimlarning
belgilanishi haqidagi bilimlarni saqlaydigan, bilimlardan foydalanish usullari va
olinadigan samarani tasvirlaydigan bilimlar-bu ……………… hisoblanadi
а) semantik bilimlar ;
b) texnologik bilimlar;
с) predmetli bilimlar;
e) yechuvchi bilimlar.
17. Ekspertiza sohasidagi qoidalarni qo`llashning maqsadga muvofiqligini asoslash
uchun ishlatiladigan bilimlar-bu ……………… hisoblanadi
а) metabilimlar ;
b) semantik bilimlar;
с) predmetli bilimlar;
e) texnologik bilimlar.
18. Ekspert tizimda joriy vaqtdagi yechilayotgan masalada boshlang`ich va oraliq
ma’lumotlarni saqlashga mo`ljallangan komponent-bu ………………
hisoblanadi
а) ishchi xotira;
b) bilimlar bazasi;
с) tushuntiruvchi komponent;
e) muloqotli komponent.
19. Ekspert tizimda ishchi xotiradagi boshlang`ich ma’lumotlar va bilimlar
bazasidagi bilimlardan foydalanib, shunday qoidalar ketma-ketligini
shakllantiradigan, ularni boshlang`ich ma’lumotlarga qo`llab masalaning
yechimiga olib keladigan komponent-bu ……………… hisoblanadi
а) yechuvchi (bilimlar injeneri);
b) ishchi xotira;
с) tushuntiruvchi komponent;
e) muloqotli komponent.
20. Foydalanuvchi – ekspert tomonidan amalga oshiriluvchi bilimlar bilan ekspert
tizimni to`ldirish jarayonini avtomatlashtiradigan komponent-bu ……………
hisoblanadi.
а) bilimlarni hosil qilish;
b) ishchi xotira;
с) yechuvchi (bilimlar injeneri);
e) muloqotli komponent.
21. Statik ekspert tizim nechta asosiy komponentalardan iborat?
а) 6;
b) 5;
с) 7;
e) 9.
22. Dinamik ekspert tizim nechta asosiy komponentalardan iborat?
а) 8;
b) 6;
с) 7;
e) 9.
23. Dinamik ekspert tizimlarga statik ekspert tizimlardagi komponentalarga
qo’shimcha ravishda nechta komponentalar qo’siladi?
а) 2;
b) 3;
с) 4;
e) 6.
24.Ekspert tizimni yaratishda yechimini kutayotgan masalalarni aniqlash, ekspert
tizimni ishlab chiqishning maqsadi, expertlar va foydalanuvchi tiplarini
aniqlash………………..bosqichida bajariladi.
а) idenfikatsiyalash;
b) formallashtirish;
с) bajarish;
e) testdan o’tkazish.
25.Ekspert tizimni yaratishda muammo sohasining tarkibiy tahlilini o`tkazish,
qo`llaniluvchi tushunchalar va ularning o`zaro aloqasi aniqlash, masalaning
yechilish usulini belgilash.………………..bosqichida bajariladi.
а) kontseptuallashtirish ;
b) formallashtirish;
с) idenfikatsiyalash;
e) testdan o’tkazish.
26.Ekspert tizimni yaratishda asosiy tushunchalarni shakllantirish, texnik vositalarni
tanlash, bilimlarni namoyish etish va izohlash usullarini aniqlash, tizimning
ishini modellashtirish..………………..bosqichida bajariladi.
а) formallashtirish;
b) kontseptuallashtirish;
с) idenfikatsiyalash;
e) testdan o’tkazish.
27. Ekspert tizimni yaratishda ekspert tomonidan bilimlar bazasini to`ldirishni
amalga oshirish..………………..bosqichida bajariladi.
а) bajarish;
b) kontseptuallashtirish;
с) idenfikatsiyalash;
e) formallashtirish.
28. Ekspert tizimlar bajaradigan vazifasi bo`yicha …………. ekspert tizimlarga
bo’linadi.
а) umumiy vazifani bajaruvchi va maxsuslashtirilgan;
b) umumiy vazifani bajaruvchi va kontseptuallashtirilgan;
с) maxsuslashtirilgan va idenfikatsiyalashtirilgan;
e) formallashtirilgan va maxsuslashtirilgan.
29. Ekspert tizimlar tashqi muhitga bog`liqlik darajasiga qarab …………. ekspert
tizimlarga bo’linadi.
а) statik va dinamik;
b) umumiy vazifani bajaruvchi va kontseptuallashtirilgan;
с) umumiy vazifani bajaruvchi va idenfikatsiyalashtirilgan;
e) formallashtirilgan va maxsuslashtirilgan.
30. Ekspert tizimlar foydalanish turiga qarab ……….………. ekspert tizimlarga
bo’linadi.
а) izolyatsiyalangan, boshqa tizimga kirish-chiqishga mo`ljallangan va gibrid;
b) statik , dinamik va kontseptuallashtirilgan;
с) izolyatsiyalangan , umumiy vazifani bajaruvchi va gibrid;
e) formallashtirilgan, maxsuslashtirilgan va dinamik.
31. Ekspert tizimlar yechiladigan masalaning murakkabligiga qarab ………….
ekspert tizimlarga bo’linadi.
а) oddiy, o`rta va murakkab;
b) statik , dinamik va kontseptuallashtirilgan;
с) oddiy, umumiy vazifani bajaruvchi va gibrid;
e) izolyatsiyalangan, maxsuslashtirilgan va statik.
32. Ekspert tizimlar qurish jarayoniga qarab …………. ekspert tizimlarga bo’linadi.
а) tadqiqiy va taqdimotli namunaviy hamda ishlab chiqarishga va tijoratga
mo`ljallangan namunaviy;
b) statik va umumiy vazifani bajaruvchi hamda dinamik va
kontseptuallashtirilgan;
с) oddiy va o`rta hamda gibrid va murakkab;
e) izolyatsiyalangan va oddiy hamda maxsuslashtirilgan va statik.
33. Sil kasalligiga tashxis qo`yuvchi ekspert tizim-bu.......................
а) PUFF;
b MACSYMA ;
с) POMME;
e) AIRPLANE.
34. Mevali bog`larga qarashga maslahat beruvchi ekspert tizim-bu.................
а) POMME;
b MODIS ;
с) PUFF;
e) AIRPLANE.
35. Energetik tizimlarda ishdan chiqish holatlarini aniqlash va tuzatish uchun ekspert
tizim-bu.................
а) MIDAS;
b) ACES;
с) PUFF;
e) AIRPLANE.
36. Xaritada o`zgarish kiritish bo`yicha kartografik ishlarni amalga oshish uchun
ekspert tizim-bu.................
а) ACES;
b) MIDAS;
с) ACES;
e) AIRPLANE.
37. Analitikka tutuvchi signalni jo`natgan radar turini aniqlashga yordam beruvchi
ekspert tizim-bu.................
а) ASTA;
b) ACES;
с) DART;
e) HANNIBAL.
38. Raqibning radioalmashish razvedkasi sohasida vaziyatni baholashni amalga
oshiruvchi ekspert tizim-bu.................
а) HANNIBAL;
b) ACES;
с) DART;
e) ASTA.
39. Katta EHM dagi katta razryadli MVS operatsion tizimlarni boshqaruvchi ekspert
tizim-bu.................
а) YES/MVS;
b) HANNIBAL;
с) DART;
e) ASTA.
40. Telefon tarmog`idagi nosozliklarni aniqlaydigan va uni sozlash va tiklash choratadbirlari bo`yicha tavsiyalar beruvchi ekspert tizim-bu.................
а) ACE;
b) YES/MVS;
с) DART;
e) HANNIBAL.
41. Samolyot yerga qo`nishida uchuvchiga yordam beruvchi ekspert tizimbu............................
а) AIRPLANE;
b) SAMOLYOT;
с) YES/MVS;
e) DART.
42. Baku neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishni rejalashtiradigan ekspert
tizim-bu............................
а) ESPLAN;
b) AIRPLANE ;
с) YES/MVS;
e) SAMOLYOT.
Download